O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat chet tillar instituti


Quyida ko‘rsatilgan hollarda kurs ishi himoyaga qo‘yilmaydi



Download 260,5 Kb.
bet7/11
Sana22.04.2022
Hajmi260,5 Kb.
#575051
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 5368624217086499663

Quyida ko‘rsatilgan hollarda kurs ishi himoyaga qo‘yilmaydi:

  • maxsus adabiyotlar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, monografiyalar, ilmiy jurnallardagi maqolalar va internet ma’lumotlaridan foydalanmasdan, faqat darslikning o‘zidan foydalanib tayyorlangan ishlar;

  • darslik, o‘quv qo‘llanmasi yoki monografiyalardan tayyorlangan konspekt asosida ko‘chirib tayyorlangan, foydalanilgan adabiyotlar yoki mualliflar ishlariga iqtibos (ssыlka) lar qilinmagan ishlar;

  • kurs ishi mavzusining mazmuni yoritib berilmagan va juda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yilgan ishlar;

  • ko‘p sondagi grammatik va stilistik xatolari bo‘lgan, shuningdek, tartibsiz va noto‘g‘ri tayyorlangan ishlar.

Bunday ishlar talabalarga kamchiliklarini tuzatish uchun qaytarib beriladi. Talaba qaytadan tayyorlangan ishga avvalgi ishning taqrizini ham qo‘shib topshiradi, bunda ilmiy rahbar taqrizchi tomonidan ko‘rsatilgan kamchiliklarning to‘la tuzatilganligiga ishonch hosil qiladi.
Ko‘rsatilgan muddatda kurs ishini kafedraga topshirmagan, uzrsiz sabablarga ko‘ra kurs ishini himoya qilmagan, himoyada qoniqarsiz baho olgan talabalar akademik qarzdor hisoblanadi va ular kurs ishini qaytadan tayyorlaydilar.


KURS ISHINI HIMOYA QILISH

Kurs ishining sifati va uni bajarishdagi talabaning faolligi, bilim va ko‘nikmalarini baholashning o‘ziga xos shakllaridan biri - bu kurs ishi himoyasidir. Bajarilgan ishni chuqur tushunishi, taklif etilgan ilmiy-ijodiy echimlarni har tomonlama asoslab berish qobiliyatini shakllantirishda kurs ishining himoyasi muhim o‘rin tutadi.


Kurs ishining himoyasi kafedra tomonidan belgilangan 2-3 o‘qituvchidan tashkil topgan hay’atda, kurs ishi rahbari va guruh talabalari ishtirokida tashkil qilinadi. Ochiq himoya guruh talabalariga shu guruh a’zolari tomonidan bajarilgan ishlar bilan tanishishga imkon berishi bilan bir vaqtda, kurs ishi rahbarlarining himoya qilinayotgan ishlarga bir xil talab bilan yondashishga olib keladi.
Himoya talaba tomonidan bajarilgan kurs ishi bo‘yicha 8-10 minutlik ma’ruza va savol-javobdan iborat bo‘ladi. Talaba ma’ruzada bajargan ishining mohiyatini har tomonlama yoritib berishi kerak. Savollar himoyada qatnashayotgan professor-o‘qituvchilar tomonidan beriladi.
Kurs ishini baholashda ishning mazmuni va tayyorlanganligi, shuningdek, himoyaning o‘tish darajasi hisobga olinadi. Baho kriteriyasi etib: 1) ishning ilmiyligi; 2) tadqiqotga mustaqil va ijodiy yondashganligi; 3) bajarilgan ishning hajmi va sifati; 4) o‘rganilgan adabiyotlar soni; 5) matnni yozishning stili va bexatoliligi; 6) tadqiqot natijalarini himoya qila olishi kabi sifatlar belgilanadi.
Kurs ishi 100 ballik tizimda baholanganda o‘rnatilgan grafik bo‘yicha bajarilgan va talablar bo‘yicha sifatli rasmiylashtirilgan kurs ishini eng ko‘pi bilan 40 ball, himoya vaqtidagi ma’ruza uchun 30 ball va berilgan savollarga javoblar uchun 30 ball ajratiladi. 5 baholik tizimda baholanganda 3, 4, 5 baholari qo‘yiladi.
Kurs ishini bajarishi va himoya qilishi natijasida 55 o‘tish va undan ko‘p ball to‘plagan yoki 3 yoki undan yuqori baho olgan talabalarning reyting daftarchasiga kurs ishi rahbari tomonidan reyting bali yoki bahosi qo‘yiladi.
Akademik guruh talabalarining kurs ishlari himoyasi yakunlangandan so‘ng ishni bajarish jarayonida yo‘l qo‘yilgan turdosh kamchiliklar, eng yaxshi hamda sifatsiz tayyorlangan kurs ishlari ilmiy rahbar tomonidan tahlil qilinib, suhbat o‘tkaziladi.
O‘zining aktualligi va mavzusining yangiligi bilan, o‘rganib chiqilgan savollarining nazariy va amaliy ahamiyatga ega ekanligi bilan, tadqiqot ishining chuqur mazmun kasb etishi va mustaqil bajarilganligi bilan ajralib turadigan kurs ishlarini kafedra qarori bilan talabalarning ilmiy ishlari konkurslariga taqdim etilishi, ishlab chiqarishga joriy etish yoki o‘quv jarayonida foydalanish uchun tavsiya etilishi mumkin.
Himoyadan o‘tgan kurs ishlari kafedrada 2 yil saqlanadi.



Download 260,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish