Ishlab chiqarishda boshqaruv” fakulteti “iqtisodiyot” kafedrasi “ Industrial va innovatsion iqtisodiyot” fanidan



Download 1,59 Mb.
bet4/18
Sana14.07.2022
Hajmi1,59 Mb.
#799167
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Usmonov E kurs ishi

1-chizma. Korxona iqtisodiy salohiyatininng tuzilish tarkibi
Demak, korxonaning iqtisodiy salohiyati deganda, unda sodir bo’ladigan moliyaviy-xo’lalik faoliyatini (iqtisodiy jarayonini) to’liq ta’minlashda bevosita ishtirok etadigan barcha moddiy va mehnat resurslari hamda nomoddiy aktivlar majmui tushuniladi.
Yuqorida aytib o’tganimizdek, korxonaning iqtisodiy salohiyatini o’rganishda xo’jalik faoliyatida sodir bo’ladigan iqtisodiy jarayonda ishtirok etadigan barcha moddiy resurslar (asosiy va aylanma mablag’lar), nomoddiy aktivlar va mehnat resurslari birgalikda o’rganiladi.
Korxonaning moddiy resurslari hisoblanmish asosiy vositalar – korxonaning texnik salohiyatini ifodalaydi. Xozirda asosiy vositalarga yondashuv tubdan o’zgarib ketdi. Uni baholash, amortizasiyalash, hisobga olish kabi muhim jihatlari bugungi kun talablaridan kelib chiqib tubdan o’zgartirildi.
Asosiy vositalarning ahamiyati shundan iboratki, ular mehnat jarayonida mulkiy shaklini saqlab qoladi va har bir bosqichdan keyin ishlab chiqarish sohasini tark etmaydi. Ularning qiymati mahsulotga darhol emas, qismlarga bo’lingan holda bosqichma-bosqich o’tib boradi.
Xo’lalik sub’yekti aniq baholangan aktivdan iqtisodiy foyda olishiga ishonchi bo’lgan taqdirdagina asosiy vositalarni aktiv sifatida tan oladi. Asosiy vositalar sotib olingan, o’rnatilgan, amaliyotda sinab ko’rilgan va ishga tushirish ishlari bajarilgandan so’ng OC-1 shakldagi ishga tushirish dalolatnomasi tuzilgan hamda uskunalarni ishlash holatiga kelishi uchun mas’ul komissiya a’zolari tomonidan imzolanganidan keyingina, xo’lalik sub’yektining balansiga uning aktivi sifatida hisobga olinishi mumkin.
Asosiy vositalar hisobi OC-7 (uskunalar uchun) va OC-6 (binolar uchun) hisob kartochkalaridagi inventar raqamlari bo’yicha yuritiladi. Asosiy vositalar OC-1 shakl bo’yicha kirim dalolatnomasi asosida kirim qilinadi. Ko’chirish OC-2 qaydnomasi bo’yicha rasmiylashtiladi, tugatish esa OC-4 tugatish dalolatnomasi asosida amalga oshiriladi.
Asosiy vositalarni baholashning boshlang’ich, tiklash va qoldiq qiymatida ifodalash usullari mavjud.
Boshlang’ich qiymat tarkibiga ularni harid qilish (qurish), yetkazish va o’rnatish yoki harid qilish paytidagi qiymati kiradi.
Binolar va inshootlarni xo’lalik uslubida quriisha boshlang’ich qiymatga qo’rilish bilan bog’liq barcha harajatlar: xom ashyo, me’morlar va huquqshunoslar xizmatlari uchun haq to’lash; qaydnoma harajatlari; loyihalash-tadqiqot ishlari; qo’rilish paytida sug’o’rtalash harajatlari; ob’yekt qo’rilishiga berilgan kreditlar bo’yicha foizlar; qo’rilish ruxsatnomasi qiymati va boshqa harajatlar kiritiladi.
Uskunalar qiymatiga harid qilish va ishga tayyorlash bilan bog’liq barcha harajatlar (hisob varaq-faktura bo’yicha qiymati, naqd to’lashdagi chegirmani hisobga olmaganda; fraxt, shu jumladan, sug’urtalash, aksiz yig’imlari va bojlari; harid qilish harajatlari; montaj qilish va uskunalarning foydalanishga yaroqliligini tekshirish maqsadida sinash uchun qilingan harajatlar; to’langan QQS, bojxona bojlari) kiradi.
Xizmatlar va aktivlarga almashtirishda asosiy vositalar qiymati bitimning joriy narxlarida belgilanishini hisobga olish lozim. Ular kreditga olinadigan bo’lsa, to’langan foizlar joriy harajatlar hisoblanadi va boshlang’ich qiymatga kiritilmaydi.
“Davr harajatlari”, ya’ni zarur bo’lmagan harajatlar, masalan, yuklash, tashish, tushirish vaqtida yetkazilgan harajatlarni tiklash harajatlarini, shuningdek bojxona harajatlari qiymati ham boshlang’ich qiymatga kiritilmaydi.
Turli davrlarda amalga oshirilgan yoki harid qilingan asosiy vositalar hajmi korxona balansida shu davr narxlarida hisobga olinadi. Bu turli korxonalar asosiy vositalarini taqqoslash, asosiy vositalardan foydalanishni tahlil qilish va hokazolarda noqulayliklar yaratadi.
Asosiy vositalarni tiklash qiymati milliy valyutadagi zamonaviy narxlar va tariflar darajasidan kelib chiqib, harid qilish (qurish), yetkazib berish va montaj qilish sharti bilan ularni tiklash chiqimlarini o’z ichiga oladi.
Xalqaro stanhartlarda moliyaviy hisobotlarda asosiy vositalar boshlang’ich qiymatini aks ettirish uchun moliya yili oxirida yoki xukumat taklifi bilan qayta baholashni o’tkazishni taqozo etadi. Respublikamizda asosiy vositalarni qayta baholash xukumat qarori bilan, shuningdek davlat korxonalarini aksiyadorlashtirish, aksiyadorlik jamiyatlarini qayta tuzishda amalga oshiriladi.
Asosiy vositalar qo’llanish jarayonida ham, ishlatilmagan holda ham ma’nan va jismonan eskiradi. Eskirish hajmini hisoblangan amortizatsiya summasiga teng deb hisoblash qabul qilingan.
Qoldiq qiymati asosiy vositalarning boshlang’ich qiymatidan eskirish summasini chegirish natijasida olingan farqni tashkil etadi. U asosiy vositalar muayyan vaqt ishlaganidan keyin shu paytdagi ularning qoplanmagan qiymatining miqdorini aks ettiradi.
Moliyaviy hisobotda asosiy vositalarning boshlang’ich va qoldiq qiymati, eskirish summasi buxgalteriya balansi aktivining 1-bo’limida ko’rsatiladi.
Shuningdek asosiy vositalarning aktiv va passiv qismlarini ajratish lozim.
Vositalarning aktiv qismi bevosita mehnat predmetiga ta’sir qiladi. Bularga: kuchlanish, ish mashinalari va uskunalari, o’lchash, sozlash asboblari va qo’rilmalari, laboratoriya uskunalari, hisoblash texnikasi, boshqa mashina va uskunalar, shuningdek transport vositalari kiradi.
Asosiy vositalar aktiv qismini aniglashda ularning mahsulotni ko’paytirilishiga, mehnat samaradorligining oshishiga bevosita ta’sir qilishini hisobga olish lozim.
Passiv qismi ishlab chiqarishni amalga oshirish sharoitlarini yaratadigan, ya’ni ishlab chiqarish infratuzilmasini tashkil etadigan vositalardir. Ularga binolar va inshootlar kiradi.
Korxona moddiy-texnik bazasidan foydalanishni yaxshilash mahsulot ishlab chiqarilishi va sotilishining ko’payishi, sifatining yaxshilanishi, tannarxining kamayishi hamda foyda va rentabellikning oshishiga olib keladi.
1-shakl bo’yicha “Buxgalteriya balansi” 3-shakl bo’yicha “Asosiy vositalar harakati haqida hisobot” asosiy vositalarni tahlil qilishning asosiy axborot manbai hisoblanadi. Buxgalteriya balansida asosiy vositalar haqidagi ma’lumotlar “Uzoq muddatli aktivlar” birinchi bo’limida quyidagi satrlarda ko’rsatilgan:
010— boshlang’ich qiymat.
011— eskirish.
012—qoldiq qiymati.
Asosiy vositalar holati, ulardan foydalanishni ta’minlash va samaradorligini oshirishni batafsil tahlil qilish 3-shakl asosida to’liq va turlari bo’yicha amalga oshiriladi. Shunday qilib, hisobotning bu shaklida asosiy vositalar har bir turining yil boshi va oxiridagi boshlang’ich qiymati, eskirishi va qoldiq qiymati, shuningdek yangi kelgan va hisobdan chiqarilganlar miqdori ko’rsatiladi.
Mazkur hisobot oxirida ishlab chiqarish va noishlab chiqarish asosiy vositalari ham ajratilgan holda ko’rsatiladi. Ma’lumotda barcha turdagi asosiy vositalar nima hisobiga harid qilinganligi, ulardan qanchasi ijaraga olingani va ijaraga berilgani aks ettiriladi.
Korxona iqtisodiy salohiyati tarkibida yetakchi o’rinlarni aylanma mablag’lar hissasi tashkil etadi. Uning miqdori turli sohalarda turlicha.
Korxonaning aylanma mablag’lari – uning aylanma fondlari, muomala fondlari va boshqa harakatdagi aktivlarda turgan pul mablag’laridir.Ular asosiy fondlardan farqli o’laroq, to’xtovsiz harakatda bo’ladi chunki bir ishlab chiqarish sikli mobaynida to’liq iste’mol qilinadi, o’z qiymatini tayyot mahsulotga o’tkazadi, ham buyum natura ko’rinishida, ham qiymat tarzida tiklanadi.
Ularning ulushi korxonaning umumiy xo’jalik mablag’larida faoliyat sohasiga qarab, 60% dan 90% gacha bo’ladi. Korxonaning moliyaviy va iqtisodiy ahvoli ko’p jihatdan ana shu mablag’lardan foydalanish samaradorligiga bog’liq.
Aylanma mablag’lar ham iqtisodiy mazmuni bo’yicha ayrim jihatlari asosiy vositalarga o’xshash. Ular ikkalasi ham korxonaning aktivlarini tashkil qiladi, ikkalasi ham moddiy resurslar guruhiga kiradi. Shu jihatdan aylanma mablag’larni ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimini ham uch guruhga bo’lish mumkin: aylanma mablag’lar holatini ifodalovchi ko’rsatkichlar, aylanma mablag’lar bilan taminlanganlikni ifodalovchi ko’rsatkichlar va aylanma mablag’lar samaradorligini ifodalovchi ko’rsatkichlar.
Ushbu ko’rsatkichlarni o’rganish davomida ko’rsatkichning nimani ifodalashi, ularni baholash yo’llari va ma’lumot manbalarini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Shu tufayli har bir ko’rsatkichning nomini, nimani ifodalashini, aniqlanish yo’llarini keltirilgan guruhlar bo’yicha ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir.
Korxonaning aylanma mablag’larini yuqorida ta’kidlanganidek uchta guruhga birlashtirish mumkin. Bu guruhlar:

  • aylanma mablag’larning xolatini;

  • aylanma mablag’ bilan ta’minlanganlikni;

  • aylanma mablag’lardan foydalanish samaradorligini bildiradi.

Aylanma mablag’larning xolatini bildiruvchi ko’rsatkichlarga quyidagilar kiradi: aylanma mablag’lar summasi, uning o’rtacha qiymati, umumiy mablag’lardaga hissasi, aylanma mablag’larning tarkibiy tuzilishi, aylanma mablag’larda o’z mablag’lari summasi; aylanma mablag’lar dinamikasi va h.k.
Aylanma mablag’larning muayyan sanadagi summasi buxgalteriya balansi ma’lumotlari asosida hisoblab chiqariladi hamda balansning aktiv qismidagi 2-bo’limining yakunida (300-satr) ko’rsatiladi.
Aylanma mablag’larning pulda ifodalangan summasi ularning hajmini ko’rsatib, sifatini ifodalamaydi. Sifat ko’rsatkichiga ega bo’lish uchun aylanma mablag’larning kunlarda ifodalangan miqdoridan foydalaniladi. Buning uchun korxona aylanma mablag’larining umumiy summasini bir kunlik ishlab chiqarish harajatlariga, savdo korxonalarida esa - tovarning tannarxi bo’yicha bir kunlik tovar aylanmasiga taqsimlash kerak.
Aylanma mablag’larning kunlarda ifodalangan miqdorini hisoblash, buxgalteriya hisoboti ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi. Bu ko’rsatkich korxonaning ishlab chiqarish dasturini bajarish chog’ida aylanma mablag’lar necha kunga yetishini ko’rsatadi.
Biroq ushbu aylanma mablag’lardan hisobot davrida emas, balki keyingi davrda foydalaniladi. Shu sababli, aylanma mablag’larning asl summasini keyingi chorakda mahsulot ishlab chiqarishga qilinadigan bir kunlik harajatlarga taqsimlash kerak bo’ladi.
Mahsulot sotish hajmiga va aylanma mablag’lar summasiga ta’sir ko’rsatadigan barcha omillar va sabablar aylanma mablag’larning aylanishiga ham ta’sir ko’rsatadi.
Aylanishning sekinlashuvini keltirib chiqaradigan asosiy sabablar korxonaning ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish koeffitsiyenti pastligidan; korxona mahsulotiga talab kamligidan; ko’p miqdorda muddati o’tgan debitorlik qarzi hosil bo’lganligidan iboratdir.
Aylanma mablag’lardan samarali foydalanish xo’lalik dasturini bajarish uchun ushbu mablag’larga bo’lgan ehtiyojning kamayishi barobarida korxonaning moliyaviy advoli mustahkamlanishiga, majburiyatlar bo’yicha to’lovlarni amalga oshirish uchun pul mablag’lari o’z vaqtida jamg’arilishiga, tannarxning pasayishiga va rentabellikning oshishiga ham olib keladi.
Korxona iqtisodiy salohiyati tarkibida mehnat salohiyatining ham o’z o’rni bor. Mehnat salohiyati nima degan savolga javob berish uchun eng avvalo uning amal qilish sohasi va turlarini aniqlab olish maqsadga muvofiqdir. Mehnat salohiyati tushunchasini bir kishi, mehnat jamoasi va butun jamiyat miqyosida aniqlash, baholash lozim.
Mehnat resursi mehnatga qobiliyatli yoshdagi aholi (ayollar 16-55 yoshda, erkaklar 16-60 yoshda) sonida o’z ifodasini topadi. Bu yoshdagi nogironlik va boshqa sabablar bilan ishlamaydiganlar mehnat resursiga kirmaydi. Demak, mehnat resursi deganda aholining ma’lum chegaralangan yoshdagi ishlay oladigan faol qismi tushuniladi.
Ammo bozor munosabatlari sharoitida mehnat qiluvchilar yoshidan qat’iy nazar, mehnat qilish qobiliyati bo’lsa, moddiy ne’mat ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va ish bajarish bilan mashg’ul bo’lmoqdalar. Bundan mulkdor ham, ish beruvchi ham odamlarning yoshini chegaralamasdan, balki ularning mehnat qila olish qobiliyatidan kelib chiqadi.
Masalan, bitta xususiy korxonada 100 kishi ishlaydi, Shuvdan 8 kishi nafaqa (pensiya) yoshida, 2 kishi dali 16 yoshga tulmagan. Bularning hammasini mehnat resursi deb bo’lmaydi. Mehnat resursining soni atigi 90 kishi, 10 kishi mehnat resursiga kirmaydi. Lekin korxonaning mehnat salohiyati son jihatidan ushbu korxonada 100 kishidan iborat bo’ladi.
Mehnat resursiga aholining yoshiga qarab, iqtisodiy adabiyotlarda ham ta’kidlanganidek son jixatidan ma’lum chegara doirasida qaraladi. Mehnat salohiyati esa xodimlar yoshuni chegaralamaydi.
Bir kishining mehnat salohiyati deganda shu xodimning ma’lum bir vaqtda bir ishni bajarish uchuni mumkin bo’lgan jismonoy va intellektual qobililiyati tushuniladi.Kishilar har xil bo’lganligi uchun ularning mehnat salohiyati ham turlicha.Shu tufayli mehnat salohiyati ularning turli hajmda yaratuvchanlik qobililiyatini belgilaydi.
Jamoaning mehnat salohiyati deganda shu jamoa qilinishi lozim bo’lgan birorta ishni (xizmatni) bajarishga qodir turli yoshdagi, malaka va jinsdagi xodimlar majmuasi tushuniladi. Jamoaning mehnat salohiyati son va sifat jihatidan mehnat resursidan farq qiladi.
Mehnat resursi mehnatning borligi, mavjudligini ifodalasa, mehnat salohiyati uning yaratuvchanlik qobililiyatini ifodalaydi.Har bir xodim shunchaki sub’ekt bolib qolmasdan, balki jonli ijtimoiy- iqtisodiy kategoriyadir.
Uning orqasida oilasi turibdi, mehnat qilib, uni moddiy jihatdan ta’minlashi kerak. U mehnati uchun ish beruvchi mulkdordan haq talab qiladi. Bu mulkdor uchun harajat. Har bir qilingan harajat mulkdorga naf keltirishi lozim. Shunday qilib, xozirgi bozor munosabatlari shakllanayotgan paytda ushbu ko’rsatkichlarning faqat tarkibi emas, balki mazmuni ham tubdan o’zgardi.
Mehnat salohiyati tushunchasiga jamiyat nuqtai nazaridan qaraydigan bo’lsak, uning mazmuni bitta xodim mehnat salohiyatidan farq qiladi, chunki mehnat jarayonida hamisha bitta xodim emas, balki mehnat jamoalari ishtirok etadi. Bu jamiyat miqyosigacha ko’tariladi. Shunday qilib, ushbu tushunchaga jamiyat nuqtai nazaridan quyidagicha ta’rif berish mumkin.
Mehnat salohiyati - bu biror ko’zda tutilgan ishni (faoliyatni) ma’lum bir vaqtda bajarishga qodir bo’lgan turli malakaga ega barcha ishchi va xizmatchilar majmuasidir.
Mehnat salohiyati tarkibini natural va qiymat jihatidan ifodalash mumkin. Natural jihatdan uning tarkibiga quyidagilar kiradi: oliy ma’lumotli xodimlar; o’rta- maxsus ma’lumotli xodimlar; umumiy-o’rta ma’lumotli xodimlar; to’liqsiz o’rta ma’lumotli xodimlar (Bular tarkibiga boshlang’ich ma’lumotga ega bo’lgan xodimlar ham kiradi).
Har bir guruhdagi xodimlar o’z navbatida mutaxassisliklar bo’yicha ham turkumlanadi, chunki barcha oliy ma’lumotli xodimlarga bir xil talab qo’yib, ularning har biridan bir xil samara kutib bo’lmaydi. Masalan, agronom kerak bo’lgan joyga yuqori malakali matematika o’qituvchisini o’tqaizib qo’ya olmaymiz, chunki o’qituvchining yuvori malakasidan hech qanaqa naf kelmaydi. Shu tufayli har bir guruhdagi xodimlarning bajarayotgan ishiga malakalari to’g’ri kelishini aniqlash lozim.
Bunday holat hozirgi bozor munosabatlari sharoitida jamiyat uchun ham, mulkdor uchun ham, ish kuchi sohibi uchun ham muhimdir. Ish kuchi sohibi ishlagan joyida o’z malakasiga to’g’ri keladigan ishni bajaradi, uni takomillashtiradi va noyob mutaxassisga aylanib boradi. Mulkdor uchun uning qulayligi shundaki, u bunday xodimlarni ishlatib, samarali va sifatli ko’rsatkichlarga erishadi, to’lagan mehnat haqi bejiz ketmaydi. Jamiyat uchun bu holatning foydasi shunda namoyon bo’ladiki, oxir oqibatda birinchidan, mulkdorning mulki, ish kuchi sohibining daromadi ko’payadi va bulardan olinadi- gan soliq miqdori mos ravishda oshadi. Ikkinchidan esa, jamiyatda sifatli mahsulot (ish, xizmat) ko’payadi, bozor to’ladi, farovonlik oshadi.
Mehnat resurslari deganda korxonada band bo’lgan mehnatga qobiliyatli yoshagi (erkaklar 16- 60 yosh, ayollar 16-55 yosh) ishchi va xizmatchilar tushuniladi.
Bu asosan natural ko’rsatkichda, ya’ni xodimlar sonida ifodalanadi. Bularning tarkibini aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalanish mumkin.
Mr = I + Mtx + Xz + Bx (1)
bunda:
Mr — mehnat resursi;
I— ishchi;
Mtx — muhandis-texnik xodimlar;
Xzxizmatchilar;
Bxboshqaruv xodimlari.
Bunda shuni inobatga olish lozimki, barcha ko’rsatkichlar tarkibida pensionerlar va o’smirlar ifoda etilmaydi.
Xodimlar soni mehnat resurslaridan miqdori va mazmuni jihatidan ham farq qiladi.
Xodimlar soni deganda korxonada band bolgan (yoshidan qat’iy nazar) barcha ishchi va xizmatchilar yig’indisi tushuniladi. Bu ham faqat natural miqdorda ifodalanadi va quyidagi formula bilan hisoblanadi.
X = (I + Mtx + Xz + Bx) + (P + U), (2)
bunda:
P— ishlayotgan pensionerlar;
U— ishlayotgan o’smirlar.
Ammo shuni e’tirof etish kerakki, xodimlar soni mehnat resurslaridan ishlayotgan pensioner va o’smirlar soniga ko’p bo’ladi.
Masalan, Mr = 200, X = 220 bo’lishi mumkin. Bunda ishlayotgan pensionerlar va o’smirlar soni 20 kishiga 220 — 200 = 20 teng bo’ladi.
Ushbu tushunchalarning amaliyotda qo’llanilishini ko’rish uchun ularning har birini aniqlash yo’llarini ma’lumotlar asosida hisoblash lozim.
Mehnat salohiyati va u bilan bog’liq ko’rsatkichlarni aniqlash yo’llarini, ularning miqdori va mazmuni jihatidan bir-biridan farqini aniqlab olish mumkin ekan. Shuni ta’kidlash lozimki, jamiyat miqyosida mehnat resursi va mehnat salohiyati bir - biridan miqdor jihatidan farq qiladi. Ammo korxona miqyosida ushbu ikki tushuncha o’rtasida miqdor jihatidan tengdir.

Download 1,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish