O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat chet tillar instituti



Download 260,5 Kb.
bet5/11
Sana22.04.2022
Hajmi260,5 Kb.
#575051
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 5368624217086499663

KURS ISHI YOZISH TARTIBI

Kurs ishi quyidagi tarkibdan iborat bo‘ladi: a) titul varag‘i; b) mundarija (reja); v) kirish; g) asosiy qism (3-4 paragrafdan iborat bo‘lishi mumkin); d) xulosalar; e) foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati; j) ilovalar (zarurat bo‘lsa).


Kurs ishining hajmi A4 (297x210 mm) formatdagi qog‘ozga kompyuterda terilgan 20-25 betdan iborat bo‘ladi. Betlar soniga ilovalar kiritilmaydi. Qog‘ozga matn 1,5 intervalda, harflar o‘lchami 14, Times New Roman shriftining o‘zbekcha variantida qog‘oz chetlarida chapdan 30 mm, tepadan 20 mm, pastdan 20 mm va o‘ngdan 15 mm joy qoldirib teriladi.
Titul varag‘i belgilangan shakl bo‘yicha rasmiylashtiriladi (3-ilovaga qarang).
Ishda me’yoriy hujjatlar va orfografik qoidalar bo‘yicha qabul qilingan shartli qisqartirishlar kiritishga ruxsat beriladi.
Shuningdek, kurs ishida ba’zi bir so‘z birikmalari qayta-qayta kelishi ko‘zda tutilsa, ushbu so‘z birikmalarini birinchi yozilishida to‘liq yozish va so‘z birikmasi tugashi bilan qavs ochib, ushbu so‘z birikmasining qisqartma ko‘rinishini keltirish kerak. So‘ng, ushbu so‘z birikmasi qaytarilsa, qisqartma ko‘rinishini yozish mumkin.
Mundarija kurs ishi tuzilishini belgilab beruvchi birlamchi qism bo‘lib, uning boshlanish qismida keltiriladi va kurs ishi tarkibidagi kirish, asosiy qism va savollar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, xulosa va ilovalar ko‘rsatiladi.
Kirish qism - bu kurs ishining boshlang‘ich qismi bo‘lib, ishning asosiy ma’nosini bayon qiladi. Unda kurs ishi mavzusining dolzarbligiga asoslanadi, izlanishning maqsadi va vazifalari, izlanish ob’ekti, predmeti hamda mavzuning ahamiyati va mohiyati bo‘yicha to‘xtaladi. SHu bilan birga, kurs ishi yozish uchun asos bo‘lgan nazariy va amaliy ma’lumotlar manbalari aks ettiriladi.
Mavzuning dolzarbligini yoritish, barcha ilmiy ishlarda majburiy hisoblanadi. Mavzuning dolzarbligi muallifning ilmiy salohiyati va professional tayyorgarligi, bu mavzuning ma’nosini tushunib etishi va uni zamon talabiga mosligi hamda ijtimoiy muhimligini baholay olishda ko‘rinadi. Dolzarblikni yoritishda asossiz gaplar yozilmasligi, asosiy omillar to‘liq bir betda ko‘rsatilishi kerak bo‘ladi.
Mavzuning dolzarbligini asoslashda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlaridan, ma’ruzalaridan va etuk adabiyotshunos olimlar asarlaridan mavzuga tegishli bo‘lgan iqtiboslar keltirish mumkin.
Dolzarbligi ochib berilgandan so‘ng, tadqiqotning maqsadidan kelib chiqib, ushbu maqsadga erishish uchun aniq vazifalarni (3-5 ta vazifalarni) hal qilib olish lozim.
Bular, odatda, quyidagicha ifodalanadi:

  • o‘rganish;

  • ochish;

  • tasvirlash;

  • belgilash;

  • aniqlash;

  • uslubiy ishlab chiqish;

  • tayyorlash.

Ko‘rsatilgan bu vazifalarni chuqurroq tahlil qilib yozish kerak.
Tadqiqotning ob’ekti va predmeti muhim elementi ekanligi kirish qismida ifodalanadi.
Shuningdek, kirish qismida tadqiqotning uslubiy ko‘rsatmasi muhim elementlardan biri bo‘lib, u amaliy materiallarni tahlil qilishda va ishning asosiy maqsadini ochib berishga xizmat qiladi. SHu bilan birga, mahalliy va xorijiy olimlarning ushbu mavzu bo‘yicha olib borgan ishlarini ko‘rsatish kerak. Kirish qismini ko‘pi bilan 2-3 varaq hajmda yozish tavsiya etiladi.
Kirish qismidan so‘ng, asosiy qism keladi. U bir nechta savoldan iborat bo‘lib, bunda ushbu mavzuning asosiy mohiyati batafsil ochib beriladi.
Asosiy qismda ishning mohiyati, roli, ilmiy va nazariy ahamiyati, Bunda mavzu bo‘yicha mavjud muammolar aniqlanadi va ushbu muammolarni bartarf etish yo‘llari izlab topiladi.
Kurs ishining har bir bo‘limi mos ravishda asoslar, qarorlar va xulosalar bilan yoritiladi. Kurs ishida, ilgari bajarilgan mustaqil ishlarning natijalari yoki boshqa mualliflarning (ilmiy ma’ruzalar va maqolalari, ilmiy-tadqiqot ishlari va loyihalari, albatta, nomlari ko‘rsatilgan holda) ishlari aks ettirilishi yoki ulardan foydalanish mumkin.

Download 260,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish