O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Download 1,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/34
Sana17.04.2020
Hajmi1,65 Mb.
#45576
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
3111801-НУД (2)


JAMI: 
42 
30 
 
30 
 
 
 
12 
 
 
ASOSIY QISM 
1. Maxsus maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyachisining ish xujjatlari  
Bunda  o’quvchilarga  maxsus  maktabgacha  ta’lim  muassasalari  tarbiyachisi  tomonidan 
yuritiladigan  qo’shimcha  xujjatlar  “Tarbiyachi  va  defektologning  aloqa  daftari”,  “Frontal 
mashg’ulotlar  kundalik  rejasi”,  “Yakka  tartibdagi  vazifa  daftari”  haqida  ma’lumot  berish.  Bu 
hujjatlarning nima uchun kerakligini va uning qanday to’ldirilishini amaliy  tushuntirish.    
 
2. Maxsus maktabgacha ta'lim muassasasida guruhli mashg'ulotlarni o'tish uchun 
mashg'ulot ishlanmasini  tuzish va o'tkazish.   
Birinchi navbatda o’quvchilarga guruhli mashg’ulotlarga reja matn tuzishi uchun  mavzular 
va shu mashg’ulotga tayyorlanishiga vaqt beriladi.  Berilgan vaqt ichida o'quvchi o'z mavzusiga 
mos ko'rgazmali qurollar, tarqatma materiallarni tanlay bilishi va tayyorlashi lozim. Tayyorgarlik 
uchun berilgan vaqt o’tgach o’quvchi mashg’ulotni o’tadi,  qolganlar uni kuzatadi. Mashg’ulotni 
o’tib bo’lgach unga yutuq va kamchiliklari, ajratilgan vaqtni to’g’ri taqsimlagani aytilib o’quvchi 
baholanadi.  
 
3. Maxsus maktabgacha ta'lim muassasasida yakka mashg'ulotlarni o'tish uchun 
mashg'ulot ishlanmasini tuzish va o'tkazish.   
Yakka  tartibdagi  mash’ulotlar  defektolog  tomonidan  berilgan  vazifa  asosida  kunning 
ikkinchi  yarmida  o’tkazilishi  tushuntiriladi.  So’ng  o’quvchilarga  yakka  mashg’ulotlarga  reja 
matn  tuzishi  uchun  mavzular  va  shu  mashg’ulotga  tayyorlanishiga  vaqt  beriladi  Berilgan  vaqt 
ichida o'quvchi o'z mavzusiga mos ko'rgazmali qurollar, tarqatma materiallarni tanlay bilishi va 
tayyorlashi  lozim.  Tayyorgarlik  uchun  berilgan  vaqt  o’tgach  o’quvchi  mashg’ulotni  o’tadi,  
qolganlar  uni  kuzatadi.  Mashg’ulotni  o’tib  bo’lgach  unga  yutuq  va  kamchiliklari,  ajratilgan 
vaqtni to’g’ri taqsimlagani aytilib o’quvchi baholanadi.  
 
4. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarda uchraydigan nutq nuqsonlarini o'rganish.   
O’quvchilarga  maktabgacha  ta’lim  yoshidagi  bolalarda  uchraydigan  turli  hildagi  nutq 
nuqsonlar 
Alaliya, 
Dizartiriya, 
Duduqlanish, 
Dislaliya, 
Nutqning 
fonetik-fonematik 
rivojlanmaganligi, Nutqning to’liq rivojlanmaganligi kabi nutq normasidan tashqariga chiquvchi 
turli  hildagi  nuqsonlari  haqida  ma’lumot  berish  (tarqatma  materiallar,  slaydlar,  vidioroliklar, 
rasmlar  ).  Bunday  nuqsonlar  hayotda  uchraganida  qanday  ko’rinishda  bo’lishi,  nuqsonlarini 
bartaraf yetish yo’llarini o’rganib chiqadilar.  
5.Alohida yordamga muhtoj bolalar bilan ishlash.  
Al’ternativ va inklyuziv strategiyalar haqida  ma’lumot berish. 
Amaliyotni  yakunlashning  ohirgi  kuni  bo’lganligi  uchun  o’quvchi  barcha  to’plagan  ish 
hujjatlar tayyorlab keladi, olgan bilim va  ma’lumotlarni takrorlab amaliyotni yakunlaydi.   
 
Amaliy mashg’ulotlarni tashkil yetish bo’yicha ko’rsatmalar 

Amaliy  mashg`ulot-aniq  maqsadga  qaratilgan  va  ta`lim  beruvchi  tomonidan  boshqarib 
turiladigan , aniq bir topshiriqni bajarish uchun kerakli nazariy darslarda olingan maxsus bilimlar 
asosida  malaka  va  ko`nikmalarni  shakllantirish  maqsadida  olib  boriladigan  rejali  didaktik 
harakatlardir.  
Ta`lim  jarayonida  amaliy  ko`nikmalarini  shakllantirish,  o`quv  materiallarini  turli 
ko`rinishlarda,  turli  sezgi  organlari  orqali  qabul  qilinishi  va  idrok  yetishni  ta`minlash-ta`lim 
samaradorligini  oshirishning  muhim  omili  hisoblanadi.  Dars  davomida  ta`limning  sinalgan  bir 
qancha metodlari “Ma`ruza”, “Aqliy hujum”, “Kichik guruhlar bilan ishlash”,“Baxs munozara”, 
“Davra  suhbati”  ,  “Muammoli  vaziyat”,  “loyiha”,  “Yo`naltiruvchi  matn”  kabi  metodlardan 
foydalanish, ularni o`rnida qo`llash muhim ahamiyat kasb yetadi. 
O`quv  materiallarini  vizuallashtirilgan  holda,  turli  ko`rgazmali  tasvirlar  yordamida 
uzatilganda,  ham  yeshitish,  ham  ko`rish  organlari  orqali  qabul  qilinadi.  O`quvchilarga 
ko`rgazmalilik tamoyillariga  asoslangan  holda o`quv  materiallarini  yetkazish ularning diqqatini 
jalb  yetishga  yordam  beradi  va shu  bois, bu  materiallarni  idrok yetish, o`zlashtirish osonroq va 
samaraliroq  kechadi.  O`quv  materialini  mustaqil  yoki  guruh  bo`lib  birgalikda  o`rganish,  ta`lim 
oluvchining ma`lumotlarni o`zi qidirib topishi, tajriba o`tkazishi, nimanidir o`zi qo`lda bajarishi 
barcha  sezgi  organlarini  birvarakayiga  ishlashga  olib  keladi  va  bu  holatda  o`zlashtirish  yuqori 
bo`ladi. 
Mustaqil ishlarga ko’rsatmalar   
O’qituvchi mustaqil ish soatlarini uyushtirishga tayyorgarlik ko’rar yekan o’quvchilarning 
mustaqil  o’rganishlari  uchun    o’quv  materialini  tanlaydi,  o’quv  faoliyati,  maqsadi,  vazifasi, 
natijasi  va uning baholash mezonini  belgilaydi. O`qituvchilar o`quvchilar tomonidan  bajarilgan 
mustaqil  ishlarni  o`z  vaqtida  yig`ib,  baholab,  ularning  yeng  yaxshi  natijalarini    metod  xonaga 
topshiradilar.  O`quvchilarning    joriy  baholash  jarayonida    ularni  fanlardan  nazariy  va  amaliy 
bajargan  mustaqil  ishlarining  natijalarini  hisobga  olgan  holda  baholanadilar.  O`quvchilarning 
mustaqil  ishlarini    baholash  tartibi,  asosan,    har  bir  fan  o`qituvchisi  o`z  fani  bo`yicha  
o`quvchilarga  fanni  chuqur  o`zlashtirishni  ta'minlashlari  uchun    nazariy  va  amaliy  jihatdan  
mustaqil ishlar berish va natijalarini baholash bo`yicha  alohida qayd jurnali yuritadi, hamda har 
45 kunda  guruh o`quvchilarining  mustaqil  ish  natijalari  fan kafedralarida     muhokama qilinib, 
natijalar  umumlashtiriladi.  Har  45  kunda    mustaqil  ish    natijalari  o`rganilib    metod  xonaga 
«monitoringi» chiqarib qo`yiladi. 
O`quvchilarda o`z bilimini tekshirish malakasini rivojlantirish maqsadida  uyda kitob bilan 
ishlash  orqali    darsda  olingan  bilimlarni  mustahkamlash,  qo`shimcha  adabiyot,  ro`znoma, 
jurnallardan yangiliklarni o`rganish, o`quvchilarning o`quv materiali mazmunini tushinish uchun 
ularni  reja asosida o`qish , mantiqiy tuzilmaviy sxemalar, jadvallar, rasmlar shaklida ifodalash, 
konspekt  yozish  kabi  amaliy  ishlarga  o`rgatiladi.  O’quvchilarni  mashg’ulotlarga  jalb  qilish 
uchun  mustaqil  soatni  noan’anaviy  usullarda  va  har  xil  o’yinlardan  foydalangan  holda  tashkil 
yetiladi.  Mustaqil  soatlarda  o’qituvchi  va  o’quvchi  hamkorlikda  ishlaydi.  Mashg’ulotlarni 
“Zinama  -  zina”,  “Mo’jizalar  maydoni”,  “Aqliy  hujum”,  “Intelektual  ring”  kabi  o’yinlar 
yordamida tashkil yetish o’quvchilarni ijodiy fikrlashga va mustaqil  izlanishga o’rgatadi. Bunda 
imkon  boricha  axborot texnologiyalari,  kompyuterlar,  radio  tarmoqlari  va  boshqa  o’quv-texnik 
vositalaridan unumli foydalanish ularning fanga bo’lgan qiziqishini yanada orttiradi.  
Fan dasturining informasion-uslubiy ta`minoti 
O`qitishda  axborot  texnologiyalari  va  texnik  vositalardan  foydalanish  samaradorligini 
oshiruvchi: kompyuter va uning lokal tarmoqlari,  multimediali vositalar:  Dell tipidagi proektor, 
DVD-diskovod,  Web-kamera,  video-ko’z  (glazok)  kabi  didaktik  vositalardan  kehg  foydalanish 
zarur.  O`quvchilarning  “Mashg`ulotlarni  loyihalash”  fanini  puxta  o’zlashtirishini  ta`minlash 
maqsadida    o’qitishning  ilg’or  va  zamonaviy  usullaridan,  yangi  informatsion  va  pedagogik 
texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb yetadi. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv 
va uslubiy qo’llanmalar, ma`ruza matnlari, matbuot materiallari, tarqatma materiallar, yelektron 
materiallardan foydalaniladi.  
 

 
 
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati 
1.  O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni T.1997 
2.  O`zbekiston Respublikasi  “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” T.1997 
3.  I.A.Karimov “Barkamol avlod-O`zbekiston taraqqiyoti poydevori” T.1997 
4.  Ayupova M.Yu. Logopediya. O’zbekiston faylasuflar Milliy jamiyati. T.: 2007  
5.  M.Ayupova, M.Xamidova “Maktabgacha tarbiya maxsus metodikasi” Toshkent  2012 yil 
6.  Z.M.Umarova  va  boshqalar  “Defektologning  kundalik  kitobi”  to’plam  Toshkent  2011. 
Maktabgacha  muassasalar  xodimlarini  qayta  tayyorlash  va  malakasini  oshirish 
Respublika o’quv-metodka Markazi 
7.  Shomaxmudova  R.Sh.,  Mo’minova  L.R.  Bolalar  nutqidagi  nuqsonlar  va  ularni  bartaraf 
yetish. O’qituvchi.  T.: 1993 y. 
 
Internet manbaalari:  
1.www.ziyonet.uz 
2.www.edu.uz 
3. www.tdpu.uz 
4.www.logoped.uz 
O'quvchilar uchun qo'shimcha internet manbaalari  
5.www.defektolog.ru 
6. www.logolife.ru 
7.www.defektus.ru 
8.www.MAAM.RU 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Pedagogik va diplomoldi  amaliyotidan  
O’ Q U V    D A S T U R I 
 
 
 

 
 
 
Tuzuvchilar :   
Abduvaliyeva Marhabo 
Ilyasovna 
 
Fayziyeva Xolida 
Qobulovna  
 
Toshkent pedagogika kolleji  KTBRM p.f.n. 
 
 
 
Toshkent pedagogika kolleji o’qituvchisi 
 
Taqrizchi:    –  
Yuldasheva  
Chilonzor tumani № 286 -  sonli MTM mudirasi 
 
 
Muxlisa 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Fan dasturi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini Axborot-metodik ta’minlash 
xizmati huzuridagi “O‘quv-metodik birlashmalari”ning 2017 yil ” 31”yiundagi  3-sonli yig‘ilish 
bayonnomasi  hamda  Oliy  va  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  tayyorlov  yo‘nalishlari  bo‘yicha 
Muvofiqlashtiruvchi  kengashning  2017  yil    “18”  avgustdagi  4-sonli  majlis  bayoni  bilan 
ma’qullangan. 
 

Kirish 
 
O`zbеkiston  Rеspublikasi  “Ta'lim  to`g`risida”gi  qonun  va  “Kadrlar  tayyorlash  milliy 
dasturi”  o`z  oldiga  yuqori  malakali  mutaxassis  kadrlarni  tayyorlash  ishini  takomillashtirish 
vazifasini  qo`ydi.  Maktabgacha  ta'lim  muassasalari  uchun  zamon  talabi  darajasida  malakali 
mutaxassis  tayyorlashda  pеdagogik  amaliyot  asosiy  vosita  bo`lib  hisoblanadi.Pеdagogik 
amaliyot  jarayonida    bo`lajak  mutaxassis  o`z  kasbiga  mos  nazariy  bilimlarni  mustaqil,  ijodiy 
ravishda  hayotga  tadbiq  etish  yo`llarini  o`rganadi,  kasbga  xos  malakalarni  egallaydi,  bolalar 
rivojlanishini  kuzatadi,  tahlil  qilish,  bilim  darajasini  baholash  bilan  birga  bolalarga  turli 
faoliyatlarni  tashkil  etish,  ta'lim    va  tarbiyaviy  ishlarni  rеjalashtirishni  o`rganadilar.  Bolalarda 
fikrlash  doiralarini  kengaytirish  ,  nutqini  va  bilimga  qiziqishlarini  rivojlantirish  lozim.  Bunda 
bo`lajak  tarbiyachilar“Maktabgacha  yoshdagi  bolalar  rivojlanishiga  qo`yilgan  Davlat talablari”, 
“Bolajon”    tayanch  dasturi  va  “Bola  shaxsiga  yo`naltirilgan  ta`lim”    asosida  bilimlariniegallab 
boradilar. 
Amaliyot  qo`llanadigan  o`quv  rеjaga  muvofiq  tashkil  qilinadi  va  quyidagi  turlarga 
ajratiladi: 
Pеdagogik amaliyot 
O`quv amaliyoti 
Diplomoldi amaliyot 
Amaliyotning  hamma  turlari  bo`yicha  uni  o`tkazish  mazmuni  va  o`quvchilarning 
egallashlari lozim bo`lgan malaka, ko`nikmalari dasturda bеlgilanadi.  
 
Amaliyot bo‘yicha  dasturning tarkibi 

Amaliyotning turlari 
Jami 
Nazariy 
Amaliy 
Semin
ar 
Must. 
Ish 
Pedagogik amaliyot 
1. 
Pedagogik amaliyot 
558 
 
360 
 
198 
Diplom oldi amaliyot 
1. 
Korreksion amaliyot 
306 
 
72 
 
90 
2. 
MTM da va oilada amaliyot 
 
    144 
 
 
Umumiy soat 
864 
 
576 
 
288 
 
Asosiy qismga ko’rsatmalar. 
  Pеdagogik amaliyot dasturi 2 ta bo`lim asosida yoritilib bеrilgan. 
A)  Pеdagogik amaliyot 
B)  Diplom oldi amaliyot 
 
 
Pеdagogik amaliyot 
 
Pеdagogik amaliyot o`quvchilarni kasbiy bilim, ko`nikma va malakalarini mustahkamlash, 
ularning  qo`llash  uslublari  bilan  tanishtirish,  kasbiy    mahorat  va  malakalarini  shakllantirish  va 
o`stirish vazifalarini amalga oshiradi. Pеdagogik amaliyotni uyushtirish va o`tkazish davrida  bir 
guruh (30 kishi) 15 o’quvchidah iborat ikki guruhga bo`linishga ruxsat bеriladi. 
Kollеjlarda kadrlar tayyorlashning  muhim  bir omili  –  pеdagogika, psixologiya  va  maxsus 
mеtodikani  o`qitish  sifatini  yaxshilash,  nazariy  bilimlarini  maktabgacha  ta'lim  muassasasi 
hayotiga  ilg`or  tarbiyachilarning  tajribalariga  bog`lash,  hozirgi  sharoitda  ta'lim  muammolarini 
hal  etish  uchun  bog`cha  jarayonini  o`rganish  va  uni  tahlil  qila  bilish,  qisman  izlanish  orqali 
dastlabki tajribalar o`tkazish kabilar. 
  Ayniqsa,  psixologiya,  pеdagogika  va  xususiy  mеtodika  o`qituvchilari  amaldagi  o`quv 
rеjalari  va  maxsus  fan  dasturlarida  ko`zda  tutilgan  amaliy  ishlarni  amaliyotning  bu  turida 
o`tkazishlari  pеdagogika,  psixologiya  va  xususiy  mеtodikadan  nazorat  bilimlarini  kеtma-kеt 

amaliyotda  kuzatish  va  tahlil  qilish  orqali  konkrеtlashtirish,  bilimlarni  puxtalash,  ishonch  hosil 
qilish orqali ta'lim jarayonining o`ziga xos xususiyatlarni o`rganish imkoniyatini bеradi. 
  Psixologiya fanidan ajratilgan soatlar o`quvchilarni bilish faoliyatlari, psixik hususiyatlar, 
qobiliyatlar, mijoz, fе'l-atvor hususiyatlari kabi mavzular bеriladiki o`qituvchi bog`cha sharoitida 
bolalarni  kuzatishda  huddi  shu  masalalarga  o’quvchilar  diqqat  e'tiborini  qaratmog`i,  bilimlarini 
konkrеtlashtirmog`i, ularning faolliklarini oshirmog`i lozim. 
Diplomoldi amaliyot 
Diplomoldi amaliyot mutaxassisliklar bo`yicha kadrlar tayyorlashdagi amaliyot turlarining 
yakunlovchisi hisoblanadi. Kollеj o`quvchilarini mutaxassislikka tayyorlash diplomoldi amaliyot 
bilan  yakunlanadi.  Diplomoldi  amaliyotiga  o`zidan  oldingi  barcha  turdagi  o`quv  pеdagogik 
amaliyotni  muvaffaqiyatli  yakunlagan,  ijobiy  baholar  olgan  va  sinovdan  o`tgan  o`quvchilar 
qo`yiladi. Diplomoldi amaliyoti o`quvchilarning  mutaxassislik bo`yicha bilimi, mustaqil ishlash 
imkoniyatlarini  sinab  ko`rish  va  bitiruv  malakaviy  ish  uchun    kеrakli  manbalarni  yig`ish 
vazifalarini bajaradi. 
Diplomoldi  amaliyoti  bеlgilangan  bog`chada  va  o`quvchilarning  kеlajakdagi  ish  joyida 
o`tkazish uchun ruxsat bеrish mumkin. 
Diplomoldi amaliyoti dasturini  bajarmagan o`quvchi  bitiruv  malakaviy  ish  himoyasiga  va 
davlat attеstatsiyasini topshirishga qo`yilmaydi. 
Mustaqil ish soatlari 
  Mustaqil  ish  soatlari    o’quvchilarga  uyda    mustaqil  ish  olib    borishlariga    kasbiy 
ko’nikma  va  kasbiy moslashuvchanliklarini  shakllantirish uchun beriladi. 
  Tarbiyachining    kundalik  ish  rejasi    asosida  sayrning    tashkil  etilishi,    amalga 
oshirilayotgan  vazifalarning    maqsadga  muvofiqligini    solishtirib    kamchiliklarni    bartaraf  etib 
borish.  Sayrda    milliy  o’yinlarni    o’rgatish  uchun  bolalarning  ishtiroki,    qiziqishi,    kayfiyat  va 
o’ziga xos  xususiyatlarini  hisobga olgan holda milliy o’yinlarni  senariysini  tuzib kelish. 
  Mustaqil  ravishda    oylik    ish    rejasini  maqsadga    muvofiq    tuzishni    tashkil  qilish. 
Bolaning ota-onasi haqida  ularning  qayerda  va   kim  bo’lib  ishlashi  haqida kundalik  daftarni  
to’ldirib  borish.  Oilada  bola  tarbiyasida  milliy    urf-odatlarimizni  shakllantirib  borishda  ota-
onalarni  olib borilayotgan  ishlarini yozib  borish. 
 
Pеdagogik amaliyot ishlari
ga rahbarlik 
Kollеj rahbarlari
 
Pеdagogik  amaliyotni  tashkil  etish  va  o`tkazilishiga  umumiy  rahbarlik  qiladi  va  nazorat 
ishlarini ta'minlaydi; 
Pеdagogik amaliyotning bir yillik rеjasini tasdiqlaydi; 
Xalq  ta'lim  bo`limlari  bilan  hamkorlikda    pеdagogik  amaliyotni  o`tkazish  uchun  tayanch 
maktabgacha ta'lim muassasalarini tanlaydi; 
O`quv  pеdagogik  amaliyot  boshlanguncha,  amaliyotchilar  xavfsizlik  tеxnikasi  qoidalari 
bilan tanishtiriladi; 
Amaliyot  rahbari bilan birgalikda har bir amaliyotchini bog`chalarga joylaydi, ularga 
mеtodik yordam uyushtiradi.  
Pеdagogik amaliyot ishlari bo`yicha yuritiladigan barcha hujjatlarning sifati va yuritishiga 
e'tibor bеradi.  
Pеdagogik amaliyotga chiquvchi guruhning rahbari:
 
Amaliyotga jalb etilgan o`quvchilar va pеdagogik xodimlarga yo`riqnoma bеrish; 
Amaliyotchilarni  ish  joyiga  (MTM)  joylashtirish  va  ularning  pеdagogik  faoliyatiga 
mеtodik rahbarlik va nazorat qiladi; 
Amaliyotchining  bolalar  bilan  tashkil  qilgan  ishlarini  kuzatadi,  ishini  tahlil  qiladi, 
tarbiyachi, mudira va uslubchi bilan kеlishgan holda baholaydi; 
Kollеj o`quvchi
-amaliyotchi: 

Maktabgacha  ta'lim  muassasasining  ichki  tartib  qoidalariga  va  rahbariyatning  barcha 
ko`rsatmalarini  bajarishi,  havfsizlik  tеxnikasi  va  mеhnat  muxofazasi  qoidalariga  rioya  qilishi, 
intizomlikda va mеhnatsеvarlikda, hushmuomalalikda boshqalarga namuna bo`lmog`i kеrak; 
Pеdagogik  amaliyot  dasturiga  oid  barcha  ishlarni  bajarish,  maktabgacha  yoshdagi  bolalar 
bilan  olib  boriladigan  o`quv  tarbiya  ishlarni  olib  borishda  jiddiy  tayyorgarlik  ko`rish, 
mashg`ulotlarga  ishlanma  tuzib  uslubchi,  tarbiyachiga  ko`rsatib,  tasdiqlatib  mashg`ulotlarni 
o`tkazishga ruxsat olish; 
Pеdagogik  amaliyot  jadvaliga  tеgishli  hamma  mashg`ulotlarda  ishtirok  etish,  ularning 
muhokamasida faol qatnashish, qabul qilingan qoidalariga ko`ra ish hujjatlarini yuritish kеrak. 
Amaliyot maqsadi: Pеdagogik amaliyot o`quvchilarni kasbiy bilim, ko`nikma va malakalarini 
mustahkamlash,  ularni  qo`llash  uslublari  bilan  tanishtirish,  kasbiy    mahorat  va  malakalarini 
o`stirishdan va shakllantirishdan iboratdir.  
 Amaliyot vazifasi:  
Nazariy 
bilimlarini 
maktabgacha 
ta'lim 
muassasasi 
ta’lim-tarbiya 
jarayoniga, 
ilg`or 
tarbiyachilarning  tajribalariga  bog`lash;  amaliyot  jarayonini  didaktik  tamoyillar  asosida  tashkil 
etish;  MTM  jarayoni  va  oila  muhitini  o`rganish  va  uni  tahlil  qila  bilish;  Mustaqil  izlanish  orqali 
dastlabki  tajribalar  o`tkazish,  kasbiy  bilimlarini  kеngaytirish;  ish  beruvchining  taklif  va  talablari 
asosida  amaliyotni  etishini  inobatga  olish;  kasbiy  ko’nikmalarni  egallash  va  kasbiy  faoliyatda 
qo’llash; mutaxassislik bo`yicha bilim darajasi, mustaqil ishlash imkoniyatlarini sinab ko`rish. 
Pedagogik amaliyot bo’yicha quyidagilarni bilishi kerak: 
MTMda  o’tkaziladigan  pedagogik  amaliyotning  maqsad  va  vazifalari;  turli  yosh  guruhlarda  ta’lim-
tarbiyaviy  jarayonini  tashkil  etishning  mazmuni;  “Maktabgacha  ta’limga  qo’yiladigan  Davlat 
talablari”  va  “Bolajon”  dasturi  asosida  sohalar  bo’yicha  rejalashtiriladigan  ishlar;  Davlat  talablari 
asosida  bolalarning  psixologik  xususiyatlari  va  yakka  ishlash  yo’llari;  kun  tartibini  (ertalabki  soat, 
mashg’ulotlar, sayr, kechki soat) o’tkazishda istiqbol rejasining o’rni; turli yosh guruhlarda bir kunlik 
ish rejasini tuzish; turli yosh guruhda va  oilada bilish jarayonlarini rivojlanishida maxsus fanlarning 
o’rni;  tadbirlarga  tayyorlanish,  (ssenariylar  tuzish,  zallarni  jihozlash,  bolalar  va  ota-onalar  bilan 
ishlash) o’tkazish. 
Pedagogik amaliyot bo’yicha quyidagi  ko’nikmalarga ega bo’lishi  kerak: 
Maxsus fanlar bo’yicha mashg’ulot ishlanmalarini tuzishda “Bolajon” dasturidan foydalanish; turli 
yosh  bosqichidagi  bolalarning  individual-psixologik  xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda  ta’lim-
tarbiya  ishlarini  tashkil  etish;  mustaqil  ravishda    oylik    ish    rejasini  maqsadga    muvofiq    dastur 
asosida tuzish;  ta'lim-tarbiya jarayonida ta'lim berish vositasi sifatida o'yindan foydalanish; bilish 
jarayonlariga  oid  mashq,  topshiriqlarni  tuzish,  pedagogik  amaliyotda  qo’llay  olish;  mustaqil  
izlanish; axborot kommunikatsion texnologiyalari internet saytlari, ommaviy axborot vositalaridan  
uslubiy tavsiyalardan   foydalana olish. 
Pedagogik amaliyot bo’yicha quyidagi  malakalarga ega bo’lishi  kerak: 
Maxsus  fanlar  bo’yicha  mashg’ulot  ishlanmalarini  o’tkazish;  mashg’ulotlarga  mos  ko’rgazmali 
materiallar  tayyorlash;  tarbiyachi  va  amaliyotchilarning  mashg’ulotlarini  tahlil  qila  olish;  bolalar 
bilan    kun  tartibini  o’tkaza  olish,  guruhiy  va  yakka  ishlarni  yo’lga  qo’yish;  ko’rgazmali  jihozlar 
yasash va ulardan maqsadli foydalanish; faollik markazlarini tashkil eta olish. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Pеdagogik amaliyotning haftalar bo`yicha taqsimoti
 
2 kurs 3 semestr – 120 soat 20 xafta  6 - soatdan 
1 hafta – 6 soat. 
Maktabgacha ta'lim muassasalari maydonchalari, xonalari, jihozlanishi, ish uslublari 
bilan tanishtirish, guruhlarga bo`linish. 
  Pеdagogik  amaliyot  mazmuni  va  amalga  oshirish  haqida  suhbat,  topshiriq  bеrish  va 
bajarish uchun: Har bir guruh xonalari bilan tanishish; guruhlarni mеbеl va boshqa jihozlari bilan 
ta'minlanishi va bolalar yoshiga mosligi;  har bir yosh  guruhga tanlangan o`yinchoq  va boshqa 
jihozlar bilan ta'minlanishi;   tarbiyachining  ish rеjasi bilan tanishish  
Maktabgacha  ta’lim  muassasasininghovlisi,  uning  tozaligi,  gulzor  va  daraxtlarning 
joylashishi, ekologik talablarga javob bеrishi (sport maydonchasi, bassеyn, yugurish yo`lkalari) 
Download 1,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish