Fitotsenozlarning shakllanishi



Download 58,29 Kb.
bet8/11
Sana06.01.2022
Hajmi58,29 Kb.
#323409
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
FITOTSENOZLARNING SHAKLLANISHI

Sinuziya — grekcha sin — birgalikda, lotincha — uzus — foydalanish, qo‘llanish demakdir. Sinuziya ekologik jihatdan o‘xshash hayotiy formalarni birlashtiruvchi o‘simliklar assotsiatsiyasining bir bo‘lagi. Sinuziyalilik deganda jamoani tashkil etuvchi turlarning hayotiy shakllari bo‘yicha turli-tumanligi tushuniladi. Bir jamoada sinuziyalilik yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bu esa jamoadagi turlarning aspektini belgilaydi. Cho‘llardagi jamoada efemerlar alohida ajralib turadi.

O‘simliklarning yashash joyi, xarakteri deganda, yer yuzasining geografik o‘rnini, dengiz sathidan balandligini, qiyaligini, yonbag‘irligini, relefini, mikrorelefini, tuproq sharoitini, hayvonot dunyosining va insonning ta’siri bilan birgalikda tushuniladi. Jamoadagi turlarni o‘rganish uchun o‘simliklar florasini, sistematikani yaxshi bilish kerak bo‘ladi. Har qanday geobotanik tadqiqotlar olib borishdan qat’iy nazar, o‘sha jamoa florasini va uning kelib chiqish tarixini bilish lozim bo‘ladi. Shundagina o‘rganilayotgan jamoa to‘g‘risida ilmiy to‘g‘ri xulosa chiqarish mumkin.



Dominant turlar — har bir fitotsenoz o‘ziga xos tuzilishga ega bo‘lib, unda turlar son va sifat jihatidan har xil bo‘ladi, har bir turning jamoada tutgan o‘rniga qarab dominantsubdominantassiktator va antrapofitlarga bo‘linadi. Fitotsenozdagi bir turga mansub o‘simliklarning har xil holatdagi individlari yig‘indisi senopopulyatsiya deyiladi.
Fitotsenozda miqdor jihatidan ko‘p bo‘lib, boshqa turlarga nisbatan hukmron turlar dominant turlar deyiladi. Bir necha dominant turlar bitta jamoaning o‘zida uchrashi mumkin. Ular asosiy organik massa to‘plovchi bo‘lib, fitotsenozning fonini va xarakterini ifoda etadi. Dominantlar jamoada zichligi, son miqdori va hajmi bilan belgilanadi. Jamoada bir vaqtning o‘zida bir nechta tur dominantlik qilsa buni kondominantlar deb ataladi. Jamoada shunday turlar ham mavjudki, ular asosan jamoaning muhitini tashkil etadi. Bunday turlarni Sukachev (1928) edifikator «quruvchi» turlar deb ta’riflagan. Dominant turlar bir vaqtning o‘zida shu jamoada edifikator tur ham hisoblanadi. O‘zbekistonning cho‘l mintaqasi uchun saksovul edifikator tur bo‘lsa, tog‘ mintaqasi uchun archa va bargini to‘kadigan o‘rmon daraxtlari edifikator hisoblanadi. Fitotsenozda shunday turlar ham mavjudki, ular dominant turlarga nisbatan kam, lekin fitotsenozda ma’lum ahamiyat kasb etadi. Bunday turlar subdominant turlar deb ataladi. Adir mintaqasining chala buta o‘simliklari ichida shuvoqlar turkumining bir qancha vakillari dominantlik qilsa, sho‘radoshlar oilasiga kiruvchi chug‘on (Aellenia subaphulla. CAM), izen (Kochia prostrata (L) Schrad), keyreuk (Salsola rigida. Pall), kabi turlar subdominant bo‘lib ishtirok etadi.
Jamoada shunday turlar ham mavjudki, ular dominant, subdominant bo‘lib ishtirok etmasdan jamoaning biron-bir pog‘onasidagi tur bilan birga o‘sadi. Bunday turlarni G.I.Pavlovskiy va Sukachev assiktator — ishtirokchi turlar deb ataydi.
Fitotsenozda turli xil ekologik omillar ta’sirida begona turlar paydo bo‘lib qoladi. Bunday turlarni «kelgindi» — antropofitlar deyiladi.

Download 58,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish