Modul №1 optika fanining rivojlanish tarixi



Download 1,89 Mb.
bet3/60
Sana01.07.2022
Hajmi1,89 Mb.
#726209
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
Bog'liq
1.1.Modul bo\'yicha mavzular Optika

Yorug’lik oqimining o’lchov birligi sifatida lyumen (lm) dan foydalaniladi.
1 lm =1 kd / 1 srad.
U 1 kd yorug’lik kuchiga ega bo’lgan
manbaning 1 srad fazoviy burchak ichiga yuboradigan oqimidir. Agar manbaning har qanday yo’nalish bo’yicha yorug’lik kuchi 1 kd ga teng bo’lsa, u holda manba 4π lm = 12,5 lm ga teng bo’lgan to’la yorug’lik oqimi beradi. Yangi yorug’lik etaloni normal yo’nalish bo’yicha 1 sm2 dan 60 lm/srad ga teng oqim beradi.
To’lqin uzunligi = 0,555 μm bo’lgan yorug’likdan hosil bo’ladigan 1 lm oqimga 0,0016 W energiya oqimi to’g’ri kelishi tajribalardan aniqlangan.
A = 0,0016 W/lm
kattalik yorug’likning mexanikaviy ekvivalenti deyiladi.
Yoritilganlik. Biror sirtning birlik yuzasiga tushayotgan yorug’lik oqimiga yoritilganlik deyiladi.
(2.3)
Nuqtaviy yorug’lik manbai hosil qiladigan E - yoritilganlik yorug’lik kuchi - I, sirtdan manbagacha bo’lgan masafa - r, va sirtning n - normali bilan manba tomon yo’nalish orasidagi burchak - bilan quyidagicha bog’langan:
(2.4)
Yoritilganlik birligi lyuks (lk) 1 lm oqimning 1 m2 sirt bo’yicha tekis hosil qilaligan yoritilganligiga teng.
Yorituvchanlik. Manbaning yorituvchanligi deb birlik yuzasidan hamma tarafga sochilayotgan yorug’lik oqimiga aytiladi:
(2.5)
Yorituvchanlik birligi yoritilganlikdek 1 lm/m2 larda o’lchanadi.
Ravshanlik. Yorug’likning berilgan yo’nalish bo’yicha sochilayotgan yorug’lik oqimiga ravshanlik deyiladi. Ravshanlik dS - yuzachaning berilgan yo’nalishdagi yorug’lik kuchining dS - yuzachaning o’sha yo’nalishga tik tekislikdagi proeksiyasiga nisbati bilan aniqlanadi.
(2.6)
Ravshanligi yo’nalishga bog’liq bo’lmagan manbalarga Lambert manbalari yoki kosinusli manbalar (bunday manba sirtining elementi tarqatayotgan oqim cos ga proporsional ) deyiladi. Bunday manbalar uchun quyidagi munosabat o’rinli:
(2.7)
Ravshanlik birligi - kd/m2.
Yorug’lik manbalarining kattaliklarini taqqoslash yo’li bilan aniqlash uchun ishlatiladigan asboblarga fotometrlar deyiladi. Fotometrlar ikki xil bo’ladi:
1. Vizual - ko’z bilan ko’rib taqqoslashga asoslangan.
2. Ob’yektiv - asboblar ko’rsatkichiga qarab aniqlash.

Yutuvchi pona, teshikli aylanuvchi disk, ikki qutblovchi prizmalar tizimi, Lyummer-Brodxun fotometri, Ulbrextning sharsimon fotometri va boshqalarning ishlashi yorug’lik manbalarining kuchi, sirtlarning yoritilganliklarini ko’z bilan taqqoslashga asoslangan. Ob’yektiv fotometrlarda fotoelementlar, fotoko’paytirgichlar, fotoqarshiliklar, bolometrlar va termoparalardan foydalaniladi.
Fotometrlarda etalon-yorug’lik kuchi aniq bo’lgan yorug’lik manbaning biror sirtda hosil qilgan yoritilganligi yorug’lik kuchi aniqlanishi kerak bo’lgan yoritgich hosil qiladigan yoritilganlik bilan solishtiriladi. I1 va r1 lar etalon lampaning yorug’lik kuchi va lampadan sirtgacha bo’lgan masofa: I2 va r2 - noma’lum lampa uchun yuqoridagi kattaliklar bo’lsa:
(2.8)
ifoda orqali talab qilinayotgan yorug’lik kuchi aniqlanadi.

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish