Ma’ruza №9 Parazitlik, transmissiv va tabiiy manbali kasalliklarning biologik asoslari


Parazitlarning rivojlanish sikllari



Download 145,33 Kb.
bet4/11
Sana20.04.2022
Hajmi145,33 Kb.
#567007
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
10- ma`ruza. parazitologiya

Parazitlarning rivojlanish sikllari
Parazitlarning xayotiy sikli – bu parazit ontogenezining barcha bosqichlari yig‘indisi va parazitning bitta xo‘jayindan boshqasiga yuqish yo‘lini o‘z ichiga oladigan jarayondir.
Parazitning xo‘jayini deb – parzit tomonidan oziqlanish, vaqtinchalik va doimiy yashash uchun foydalaniladigan organizmga aytiladi.
Parazitlarda asosiy, oraliq va rezervuar (manba) xo‘jayinlar bo‘ladi:

  • Asosiy yoki defenitiv xo‘jayin organizmida, parazit jinsiy etuk shaklida yashab, jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi. Unga parazit kontakt orqali yki oraliq xo‘jayin iste’mol qilinganda yuqadi.

  • Oraliq xo‘jayin organizmida parazit lichinkali bosqichida yashab, jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi, oraliq xo‘jayin:

  1. Asosiy xo‘jayinga yuqish manbasi xisoblanadi;

  2. Parazit tarqalishi funksiyasini bajaradi;

  3. Asosiy xo‘jayin vaqtincha yo‘q bo‘lgan xolatda parzit populyasiyasi yashab qolishini ta’minlaydi;

  4. Ba’zi parazitlar ikki va undan ortiq oraliq xo‘jayinga ega bo‘ladi;

  • Rezervuar xo‘jayin organizmiga – parazit:

  1. Uzoq yashashi mumkin;

  2. Ko‘payadi ammo rivojlanmaydi;

  3. Yig‘ilishi va atrof-muxitga tarqalishi mumkin;

  • Rezervuar xo‘jayin bo‘lib ko‘p xollarda oraliq xo‘jayin rol o‘ynaydi;

Parazitlarning xayot shakli davomiyligi xilmag‘xildir:



  1. Argas kanalar – 20-25 yilgacha;

  2. Qon so‘rg‘ichlilari – 40 yilgacha;

  3. Ostritsa va pakana gijja – 2 oygacha;

Xayotiy shakli davomiyligini bilish profilaktik ishlari olib borish uchun zarur;
Parzitlarning tarqalishi quyidagicha amalga oshadi:

  1. Parzitlarning tanim bosqichida – sistalar, tuxumlari, kapsuladagi lichinkalari orqali; ular muxit omillarigi juda chidamli – askarida tuxumi – 7 yilgacha, dizenteriya amyobasi sistasi – 7 oygacha saqlanadi;

  2. Parazitlar mexanik tashuvchilar, shamol va suv bilan tarqaladi;

  3. Ko‘pchilik parazitlar tarqalishiga imkon yaratuvchi erkin yashovchi xarakatchan bosqichga ega;

  4. Oraliq xo‘jayinning xarakatchan xayot tarzi asosiy xo‘yojayin bilan bog‘lanish imkoniyatini oshiradi;

  5. Asosiy xo‘jayinning faolligi ma’lum xududda sista, gelmentlar tuxumi va lichinkalar tarqalishini ta’minlaydi.

Parazitlar xar xil yo‘llar bilan xo‘jayin organizmiga tushadi.





  1. Tashuvchilar orqali – tashuvchilarning quyidagi shakllari mavjud:

  1. Maxsus (obligat) tashuvchilar – tashuvchilar bilan parazit biologik boo‘lanishga ega, chunki tashuvchi organizmida parazit ma’lum rivojlanish siklini o‘tadi (M: bezgak paraziti uchun – Anofeles avlodiga mansub chivin, Leyshmaniya uchun – iskaptopar).

  2. Maxsus tashuvchilar – parazitlarning tabiatdagi manbasi (rezervuari) bo‘lishi xam mumkin( M: burga organizmida o‘lat bakteriyalari 1-yilgacha, kanalarda kasallik qo‘zg‘atuvchilar 20 yilgacha saqlanadi).

  3. Mexanik(nospetsifik yoki fakultativ) tashuvchilar – bu organizmlarda parazit ko‘paymaydi va rivojlanmaydi faqat tashiladi( M: uy pashshasi, suvarak).

  1. Transovarial yo‘l bilan – bunda kasallik qo‘zg‘atuvchi avloddvn-avlodga tuxum xujayra orqali o‘tkaziladi(tuxum-lichinka-imago-tuxum). M: transovarial yo‘l bilan argas kanalar 3-avlodga, iskaptoparlar 2 avlodga uzatadi.

Kasallik qo‘zg‘atuvchi parazitlarning yuqish yo‘llari:



  1. Alimentar yo‘l bilan – og‘iz orqali iflos qo‘l va oziq-ovqatlar bilan (finnali go‘sht, toksoplazma)

  2. Kontakt yoki kasal organizmdan bevosita to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuqish(egri boshli gijja lichinkasi, qichima kana).

  3. Transmissiv yo‘l bilan – qon so‘rar bo‘g‘imoyoqlilar orqali, 2 xil usulda amalga oshadi:

  1. Inokulyasiya – kasallik qo‘zg‘atuvsi xo‘jayin orgagizmi qoniga tushuvchi og‘iz apparati orqali qon so‘rganda yuqadi.

  2. Kontaminatsiya – kasallik qo‘zg‘atuvchi teriga tushib, u erdan teri jaroxatlari orqali yuqadi.

Obligat transmissiv yuqish – faqat qon so‘rar tashuvchilar orqali yuqish.
Fakultativ transmissiv yuqish – xashorotlarning chaqishi va boshqa yo‘llar bilan yuqish; M: o‘lat qo‘zg‘atuvchi –

  1. Burga chaqqanda;

  2. Teri va shilliq parda orqali;

  3. Nafas qo‘llari orqali;

  4. Alimentar yo‘l bilan yuqadi.

Parazitlarning yuqish yo‘llarini o‘rganish parazitar kasalliklarga qarshi umumiy va shaxsiy profilaktika ishlarini olib borishda zarur.
Parazitlarni xo‘jayin organizmidan chiqarilishi xilma-xil:

  1. Xazm sistemasi parazitlari – tuxum, sista, lichinka ko‘rinishida najas bilan chiqariladi.

  2. Jinsiy sistemasi parazitlari – siydik bilan chiqariladi.

  3. Ichki muxit parazitlari – tashuvchilar orqali yoki nofaol ya’ni xo‘jayinni boshqa xo‘jayinni eb qo‘yganda yuqadi.

“Parazit – xo‘jayin” organizmi o‘rtasidagi munosabat:
Parazit xo‘jayin organizmiga ta’sir ko‘rsatadi: 1. Mexanik 2. toksik
I. Mexanik ta’sirida:

  1. To‘qimalar jaroxatlanadi – exinokokk jigarni siqib qo‘yadi.

  2. Parazitlar ichak bo‘shlig‘iga tiqilib qoladi – tasmasimon chuvalchanglar, askarida.

  3. Parazitlar o‘t yo‘lini yopib qo‘yadi – jigar qurti, mushuk so‘rg‘ichlisi.

  4. Lichinkalari qon tomirlar, nafas yo‘llarini jaroxatlaydi – askarida lichinkasi

  5. SHistozoma tuxumlari siydik pufagi, ichak devori qon

  6. Tomirlarini jaroxatlaydi.

II. Toksik ta’sirida:

  1. Parazit chiqargan toksik moddalar tana xaroratini ko‘taradi – bezgak paraziti

  2. Ishtaxa psayadi, tana massasi yo‘qotiladi, mexnat qobiliyati pasayadi – gelmintozlarda

  3. Bolalar jismoniy va aqliy rivojlanishdan orqada qoladi – ankilostomozda

III. Ichak parazitlari – organizm cholatining keskin pasayishiga olib keladi.
IV. Organizmda allergik reaksiyalar paydo bo‘ladi.
V. Neyro-gumoral tizimi faoliyati buziladi.

Xo‘jayin orginizmining parazit ta’siriga javob reaksiyasi 3 xil bo‘ladi:



  1. Xujayraviy reaksiya – xujayra razmeri kattalashadi.

  2. To‘qima reaksiyasi – tinim xolatidagi parazit atrofida biriktiruvchi to‘qimali kapsula xosil bo‘ladi.

  3. Gumoral reaksiya – parazit ajratgan antigenlarga qarshi maxsus ximoya antitanalar ajratiladi.

Xo‘jayin organizmining parazitlarga sezgirligi xar xil, ular tabiatning irsiy bo‘lmagan va irsiy omillariga bog‘liq:

  1. Irsiy bo‘lmagan omillar:

  1. YOshi

  2. Oziqlanishi

  3. Garmonal statusi

  4. Qo‘shimcha kasalliklari

  • Oqsil etishmovchiligi bor bolalarda amyobiaz og‘ir kechadi, bezgak esa engil

  • Xavfli o‘smasi bor odamlar visseral leyshmaniya bilan kasallanmaydi

  • Temir etishmaslik kamqonligi odamlarni bezgak yuqishidan ximoyalaydi

  • M.N.S.da jaroxati bor odamlarda qichima kasalligi og‘ir kechadi

  1. Organizmning genetik konstitutsiya katta axamiyatga ega:

  • II qon guruxiga ega odamlar lyambliozga beriluvchan bo‘ladi

  • Bezgakga beriluvchanlik xam qon guruxiga bog‘liq

  • Gemoglobinopatiyaning xar xil shakllari – talassemiya, o‘roqsimon kamqonlik, G-6FDG Eritrotsitar ferment etishmovchiligi bezgakga chidamlilikni ta’minlaydi

  • Geterozigotlarda gametotsitlar tez xosil bo‘lib, organizmdan jadal chiqariladi.

Parazitotsenoz – bu bir vaqtda bitta organ yoki organizmda yashovchi xar xil turga kiruvchi parazitlar jamoasidir. Bu atama E.N. Pavlovskiy tomonidan kiritilgan.



  • Bakteriyalar zamburug‘lar yuqushini susaytiradi;

  • Ichakda askarida yoki egri bosh gijja bo‘lsa lyambliya yuqishi 2-4 marta kamayadi;

  • Difilliobotrioz, gimenolipedoz bor odamlarda lyamdlioz 2-3 marta ko‘p uchraydi;

  • Bolalarda gelmintoz bo‘lsa bakterial dizenteriya, sil, Botkin kasalligi va ichterlama og‘ir kechadi.

Parizitotsitotsenozni o‘rganish davolash samarasini oshirish uchun muxim xisoblanadi.



Download 145,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish