Ishlab chiqarishda boshqaruv” fakulteti “iqtisodiyot” kafedrasi “ Industrial va innovatsion iqtisodiyot” fanidan



Download 1,59 Mb.
bet9/18
Sana14.07.2022
Hajmi1,59 Mb.
#799167
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
Usmonov E kurs ishi

  (12)
bunda:
Ko’r.u so’rnatilgan uskunalar koeffitsiyenti;
Amalmavamalda mavjud uskunalar;
O’rn.usk — muayyan sanadagi amalda o’rnatilgan uskunalar.
So’ngra quyidagi formula asosida o’rnatilgan uskunalarga nisbatan ishlayotgan uskunalar koeffitsiyenta aniqlanadi:
  (13)
bunda:
Kishlishlayotgan uskunalar koeffitsiyenti;
Ishl.uskamalda ishlayotgan uskunalar.
Asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini aniqlashda ekstensiv va intensiv omillarning ishlab chiqarish dasturi bajarilishiga ta’sirini topish ham zarurdir. Uskunalardan ekstensiv foydalanishni tavsiflovchi ko’rsatkichlarga: uskunalar miqdori, jumladan, ishlatilmayotgan mehnat vositalari ulushi; uskunalarning ishlamagan vaqti (dastgoh, soatlar); uskuna ishlashining smenalilik koeffitsiyenti; mashina va dastgohlar saroyi tuzilishi kabilar kiradi.
Uskunalardan intensiv foydalanish smena, oy, chorak va yilda bir dastgoh-soatda ishlab chiqarilgan mahsulot, ya’ni uning ish samaradorligi ko’rsatkichlari bilan tavsiflanadi. U natural ko’rsatkichlar va so’mlarda hisoblanishi mumkin.
Bitta uskunadan ekstensiv foydalanish koeffitsiyenti ishlangan mashina va dastgoh-soat amaldagi miqdorini, ularning reja va bazis miqdoriga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi.
Intensiv foydalanish koeffitsiyenti bir mashina- soatda shilab chiqarilgan mahsulotning hajmi bilan o’lchanadi. Uni aniqlash uchun bir mashina-soatda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini rejadagi mahsulot bilan aniqlanadi.
Korxonada aylanma mablag’lar xolatining qanday ekanligini bilish uchun, hozirga erkin iqtisodiyot sharoitida, uning dinamikasini ko’rib chiqish maqsadga muvofiq. Ammo aylanma mablag’lar dinamikasini o’rganganda albatta barcha aktivlar dinamikasi bilan solishtirish va barcha aktivlarda ularning ulushi qanday o’zgarayotganligini ham kuzatish bu boradagi xulosaga ancha oydinlik kiritadi.
Aylanma mablag’lar bilan ta’minlanganlikni ifodalovchi ko’rsatkichlarga aylanma mablag’larning summasi va aylanish tezligini belgilangan me’yorlar bilan taqqoslash; o’z va qarz mablag’larining muomaladagi ishtirokini aniqlash; aylanma mablag’larning umumiy hajmi va turlari bo’yicha shakllari va manbalarini o’rganib chiqish lozim.
Aylanma mablag’lar me’yorlari aylanish kunlarida, sarflar kunlarida yoki sarflar 1 so’miga tiyinda belgilanishi mumkin. Aylanma mablag’larning summadagi me’yorini belgilash uchun keyingi chorakdagi (1-chorak) mahsulotning rejadagi bir kunlik realizatsiyasini kunlardagi me’yorlarga ko’paytirish kerak.
Kunlardagi haqiqiy mavjud aylanma mablag’lar: aylanma mablag’lar haqiqiy summasini keyingi chorakdagi rejada ko’zda tutilgan 1 kunlik mahsulot realizatsiyasiga bo’lish yo’li bilan aniqdanadi.
O’z aylanma mablag’lari va ularni shakllantirishning boshqa manbalarini aylanma mablag’lar summasi bilan, o’z aylanma mablag’larini qisqa muddatli qarzlari bilan qiyoslash to’g’riroq bo’ladi.
Aylanma mablag’lar me’yori ishlab chiqarish harajatlari yillik miqdorini (5-sh. bo’yicha) 360 kunga bo’lish va kunlardagi me’yorga ko’paytirish orqali aniqdanadi yoki aylanma mablag’lar me’yorini aniglash usullaridan biri bir kunlik ishlab chiqarish harajatlarini harajatlar 1 so’miga tiyinda belgilangan me’yorga ko’paytirish hisoblanadi.
Aylanma mablag’lar me’yorini aniglashning boshqa usuli bir kunlik realizatsiya summasini me’yor bo’yicha belgilangan kunlarga ko’paytirish hisoblanadi.
Aylanma mablag’larning ortiqchligi yoki kamomadini aniqlash uchun me’yorni ilgari qilinganidek aylanma mablag’larning butun summasi bilan qiyoslash kerak.
Aylanma mablag’lardan foydalanish samaradorligi ularning aylanish tezligi, daromadliligi va rentabelligi bilan, ya’ni aylanma mablag’larning 1 so’miga to’g’ri keladigan foyda miqdori bilan belgilanadi.
Aylanma mablag’larning kunlarda ifodalangan aylanish tezligi aylanma mablag’lar o’rtacha yillik summasining bir kunlik sotilgan mahsulot qiymatiga nisbati sifatida quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:

Download 1,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish