O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat chet tillar instituti



Download 260,5 Kb.
bet4/11
Sana22.04.2022
Hajmi260,5 Kb.
#575051
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 5368624217086499663

KURS ISHIGA RAHBARLIK QILISH

Kurs ishlari mavzulari o‘quv yili boshida talabalarga taqsimlanib, ilmiy rahbarlar tayinlanadi va kafedra yig‘ilishida tasdiqlanadi. Kurs ishlariga rahbarlik qilish kafedra professorlari, dotsentlari, katta o‘qituvchilari va ma’lum yo‘nalishda faol ilmiy ish olib borayotgan o‘qituvchilarga yuklanadi. Har bir professor-o‘qituvchining kurs ishlariga rahbarlik qilish me’yori va har bir kurs ishini bajarishga ajratiladigan vaqt amaldagi “Vaqt me’yorlari” ga asosan aniqlanadi.


Talaba kurs ishining rejasini, foydalanadigan adabiyotlar ro‘yxatini, mavzu bo‘yicha yig‘iladigan materiallarni yig‘ish usullari, ularni qayta ishlashni va barcha ma’lumotlarni tekshirtirish muddatlarini ilmiy rahbari bilan muvofiqlashtirishi kerak.


ADABIYOTLAR BILAN TANISHISH

Kurs ishini bajarish uchun mavzu tanlab olgan talaba uni yozishdan oldin darslik, o‘quv qo‘llanma, ilmiy-amaliy jurnallar, ommaviy ro‘znomalar, me’yoriy-huquqiy hujjatlar va internet saytlari bilan tanishishi tavsiya qilinadi. Tanishishni birinchi navbatda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mavzuga oid asarlari, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Hukumat qarorlari va boshqa me’yoriy hujjatlarni o‘rganishdan boshlash maqsadga muvofiq. Ushbu ma’lumotlar bilan tilshunoslik va adabiyotga oid maxsus saytlardan foydalanib, tanishish mumkin. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasiga oid qonunlari va maxsus me’yoriy hujjatlari to‘plamidan ham foydalanish mumkin. Shuningdek, zarur ilmiy, badiiy, nazariy va amaliy adabiyotlarni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi, Samarqand davlat chet tillar instituti, Samarqand davlat universiteti va boshqa joylardagi axborot-resurs markazlaridan ham topish mumkin.


Talaba mavzuga mos adabiyotlar bilan tanishib bo‘lgandan so‘ng, uni o‘rganishni boshlashi kerak. Ushbu mavzuga oid adabiyotlarni yig‘ib bo‘lib, undan foydalanish tavsiya qilinadi.
Kurs ishi yozishda adabiyotlardan foydalanish ikki bosqichga bo‘linadi. Uning birinchisi kurs ishi mavzusini tanlash va rejasini tuzishda adabiyotlardan foydalanish bo‘lsa, ikkinchisi kurs ishi yozish davomida adabiyotlardan foydalaniladi. Umuman olganda, adabiyotlardan foydalanish ikkala bosqichda ham bir-biri bilan o‘zaro bog‘lanib ketadi. CHunki mavzuni tanlashda va rejasini tuzishda foydalanilgan adabiyotlardan, albatta, kurs ishini yozishda ham foydalaniladi.
Kurs ishi mavzusini tanlash va rejasini tuzishda adabiyotlardan foydalanish juda katta axamiyat kasb etadi. Talaba kurs ishi yozishda o‘zi uchun qiziqarli va tushunarli mavzuni tanlaydi. Tanlangan mavzu bo‘yicha reja tuzishda, uning ahamiyatini, huquqiy asoslari etarliligi, dolzarbligi va bu muamolarni bartaraf etish mumkinligini adabiyotlardan foydalangan holda o‘rganib chiqadi.
Kurs ishida mavzuga oid mavjud adabiyotlarni chuqurroq o‘rganib ulardagi mavzuga oid fikrlarni solishtirish jarayonida, ulardan keraklisini qo‘llashni va ba’zilarini inkor qilishni hamda mavzuga oid muammolarni bartaraf etishda qaysi adabiyotda keltirilgan fikrlar maqsadga muvofiq ekanligini aniq ta’kidlab o‘tish kerak bo‘ladi. Adabiyotlardan olingan fikrlarni kurs ishida aniq va ravshan keltirish kerak bo‘ladi. 5111400-Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha “Tillar o’qitish metodikasi va ta’lim texnologiyalari” fanidan foydalanish mo‘mkin bo‘lgan adabiyotlar ro‘yxatini 2-ilovada ko‘rishingiz mumkin.



Download 260,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish