Toshkent moliya instituti moliya fakulteti "davlatiy moliya" kafedrasi utanov asrorbek zokir o


Davlat qarzlarini boshqarishning nazariy-huquqiy asoslari



Download 400,93 Kb.
bet10/28
Sana29.12.2021
Hajmi400,93 Kb.
#85809
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28
Bog'liq
Utanov DIPLOM ready 9.06.2020

Davlat qarzlarini boshqarishning nazariy-huquqiy asoslari

Davlat qarzi o’zi nima? Uning qanday turlari bor va qanday yuzaga keladi? Bu savollarga javob berishdan oldin qarz so’zi nima ekanligiga izoh berish lozim.

“Qarz” so’zi arabcha so’zdan olingan bo’lib, “kesish” degan ma’noni anglatib, O’zbek tilining izohli lug’atda qarz – ma’lum muddat o’tgandan keyin qaytarish sharti bilan berilgan yoki olingan narsa (pul, buyum).8

Davlat qarzi – O’zbekiston Respublikasining ichki va tashqi mablag’larni jalb qilish natijasida vujudga kelgan majburiyatlar.9







7 Lucica Matei, Octavian Mircea Chesaru. Implementation Guidelines of the New Public Management. Cases of Romania and Sweden. Procedia - Social and Behavioral Sciences, Volume 143, 14 August 2014, Pages 857-861 https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S1877042814044188

8 O’zbek tilining izohli lug’ati. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti. Toshkent. 247-bet.

9 O‘zbekiston Respublikasining Byudjet Kodeksi. 3-modda. 2013-yil. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi. 23.05.2019 y., 03/19/540/3167-son.

Shuningdek, davlat qarzlarini yuzaga kelishi bo’yicha davlat tomonidan mablag’larni jalb qilish tushunchasini ham mavjud bo’lib, bunda aktivlarni jalb etish, bu bo’yicha O’zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi-rezidentlarning kreditlarini (qarzlarini) to’lashga kafil sifatidagi majburiyatlari yuzaga kelishi bilan izohlanadi.

Umumdavlat ehtiyojlarini moliyalashtirish uchun zarur bo’lgan pul resurslarining asosiy qismi soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar shaklida jalb qilinadi. Iqtisodiyotning moliyaviy holati barqaror bo’lmaganda, davlat daromadlarining kamayib ketgan sharoitda davlat o’zining xarajatlarini qoplashga boshqa manbalardan ham mablag’ jalb qilishga majbur bo’lib qoladi. Davlat tomonidan jalb qilishning asosiy shakli bo’lib davlat krediti hisoblanadi.

Davlat tomonidan jalb qilingan kreditlar – bu davlat bilan yuridik va jismoniy shaxslar o’rtasidagi kredit munosabatlaridir. Bu yerda davlat, asosan, qarz oluvchi bo’lib o’tadi. Davlat krediti hukumat organlari va xo’jalik yurituvchi subyektlar tomonidan olingan kreditlarni davlatning kafolat majburiyatlari shaklida chiqishi ham mumkin. Kafolat majburiyati – bu kreditorga qarzdordan unga berilishi lozim bo’lgan summani o’z vaqtida to’lanilishini ta’minlash kafilligini olgan organ tomonidan berilgan hujjatdir. Kafolat majburiyatining ta’sir kuchi kafolat xatida ko’rsatilgan hamma summa to’laligicha to’langanidan so’ng tugaydi. Davlat zayomlari - davlatning qimmatli qog’ozlarini sotish yo’li bilan amalga oshiriladi. Shu yo’llar bilan davlat qarzi shakllanadi.

Davlat kreditlari umumdavlat moliyasining muhim elementi bo’lib, bunda kreditor sifatida yuridik va jismoniy shaxslar o’tsa, davlat nomidan qarz oluvchi sifatida O’zbekiston Respublikasi Hukumati va rezidentlar(davlat korxonalari va boshqalar). Xalqaro munosabatlar doirasida davlat bir vaqtda ham kreditor, ham qarz oluvchi bo’lib o’tadi.

Davlat krediti qaytarilishi va to’lanishi asosida beriladi. Davlat krediti bank kreditidan farq qiladi. Davlat krediti orqali yig’iladigan qo’shimcha moliyaviy resurslar ishlab chiqarish kapitali aylanishida qatnashmaydi, bu mablag'lar xususiy sektor tomonidan kapital ishlab chiqarishda ishlatilmaydi. Byudjet taqchilligi – bu

muayyan davrda byudjet xarajatlarining byudjet daromadlaridan ortiq bo’lgan summasidir. Davlat tomonidan mablag’lar jalb qilinganda kreditning ta’minoti bo’lib davlatning barcha mol-mulki hisoblanadi. Davlat qarzi – bu davlat tomonidan ichki mablag’ni va xorijdan mablag’ jalb qilish natijasida vujudga kelgan muayyan mamlakatning majburiyatlarini yig’indisidir. Bu summa davlatning qarz oldi-berdi bilan bog’liq chiqarilgan va qaytarilmagan, ular bo’yicha hisoblangan foizlarni hisobga olgan holda, davlatning majburiyatlari sifatida namoyon bo’ladi.

Ichki manbalardan mablag'lar yig'ish orqali, hukumatlar milliy jamg'armani investitsiya qiladi. Uning manbasi bo’lib aholining, korxona va tashkilotlarning bo’sh mablag’lari hisoblanadi. Davlat kreditidan foydalanish davlat ixtiyoriga mablag’larni jalb etishning asosiy shaklidir. Shu tartibda jalb qilingan mablag’larni davlat byudjeti taqchilligini qoplashda foydalanish davlatning moliyaviy holati uchun davlat byudjeti taqchilligini pul emissiyasi yordamida qoplaganga qaraganda kamroq salbiy oqibatlarga olib keladi.

Davlat qarzlarini jalb qilish evaziga olingan kapitallardan unumsiz foydalanilsa, masalan, ular hisobidan xarbiy yoki ijtimoiy xarajatlar moliyalashtirilsa, ularning qaytarishning yagona manbai soliqlar yoki yangi qarzlar bo’lishi mumkin. Oldin chiqarilgan zayomlarni qaytarish uchun davlatning yangi zayomlarini joylashtirilishiga davlat qarzlarini qayta moliyalashtirish deyiladi.

Davlatning qarz olishi natijasida soliq og’irligining kuchayishi ularning muddatiga va qarz oluvchi tomonidan to’lanadigan kreditlarning foizlari darajasiga bog’liq. Investor uchun davlat qarzlari bo’yicha foizlar darajasi qancha yuqori bo’lsa, davlat shunchalik katta soliqlar qismini ularni qaytarish uchun yo’naltirishga majbur. Davlat qarzining o’lchami qanchalik katta bo’lsa, ularga xizmat qilish uchun yo’naltirilayotgan mablag’larning salmog’i shuncha yuqori bo’ladi. Joylashtirilish joyiga qarab davlatning qarzlari ikkiga bo’linadi.

Davlatning ichki qarzlari davlat tomonidan ichki mablag’larni jalb qilish jarayonida vujudga keladi. Davlat tomonidan ichki mablag’larni jalb qilish aktivlarni ichki manbalardan (rezident-yuridik va jismoniy shaxslardan) jalb etish hamda buning natijasida O’zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki

qarz oluvchi rezidentlarning o’z kreditlarini (qarzlarini) to’lashiga kafil sifatidagi majburiyatlari vujudga kelishini anglatadi.




    1. rasm. Davlat qarzlarining turlari10

Shunga o’xshash, davlatning tashqi qarzlari ham davlat tomonidan xorijdan mablag’ jalb qilish jarayonida vujudga keladi. Davlat tomonidan xorijdan mablag’ jalb qilish aktivlarni xorij manbalaridan (xorijiy davlatlardan, norezident yuridik shaxslardan va xalqaro tashkilotlardan) jalb etish hamda buning natijasida O’zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o’z kreditlarini (qarzlarini) to’lashiga kafil sifatidagi majburiyatlarining vujudga kelishini bildiradi.

Davlat qarzlarini boshqarishda O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi kelgusi moliya yili uchun mamlakatning davlat byudjetini qabul qilayotgan paytda davlat ichki va tashqi qarzlarining eng yuqori miqdorlarini tasdiqlaydi.

Davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag’ jalb qilish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ tomonidan amalga oshiriladi.



      1. jadval

Davlat tomonidan jalb qilingan mablag’larni sarflash yo’nalishlari11








Download 400,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish