Fitotsenozlarning shakllanishi


Fitotsenoz dinamikasi (o‘zgarishi)



Download 58,29 Kb.
bet9/11
Sana06.01.2022
Hajmi58,29 Kb.
#323409
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
FITOTSENOZLARNING SHAKLLANISHI

Fitotsenoz dinamikasi (o‘zgarishi)
Biz yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek o‘simliklar qoplami doimiy ravishda u yoki bu darajada o‘zgarib turadi. Bunday o‘zgarishlarning asosiy tipi qo‘yidagilardir: sutkalik, mavsumiy hamda yillik bo‘ladi. O‘simliklar qoplamining o‘zgarishida bir qancha ekologik omillarning o‘rni bor. Jumladan iqlim omillari, edafik omillar, antropogen omillar. Shuningdek jamoalarning almashinishida turlarning alohida almashinishi, yoppasiga almashinishi hamda evolyutsiyasiga bog‘liqlik bor.
Iqlim omillarining keskin o‘zgarishi natijasida o‘simliklar qoplamida sifat va miqdor jihatidan o‘zgarishlar bo‘lishi tabiiy. Yog‘in miqdorini ko‘p bo‘lishi o‘simliklarning qoplamining sifat jihatidan o‘zgarishiga olib keladi. Mavjud turlar bo‘yining baland bo‘lishi, sershox va ko‘p hosil qilishi kuzatilsa, jamoadagi turlar individ jihatidan ham ko‘p bo‘ladi. Aksincha, yog‘ingarchilik miqdori juda kam bo‘lganda jamoadagi ko‘plab namsevar o‘simlik turlari nobud bo‘lib ketishi mumkin. Ular o‘rniga qurg‘oqchilikka chidamli boshqa turlar kirib keladi. O‘simliklar qoplamining o‘zgarishida tuproq omillarining roli katta bo‘lib, bunga tuproqning mexanik, ximiyaviy tarkibi kiradi. Tuproq tarkibining sho‘rlanishi natijasida mavjud jamoaning tarkibi keskin o‘zgaradi. Uzoq tarixiy taraqqiyotga ega bo‘lgan turlar o‘rniga boshqa sho‘rga chidamli turlar kirib keladi. Bunday holni Orol dengizi atrofida, Qarshi va Mirzacho‘lning o‘zlashtirilgan maydonlarida ko‘rish mumkin. Qarshi cho‘lida bugungi kunda sho‘rga chidamli sho‘radoshlar oilasining vakillari hamda qamish (Phragmites communis Frin), yulg‘un (Tatarix hispida willd) kabi turlar keng tarqalgan. Har bir jamoa asrlar davomida shakllanadi. Unda tuproq tarkibidagi oziq moddalar miqdori ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Yerda oziq moddalar ko‘p bo‘lganda turlar soni ham ko‘p bo‘lib, efemer va efemeroidlar ko‘plab o‘sadi. Tuprokda oziq moddalar kam bo‘lganda jamoaning turlar soni aychagina kam bo‘lib, individlar miqdori ham oz bo‘ladi.
Har qanday muhitga tez moslashgan o‘simlik turlari shu jamoaning xo‘jayin turi bo‘lib hisoblanadi. Misol uchun, shuvoq bilan yantoq bir jamoada deyarli birga o‘smaydi. Sababi shuki, yantoq muhitga tez moslashadi. Ildiz sistemasi yerga chuqur kirib, namga to‘lik, yetib boradi. Bu esa shuvoqning o‘sib rivojlanishiga salbiy ta’sir etib, jamoadan siqib chiqaradi yoki aksincha bo‘lishi mumkin.
Jamoaning o‘zgarib turishida bundan tashqari antropogen omilning, hayvonot dunyosining va tabiiy ofatlarning ham roli bor.

Qumli cho‘l sharoiti uchun o‘simliklar qoplamida, asosan, quyonsuyak va saksovul asosiy o‘rinni egallar edi. Hozirgi kunda esa inson ta’siri natijasida bu o‘simliklar keskin kamayib ketgan. Inson ta’siri natijasida O‘zbekistonda juda ko‘plab tur o‘simliklar sifat va son jihatidan inqirozda uchragan. Juda katta maydonlarni eg‘allagan jamoalar ham yo‘q bo‘lish darajasiga kelib qoldi. Tabiiy bodomzorlar, yong‘oqzorlar, pistazorlar, bodomchazorlar ancha kamayib ketdi. O‘zbekistonning noyob boyligi bo‘lgan archazorlar o‘tgan asrning boshlarida katta inqirozni boshidan kechirdi.


Chorva mollarining doimiy boqilishi yaylov almashinishi natijasida tog‘ va adir mintqasidagi ko‘plab yovvoyi turlar cho‘l mintaqasida ham keng tarqaldi. Cho‘l mintaqasida esa isiriqzorlar keng maydonlarni ishg‘ol etib jamoa hosil qilib o‘smokda. O‘simlik turlarining bunday tarqalishida hayvonot dunyosining, jumladan, chorva mollarining o‘rni katta.
Ma’lumki har bir jamoada o‘ziga xos o‘zgarishlar mavjud bo‘ladi. Har bir jamoa sutka davomida ham o‘zgarib turadi. Jamoaning sutkalik o‘zgarishi deganda har bir individda sutka davomida bo‘ladigan — o‘sish, rivojlanish, g‘unchalash, gullash, urug‘ va meva hosil qilish holatlari tushuniladi. Jamoada bo‘ladigan mavsumiy o‘zgarish ham son va sifat o‘zgarishidan iboratdir. Ma’lum bir fitotsenozda turlar tarkibiga ko‘ra har xil o‘zgarish bo‘ladi. Fitotsenozdagi bir yillik efemer turlar yillik yog‘ingarchilik miqdoriga, havo haroratiga qarab o‘zgaradi. Jamoadagi har bir tur urug‘ hosil qilib, vegetatsiya davrini tutatayotgan davrda ikkinchi bir tur gullayotgan, uchinchi bir tur endi unib chiqayotgan bo‘ladi. Bu hol jamoaning sifat o‘zgarishini keltirib chiqaradi. Jamoadagi turlarning ba’zilari yil davomida o‘sib rivojlansa, boshqa bir turlar juda qisqa muddatda o‘z vegetatsiyasini tugatadi. Fitotsenozda turlar son jihatidan ancha kam bo‘lib qoladi. Jamoadagi har qanday o‘zgarish jamoa yashab turgan muhitga — ekologik omillarga bog‘liq bo‘ladi.
Fitotsenozning almashinuvchi deganda bir turdagi o‘simliklar o‘rniga boshqa turdagi o‘simliklarning kirib kelishiga aytiladi. Suktsessiya — lotincha suktsessio vorislik degan ma’noni bildirib, o‘simliklarning almashinishi bir fitotsenozning shu joyning o‘zida boshqa bir fitotsenoz bilan almashinishi, ya’ni o‘simlik jamoasining navbatlanishi, gallanishi demakdir.
V.N.Sukachev «Fitotsenologiyaning bir qancha asosiy masalalari» (1950) asarida fitotsenozning almashinishini quyidagi gruppalarga bo‘ladi:


Download 58,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish