Mumtoz so’Z” 2011 Zamonaviy o’zbek tili: Sintaksis


Gap nutqiy hosila sifatida



Download 1,48 Mb.
bet54/141
Sana30.04.2022
Hajmi1,48 Mb.
#598054
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   141
Bog'liq
11. Zamonaviy o'zbek tili. Sintaksis

Gap nutqiy hosila sifatida xilma-xil, cheksiz ko’rinishga ega. Gap nutqda voqyelanar ekan, unda lisoniy va nolisoniy omillar uyg’unlashadi. Va shu asosda, lisoniy sistemaga berilgan unsurlarning “bir xil shaklliligi” tamoyili mo’tadillashib, u “har xil shakllilik” belgisiga ega bo’ladi. Chunki nutqiy gapda sof lisoniy birliklar bilan birga, nutqning boshqa vositalari nutq vaziyati, so’zlovchi va tinglovchining yosh va xarakter-xususiyati, kommunikativ maqsadi, nutq sharoiti kabi qator omillar gapga “yopishadi” va yaxlitlik kasb etadi. Yaxlitlik esa sistemadir. Lekin nosintaktik hodisalar bilan qorishgan birlik qanchalik cheksiz turlanmasin, lisoniy sathdagi umumiylik barqaror holda saqlangan bo’ladi. Bu umumiylik gapning eng kichik sintaktik qolipidir. Ma’lumki, gapning eng kichik sintaktik qolipini aniqlash uchun gap nosintaktik hodisalardan xoli qilinadi va fikrni ifodalay oladigan, hokim bo’lak – kesim vazifasidagi so’z shakli qoladi. Ayni shu so’z shakli uchun [WPm] qolipi qabul qilindi. [WPm] ning rang-barang xususiyatlari haqida yuqoridagi fasllarda so’z yuritildi va uni gapning eng kichik qurilish qolipi – lisoniy birlik har qanday ong birligi kabi bevosita kuzatishda berilmagan deb ta’riflandi.
Gapning umumiy qolipini tiklash va shakllantirishda barcha atov birliklari uchun umumiy bo’lgan bitta xususiyat – “atash ma’nosi” va unga kesimlik maqomini beruvchi vositalar uchun “kesimlikni shakllantirish” vazifa va ma’nosi olindi. Zero, bu qolipning tarkibiy qismi bo’lgan [W] ning ham, [Pm] ning ham o’ziga xos minglab juz’iy xususiyatlari mavjud. Tadqiqotchi M.Abuzalova [W] ni ifodalanish shakllariga ko’ra dastlab ikki turga bo’ladi:

  1. Ot, sifat, son, olmosh turkumiga oid so’zlarning [W] vazifasida kelishi.

  2. Fe’lning [W] vazifasida kelishi1.

Nutq bosqichida esa kesimning ot yoki fe’l bilan ifodalanish xususiyatlari J.Omonturdiyev tomonidan o’z vaqtida tadqiq qilingan. U “kesim fe’l bilan ifodalansa ham, ot bilan ifodalansa ham, predikativlikni ifodalashi, ega haqidagi hukmni bildirishi”2ni aytgan. E.Benvenist3 esa fe’l predikat bilan birga, ot predikat mavjudligini e’tirof etadi. Tilshunos olim T.Akromov lisoniy sathda ot so’z turkumi kesim vazifasida ham kelishini va bunda eganing belgisini bildirishini ta’kidlaydi: “O’zbek tilida ham ot-kesim, sifat, son va ravishlardan ifodalanib, egadan anglashilgan shaxs, predmet, hodisaning predmetlik belgisi, sifat-xususiyati, jinsi, holati, son-miqdori, mavjudlik o’rni, materiali va shu kabi xilma-xil belgilarni bildiradi”4.
Ko’rinib turibdiki, kesimning ot (aslida, ism)1 yoki fe’l bilan ifodalanish xususiyati nutq bosqichida keng o’rganilgan. Shuningdek, yuqorida qisman qolipning Pm qismi ifodalanishiga [WPm] qolipli yig’iq gaplar misolida to’xtalindi. Shu sababli quyida gap markazini – kesimni – otli yoki fe’lli kabi turlarga ajratib, [WPm] ning [W] qismi nutqiy voqyelanishi – ifodalanish shakllari ko’rsatib o’tiladi.
1. Yig’iq gapning nutqiy voqyelanishida [W] ning fe’l bilan ifodalanishi: O’qiding. Borgin. Keladi. Kuylasin. Sotib oldim.
2. Yig’iq gapning nutqiy voqyelanishida [W] ning ism bilan ifodalanishi:
a) ot bilan: O’qituvchiman. Shifokordirsiz.
b) sifat bilan: Chiroylidir. Tiriksan. Nodonsan.
v) son bilan: O’ntamiz. Birinchisiz. O’ttizdaman.
g) olmosh bilan: Menman. O’zingsan.
Shuningdek, mazkur vazifada sodda so’zlar bilan birga, qo’shma so’zlar, so’z birikmalari, frazemalar ham kela oladi va [W] ning aksidensiyalarini namoyon qiladi, ularning barchasi xususiylik sifatida bir qator o’ziga xosliklarga ega bo’ladi. Masalan:
[W] vazifasida:
a) qo’shma so’zlarning kelishi: Ustabuzarmonsan. Olib qochdim. Ishlab chiqardi.
b) frazemalarning kelishi: Yuragi yorila yozdi. Kapalagi uchib ketdi. Ko’zim tushdi. Ko’zlari to’rt bo’ldi kabi.
[Pm] ham avvalgi bo’limlarda ta’kidlanganidek, tasdiq-inkor, zamon, mayl, shaxs-son ko’rsatkichlarini o’zida mujassamlashtirgan yaxlitlikdir. Bu ko’rsatkich bir butunlik sifatida umumiylik deb olinadigan bo’lsa-da, uning ham o’ziga xos ifodalanish shakllari bor. Bu haqda yuqorida qisman to’xtalindi. Bu shakliy turli-tumanlik faqat nutqda mavjud bo’lib, ularning birortasi ham gapning sintaktik qurilishiga ta’sir etmaydi.
Ma’lumki, o’zbek tilida shakliy ifodalanishiga ko’ra [Pm] o’ta rang-barang. U nol morfemadan boshlab, morfemalarning yig’iq, yoyiq ko’rinishlari hamda bog’lamalar bilan ifodalanishi mumkin. Shuning uchun uning muayyan nutqiy voqyelanishlari bu qolip tarkibidagi qismlar orasida hissasi hamma vaqt ham bir xil bo’lavermaydi. Ba’zi hollarda bir ma’no bo’rttirilsa, uning ikkinchi ma’nosi zaiflashadi. Tilshunos B.Mengliyev ta’kidlaganidek, masalan, «modallik ma’nolari bo’rttirilganda zamon ma’nosi zaiflashadi va, aksincha, zamon ma’nosi bo’rttirilganda, modallik, mayl ma’nosi susayadi. Shunga o’xshash boshqa grammatik ma’nolarning ifodalanish darajasi ham xilma–xil bo’lishi mumkin. Bu ma’nolar ifodalanish darajasi qanchalik kuchli bo’lmasin, u [Pm] da mutlaq yoki yagona bo’lishi, shuningdek, o’ta zaiflashib kelishi yoki tamoman yo’qolgan bo’lishi ham mumkin emas»1. Hatto kesimlik kategoriyasi tarkibidagi birorta ma’noning tamoman yo’qolishi natijasida uning, ya’ni kesimlik kategoriyasining o’zi ham butunlay yo’qoladi yoki boshqa mohiyat kasb etadi.
Gapning sintaktik qurilishida uning hajmi muhim ahamiyatga ega. “Gap hajmi qanchalik katta bo’lsa, unda shuncha ko’p bo’linish (bo’laklarga ajratish) mavjud bo’ladi”2. Ma’lumki, har qanday hajmli gapda aktual bo’linish ikki qismdan – tema(ma’lum) va rema(yangi)dan iborat bo’ladi3. Bu atamalar hozirgi kunda ba’zi adabiyotlarda «yangi» va «ma’lum» terminlari ostida beriladi4.
Gaplar nutqda turlicha namoyon bo’ladi. Yuqorida aytilganidek, nutqda ishtirok etayogan nosintaktik – nolisoniy omillarning ishtiroki darajasi turlicha bo’ladi. So’zlovchiga bog’liq bo’lgan (subyektiv) va bog’liq bo’lmagan (obyektiv) omillarning turli darajada birlashuvi uning aktual bo’linishini tadqiq qilishda muhim rol o’ynaydi. Shu sababli, gapning aktual bo’linishi bilan sintaktik bo’linishining o’zaro munosabatida muvofiqlik va nomuvofiqlik holatlari kuzatiladi. Chunki so’zlovchining maqsadi va nutq sharoitiga bog’liq ravishda gaplarning qurilishi turlicha tus oladi. Agar aktual bo’linish bilan sintaktik bo’linish munosabati o’zaro muvofiq kelsa, ega yoki ega guruhi temani, kesim yoki kesim guruhi remani ifodalaydi.1 Bunda nutq vaziyatiga muvofiq ravishda gaplarning qurilishi va, unga muvofiq, aktual bo’linishida me’yoriy holatlar kuzatiladi.
Bizga ayonki, ma’lum–yangi munosabatli jumlalar ko’proq ikki tarkibli sodda gaplarda uchraydi. Masalan:



Nutqiy hosila


Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish