Toshkent davlat agrar universiteti samarqand filiali fundamental fanlar kafedrasi



Download 0,79 Mb.
bet6/6
Sana02.07.2022
Hajmi0,79 Mb.
#729546
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-Laboratoriya(1)

Ishni bajarish tartibi:
O’simlik to’qimalarini o’rganish.
O’simlik to’qimalarini, ularning hujayraviy tuzilishini o’rganish uchun har xil preparatlar tayyorlanadi.

  1. Qoplovchi to’qimasining hujayraviy tuzilishini o’rganishda tradiskansiya bargidan foydalanamiz. Buning uchun barg yuviladi, buyum oynachasini tozalab ustiga bir tomchi suv tomiziladi. Barg ostidan skalpel yordamida epidermis qismidan kesma olinadi va preproval nina yordamida asta buyum oynachasining suv tomizilgan joyiga qo’yilib qoplag’ich oynacha bilan yopiladi. Tayyor bo’lgan preparatni mikroskop buyum stolchasiga qo’yiladi va obyektivdan ko’rib rasmi chizib olinadi.

  2. Asosiy to’qimani g’amlovchi to’qimasining hujayraviy tuzilishini o’rganishda kartoshka tuganagi, ivitilgan bug’doy yoki nuxat donidan yupqa qilib kesma olinib preparat tayyorlanadi, tayyorlangan preparat mikroskop ostida ko’rilib unda ko’ringan g’amlovchi to’qima hujayralarini rasmi chizib olinadi.

  3. Mexanik to’qimaning sklirid yoki tosh hujayralarining tuzilishini o’rganish uchun nok yoki behi mevasining eti (mezokarp)dan ozroq yupqa kesma olinib preparat tayyorlanadi va mikroskopda ko’rib sklirid (tosh) hujayralarini rasmi chizib olinadi.

  4. O’tkazuvchi to’qimani ko’rish uchun makkajo’xori yoki bug’doy maysasidan foydalanib poyasidan ko’ndalang kesma olinib, preparat tayyorlanadi va lyugol bo’yog’i bilan bo’yalib mikroskopda ko’rish va rasmini chizib olish.

  5. O’simlik organlaridan tayyorlangan doimiy preparatlardan foydalanib o’simlik to’qimalarining hujayraviy tuzilishini kuzatish.



Hayvon to’qimalarini o’rganish.

  1. Qon to’qimasini ko’rish uchun chap qo’lning 4-barmog’ini spirt eritmasi bilan dizenfeksiya qilinib, nina sanchiladi va chiqqan qon spirtlangan paxta bilan artib olinadi. Keyin barmoq siqilib ozroq qon buyum oynachasining bir tomoniga qo’yib yupqa surtma tayyorlanadi. 2 daqiqa yaxshi quritiladi. Uning ustiga 96% li spirt tomizilib fiksasiyalanadi. Bir oz vaqtdan so’ng surtmaga bo’yash uchun fuksin bo’yog’i 1-2 tomchi tomizilib 5 minut quritiladi. Quritish spirt gorelkasi yordamida olib boriladi. Tayyorlangan preparat ehtiyotkorlik bilan yuvilib biroz quritiladi. Surtmani avval mikroskopning kichik (8x) obyektivida, so’ng siyrak joyiga immersion moy tomizilib katta (90x) obyektiv, 7x okulyarda qon to’qimasining shaklli elementlarini ko’rish.

  2. Muskul va epiteliy to’qimasini o’rganish uchun farmalin eritmasida saqlangan yomg’ir chuvalchangidan o’tkir skalpel yordamida yupqa kesma olinadi. Kesmani buyum oynachasiga bir tomchi suv ustiga quyilib yopqich oynacha bilan yopiladi va mikroskopda ko’rib rasmi daftarga chizib olish.

Muhokama savollari

  1. To’qima deb nimaga aytiladi?

  2. Asosiy tuqima va ularning turlarini ayting.

  3. Mexanik to’qimaning vazifasi va ularning turlari haqida ma’lumot bering.

  4. Biriktiruvchi tuqima vazifasi va ularnig turlari to’g’risida nimani bilasiz.



Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish