Mundarija kirish 2


Davlat byudjeti xarajatlarining 2021 yilda kutilayotgan ijrosi



Download 4,95 Mb.
bet17/81
Sana02.04.2022
Hajmi4,95 Mb.
#524094
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   81
Bog'liq
budjetnoma 2

Davlat byudjeti xarajatlarining 2021 yilda kutilayotgan ijrosi.


O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarining 2021 yilda kutilayotgan ijrosi 190,8 trln. so‘mni (davlat maqsadli jamg‘armalariga transfertlar bilan birga) yoki 2021 yilgi tasdiqlangan parametrlarga nisbatan 24,9 trln. so‘mga oshgan holda yalpi ichki mahsulotning 26,4 foizini tashkil etishi kutilmoqda.
5-jadval

O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2021 yilgi kutilayotgan ijrosi, trln. so‘m





T/r

Ko‘rsatkichlar

Tasdiqlangan
byudjet

Kutilayotgan
ijro

Foizda




Davlat byudjeti xarajatlari

165,9

190,8




115,0




Yalpi ichki mahsulotga nisbatan, foizda

24,1

26,4







1

Ijtimoiy xarajatlar

86,6

99,0

114,3




Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-
quvvatlash xarajatlari shundan:

69,5

84,6

121,7




Ta’lim

34,6

40,4




116,8




Sog‘liqni saqlash

19,6

23,1




117,9




Madaniyat

1,4

1,7




121,4




Sport

1,2

1,3




108,3




Fan

1,2

1,2




100,0




Nafaqalar, moddiy yordam va kompensatsiya
to‘lovlari

10,2

9,9

97,1




Pensiya jamg‘armasiga transfertlar

14,7

12,9

87,8




Ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal va foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash
uchun subsidiyalar



2,4



1,5



62,5

2

Iqtisodiyot xarajatlari

13,9

19,4

139,6




shundan:














Suv xo‘jaligi ekspluatatsiyasi xarajatlari

4,5

5,8

128,9

3

Markazlashgan investitsiya xarajatlari

17,7

31,8

179,7



4

Davlat boshqaruvi, hokimiyati, adliya,
prokuratura, sud va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarini saqlash xarajatlari



7,5



9,3



124,0



5

Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shahar va tumanlar byudjetlarining zaxira jamg‘armalari



1,5



1,5



100,0

6

Davlat qarziga xizmat ko‘rsatishning foiz
xarajatlari

3,0

2,7

90,0

7

Boshqa xarajatlar

24,4

26,7

109,4

7-rasm

2021 yilgi Davlat byudjeti xarajatlarining tarkibi trln.so‘m



O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarining kutilayotgan ijrosi tasdiqlangan rejaga nisbatan ko‘p bo‘lishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan quyidagi dastur va tadbirlar uchun qo‘shimcha mablag‘lar ajratilishi bilan izohlanadi, xususan:


ichki yo‘llar va ichimlik suvi ob’ektlarini ta’mirlashga – 3,3 trln. so‘m; oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarini moliyalashtirishga

  • 2,8 trln. so‘m;

koronavirusga qarshi kurashish tadbirlarini moliyalashtirishga

  • 1,3 trln. so‘m;

davlat-xususiy sheriklik asosidagi va oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash hamda shu asosda tashkil etilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar qamrovini oshganligi sababli subsidiyalar uchun qo‘shimcha yuzaga kelgan talabni qoplash uchun – 1,1 trln. so‘m;
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlari doirasida qurilish- ta’mirlash hamda jihozlash ishlari uchun – 1,0 trln.so‘m;
Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish hududiy maqsadli jamg‘armalarini shakllantirish uchun – 1,1 trln. so‘m;
ichki iste’molchilarga tabiiy gaz va elektr energiyasi narxlari oshirilmaganligi sababli “Uztransgaz” korxonasi tomonidan ko‘rilgan zararning bir qismini qoplash uchun – 1,0 trln.so‘m;
suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni qo‘llab- quvvatlashga – 0,9 trln. so‘m;
“Yangi Andijon” shaharchasini barpo etish uchun – 1,3 trln. so‘m;
Turizm ob’ektlari atrofidagi yer maydonlari, suv va yo‘l infratuzilmalarini yaxshilash uchun – 0,9 trln. so‘m;
ijtimoiy nafaqa oluvchi oilalar sonini oshirish, 18 yoshgacha farzandi bor oilalarga tayinlanadigan nafaqa to‘lovlari uchun – 0,6 trln.so‘m va boshqalar.


      1. Davlat byudjeti xarajatlarining 2021 yilgi kutilayotgan ijrosi, sohalar kesimida.


2021 yilda ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlarining kutilayotgan ijrosi 84,6 trln. so‘m bo‘lib, tasdiqlangan parametrlarga nisbatan o‘sish 21,8 foizni tashkil qilishi kutilmoqda.




8-rasm


Ta’lim.
2021 yilda Davlat byudjetining jami ta’lim sohasi xarajatlari 40,4 trln. so‘m miqdorida yoki Davlat byudjeti jami xarajatlarining 21,2 foizini yoki tasdiqlangan parametrlarga nisbatan o‘sish 16,8 foizni tashkil qilishi kutilmoqda.


Sog‘liqni saqlash.
2021 yilda sog‘liqni saqlash sohasi xarajatlari 23,1 trln. so‘mni yoki tasdiqlangan parametrlarga nisbatan 17,3 foizga oshgan holda jami xarajatlarning 12,1 foizini, yalpi ichki mahsulotning esa 3,2 foizini tashkil etishi kutilmoqda.

  1. jadval mlrd.so‘m




2017
yil

2018
yil

2019
yil

2020
yil

2021
yil

O‘sish
2017/2021
yil

Dori vositalari, tibbiyot buyumlari, vaksina va bakpreparatlar



376,4



914,6

1 123,1



1 494,3



1 783,9





4,7

Oziq-ovqat mahsulotlari

161,9

205,7

305,0

333,3

604,3

3,7


Madaniyat sohasi.
Madaniyat sohasiga xarajatlar 2021 yilda 1,7 trln. so‘mni yoki Davlat byudjeti jami xarajatlarining 0,9 foizini tashkil qilib, tasdiqlangan parametrga nisbatan 20,9 foizga oshishi kutilmoqda.


Sport sohasi.
Sport sohasiga xarajatlar 2021 yilda 1,3 trln. so‘mni yoki Davlat byudjeti jami xarajatlarining 0,7 foizini tashkil qilib, tasdiqlangan parametrga nisbatan 5,9 foizga oshishi kutilmoqda.


Fan.
Fanni yanada rivojlantirish tadbirlari uchun 2021 yilda 1,2 trln. so‘m, Davlat byudjeti jami xarajatlarining 0,6 foizini tashkil qilishi kutilmoqda.


Ijtimoiy himoya.
Ijtimoiy nafaqalar, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam va kompensatsiya to‘lovlari xarajatlari 9,9 trln. so‘mni tashkil etib, bu Davlat byudjeti jami xarajatlarining 5,2 foizini tashkil etishi kutilmoqda.
Bu, o‘z navbatida, 2021 yilda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga moddiy yordam berish, bolali oilalarga barcha turdagi ijtimoiy nafaqalarni to‘lash, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish, bolalikdan nogironlarga nafaqalar to‘lash imkonini beradi.


Iqtisodiyot xarajatlari.
Davlat byudjetidan 2021 yilda iqtisodiyotga ajratilishi kutilayotgan xarajatlar 19,4 trln. so‘mni yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 2,7 foizni tashkil etib, jami xarajatlarning 10,2 foizini tashkil etadi hamda bu ko‘rsatkich tasdiqlangan byudjetga nisbatan 40,2 foizga ko‘p.
Iqtisodiyot xarajatlari tarkibida yil oxirigacha quyidagilar uchun mablag‘lar ajratilishi kutilmoqda:
suv xo‘jaligi ekspluatatsiyasi xarajatlari 5 791,0 mlrd. so‘m; sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash 512,0 mlrd. so‘m; geologik qidiruv ishlari 1 048,0 mlrd. so‘m;
aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish

4 081,0 mlrd.so‘m.


2021 yil yakuni bo‘yicha Obodonlashtirish sohasi tashkilotlari 221 tani tashkil etishi va ularda 64,3 mingdan ortiq shtat birliklari faoliyat yuritishi hamda sohaning joriy xarajatlari uchun 2 763,9 mlrd.so‘m ajratilishi kutilmoqda. Bu esa 2020 yilda ajratilgan mablag‘larga nisbatan 12,5 foizga ko‘p bo‘lishi kutilmoqda.
Shuningdek, ichki xo‘jalik yo‘llarini ta’mirlash xarajatlari uchun 2021 yilda 273,3 mlrd.so‘m pul mablag‘lari ajratilishi hamda 2020 yilda ajratilgan mablag‘larga nisbatan 55,9 foizni tashkil etishi kutilmoqda.
2021 yil yakuni bo‘yicha Uy joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va vazirlik tizimidagi tashkilotlar soni 17 tani tashkil etishi va ularda 1 415 ta shtat birliklari faoliyat yuritishi hamda sohaning joriy xarajatlari uchun 3 259,3 mlrd.so‘m ajratilishi kutilmoqda. Bu esa 2020 yilda ajratilgan mablag‘larga nisbatan 129,4 foizni tashkil etishi kutilmoqda.


Markazlashgan investitsiya xarajatlari.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 dekabrdagi PQ-4936-son “2021–2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2021 yilda Davlat byudjetining markazlashgan kapital qo‘yilmalari hisobidan 1 971 ta ob’ektlarga 17 700,0 mlrd.so‘m mablag‘ ajratilishi belgilangan. O‘tgan yil ajratilgan 13 976,8 mlrd.so‘mga nisbatan 126 foizni tashkil etadi.
Joriy yilning yakuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga qilgan tashriflari davomida berilgan topshiriqlari, qabul qilingan farmonlari, qarorlari hamda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha Hukumatning tegishli qaror va farmoyishlariga asosan 2021 yilgi O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi parametrlariga qo‘shimcha 14 085,5 mlrd.so‘m mablag‘ ajratib berilishi kutilmoqda.
Buning natijasida, O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga joriy yil yakuni bilan 31 786,0 mlrd.so‘m yo‘naltirish kutilmoqda.

Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish