Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/72
Sana18.02.2022
Hajmi2,37 Mb.
#455037
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   72
Bog'liq
2 5285267968547098640

Nazorat savollari: 
1.Meo‘nat unumdorligining mohiyati va axamiyati. 
2.Mexnat unumdorligining ta’sir etuvchi omillar. 
3.
Mexnat unumdorligining ko‘rsatkichlari. 
Tayanch so‘zlar:
 
Mexnat unumdorligi-ishlab chiqaruvchi vaqt birligida (soat,kun,yil)yaratgan 
mahsulot miqdori (natural yoki pul shaklida)yoki mahsulot birligi(m,d) ishlab 
chiqarish uchun qancha vaqt sarflanganini ko‘rsatadi. 
Individual mexnat unumdorligi-alohida bir ishlab chiqaruvchining mexnat 
unumdorligi. 
Ijtimoiy mexnat unumdorligi-jamiyatdagi barcha kishilarning yaratgan yalpi 
milliy mahsulotning axoli jon boshiga to‘g‘ri keladigan miqdori. 
7-ma’ruza
Mehnat xaqining prinsipial asoslari
 
Reja:
1.
Mehnat xaqining mohiyati; 
2.
Ish xaqini tashkil qilishning asosiy tamoyillari; 
3.
Hodimlar mehnat xakini to‘lash tizimi; 
4.
Hodimlar mehnat xaqlarining turlari; 
5.
Ish xaki fondining hisob usullari. 
Mehnat xaqining mohiyati. 


Hodimlarning mehnat xaqi – bu ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etgan 
resurslar narxi. Asosan mehnat xaqi sarf etilgan mehnatning miqdori va sifati bilan 
belgilanadi, ammo uncha bozor omillari (mehnat talabi va taklifi, konkret bozor 
konyukturasi), xududiy aspekt, xuquqiy normalar ta’sir qiladi. 
Bozor iqtisodiyoti ishchi kuchi bozorini mehnat resurslarining hududiy siljishi 
bilan taklif etadi – talab bor joyda mehnatni ko‘payishii, taklif ortig‘i bilan bor joyda 
esa kamayishi bilan ifodalanadi. Ana shu omillar komleksi konkret mehnat xaqini 
shakllantiradi. 
xodimning o‘zi ham, jamoa ham shaxsiy iste’mol uchun o‘zlari yaratgan va 
bozorda sotilgan jamiyat mahsulotining bir qismiga ega bo‘lish imkoniyatiga loyiq( 
maxsulot jamiyat uchun zarur va uncha xaridor topilgan). 
Demak, ikki omil – bozor konyukturasining xolati va iste’molchi tomonidan 
tan olinganligi jamoa va alohida xodim daromadining darajasini belgilaydi. Bunday 
vaziyat ishlab chiqaruvchilarni aholining qatlamlariga qarashligini kuchaytiradi, shu 
bilan birga yaratilgan maxsulot natijalari uchun, sifat darajasi va narxiga bo‘lgan 
iqtisodiy ma’suliyatini oshiradi. 
Mehnat taqsimoti ham o‘zgarib barmoqda. Teng bajarilgan ish uchun teng, bir 
xil xak to‘lashda ish vaqtining sarflangan soat soni va malaka darajasi emas
maxsulotni tovar sifatida bozorda tan olinganligi, mexnatining natijalari asos bo‘la 
oladi. 
Ish xaqini tashkil qilishning asosiy tamoyillari. 
Ish xaqini tashkil qilish – bu xodimlar sarf qilgan mehnatining soni va sifatiga 
qarab xak to‘lashni ta’minlab beruvchi chora-tadbirlar majmuasi, hamda shu asosda 
ularda mehnatlarining pirovard natijaga erishishi uchun moddiy qiziqish 
o‘yg‘otishdir. Ish xaqi ishlab chiqarish va undash, rag‘batlantiruvchi funksiyalarni 
bajarar ekan, u korxona xodimlarining mehnatini taqdirlashda muhim vositadir. 
Taqdirlashga 
pensiyalar 
(nafaqa), 
kasallik 
varaqalar 
– mehnatga 
layoqatsizliklar bo‘yicha nafaqalar (posobiya), to‘lovli otpuskalar, korxona 
transportidan foydalanish xuquqi va shunga o‘xshash imtiyozlar, hamda komission 
haqlar, korxona yoki firmaning foydasidagi ulushlar kiradi. 
Ish xakining umumiy darajasi quyidagi omillar: 
-
korxona 
xo‘jalik faoliyatining natijalari, uning foyda olish 
darajasi; 
-
korxonaning kadrlar siyosati; 
-
ixtisoslar 
bo‘yicha xodimlar orasidagi xududdagi ishsizlik 
darajasi; 
-
kasaba uyushmalar, raqobatchilar va davlat ta’sirlariga bog‘liq. 
Mehnat haqini ratsional tashkil qilishdan maqsad – haq miqdori va 
korxonaning xo‘jalik faoliyatiga qo‘shilgan ulush o‘rtasida muofiqlikni ta’minlash, 
ya’ni mehnat va iste’mol me’erlarini bir-biriga muvofiqlashtirishdir. 
xodimlar daromadlari faqatgina ish xaki bilan cheqlanmay, balki ijtimoiy 
iste’mol fondlar to‘lovlaridan ham iborat. Bularga davlatning ijtimoiy sug‘urta 
bo‘yicha sarflar, nafaqalar, ta’lim, bepul tibbiy xizmat, ko‘p bolalik va yakka xolda 
yashovchi onalarga beriladigan moddiy yordam pullari, bolalar bog‘chalari va 


yaslilar qaramog‘i, sanatoriy va dam olish uylariga bepul va imtiyozli yo‘llanmalar 
va shunga o‘xshash boshqa to‘lov va imtiyozli to‘lovlar kiradi. Bozor 
munosabatlariga o‘tish mehnat haqini yangicha tashkil qilishni talab qiladi. Bu real 
zaruriyatdir va O‘R-si qonunlarida ham qayd etilagan. 
xar bir xodimning mehnat daromadlari korxona turidan kat’iy nazar, korxona 
faoliyatining pirovard natijalarini inobatga olgan xolda, uning shaxsiy mehnat ulushi 
bilan belgilanadi, soliqlar asosida rostlanadi va maksimal miqdori tiklanmaydi. 
O‘R-si Prezidenti Farmoyishi asosida belgilangan ish xaki minimal- 
kafolatlangan miqdorda ko‘rinishi lozim, ya’ni korxona, muassasalar shtat jadvalini 
tasdiqlashda xodimga ushbu minimal-kafolatli ish xakidan kam belgilashi mumkin 
emas. xodimlarning tarif stavka va oylik okladlari mehnat darajasi bilan bog‘liq 
bo‘lib, ular ob’ektiv iqtisodiy mehnat bo‘yicha taqsimot qonuniga va ijtimoiy 
tamoyilga muvofiq kelishlari lozim, teng bo‘lmagan mehnatga bir xil, teng xak 
to‘lanishi lozim emas. Ish xakini tashkil qilish tizimi quyidagi tamoyillarga 
asoslanadi: 
-
xak to‘lash mehnat miqdori va sifatiga qarab amalga oshiriladi; 
-
ish haqi xodimning malakasi, mehnat sharoiti, korxonani tarmoq va 
regionalga tegishligiga nibatan differensiyalangan bo‘lishi lozim; 
-
real ish haqining sistematik o‘sishi, ya’ni minimal ish haqining o‘sishi 
inflyasiyadan ustun kelishi kerak; 
-
mehnat unumdorligini o‘sishi ish haqi o‘sishidan yuqori bo‘lmog‘i lozim. 
Bevosita korxonalarda mexnat haqini to‘lash tizimi quyidagi elementlardan 
iborat: 
-
mexnat xaki fondini shakllantirish, tuzish; 
-
mehnatni normalash; 
-
tarif tizimini belgilash; 
-
ish xaki tizim va turlarini aniqlash. 
Hodimlar mexnat xakini to‘lash tizimi. 
Sanoatda ishchilar ish haqini aniqlashda, hamda og‘ir va engil malakali va 
malakasiz mexnat uchun haqlar o‘rtasida to‘g‘ri nisbatlarni belgilashda tarif tizimi 
qo‘llaniladi. 
Tarif tizimi – mexnat muraqqabligi va sharoitlarga qarab haq to‘lash 
darajasini aniqlash uchun qo‘llaniladigan normativlar to‘plamidir. Tarif tizimi 3 
elementdan iborat: 
-
tarif-malaka ma’lumotnomasi, TMM (tarifno-kvalifikatsionnыy 
spravochnik); 
-
tarif setkasi; 
-
tarif stavkasi. 
Tarif-malaka ma’lumotnomasi ma’lum sanoat tarmog‘ida bajariladigan ishlar 
tavsifi (xarakteristikalari) va shu ishni bajarish uchun ishchilarga qo‘yilgan talablar 
ruyxati (perechen) dan iborat. 
Bu xujjat asosida ishchilar malakasi (razryad) aniqlanadi. TMM 2 xil bo‘ladi: 
A)
tarmoqning asosiy ishlab chiqarishdagi kasblar uchun; 


B)
yordamchi ishlab chiqarish uchun ishlar va kasblarning yagona tarif- 
malaka ma’lumotnomasi, YATMM (hamma tarmoqlarda qo‘llaniladi). 
Tarif setka – qo‘llaniladigan razryadlarga mos, to‘g‘ri keladigan xak to‘lash 
darajasini aniqlash shkalasi. Tarif setkada ma’lum tarmoqda qo‘llaniladigan tarif 
razryadlar va xar bir razryad uchun belgilangan tarif koeffitsientlar ruyxati qayd 
etilgan. 
Iqtisodiy isloxotlarni chuqurlashtirish sharoitida ish haqini rag‘batlantiruvchi 
ahamiyatini ko‘tarish maqsadida O‘R-si Vazirlar Maxkamasi tomonidan 1996 yil 
18.03-da 
qabul qilingan 
qaroriga 
binoan 
x/x-ning 
hamma 
tarmoqlarida 
qo‘llaniladigan yangi YAgona tarif setka (YATS) tasdiqlangan. Bu YATS 22 
razryaddan iborat bo‘lib, uning asosini O-razryadning tarif koeffitsienti 1-ga teng 
bo‘lgan tarif stavkasi tashkil qiladi. Tarif setka malaka va ma’lumot talab qilmagan 
ish uchun belgilangan xak (O-razryad) dan boshlanib, eng yuqori davlat boshqaruv 
organlari xodimlari uchun (22 razryad) belgilangan ish haqi bilan tugallanadi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 2 apreldagi «Ish xaqi, 
pensiyalar va stipendiyalarning miqdorlarini oshirish tug‘risida»gi Farmoniga 
muvofiq minimal ish xaqining miqdori 5440 sum, 2004 yil-9420 so‘m, 2005yil- 
10800 so‘m, 2006 yil-12420 so‘m va 1.08.2007 yildan e’tiboran-15525 so‘m etib 
tayinlandi. 
Xozirgi paytda iqtisodiyot soxasida qo‘llanilayotgan tarif setkasi 1-jadvalda 
keltirilgan. 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish