Pedagogik psixologiya



Download 138,95 Kb.
bet1/34
Sana02.01.2022
Hajmi138,95 Kb.
#308653
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
Пед психология маъруза матни 2021


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI


UMUMIY PSIXOLOGIYA KAFEDRASI

PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA

FANIDAN MA’RUZALAR MATNI
(3-kurs pedagogika psixologiya yo'nalishi talabalari uchun)

G.A.XALBAYEVA


SAMARQAND – 2021


Mavzu. PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI, MAQSAD VA VAZIFALARI

1.Pedagogik psixologiya fanining predmeti, vazifasi va tuzilishi.

2.Pedagogik psixologiyaning tamoyillari

3.Pedagogik psixologiyani rivojlanishini tarixiy jihatlari.

Pedagogik psixologiya o`qitish va tarbiyaning psixologik asoslari haqidagi fandir. Buning ma'nosi shuki, pedagogik psixologiya o`quvchilar tomonidan bilim iqtidor va malakalarni o`zlashtirishning psixologik qonuniyatlarini va shuningdek uo`quv–tarbiya jarayonida o`quvchilar shaxsining tarkib topishini o`rganadigan fandir.

Pedagogik psixologiya o`quvchilar shaxsiga o`quv tarbiya ishlari sohasidan qo`yiladigan talablarni psixologik analiz qilib beradi.Bu Fan o`quvchilarda turli kasblarga moillikni tarbiyalaydi.Boshqacha qilib aytganda ,eng oldin ularni o`qituvchi faoliyatiga qiziqishga ,bolalarni sevishga o`quvchilar shaxsining tarkib topishiga aktiv ta'sir qilish uchun bolani o`rganishga, uning psixikasi xususiyatlarini bilib olishga yunaltiradi.

Bu borada, ayniqsa, pedagogik psixologiya birmuncha ulkan yutuqlarga erishdi. Pedagogik psixologiyaning ta'limni yangi -mazmunda joriy qilish yuzasidan so’nggi yillarda qo’lga kiritgan yutuqlari buning yaqqol dalili bo’la oladi. Ma'lumki keyingi o’n yil mobaynida mamlakatimizdagi barcha ta'lim tizimlarida ta'lim ishlarining mazmuni tubdan o’zgardi. Ta'limning eksperemental ravishda tekshirilgan yangi usullari (masalan, muammoli intyerfaol ta'lim metodlari keng joriy qilinmoqda.

Pedagogik psixologiya - psixologiya ilmining tarmog`i sifatida, ta'lim va tarbiyaning shaxsga samarali ta'sir etuvchi omillari, qonuniyatlari va mehanizmlarini o’rganuvchi fandir.

Bolalar va yoshlarning maktabdagi hamda ta'lim-tarbiya muassasalaridagi faoliyat va xatti-harakatlarining psixologik qonuniyatlarini urganuvchi pedagogik psixologiya ikki fanni, ya'ni psixologiya va pedagogika fanlarining to’tashgan joyidan o’rin egallagandir. Pedagogik psixologiyaning predmeti maktabda bilim, ko’nikma va malakalarni egallash qonuniyatlarini, bu jarayonlarda sodir bo’ladigan individual tafovutlarni, o’quvchilarda faol, mustaqil va ijodiy tafakkurni tarkib toptirish qonuniyatlarini tadqiq etishdir. Shuningdek, pedagogik psixologiya ta'lim-tarbiyaniig ta'siri oqibatida o’quvchilar psixikasida sodir bo’ladigan o’zgarishlarni, o’quv materiallarining o’quvchilarning yosh davrlariga mos kelishini, turli ta'lim metodlarining psixologik jihatdan samaradorligini, darsliklar, o’quv qurollari, asbob-uskunalar va maktab ishlarining tartibiga nisbatan bo’lgan psixologik talablar kabi muammolarni ham pedagogik psixologiya o’rganadi,

Hozirgi vaqtda pedagogik psixologiyaning muhim vazifalaridan biri - maktabdagi ta'lim jarayonini yanada takomillashtirishning psixologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat bo’lib, bu hol yangi ta'lim dasturiga utish munosabati bilan bog`liqdir. Pedagogik psixologiya shu bilan birga o’quvchilar shaxsining tarkib topish jarayonini turli tarbiyaviy tadbirlarning o’quvchilarga ko’rsatadigan ta'sirini o’rganadi hamda o’quvchilarning o’z-o’zini tarbiyalashning psixologik asoslarini tadqiq etadi.

Shuningdek, «Pedagogik-psixologiya» ta'lim va tarbiya jarayonining tashkilotchisi bo’lgan - o’qituvchi shaxsini, uning pedagogik faoliyat xususiyatlarini ham o’rganadi. Bunda o’qituvchining ta'lim-tarbiya ishlaridagi yutuqlarni ta'minlovchi sifatlariga urg`u berish bilan birga, uning bilim, ko’nikma, malaka va qobiliyaglarining tarkib topishi hamda taraqqiyotining psixologik jarayonlari aniqlanadi.

Pedagogik psixologiya o`qitish va tarbiyaning asosini o`rganib va ishlab chiqib, o`qitishning va tarbiyaning mazmunini tashkil qiladigan barsliklarga va turli o`quv qurollariga bo`lgan talabni aniqlash o`qitish va tarbiyaning ratsional va samarali metodlarini topish, o`quvchilarning bilimlarga etiqod qilishiga erishish qonuniyatlarini ochish; o`quvchilarni mehnat va ijtimoiy faoliyatga tayyorlashning psixologik asoslarini ishlab chiqish kabi masalalarni to`g`ri xal qilish imkoniyatiga egadir.

Pedagogik psixologiyaning vazifasiga ,shuningdek, o`qituvchi va o`quvchilarning o`zaro munosabati, o`qituvchi shaxsiga nisbatan qo`yiladigan talablarni o`rganish o`qituvchilik qobiliyatining mazmuni va uning tarkib topishini ochib beri shva boshqa masalalarni o`rganish ham kiradi.

Pedagogik psixologiya maktabda o`qitish jarayonida ukuchilar tomonidan bilim va malakalarni egallashning qonuniyatlarini va tarbiya jarayonlarida bola shaxsining tarkib tolpishini o`rganadi.

O`qitish va tarbiyalashning psixologik qonuniyatlarini o`rganish pedagogik psixologiyaning predmetini tashkil qiladi. Bu fan o`quvchilar tafakkurini shakllanishini tekshiradi. O`zlashtirish jarayonini idora qilish, aqliy faoliyat usullari va malakalarining tarkib topish muammolarini o`rganadi. O`qitish jarayonining o`quvchi va o`qituvchi o`rtasidagi munosabatning, o`quvchilar jamoasidagio`zaro munosabatlarning muvafokiyatli bo`lishiga ta'sir qiladigan psixologik faktorlarni aniqlaydi. O`quvchilarning psixologik taffovvutini bolalar Bilan olib boriladigan uo`quv-tarbiya ishlarining psixologik xususiyatlarini o`rganadi.

Psixologiyani bilish tarbiya ishlarida ham zarurdir. Shaxs tarkib topishi jarayonining pisxologik qonuniyatlarini, jumladan, axloqiy odatlar va ishonch-e'tiqod tarkib topishining qonuniyatlarini bilmay turib, to`g`ri tarbiya berish mumkin emas.

Yosh psixologiyasi bolalarning, o`smirlarining va o`spirinlarning psixik taraqqiyoti umumiy qonuniyatlarini, psixiy taraqqiyot boskichlarini, har bir yoshning psixologik xusuiyatlarini o`rganadi. Yosh psixologiyasining asoslarini bilmay turib, ta'lim va tarbiyaning hech qanday nazariy hamda Amaliy masalalarini muvaffakiyatli xal qilib bo`lmaydi.

Pedagogika bilan pedagogik-psixologiya o`rtasida yana ham mustahkam va ajralmas aloqa bordir. Bolalar va yoshlarning maktabdagi hamda boshqa ta'lim tarbiya muassalaridagi faoliyat va xatti harakatlarning aniq turlarini o`rganuvchi pedagogik psixologiya ikki fanning, ya'ni psixologiya va pedagogika fanlarining tutashgan joyidan urin olgandir. Pedagogik psixologiya maktabda bilimlarni, ko’nikma va malakalarni egallash qonuniyatlarini o`rganadi.

Pedagogik psixologiya ta'lim tarbiya ta'siri bilan o`quvchilar psixikasida sodir bo`ladigan o`zgarishlarniham o`rganadi. Bundan tashqari, o`quv materiallarining o`quvchilarga mos kelishi, turli ta'lim metodlarining psixologik jihatdan samaradorligi, darsliklar, o`quv qurollari, asbob uskunalar va maktab ishlarining rejimiga nisbatan bo`lgan psixologik talablar kabi muammolarning hammasini ham pedagogik psixologiya o`rganadi.

Pedagogik psixologiya shu bilan birga o`quvchilar shaxsining tarkib toipishi jarayonini, bu jarayonning umumiy qonuniyatlarini va individual farqlarini, turli tarbiyaviy tadbirlarining o`quvchilarga ko`rsatadigan ta'sirini o`rganadi hamda o`quvchilarning o`z-o`zini tarbiyalashning psixologik asoslarini tekshiradi. Nihoyat, pedagogik psixologiya ta'lim tarbiya jarayonining tashkilotchisi bo`lgan o`qituvchi shaxsini va o`quvchi mehnati xususiyatlarini o`rganadi.

Psixik jarayonlarning zohir bo`lishi tashqi tasirlarning aks ettirilishi deb tushuniladi va shuning uchun ob'yektivlik prinsipiga rioya qilgandagina bu jarayonlarning tabiatini, biror bir psixik jarayon qonuniyatlarning vujudga kelish sabablarini anglab olish mumkin bo`ladi. Amaliy hayotda odamlarning aqliga, tuygu – hislariga hohishlari va xarakteri va qobiliyatlariga ularning o`zlari haqidagi gaplariga qarab emas balki ularning xatti-harakatlariga, ularning bajargan ishlariga qiliqlariga qarab baho beramiz.

Pedagogik psixologiyaning tadqiqot metodlari bilan tanishish maktab rahbarlari hamda o`qituvchilariga amaliy jihatdan ham foydali bo`lishi mumkin.

Bu metodlar xususiy ilmiy tadqiqot ishlari uchungina emas, balki amaliy ta'lim tarbiya maqsadalarida bolalarni chuqurroq o`rganishni tashkil qilish uchun ham yaroqlidir. Ta'lim-tarbiya ishlarida individual munosabatda bo`lish o`quvchilarning individual psixologik xususiyatlarini, tarbiyaviy ta'sir ko`rsatishda eng maqsadga muofik va eng samarali metodlar, usullar va shakllarni tanlashga asos bo`ladigan o`quvchilar shaxsining o`ziga xosligini yaxshi bilish va tushunishni taqoza qiladi.

Ta'lim tarbiya ishlarini to`g`ri tashkil qilish uchun pedagogik psixologiyada qo`llanadigan tadqiqot metodlari bilan tanish bo`lish lozim. Bir-birin o`zaro tuldiruvchi va nazorat qiluvchi bu metodlar quyidagilardan iboratdir. Kuzatish, suhbat metodi, intyervyu, turli xildagi va turli tipdagi eksperimyentlar, o`quvchilarning faoliyatlari natijalarini o`rganish hamda anketa metodlari.

Asosiy metodlardan biri kuzatish metodidir. Ravshanki, psixikani bevosita ko`zatib bo`lmaydi. Inson shaxsi, uning psixikasi faqat faoliyatda, harakatlarda va keng ma'noda olganda xatti-harakatlarda ifodalanadi. Kuzatish metodi o`quvchilarning xatti-harakatlarini o`rganish orqali ular psixikasining individual xususiyatlarini vositali bilishni takoza etadi.




Download 138,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish