Fitotsenozlarning shakllanishi


Hayotiy shakllar bo‘yicha xilma-xilligi



Download 58,29 Kb.
bet7/11
Sana06.01.2022
Hajmi58,29 Kb.
#323409
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
FITOTSENOZLARNING SHAKLLANISHI

Hayotiy shakllar bo‘yicha xilma-xilligi

O‘simliklarning tashqi qiyofasiga qarab grutshalarga ajratish juda qadimdan Aristotel va uning shogirdi Teofrast tomonidan taklif etilgan edi. Botanik geografiya asoschisi Gumboldtdan keyin ham ko‘plab olimlar bu nazariyani takomillashtirdilar. Raunkier (1918), Pachoskiy (1921), Serebryakov va boshqalar bu sohada ko‘p ishlar qildilar. 1901 yilda Verming birinchi bo‘lib o‘simliklar olamiga hayotiy shakllar terminini taklif etdi. Hayotiy shakllarga doir eng maqbul klassifikatsiya daniyalik botanik K. Raunkier tomonidan (1934) ishlab chiqilgan klassifikatsiyadir. Bu klassifikatsiya yangilanib turuvchi organlarning, ayniqsa, kurtakning yashashi va joylashuviga asoslanganligi bilan juda muhimdir.

1. Fanerofitlar — kurtaklari yer yuzasidan ancha yuqorida joylashgan bo‘lib ko‘zga yaqqol tashlanadi. Faneros — yaqqol ko‘rinib turuvchi demakdir. Bularga, asosan, daraxt va butalar kirib, qishda barglarini to‘kadi. Shox-shabbalari va novdalarini sovuq urmaydi.

2. Hamefitlar — bu guruhga ba’zi bir buta va chala butalar kirib yangilanish kurtaklari yer yuzasiga ancha yaqin joylashadi. Tashqi tomoni tangachalar bilan qoplangan bo‘ladi. Qish mavsumida qor tagida qoladi, ammo novdalari nobud bo‘lmaydi. Heme — past, yer bag‘irlovchi degan ma’noni bildiradi.



3. Gemikriptofitlar — bu guruh vakillarining yangilanish kurtagi yer yuzasi bilan barobar joylashadi. Yer usti poya va novdalari qurib qoladi. Qurigan novda va poyalar qoldig‘i yangilanuvchi kurtaklarni qoplab oladi. Bularga, asosan, ko‘p yillik o‘tlar kiradi. Geme — yarim, kriptos — yashirin degan manoni bildiradi.
4, Kriptofitlar — bu guruhga yer ustki organlari batamom qurib qoladigan, yangilanuvchi organlardagi kurtaklari yer ostida bo‘lgan ildiz poyali, ildiz tugunakli, piyozboshchali o‘simliklar kiradi.
5. Terofitlar — bu guruhga, asosan, bir yillik turlar kirib, ular qishda butunlay qurib qoladi. Ko‘karib chiqish qishda saqlanib qolgan urug‘lari orqali amalga oshadi.
Bundan tashqari suv o‘simliklaridan iborat bo‘lgan, kurtagi suv ostida, vegetativ organi suvdan ko‘tarilib turadigan gelofitlar va kurtagi suv ostida novdalari suvda joylashgan gidrofitlar guruhi ham mavjud.
Geobotanikada Raunkier klassifikatsiyasidan tashqari I.G.Serebryakovning (1962, 964) klassifikatsiyasi bo‘lib, bu o‘simliklarning tashqi ko‘rinishiga asoslangan.
1. Daraxtlar — bu guruhda ko‘p yillik yer ustki qismlari yog‘ochlangan, bo‘yi ikki metrdan yuqori, bitta asosiy tanaga ega bo‘lgan o‘simliklar — chinor (Platanus orientalis L.), archa, terak, qarag‘ay (Pinus silvestris L), olma (Malus domestica Borkh), yong‘oq (Juglans regia L.) kabi turlar kiradi.
2. Butalar — bu guruhga ko‘p yillik bo‘yi 2-3 metrdan oshmagan, asosiy tanasi yog‘ochlangan, bitta asosiy tanaga ega bo‘lmagan, yer yuzasidan shoxlangan o‘simliklar — anop (Punica granatum L), maymunjon (Rubus caesius L), na’matak (Rosa maracandica. Bde), zirk (Berberis integerrima. Bde), uchqat (Lonisera nummularifolia L. et Sp.) kabi turlar kiradi.
3. Butachalar — bu guruhga esa ko‘p yillik, past bo‘yli, tanasi yog‘ochlangan, 0,5 metrdan baland bo‘lmagan turlar — pochaqirqar kiradi.
4. Yarim butachala buta — bu guruhga poyasining faqat pastki qismi yog‘ochlanib, qolgan qismi har yili kuzda qurib qoladigan ko‘p yillik turlar — shuvoq, izen (Kochia prostrata (L) Schrad), isiriq (Peganum harmala L), yantoq (Alhagi sparsifolia. Shap) kabi turlar misol bo‘ladi.
Bundan tashqari o‘t o‘simliklar bir qancha guruhlarga ajratiladi.
a) polikarp turlar — hayotida bir necha marta gullab, urug‘ va meva beradi.
b) monokarp turlar — ko‘pincha qurg‘oqchil mintaqalarda tarqalib bir necha yil, hatto 10-15 yil umr ko‘rib bir marta gullab, urug‘ va meva beradigan o‘simliklardir. Bularga kovrakning ba’zi turlari, astra va karamdoshlarning ba’zi bir turlari misol bo‘ladi.
O‘rta Osiyo sharoitida bundan tashqari, chirmashib o‘suvchi liana turlar ham mavjud bo‘lib, ular daraxtlarga ilashib o‘sadi. Madaniy o‘simliklardan tok o‘simligi, yovvoyi turlardan chirmovuq, pechak, ilonchirmovuq kabi turlar misol bo‘ladi.
Tog‘ning yuqori qismida, yaylov mintaqasida, cho‘lda o‘ziga xos shoxlangan yostiqsimon turlar ham mavjud bo‘lib, bo‘ritikan, akantalimonlar, sertuk astragal, esparset kabi turlar misol bo‘ladi.

Download 58,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish