M. R. Usmanov Turizm geografiyasi udk 911. 3(575. 13)


-jadval Turizm klassifikatsiyasi



Download 2,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/146
Sana04.10.2022
Hajmi2,5 Mb.
#851372
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   146
Bog'liq
Turizm geografiyasi YANGISI

2-jadval
Turizm klassifikatsiyasi 
Sayohatda ishtirok 
etuvchilar va 
qatnashadiganlar soniga 
ko„ra
Individual (yakka), guruh, oilaviy 
Dam olish regioniga ko„ra
Milliy, xalqaro 
Turizm bozori
Ichki, xalqaro 
Tashkil etish xususiyatiga 
ko„ra
Tashkillashtirilgan, tashkillashtirilmagan, mustaqil 


28 
Maqsadiga ko„ra
Dam olish, sog‗liqni tiklash (sanatorniya), 
rekreatsiya, sog‗lomlashtirish, ishbilarmonlik
ta‘limiy, diniy, ziyorat, shopturizm, sog‗inish-
qumsash (nostalgicheskiy) va boshqalar.
Yoshiga ko„ra
Bolalar, 
yoshlar, o‗rta yoshdagilar, keksa 
yoshdagilar, qarilar 
Xarakatlanish vositasiga 
ko„ra
Avtomobil, avtobus, suv (kruiz), piyoda, temiryo‗l, 
xavo, velosiped va boshqalarda 
Faoliyat turiga ko„ra
Ishbilarmonlik, tanishuv, sport, ekologik, kongress, 
ekstremal, qishloq (agroturizm) va boshqalar 
Tabiiy resurslardan 
foydalanishga ko„ra
Tog‗, dengiz, o‗rmon, daryo, plyaj, davolanish 
Hududiy xarakteriga ko„ra
Kontinental, dengizbo‗yi, orol 
Moliyaviy manbasiga ko„ra
Tijorat, ijtimoiy (sotsial) 
Turistlarni joylashtirish 
vositasiga ko„ra
Mexmonxona tipi, mexmonxona bo‗lmagan tipi 
Sayohatning uzoq-yaqinligi
Yaqin, uzoq 
Sayohatning davomiyligi
Qisqa, o‗rta, uzoq 
Turistik potoklarning 
intensivligi
Mavsumiy, yil davomida (doimiy) 
Ichki turizm yoki ko`p hollarda mahalliy turizm sifatida ham 
ishlatiladi. Agar turist o‗z yashab turgan mamlakat hududdan 
chiqmasdan sayohat qilsa, turizmning bunday shakliga ichki turizm 
deb ataladi. Bunday turistlar uchun viza kerak emas, o‗zining milliy 
pulidan foydalanadi. Ayrim ma‘lumotlarga qaraganda turistik 
sayohatlarga chiqishning asosiy qismi ichki turizmga to‗g‗ri keladi. 
Ichki turizmning rivojlanishi har bir mamlakatda turistik 
resurslardan foydalanish, turizm infratuzilmalarini rivojlantirish, 
turizm bo‗yicha mutaxassis kadrlar tayyorlash imkoniyatini beradi.
 
Keyingi yillarda xalqaro turizm bilan ichki turizm orasida bir-
biriga yaqinlashuv yuz bermoqda. 1985 yil 14-iyun oyida Yevropa 
davlatlarining bir guruhi Gollandiya, Belgiya, Germaniya, Fransiya, 
Lyuksenburg, Italiya kabi davlatlarning hukumat boshliqlari 
Shengel hamkorligiga imzo chekdilar. (2019 yilda 22 ta davlatda 
shingen shrtnomasi amal qiladi). Keyingi yillarda Yevropa 
davlatlarining ko`pchiligi yagona pul muomalasi «Yevro»ga 
o`tmoqdalar. Bu esa ushbu mamlakatlarning barchasida pul, tovar 
va turistlarning erkin harakat qilish imkoniyatini beradi. Ushbu 


29 
davlatlarda yagona viza siyosati amalga oshirildi. Bu esa Yevropaga 
turistlar oqimining ko‗plab kelishi va ularning viza uchun ortiqcha 
mablag‗ va vaqt sarflanmasligiga olib keldi.
 
Xalqaro 
turizm. 
Turistlarning 
bir 
mamlakatdan 
boshqa 
mamlakatga borib, undagi tarixiy, madaniy ob`ektlari bilan 
tanishish, ko‗rish, dam olishga, davolanish va h.k. maqsadlargagi 
tashrifidir. Xorijiy mamlakatlarga pul ishlab kelish uchun borish 
turizmga kirmaydi. 
 
Xorijiy davlatlarga sayohatga chiqishdan oldin sayohatga 
chiqayotgan kishilar uchun viza ochiladi, ular tibbiyot ko‗rigidan 
o‗tkaziladi, milliy pul, xorijiy mamlkat puliga almashtiriladi. 
Bunday ishlarning amalga oshirilishi eng avvalo aholini noqonuniy 
migratsiyasiga, narkotik moda va fohishabozlikka qarshi kurash va 
boshqa maqsadlarda amalga oshiriladi. Xalqaro turizmning ikkinchi 
o‗ziga xos xususiyati yana shundan iboratki, xalqaro turizm 
mamlakat iqtisodiyotiga katta ta‘sir ko‗rsatadi. Chet ellik 
turistlarning turizm xizmatlaridan foydalanishi turist qabul qilgan 
mamlakatga valyuta tushumining ortishiga olib keladi. Shu sababli 
xalqaro turizm faol turizm deyiladi. Shu bilan birga turistlarni 
eksport qiluvchi mamlakatlarda pulning bir qismi turistlar bilan 
chiqib ketadi. Shu sababli faqat turistlarni eksport qiluvchi 
mamlakatlardagi turizm passiv turizm deyiladi. 
 
Xalqaro turizmda qatnashuvchi turistlarning 65 foizi Yevropa 
mamlakatlariga, 29 foizi Amerikaga, 15 foizi boshqa mamlakatlarga 
to‗g‗ri keladi.
 
Rekreatsiya turizmi-turistlarning o‗z yurti yoki biror bir 
mamlakatga dam olishi uchun borishidir. Ispaniya, Italiya, Fransiya 
va Avstriyaga boruvchi turistlar ko‗proq dam olish uchun boradilar.
 
Davlolanish turizmi. Ushbu tardagi turizm shaxsiy xarakterga ega 
bo‗lib, ko‗p hollarda turistlar o‗z sog‗lig‗ini tiklash, yani davolanish 
uchun bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga boradilar. Davolanish 
turizmining muddati ko‗p hollarda 24-29 kunni tashkil qiladi. 
Davolanish turizmi organizmga ta‘sir ko‗rsatishiga qarab, iqlimiy, 
dengiz iqlimida davolanish, shifobaxsh balchiqqa, quyosh nurlarida 
davolanish kabi turlarga bo‗linadi.
 


30 
Ko‗rish (Tanishuv) turizmi. Turizmning ushbu turi biror bir 
mamlakat hududini tomosha qilish uchun tashkil qilinadi. Sayohat 
qilishdan 
asosiy 
maqsad-turistlarning 
dunyoqarashini 
kengaytirishdir. Tomosha qilish uchun sayohatga chiqishning 
muhim turlaridan biri avtomobillarda, avtobuslarda sayohat qilish 
hisoblanadi.
 
Tadbirkorlik turizmi. Turizmning ushbu turida turistlar ma‘lum 
bir maqsad yuzasidan bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga 
boradilar. Ish yuzasidan amalga oshiriladigan turistlarga davlat yoki 
biror bir tashkilot tomonidan safar xarajatlari to‗lanadi. Shu sababli 
ko‗pchilik davlatlar o‗zlarida ko‗proq xalqaro yig‗ilishlar 
o‗tkazishga harakat qiladilar. Tadbirokor turizmida savdo-sotiq 
ishlarini tashkil qilish, ilmiy kongres, anjuman, ishlab chiqarish 
seminarlari, stanoklarining Yangi texnologik linyalarini ishga 
tushirish, xalqaro ko‗rgazmalar, shartnomalarni imzolash ishlari 
amalga oshiriladi. Ushbu turizmga umumiy turistlar oqimining 10-
20 foizi to‗g‗ri keladi.
 
Ilmiy turizm. Bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga o‗qish, 
ta`lim olish, malakasini oshirish, anjumanlarda ishtirok etish uchun 
amalga oshiriladigan tashriflar ilmiy turizm deb ataladi. Turizmning 
ushbu turi Yevropa davlatlari, AQSH, Yaponiya, Xitoy kabi 
davlatlarda rivojlangan.
 
Sport turizmi. Turizmning Ushbu turi sportchilarning turli 
musobaqalarda qatnashishi, ma‘lum sport turi bo‗yicha tayyorgarlik 
ko‗rish uchun joy mamlakatlarga borishidir.
 
Shop turizmi. Xorijiy mamlakatlarga har xil tovarlar sotib olishi 
tushuniladi. Jumladan, turistlar Turkiya, Italiya, Portugaliya va 
Suriyaga poyafzal, trikotaj va boshqa tovarlar sotib olish uchun 
borsa, Hindistonga to‗qimachilik mahsulotlarini sotib olish uchun 
Gretsiya va Argentinaga mo‗yna, po‗stin sotib olish uchun 
borishadi. Turizmning ushbu turi hisobiga tovar sotuvchi 
mamlakatlar katta foyda oladilar. Jumladan, Turkiya turistlarga 
tovar sotish evaziga yiliga 8-10 mlrd dollar foyda oladi.
 
Tasodiflar turizmi. Turizmning ushbu turi yovvoyi hayvonlarni 
ov qilish, baliq ovlash, qadimgi boyliklarni izlab topishga qaratilgan 


31 
ishlarni amalga oshiradi. Tasoddiflar turizmi quyidagi turlarga 
bo‗linadi. 

Download 2,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish