Loyiha matni 49901-(61999)


-bob. Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish



Download 4,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet56/214
Sana11.07.2022
Hajmi4,67 Kb.
#777269
TuriКодекс
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   214
Bog'liq
Loyiha matni - 49901-(61999)

10-bob. Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish
1-§. Umumiy qoidalar
123-modda. Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishning oʻziga xos
xususiyati


project.gov.uz
06.06.2022
54
Ushbu bob talablari davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda
amalga oshiriladigan banklar va kredit byurolari, ularning vakolatxonalari hamda filiallarini davlat
roʻyxatidan oʻtkazishga tatbiq etilmaydi.
Tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish – tuman (shahar) davlat
xizmatlari markazining (bundan buyon matnda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ deb yuritiladi) ushbu
Kodeks doirasida davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan taʼsis va boshqa hujjatlarni tekshirish
yoʻli bilan yuridik shaxs tashkil qilingani, qayta tashkil etilgani, uning taʼsis hujjatlariga oʻzgartirish va
qoʻshimchalar kiritilganini rasmiylashtirish, shuningdek, yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish
toʻgʻrisidagi guvohnomani berish, yuridik shaxsni tashkil etish, qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi va ushbu
Kodeksga asosan boshqa maʼlumotlarni Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestriga (bundan buyon
matnda Reyestr deb yuritiladi) kiritish boʻyicha harakatlaridan iborat.
Tadbirkorlik subyekti – jismoniy shaxsni (yakka tartibdagi tadbirkorni, yuridik shaxs boʻlmagan
dehqon xoʻjaliklari va oilaviy tadbirkorlik subyektlarini) davlat roʻyxatidan oʻtkazish – roʻyxatdan
oʻtkazuvchi organning ushbu Kodeks doirasida davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan
hujjatlarni tekshirish yoʻli bilan jismoniy shaxsning yakka tartibdagi tadbirkor maqomiga ega boʻlganini,
yuridik shaxs boʻlmagan dehqon xoʻjaliklari va oilaviy tadbirkorlik subyektlari tashkil etilganligini
rasmiylashtirish, shuningdek tegishli tadbirkorlik subyektini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi
guvohnomani berish va jismoniy shaxsning yakka tartibdagi tadbirkor maqomiga ega boʻlganligi, yuridik
shaxs boʻlmagan dehqon xoʻjaligi va oilaviy tadbirkorlik subyektlari tashkil etilganligi toʻgʻrisida hamda
ushbu Kodeksga asosan boshqa maʼlumotlarni Reyestrga kiritish boʻyicha harakatlaridan iborat.
Davlat roʻyxatidan oʻtkazish taqdim etilgan hujjatlar va ularda ushbu Kodeksda koʻrsatilgan rad
etish asoslarining yoʻqligini oʻrganish natijasida tadbirkorlik subyektlarini ularni bir vaqtning oʻzida
davlat soliq xizmati va davlat statistika organlarida “yagona darcha” prinsipi asosida hisobga qoʻygan
holda davlat roʻyxatidan oʻtkazishning tezlashtirilgan jarayonini ifoda etadi.
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlarning davlat soliq xizmati va davlat statistika organlari bilan
oʻzaro hamkorligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan oʻrnatilgan tartibda amalga
oshiriladi.

Download 4,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish