Fitotsenozlarning shakllanishi


Turlar orasida miqdor va sifat munosabatlari



Download 58,29 Kb.
bet3/11
Sana06.01.2022
Hajmi58,29 Kb.
#323409
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
FITOTSENOZLARNING SHAKLLANISHI

Turlar orasida miqdor va sifat munosabatlari
Jamoadagi turlar miqdorini raqamlar bilan yoki amalda qabul qilingan ballar bilan o‘lchanadi. Jamoadagi turlarning miqdor ko‘rsatkichi ularning mo‘llik darajasini biddiradi. Mo‘llik og‘irlik, ball va ma’lum maydon birligiga to‘g‘ri keluvchi o‘simliklar soni bilan ifodalanadi. Jamoadagi turlarning mo‘lligi tashqi ekologik omillariga hamda turning gruppa yoki alohida o‘sishiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham jamoalar bir-birlaridan tubdan farq qiladi. Jamoadagi uchraydigan har xil turlarning miqdor ko‘rsatkichini mualliflar turlicha talqin qiladilar. Jumladan I.K.Pachoskiy asosiy jamoani tashkil etadigan turlarga, hamda ingredientlar, yani jamoada tur sifatida juda kam qatnashuvchilar bilan mutlaqo ishtirok etmaydiganlarga bo‘lish kerak deydi.

Fitotsenozdagi turlar miqdori umumiy ekologik sharoitga bog‘liq bo‘ladi. Cho‘l mintaqasida turlar soni kam bo‘lsa, adir mintaqasining tog‘ mintaqasi bilan tutashgan yerlarda turlar soni hamda individlar miqdori ko‘p bo‘ladi. Fitotsenozning umumiy belgilaridan yana biri tuproqning qoplanish darajasidir. Tuproqning o‘simliklar bilan qoplanish darajasi ko‘z bilan chamalab o‘rganiladi va foiz bilan belgilanadi. Bu 100 foizdan 25 foizgacha bo‘ladi. Turlar uchrash darajasining mo‘lligini bir qancha usulda aniqlash mumkin.



Ko‘z bilan chamalab aniqlash — bunda Drude shkalasidan keng foydalaniladi.
Soc (sociales) — o‘simlik tuproq yuzasini to‘liq qoplab olgan (90 % dan ortiq).
Sor 3 (copiosae 3) — o‘simlik juda ko‘p uchraydi (90-70% gacha).
Sor 2 (copiosae 2) — o‘simlik deyarli ko‘p uchraydi (70-50% gacha).
Sor 1 (copiosae 1) — o‘simlik biroz ko‘proq uchraydi (50-30% gacha).
Sp (sparsae) — o‘simlik kamroq uchraydi (30-10% gacha).
Sol (solitariae) — o‘simlik juda kam uchraydi(10% dan kam).
Un (unicum) — o‘simlik bir dona uchraydi.
Bundan tashqari jamoadagi turlarni qayta hisoblab chiqish usullari ham qo‘llaniladi. Bu biroz murakkab bo‘lib, har bir tur ma’lum maydon birligida — 1 m2, 10 m2 hisobida olinib, umumiy fitotsenoz maydoniga qayta hisoblanadi. Bunda fitotsenozdagi daraxtlarga 10 x 100, 20 x 80, 20 x 10, buta va o‘t o‘simliklarga 1 x 2 dan 100 x 2 gacha maydon olib o‘lchanadi. Og‘irlik usulida aniqlash — bunda ajratib olingan bir necha o‘nlab maydon o‘lchanadi. Har bir maydon o‘simligi o‘rib olinadi va turlarga ajratib tortiladi. Olingan miqdor taqqoslab ko‘riladi. Bu usul bilan, asosan, umumiy hosildorlikni aniqlash maqsadga muvofiq.


Download 58,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish