O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “ davlatiy moliya


nisbatan bildirilayotgan e‟tirozlar, muammolarni hal qilish va



Download 2,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/96
Sana26.10.2022
Hajmi2,91 Mb.
#856520
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96
Bog'liq
22870c363bf3c6a372e0b13ea3f9df2e BYUDJET-SOLIQ SIYOSATI

nisbatan bildirilayotgan e‟tirozlar, muammolarni hal qilish va 
e‟tirozlarni yumshatish yo‟llari 
 
9-mavzu 
O‟zbekistonda 
byudjet-soliq 
siyosatini 
takomillashtirishning 
fundamental asoslari (ustuvor yo‟nalishlari) 
 
2-bo‟lim 
MUSTAQIL TA‟LIM MASHG‟ULOTLARI 
 
 
“Byudjet-soliq siyosati” fanidan mustaqil ta‟lim bo‟yicha uslubiy 
qo‟llanma 
 
3-bo‟lim 
GLOSSARIY 
 
4-bo‟lim 
ILOVALAR 
 
 
“Byudjet-soliq siyosati” fanidan fan dasturi 
 
 
“Byudjet-soliq siyosati” fanidan ishchi o„quv dasturi 
 
 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‟yhati 
 
 



KIRISH 
Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni izchil amalga oshirish, milliy 
iqtisodiyotni yangi davr darajasiga ko‗tarish, eksportga yo‗naltirilgan ishlab 
chiqarish tarmoqlarini vujudga keltirish va jahon iqtisodiyoti integratsiyasiga jadal 
kirib borish Byudjet-soliq siyosatini barqaror rivojlantirishni taqozo etadi. 
Hozirgi vaqtda mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti iqtisodiyotni 
modernizatsiyalash, ishlab chiqarishda tarkibiy o‗zgarishlarni amalga oshirish, 
iqtisodiyot tarmoqlarida zamonaviy texnika-texnologiyalarni joriy qilish va shu 
asosda raqobatbardoshlikka erishish, jahon bozorlaridan mustahkam o‗rin egallash, 
mamlakatimizning eksport salohiyatini oshirish kabi vazifalarni amalga oshirish 
bilan bevosita bog‗liq. Mazkur masalalarni ijobiy hal qilishda mamlakatning 
Byudjet-soliq siyosatidagi ishtiroki ham muhim o‗rin tutadi. 
―Byudjet-soliq siyosati‖ fani Magistratura bo‘limining ―Davlat moliyasini 
boshqarish‖ yo‘nalishlariga mutaxassislik fanlaridan biri bo‗lib, ―Byudjet-soliq 
siyosati‖ fani ushbu yo‘naishning 2 kurs magistrlarga o‗qitiladi. 
Mazkur fanni o‗qitishdan asosiy maqsad moliyaviy globallashuv sharoitida 
Byudjet-soliq siyosatida yuzaga keladigan jarayonlarni o‗rganish, hamda Byudjet-
soliq siyosatini rivojlantirish istiqbollari yuzasidan talabalarda tegishli nazariy fikr 
va taassurotlarni hosil qilish, amaliy ko‗nikma va bilimlarni shakllantirishdan 
iboratdir.
Bugungi kunda jahon bozori kon‘yunkturasi keskin o‗zgarib, globallashuv 
sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani mamlakatimizni yanada barqaror 
va jadal sur‘atlar bilan rivojlantirishni taqozo etmoqda. 
Ma‘lumki, olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va 
jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, 
mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini 
liberallashtirish bo‗yicha ustuvor yo‗nalishlarni amalga oshirish maqsadida
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli 
Farmoni bilan ―2017-2021 yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 
beshta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasi‖ qabul qilindi. 



Ushbu ―Byudjet-soliq siyosati‖ fanini chuqur o‗rganish orqali talabalar 
mamlakatimizning 
Byudjet-soliq 
siyosatidagi 
ishtirokini 
faollashtirish, 
makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‗sish sur‘atlarini 
saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, investitsiyaviy 
muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga 
xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish, xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada 
rivojlantirish, jumladan, etakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan 
aloqalarni kengaytirish, puxta o‗ylangan tashqi qarzlar dasiyosatini amalga 
oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investitsiya va kreditlardan samarali 
foydalanish borasida tegishli nazariy bilimlar va amaliy ko‗nikmalarga ega 
bo‗lishadi. Shu bilan birgalikda, mazkur fanni o‗qitish ―2017-2021 yillarda 
O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha 
Harakatlar 
strategiyasi‖da 
belgilangan 
iqtisodiyotni 
rivojlantirish 
va 
liberallashtirishning ustuvor yo‗nalishlarini samarali tarzda amalga oshirishga 
qaratilgan mutaxassis kadrlarni tayyorlashda muhim o‗rin tutadi. 
Ushbu fanni o‗qitishda milliy va xalqaro darajadagi byudjet-soliq siyosati
byudjetlararo munosabatlar va uning jahon iqtisodiyoti rivojlanishidagi o‗rni, jahon 
iqtisodiyotining globallashuvi va jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, xalqaro 
moliya tashkilotlarining Byudjet-soliq siyosati taraqqiyotidagi o‗rni, milliy va 
xalqaro valyuta operatsiyalari, jahon valyuta tizimi va uning rivojlanish 
bosqichlari, Byudjet-soliq siyosatida valyuta risklarini boshqarish, xalqaro 
korporatsiyalar faoliyatining rivojlanishi, xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlari, 
Byudjet-soliq siyosatida to‗lov balansini boshqarish, xalqaro moliya bozori va 
uning rivojlanish xususiyatlari, evrobozorlarning yuzaga kelishi va ulardagi 
operatsiyalar, xalqaro kredit va investitsiya munosabatlarining rivojlanishi, 
moliyaviy 
derivativlar 
bozori, O‗zbekistonning Byudjet-soliq siyosatiga 
integratsiyalashuvi kabi masalalar chuqur o‗rganiladi.




Download 2,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish