Psixologiya o’qitish metodikasi fanidan ma’ruzalar matni


Psixologiyadan texnologik xarita



Download 0,97 Mb.
bet3/48
Sana01.02.2023
Hajmi0,97 Mb.
#906513
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Bog'liq
6ef9db3b44ff3251d68df27f840371b7 PSIXOLOGIYA O`QITISH METODIKASI FANIDAN

Psixologiyadan texnologik xarita

Mavzu

Psixologik fanlarni o`qitishni takomillashtiish.

Maqsad va vazifa

Psixologiya o`qitish samaradorligini oshirish, pedagogik bilimdonlikning psixologik komponentlari, ta`limdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish, sharq allomalari asarlarida o`qitish usullari haqida nazariy bilim, malaka , ko’nikma hosil qilish va mustahkamlash

O’quv jarayonini mazmuni

Talabalarga yangi bilim berish

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyalari

Shakl: Ma’ruza, katta guruhlarda 80 min.
Metod: “Muammoli vaziyat
Vosita: Ko’gazmali material, kadaskop.
Usul: Og’zaki ko’rgazmali.
Nazorat: Nazorat savollari.
Baholash: Rag’batlantirish, reyting tizimida

Kutiladigan natija

O’qituvchi:_mavzu_mohiyati_va_uning_pedagogik_faoliyatdagi_ahamiyati'>O’qituvchi: mavzu mohiyati va uning pedagogik faoliyatdagi ahamiyati Fan bo’yicha ko’nikma malaka hosil qilish
Talaba: Tassavurga ega bo’ldi.

Kelgusi rejalar
(taxlil o’zgarishlar)

O’qituvchi: Mavzu bo’yicha talabalarga to’liq bilim berishda internet ma`lumotlari dan, qo’shimcha axborot vositalaridan foydalanadi.
Talaba: Yangi va zamonaviy ma`lumotlar olishga intiladi va ega bo’ladi.



2.Mavzu: Psixologiya o’qitishni takomillashtirish.
Reja:



  1. Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturida qo’yilgan vazifalarni amalga oshirishda psixologiyaning o’rni.

  2. Psixologiya o’qitishning samaradorligini oshirishda pedagogik bilimdonlikning psixologik komponentlari.

  3. Ta’limdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish.

  4. SHarq allomalari asarlarida o’qitish usullari.

Tayanch tushunchalar:
Psixologiya o’qitishni takomillashtirish,pedagogik bilimdonlik, ta’limdagi qiyinchiliklar.
O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunda, Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturida xar tomonlama etuk, barkamol shaxsni tarbiyalash xozirgi kun ta’lim tizimi oldidagi dolzarb muammolardan biri ekanligi aloxida ta’kidlanadi. Ana shu dolzarb vazifani amalga oshirishda psixologiya fani aloxida o’rin tutadi, ya’ni barkamol shaxsni tarbiyalashda u dunyoga kelganidan boshlab to voyaga etguniga qadar bo’lgan davrdagi psixologik xususiyatlarini bilish tarbiyachilar, pedagoglar, psixologlar uchun muxim axamiyatga ega.
YUrtimizda yuz berayotgan ulkan o’zgarishlar barcha sohalarga, shuningdek, oliy ta’lim jarayoniga ham o’z ta’sirini o’tkazmoqda. Eski ijtimoiy munosabatlar shakllarining buzilishi va yangi demokratik hayot tarzining vujudga kelishi shaxsning ijodiy faolligini talab qiladi. Ijodkor, faol, mustaqil fikrlovchi shaxsni tarbiyalab voyaga etkazish uchun oliy ta’limda muhim o’zgarishlar va qayta qurish hayotiy zarurat bo’lib qolmoqda. SHu boisdan oliy maktabda tub o’zgarish yasash, faol, ijodkor, aql-zakovatli, ziyoli mutaxassislarni tayyorlashning ilmiy asoslarini yaratish qator fanlarning vazifasi bo’lib hisoblanadi. Ta’lim jarayonida shaxsni kamol toptirishning shart-sharoitlarini belgilash singari murakkab vazifani hal qilish psixologiya fanining tadqiqot ob’ektiga va mavzuiga kiradi.
Uzoq davr ta’limning psixologik kontseptsiyasi shaxs va jamiyatning o’zaro munosabatlariga faqat bir tomonlama yondashilgan, ya’ni ta’lim jarayoni insoniyat tomonidan topilgan bilimlarni va amaliy ko’nikmalarni o’zlashtirish, deb qaralib kelindi-yu, lekin bu jarayonda talabalarning shaxsiy hayotiy nuqtai nazari, faol va teran fikrlashi ularning intilishlari, ichki ruhiy imkoniyatlari, kasbiy jihatlar qariyb hisobga olinmay kelindi. Ta’lim jarayonida shaxsning mustaqilligi, cheklanganligi sababli takomillashtirish talabalar bilimlarini mustaqil egallashga, ijodiy fikrlashga, o’z shaxsini takomillashtirish va individual faoliyatini tashkil qilishda bir qator qiyinchiliklar sezadilar. CHunki ta’lim reproduktiv o’qish jarayoni negiziga qurilganligi uchun o’qitishning boshqa shakllaridan kam samara berishi bilan ajralib turar edi. SHuning uchun o’qitish jarayonini negiziga mahsuldor faoliyat deb tushunish zaminiga qurish orqali talabalarda bilimlarni o’zlashtirish bilan cheklanib qolmasdan, balki ularni komil shaxs sifatida shakllanishni, ijodiy izlanish ko’nikmasi, mustaqil fikrlash uquvini va kasbiy malakalarini egallashni ta’minlash mumkin.
Talabalar o’quv faoliyati muvofaqqiyatining muhim sharti oliy o’quv yurtidagi ta’lim jarayonining o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish,diskomfort tuyg’usini bartaraf qilish,mikromuhitda yuz beradigan ziddiyatlarning oldini olishdan iborat.
Odatda quyi kurslardagi talabalar o’quv faoliyatini mumkin qadar to’laroq tasavvur etishga harakat qiladilar,lekin uni boshqarish to’g’risida etarli ma’lumotga ega bo’lmaydilar.Ko’pincha ular o’quv faoliyatini boshqarish deganda,o’quv materiallari o’zlashtirilishinigina rejalashtirish,nazorat qilish,baholash kabilarni tushunadilar.Talabalar varaqa savollariga bergan savollaridan ma’lum bo’lishicha,ularda o’quv faoliyati tizimini tasavvur etishdan tashqari,uni boshqarishning ayrim imkoniyatlari yuzasidan muayyan bilimlar ham mavjud ekan.
Tajribada ishtirok etgan 730 nafar sinaluvchilarning 15% shaxsiy faoliyatni boshqarish deganda o’zlashtirilayotgan o’quv materiallarini ko’p marta takrorlash jarayonini tushunadilar,uning bosh maqsadi matnning mohiyatini aniq anglashdan iborat deb biladilar.Masalan,”Materiallarni o’zlashtirish uchun ularni o’qiyman,takrorlayman,lekin hech qachon uni o’zlashtirish maqsadida oqilona yo’l,usul yoki vositalarni qidirib o’tirmayman...”Talabaning bu mulohazasi ana shu toifadagi barcha tengdoshlariga ham xosdir.
Ayrim talabalar o’z javoblarida biror xususiyatga ega bo’lgan materiallarni o’zlashtirishning usullarini ham yozganlar.Quyi kurs talabalari javoblaridan biri shunday:”Men avval o’quv materiallarini qismlarga ajrataman,so’ng ular o’rtasida mantiqiy uyg’unlikni vujudga keltiraman,muhim va birlamchi alomatlarni topishga harakat qilaman.Mazkur materialni oldingisi bilan solishtiraman,o’xshash va farqli jihatlarini aniqlayman...”.Xuddi shunga o’xshash javolar talabalarning to’rtdan bir qismidan olindi.Ularning 85% o’quv faoliyatini boshqarishning ayrim tarkibiy qismlarini ifodalay olganlar.Ammo ularning ko’pchiligi o’quv faoliyatini boshqarishning ayrim umumlashgan usullarini taxriflash,anglash,faoliyatning harakatlarini qanday tartibda amalga oshirishni tasavvur qilishdan ancha yiroqdirlar.SHunga qaramay,talabalarda taqqoslash,reja tuzish,lektsiya va birlamchi manbalarni konspektlashtirish bo’yicha ma’lum tushunchalar mavjud.Biroq,bu borada ham ayrim nuqsonlar uchrab turadi.CHunonchi, talabalar rejalashtirish,konspektlashtirish,ta’limiy usullardan foydalanishga qo’yiladigan umumiy talablarni aniq ko’rsatishda qiyinchiliklarga uchraydilar,muammo doirasidan chetlashadilar va hokazo.
Mana shu qiyinchiliklarni mohiyati va shakliga ko’ra 3 guruhga ajratish mumkin:
1.Bilishdagi qiyinchiliklar:o’rta maktab va oliy o’quv yurtidagi o’quv materiallari mazmuni va ko’lami jihatdan keskin farqlanishi;oliy o’quv yurtida o’qitishning turli shakl va usullari(lektsiyalar,seminar mashg’uloti,kollokvium,sinov,amaliy mashg’ulot,maxsus praktikum,maxsus seminar,maxsus kurs va hokazolar)mavjudligi,o’quv matni,lektsiya va seminar materiallarining murakkabligi,muammoli,ilmiyligi,talabalarda mustaqil bilim olish malakalari etishmasligi,ularning murakkab oliy ta’limga (tarbiyaga)to’la tayyor emasligi.
2.Ijtimoiy-psixologik qiyinchiliklar:atrof-muhit va hayot sharoitning o’zgarishi;hayot va faoliyatning barcha jabhalarida mustaqillikka o’tilishi;irodaviy zo’r berish,qobiliyat,aqliy imkoniyatlar bo’yicha qat’iyatsizlik;masalan,sessiyalarda,o’qishdan haydalishdan cho’chish,qo’rqish,xavfsirashning paydo bo’lishi.
3.Kasbiy qiyinchiliklar:oliy o’quv yurti mutaxssisligini tanlashdan ikkilanish;oliy maktab shart-sharoitlariga moslashish jarayonini noto’g’ri tasavvur qilish;ta’lim olish usullari va vositalarini :ko’nikma,malaka va odatlarni egallashdan orqada qolish,turli xususiyatga ega bo’lgan mutaxassislsk-ixtisoslik amaliyotidan unumli foydalana olmaslik;nazariy,metodologik bilimlar bilan amaliyot o’rtasida uyg’unlikning yo’qligi;talabalarning professiogrammadan xabarsizligiyoki professiogramma talablariga javob beradigan kasbiy fazilatlarga ega emasligi va boshqalar.
Mana shu qiyinchiliklarning barchasi oliy maktab muhitiga moslashish bilan bog’liqdir.Tajribadan ma’lumki,oliy maktab muhitiga moslashishdan talabalarning o’ziga xos individual, tipologik va yosh xususiyatlari,ularning mexanizmlari, qonuniyatlari, aqliy imkoniyatlari va zahiralari, farosati, andishasi, umumiy qobiliyati, ahloqiy fazilatlari, etnik alomatlari ma’lum darajada rol o’ynaydi.
Bundan tashqari, insonning erkin fikrlashi, ijtimoiy hayotdagi demokratik o’zgarishlarning yuz berishi, talaba shaxsini shakllantirish bilan cheklanmay,balki, uning sub’ektlar (bir jarayonning faoli)tariqasida kamolotga erishishga zarur shart-sharoitlarni yaratish, shaxslararo, millatlararo muomala qila olish mahoratini egallash kabi muhim jarayonlar bilimlarni o’zlashtirishdagi, ijtimoiy-psixologik va kasbiy qiyinchiliklarning mumkin qadar kamayishi uchun xizmat qiladi.
SHuni alohida qayd qilish kerakki, bugungi kunda psixologiya fanida hukm surib kelayotgan shaxsga oid individ, shaxs, individuallik tushunchalari va ularning talqini miliy psixologiya nuqtai –nazaridan qayta ko’rib chiqishni, shaxs bilan sub’ekt(qat’iy pozitsiyaga, maslakka, tashkilotchilik va tashabbuskorlik qobiliyatiga ega)orasida katta farq mavjudligini uqtirish bilan birga,har qanday shaxs sub’ekt bo’la olmasligi yoki aksincha, har bir sub’ekt bir davrning o’zida shaxs ekanligini ta’kidlash maqsadga muvofiqdir.
Qiyinchiliklarning asosiy sabablari talabalar o’quv faoliyatining to’g’ri usullarini bilmasligi,aqliy mehnatda kuch va imkoniyatlarni bir tekis taqsimlay olmasligidan iborat bo’lib, bular aqliy zo’riqishning negizi hisoblanadi. Talabalarda vujudga kelgan aqliy zo’riqish tasodifiy, psixologik hodisa emas, uning zamirida shaxsiy o’quv faoliyatini oqilona boshqarish uquvining zaifligi yotadi.
SHarq allomalari asarlarida o’qitish usullari.
SHarqning qomusiy olimlari Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Nasr Farobiy, Davoniy, Jomiy asarlarida ta’lim-tarbiya, o’qitish masalalari bayon qilib berilgan. SHuningdek, mutafakkirlarimiz tomonidan ta’lim jarayonida o’qitishning qaysi usul vositalaridan foydalanish lozimligi uqtirib o’tilgan. Keltirilgan fikrlardan ko’rinadiki, dastlab shaxs amaliy bilimlarga ,keyinchalik esa nazariy bilimlarni qo’lga kiritish lozimligi borasidagi g’oyalar ilgari surilgan.
Qomusiy olim Abu Rayxon Beruniy asarlarida o’qitish usullari masalasiga alohida to’xtalib,o’quvchi shaxsiga ta’lim berishda ko’proq qaysi tomonlarga e’tibor berish kerakligini bayon qilib beradi. Jumladan, olim tomonidan quyidagi qoidalar ilgari suriladi:
1. O’qitishda yodlatish emas, balki tushunish, mantiqiy fikrlash, xulosalar chiqarish yo’liga amal qilish lozimligi;
2. O’qitishda o’quvchining qiziqishi, intilishi hisobga olinishi va muallim o’z shogirdlariga xushmuomala bo’lishi;
3. O’qitishda turli usul, metodlarni qo’llash ya’ni qarab chiqish, o’qilmagan mavzularni o’qib olish, kerakli joylarini qayta o’qib olish, umuman yana o’qib chiqish va tushunib olish.
4. O’quv qurollarini, kitoblarni e’tibor bilan avaylab-asrab tutish, bu kitoblar insoniyatning boyligi ekanligi.
Beruniy tomonidan ilgari surilgan fikrlarda bilimdonlik orqali nodonlikdan xalos etish masalalari bayon qilingan. O’quvchini o’qitish muomalali, rostgo’y, savodxon, shogirdlariga printspial, yumshoq muomalali bo’lishi kerak. Muallim o’quvchini doimo to’g’ri yo’lga boshlashi,sezgir va talabchan bo’lishi lozimligini uqtiradi.
Beruniy muallim shogidlariga yumshoq muomala qilishi,ularga to’g’ri yo’l ko’rsatishi, yaxshi yo’lga yo’llashi, niyatini to’g’ri qilishi, o’zini katta olmay, ochiq ko’ngil bo’lishi haqida ta’lim bergan.
Beruniy o’qitish muallimning o’qib o’rganishi, takrorlashi bilan bevosita bog’liq ekanligini alohida uqtiradi. SHuningdek, kitob o’qishning usul va metodlariga alohida e’tibor beradi. Kitoblarni shunchaki emas, balki fikrlarni kichik bo’limlarga bo’lib o’qish, hamma o’qilgan joylarni umumlashtirib, qayta o’qish haqida ham ibratli fikrlarni bayon etadi.
Beruniy o’qitishda faqat induktiv yo’l bilangina emas, balki, deduktiv yo’l bilan ham ish tutmoq kerakligini ta’kidlaydi. Bunda olim har qaysi metodni joyida qo’llamoq zarurligini yaxshi bilgani ko’rinib turibdi.
Beruniy dastlab o’quvchining ongli o’qishi, matnning hajmi kichik, mazmuni sodda, keyinchalik esa, hajmi katta, mazmuni murakkabroq bo’lgan matnlarni o’qishga kirishishi, o’qish jarayonida taqqoslash-qiyoslashga e’tibor berish o’quvchilarning ongli bilimiga asos solishini eslatib o’tgan.
Olim o’qilganlarning barchasini qaytarib o’qish deganda,asosan xato qilmay, so’zlarni buzmay, ortiqcha tovush ishlatmay, bo’g’inlarni tushirib qoldirmay, so’z urg’usini o’z o’rnida qo’llab, to’g’ri o’qishni ta’kidlaydi. O’qishning tez, to’g’ri va ifodali bo’lishi,o’qish davomida bolaning o’z-o’zini kuzatib borishi, xatosiz, tez va to’g’ri o’qishiga yordam beradi.
Beruniy bilimlar ustozlar tomonidan o’rgatiladi,deb biladi. U nazariy bilimlarni o’quvchiga singdirish usullari haqida to’xtalib, muallim o’z ishiga asosan qiziqarli suhbat usuli bilan yondashib,shogirdning fanga,kasbga,o’rganilayotgan ilmga xavasini uyg’ota olishini ta’limning asosiy vazifalaridan biri deb biladi. Buning uchun ba’zan muallim o’z shogirdlarini majbur qilishi mumkin deb hisoblaydi.
Ibn Sino bilim olishda bolalarni maktabda o’qitish zarurligini qayd etar ekan,ta’limda quyidagi tomonlarga rioya etish zarurligini ta’kidlaydi:
- bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qo’ymaslik;
- ta’limda engildan og’irga borish orqali bilim berish;
- o’qitishda jamoa bo’lib maktabda o’qitshga e’tibor berish;
- bilim berishda bolalarning mayl,qiziqish va qobiliyatini hisobga olish;
- o’qitishni jismoniy mashqlar bilan qo’shib olib borish;
Talabaga bilim berish o’qituvchining mas’uliyatli burchidir. SHunga ko’ra Ibn Sino o’qituvchining qanday bo’lishi kerakligi haqida fikr yuritar ekan, shunday yo’l-yo’riqlar beradi:
- bolalar bilan muomalada bosiq, jiddiy bo’lish;
- berilayotgan bilimning talabalar qanday o’zlashtirib olayotganligiga e’tibor berish;
- ta’limda turli metod va shakllardan foydalanish;
- talabaning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyatini va shaxsiy xususiyatlarini bilish;
- fanga qiziqtira olish;
- berilayotgan bilimlarning eng muhimini ajratib bera olishi;
- bilimlarni talabalarga tushunarli qilib, uning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda berishi;
- har bir so’zning bolalar hissiyotini uyg’onish darajasida bo’lishga erishish zarur-deydi olim.
Ibn Sino ta’kidlashicha, bilishda qaysi metodlardan foydalanilmasin, u og’zaki ifodali bilimlarni tushuntirishmi,turli ko’rinishdagi suhbatmi, tajribalarmi, bari bir talabada haqiqiy bilim hosil qilish,mustaqil qobiliyatini rivojlantirish, olgan bilimlarini amaliyotga tadbiq eta olish qobiliyatini tarkib toptirishni asosiy maqsad deb bilgan.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1.Milliy Dastur vazifalarini amalga oshirishda psixologiya fanining ahamiyati nimada deb hisoblaysiz?
2.Psixologiya o’qitishda asosan qanday qiyinchiliklarga duch kelinadi?
3.SHarq allomalridan Abu Rayxon Beruniyning o’qitish qoidalari haqidagi fikrlarini keltiring.
4.Ibn Sino ta’limning qaysi tomonlariga e’tiborni qaratish zarurligini ta’kidlaydi? Psixologiyadan texnologik xarita

Mavzu


Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish