Zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya



Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/15
Sana13.10.2019
Hajmi1,05 Mb.
#23456
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
zamonaviy oquv texnik vositalar va ulardan foydalanish metodikasi


Didakto sentrik texnologiyalar – bu o‗quv dasturidagi rejalashtirilgan materialni har 
qanday  yo‗l  bilan  bo‗lsa  ham  ta‘lim  oluvchilarga  etkazishdagi  pedagog  faoliyati 
jarayonidir.  
3. Hozirgi davrdagi didaktika rivojining asosiy yo‘nalishlari  
Uzluksiz  ta’lim  tizimi  –  kadrlar  tayyorlash  tizimining  asosi.  O‗zbekiston 
Respublikasining ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotini ta‘minlovchi shaxsning jamiyat va 
davlatning  iqtisodiy,  ijtimoiy,  ilmiy  –  texnikaviy  va  madaniy  ehtiyojlarini 
qondiruvchi ustivor soha.  
Uzluksiz  ta‘lim  tizimi  ijodkor,  ijtimoiy  faol,  ma‘naviy  boy  shaxs  shakllanishi  va 
yuqori  malakali  raqobatbardosh  kadrlar  tayyorlash  zaruriy  shart  –  sharoitlarini 
yaratadi.  Rivojlangan  demokratik  davlatlar  darajasida,  yuksak  ma‘naviy  va  axloqiy 
talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratish, 
barkamol avlodni shakllantiradi.  
Ta‘lim olishda, shuningdek, bolalar va yoshlarni ma‘naviy – axloqiy, intellektual va 
jismoniy  jihatdan  tarbiyalashda  oila,  ota  –  onalar,  jamoat  tashkilotlari,  mahallalar 
aloqasi  asosida  chora  –  tadbirlarni  belgilaydi  va  amalga  oshirishda  uzluksiz  ta‘lim 
tizimining barcha bo‗g‗inlarida ularga ahamiyat beriladi. Ta‘lim jarayoni va kadrlar 
tayyorlash  sifatiga  holis  baho  berish  tizimini  yaratish  va  joriy  etishga  keng 
imkoniyatlar yaratadi.  
Inson  qobiliyatlarining  shakllantirilishi  va  rivojlantirilishi  hamda  uning  ta‘limga 
nisbatan turli – tuman ehtiyojlarining qondirilishi milliy va umumbashariy qadriyatlar 
ustivorligining ta‘minlanishi, inson jamiyat va atrof  – muhit o‗zaro munosabatlarini 
uyg‗unlashuvini amalga oshirish borasida qo‗llaniladi.  
Uzluksiz ta’lim – milliy modelning asosiy qismi bo‗lib, quyidagi turlarni o‗z ichiga 
oladi: maktabgacha ta‘lim; umumiy o‗rta ta‘lim; o‗rta maxsus, kasb  – hunar ta‘limi; 
oliy ta‘lim; oliy o‗quv yurtidan keyingi ta‘lim; kadrlar malakasini oshirish va qayta 
tayyorlash; maktabdan tashqari ta‘lim.  
Uzluksiz  ta’lim  –  malakali  raqobatbardosh  kadralar  tayyorlashning  asosi  bo‗lib, 
ta‘limning  barcha  turlari,  DTS  ni,  kadrlar  tayyorlash  tuzilmasini  va  uning  faoliyat 
ko‗rsatish  tizimini  o‗z  ichiga  oladi.  O‗zaro  mantiqiy  izchillik  asosida  bog‗langan 
hamda soddadan murakkabga qarab rivojlanib boruvchi va bir – birini taqozo etuvchi 
bosqichlardan  iborat  yaxlit  ta‘lim  tizimi.  O‗zbekiston  Respublikasida  kadrlar 
tayyorlash tizimining asosi, ta‘lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan 
biri  1997  yil  29  –  avgustda  qabul  qilingan  ―Ta‘lim  to‗g‗risida‖gi  O‗zbekiston 
Respublikasi Qonuni va ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ asosida tamoyil sifatida 
qayd  etilgan.  Umumiy  ta‘lim  milliy  modelining  asosiy  tarkibiy  qismlaridan  biri, 

O‗zbekiston Respublikasining ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotini ta‘minlovchi jamiyat 
va  davlatning  iqtisodiy,  ijtimoiy,  ilmiy  –  texnikaviy  va  madaniy  ehtiyojlarini 
qondiruvchi  ustivor  sohadir.  Umumiy  ta‘limning  faoliyat  ko‗rsatish  tamoyillari 
quyidagilardan iborat:  
1. Ta‘limning ustvorligi.  

2. Ta‘limning demokratlashuvi.  
3. Ta‘limning insonparvarlashuvi.  
4. Ta‘limning ijtimoiylashuvi.  
5. Ta‘limning milliy yo‗naltirilganligi.  
Endi  quyida  uzluksiz  ta‘limning  tarkibiy  qismlari  haqidagi  qisqacha  ma‘lumotlarni 
keltiramiz.  
1.  Maktabgacha  ta’lim  –  bu  milliy  pedagogik  kadrlar  tayyorlashning  boshlang‗ich 
shakli. Maktabgacha ta‘limning vazifasi bolani sog‗lom, har tomonlama kamol topib 
shakllanishini  ta‘minlash,  ulardagi  o‗qishga  intilish  hissini  uyg‗otish  va  uni 
muntazam  ta‘lim  olishga  tayyorlashdan  iboratdir.  Maktabgacha  ta‘lim  bola  6  –  7 
yoshga  etguncha  davlat  va  nodavlat  maktabgacha  tarbiya  bolalar  muassasalarida 
hamda oilalarda amalga oshiriladi. Uning maqsad – vazifalarini ro‗yobga chiqarishda 
mahallalar, jamoat va hayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar ishtirok etishi mumkin.  
2. Umumiy o‘rta ta’lim – bu to‗qqiz yillik (I – IX sinflar) o‗qitishdan iborat bo‗lgan 
umumiy o‗rta ta‘lim – majburiy ta‘limdir. Bunda ta‘lim oluvchilarning fanlar asoslari 
bo‗yicha  muntazam  bilim  olishlarini,  ularda  bilim  o‗zlashtirish  ehtiyojlarini,  asosiy 
o‗quv  –  ilmiy  va  umummadaniy  bilimlarini,  milliy  va  umumbashariy  qadriyatlarga 
asoslangan ma‘naviy – axloqiy fazilatlarni, mehnat ko‗nikmalarini, ijodiy fikrlash va 
atrof – muhitga ongli munosabatda bo‗lishni va kasb tanlashni shakllantiradi.  
Demak,  o‗rta  umumta‘lim  –  uzluksiz  majburiy  ta‘lim  bo‗lib,  unda  quyidagi 
muammolar hal bo‗ladi:  
 fanlar asoslari bo‗yicha uzluksiz bilim beriladi;  
 mehnat ko‗nikmalari shakllanadi;  
 ijodiy fikrlash va atrof muhitga ongli munosabatda bo‗lishi o‗rgatiladi;  
 kasb tanlash shakllanadi.  
 
Ta’lim paradigmalari  
Paradigma – (yunoncha. Paradigma – namuna – o‘rnak ma’noloarini anglatadi) 
– ilmiy muammolarni hal etish namunasi sifatida qabul  qilingan nazariya. Masalan, 
tug‗ilish  nazariyasiga  tegishli  muammolarni  aksariyat  hollarda  differensial 
tenglamalar nazariyasi yutuqlari orqali hal qilinadi yoki talaba – yoshlarni mustaqillik 
ruhida tarbiyalash milliy g‗oyalar asosida hal etiladi va hakoza.  
Demak,  A.Navoiyning  komil  inson  haqidagi  ta‘limoti,  Abu  Nasr  Farobiyning  fozil 
odamlar  shahri  haqidagi  ta‘limoti,  Al  –  Xorazmiyning  sonlar  nazariyasida  buyuk 
inqilob (―O‖ – nol sonini arab raqamlariga (1,2,3,4,5,6,7,8,9) qo‗shib pozitsion sanoq 
sistemasini kashf qilganligi) yasaganligi, ayniqsa ―algoritm‖  

terminining fanga iste‘molga kiritilishi, V.Q.Qobilovning algoritmlash nazariyasi va 
shu kabi ta‘limotlar ham paradigmaga misol bo‗la olar ekan.  
Demak, paradigma – ilmiy faoliyatning muayyan bir bosqichida aniq ilmiy tadqiqotni 
olib borishda foydalanish uchun nazariy metodologik asosdan iboratdir. 
 
Mavzu:O'qitish modellarining asosiy konsepsiyalari. 
Reja. 
1.Bilish -ta'lim jarayonini metodalogik asosidir.  
2.Ta'limning mazmuni.  
3.Didaktika haqida umumiy tushuncha.  
1. Bilish - ta'lim jarayoninig metodologik asosidir  
Bilish jarayoni kabi ta'lim jarayonida ham o'quvchi bilmaslikdan bilishga, noto'g‘ri va 
noaniq  bilishdan  toboro  to'liqroq  va  aniqroq,  chuqurroq  bilishgacha  bo'lgan  yo'lni 
bosib o'tadi.Bu jarayonda hissiy idrok etish ham abstrakt tafakkur ham, amalda sinab 
ko'rish ham bo'ladi.  
Muayyan fan va hodisalar ob'ektiv dunyoni bilish jarayonidan o'rganiladi va ularning 
tashqi,  ichki  mohiyatini  o'zlashtirish  jarayonida  omillar  aniqlanadi.  Mushohada, 
tasavvur va abstrakt tafakkurga asoslanib faktlar umumlashtiriladi va ilmiy hulosalar 
chiqarish natijasida nazariyalar, qonunlar va kategoriyalar yaratiladi.  
Bilish  ikki  pallaga-  nazariya  va  amaliyotga  bulinadi.  Nazariya  yangi  bilimni, 
yangicha bilishni ifodalovchi tizimli fikrdir. Nazariya har hil shakllarda ifodalanadi: 
aksioma,  teorema,  qonun,  formula,  grafik,  raqam  va  boshqalar.  Nazariyada  g‘oya 
shakllanadi.  
Amaliyot  bilimlarning  haqiqiyligini  ko'rsatuvchi  mezondir.  Kuzatish,  tajriba 
o'zgartirish, yaratish - bular amaliyot shakllariga kiradi.  
Amaliyot  ijtimoiy  hayot  va  tabiatning  murakkab  jarayonlarini  bilib  olishda  inson 
uchun asosiy qurol bo'lib hizmat qiladi.  
Ilmiy 
bilishning 
vazifasi 
hodisalarning 
mohiyatini, 
ularning 
rivojlanish 
qonuniyatlarini ochishdan iborat emas, balki biror bir qonunning qay tariqa namoyon 
bo'lish sabablarini ko'rsatib berishdan iborat.  
Ilmiy  omil  ilmiy  bilishning  elementi  bo'lib  kuzatish, tajriba  asosida  qo'lga kiritiladi, 
omilga asoslanmagan bilimning ilmiy qiymati, amaliy faoliyat uchun ahamiyati ham 
bo'lmaydi. Shuning uchun ilmiy bilimning, fanning asosiy maqsadida omllar asosida 
yotgan  umumiy  bog‘lanishlarni,  qonuniyatlarni  topish,  ularning  mohiyatini 
bilishdadir.  
Bilish sezishdan boshlanadi. Sezish tevarak - atrofdagi voqelik, narsa va hodisalarni 
sezgi  organlarimizga  ta'sir  etuvchi  ayrim  sifatlarning  ongimizda  aks  etishidir. 
Sezgilar  -  odam  haqidagi  barcha  bilimlarimizning  manbaidir.  Ammo  ilmiy  asosda 
bilishda,  masalan  olimning  bilishi  bilan  o'quvchining  bilish  faoliyati  o'rtasida 
umumiylik bo'lsa ham lekin, ular bir-biridan farq qiladi.  
Nazariy bilim negizida talabalarda amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish bir 
necha  bosqichlarda  amalga  oshirilishi  mumkin.  Bu  bosqichlarni  quyidagicha 
ko‘rinishini 4 - rasmda ko‘rsatib o‘tamiz .  
Назарий билим негизида амалий ва малакаларнинг шаклланиш босқичлари.  

Муайян 
қоидалар 
шакллан  
тирилади, 
ўзлаштирилган 
назарий 
ва 
амалий 
билимлар 
хотирада  қайта 
тикланади
.  
Харакат 
тезлиги  
нинг  ошишига 
салбий  таъсир 
этаѐтган 
омиллар, 
бошланғич 
хатолар 
бартараф 
этилади.  
Харакат 
мохиятини 
амалий 
жихатдан 
ызлашти  
риш,  дастлабки 
малакаларни 
қарор  топиши 
рўй беради.  
Муста  
қил  ва  тизимли 
равишда тезкор 
бажариладиган 
фаолият 
шаклланади  ва 
у такомил  
лашиб боради.  
Муайян 
харакат  
ларни 
бажариш 
тартиби 
хақида 
назарий 
билимлар 
берилади, 
амалий 
харакат 
намойиш  
1-босқич  
2-босқич  
3-босқич  
4-босқич  
5-босқич  

Кўникманинг шаклланиши.  
Малаканинг шаклланиши.  
Bilim olish darajalarini biz quyidagi bosqichlarda ko'rsatib o'tamiz.  
Bilim olish darajasi.  
О л и н г а н б и л и м н и ё д д а с а к л а ш.  
Т у ш у н и ш.  
К у л л а ш  
Т а х л и л к и л и ш  
С и н т е з.  
Б а х о л а ш.  
2. Ta'limning mazmuni  
Ta'limning  mazmuni  uning  maqsadidan  kelib  chiqadi.  Ta'limning  mazmuni 
deganda,  o'quvchilarning  o'qish  jarayonida  egallab  olishi  lozim  bo'lgan  hamda 
tizimga  solingan  bilim,  malaka  va  ko'nikmalarning  aniq  belgilangan  doirasi 
tushuniladi.  
Ta'limning mazmuni bir qator ehtiyojlarni hisobga olish bilan belgilanadi:  
1.Ijtimoiy  ishlab  chiqarishning  eng  zarur  ehtiyojlar,  ijtimoiy  tuzimning 
hususiyatlari.  
2.Davlatning halq ta'limi va muayyan turdagi o'quv yurti oldiga qo'yadigan maqsad 
va vazifalar.  
3.O'qitish  qoidalaridan  kelib  chikadigan  va  o'quvchilarning  imkoniyatlarini  (yosh 
imkoniyatlari va boshqalar) e'tiborga oluvchi didaktik talablar.  
Ta'lim mazmuni o'quv rejasi, o'quv dasturi va darsliklarda ifodalangan.  
O'quv  rejasi  -  deb, o'qitiladigan  fanlar, o'qitish  uchun  ajratilgan  soatlar  va  o'quv 
yilini tuzilishini belgilab beruvchi davlat hujjatiga aytiladi.  
O'quv  rejasi  -  barcha  umumta'lim  maktablarida  so'zsiz  amal  qilinishi  lozim 
bo'lgan  davlat  hujjatidir.  Unda  sinflar  bo'yicha  o'rganilishi  lozim  bo'lgan  o'quv 
fanlari va o'sha fanlar uchun ajratilgan o'quv soatlari ko'rsatilgan bo'ladi.  
Maktabning yagona o'quv rejasi halq ta'limi vazirligi tamonidan tasdiqlanadi.  
O'quv  dasturi  -  o'quv  rejasi  asosida  ishlab  chiqiladi.  O'quv  dasturi  har  bir  o'quv 
fanining  o'qitish  uchun  ajratilgan  bilim  hajmi,  tizimi  va  g‘oyaviy  -  siyosiy 
yo'nalishini aniqlab beradigan davlat hujjatidir.  
O'quv  dasturida  o'quv  yili  davomida  har  qaysi  sinfda  alohida  fanlar  bo'yicha 
o'quvchilarga  beriladigan  ilmiy  bilim,  ko'nikma  va  malakalarning  hajmi  belgilab 
beriladi. Dasturda har qaysi o'quv fanlarining mazmuni izchillik bilan yoritiladi va 
ma'lum  mavzular  orqali  ko'rsatiladi.  Ma'lum  mavzu  yuzasidan  o'quvchi 
o'zlashtirishi  lozim  bo'lgan  bilim,  ko'nikma  va  malakalar  qisqacha  ifodalab 
beriladi.  
Darslik  -  o'quv  jarayonining  zarur  qismidir.  Ko'p  vaqtlardan  beri  u  o'qitishning 
eng muhim vositasi hisoblanar edi.  
Har bir o'quv fanining mazmuni darslikda batafsil yoritiladi. Darslik tegishli fanga 
oid ilmiy bilim asoslarini dasturga va didaktika talablariga muvofiq ravishda bayon 
qiluvchi kitobdir.  

Darsliklar  bilan  bir  qatorda  ayrim  fanlardan  o'quv  qo'llanmalar  ham  tuziladi. 
Masalalar  va  mashqlar  to'plami,  hrestomatiyalar,  atlaslar,  lug‘at  kitoblari  vash  u 
kabilarni misol qilib keltirish mumkin.  
O'quvchilar  darslik  va  o'quv  qo'llanmalari  bilan  ham  darsda,  ham  uy  sharoitida 
mustaqil  ish  olib  boradilar.  Darslik  materiali  katta  tarbiyaviy  ahamiyatga  ega.  U 
bilan 
ishlash 
tarbiyalanuvchilarning 
aqliy 
tarbiyasiga, 
ularda 
ilmiy 
dunyoqarashning,  ahloq,  odob,  tafakkurning,  nutqning,  ishdagi  mustaqilligini 
rivojlanishiga yordam beradi.  
3. Didaktika haqida umumiy tushuncha  
Ta'lim  jarayoni  pedagogik  jarayonning  ajralmas,  muhim  qismlaridan  biri  bo'lib  u 
o'qitish,  bilim,  ko'nikma  va  malaka  hosil  qilish  masalalari  bilan  shug‘ullanadi. 
Ta'lim  nazariyasini  ―Didaktika‖  tushunchasi  bilan  ham  ifodalanadi.  ―Didaktika‖ 
so'zi grekcha ―Didasko‖ so'zidan olingan bo'lib, ―o‘qitish, o'rgatish‖ degan ma'noni 
bildiradi.  Didaktikaning  o'rganish  ob'ekti  o'quv  jarayoni,  o'quv  jarayonining 
rivojlanish  qonuniyatlari,  o'qitish  tamoyillari,  metodlari  va  shakllaridir.  Ta'lim 
jarayonining  asosiy  mohiyati  tarihan  to'plangan  ijtimoiy  bilim  va  tajribani  yosh 
avlodga  etkazish,  avlodlar  o'rtasidagi  o'zaro  bog‘liqlikni  ma'lum  tizim  orqali 
amalga oshirish bo'lib hisoblanadi.  
Albatta, avloddan-avlodga o'tib borgan sari ijtimoiy tajriba hajmi, demak bilimlar 
hajmi ham ortib boradi. Fan va tehnikaning rivoji ham ilmiy bilimlarning hajmiga 
va harakteriga ta'sir ko'rsatadi. Bularning hammasi esa o'z navbatida ta'lim tizimida 
o'z  aksini  topadi.  Ta'lim  tizimi  har  bir  jamiyatning  rivojlanish  asosi  bo'lib  hizmat 
qiladi.  Chunki  aynan  ta'lim  tizimi  jamiyatning  har  bir  a'zosini  ma'naviy,  ilmiy 
dunyoqarashini  shakllanishida  eng  asosiy  o'rinni  egallaydi.  Shuning  uchun  ham 
barcha  tarihiy  yuksalish,  yangilanish  bosqichlarida  aynan  ta'lim  tizimini  isloh 
qilish muhim o'rin tutgan. Ta'lim tizimi har bir jamiyatning rivojlanish darajasidan 
hamda shu jamiyatning talablaridan kelib chiqqan holda shakllanadi.  
O'sib kelayotgan yosh avlod ta'lim jarayonida:  
Zarur bilimlar bilan qurollantiriladi;  
Kerakli malakalarga ega bo'ladi;  
Ko'nikmalar hosil qiladi;  
O'quv jarayonida ta'lim oluvchilar va pedagoglar o'rtasida o'ziga hos munosabatlar 
o'rgatilib  bu  jarayon  ikki  tomonning  birgalikdagi  faoliyati  natijasida  boradi. 
Shuning  uchun  ham  ta'lim  jarayoni  ikki  tomonlama  harakterga  ega  deyiladi. 
Pedagoglar  va  talabalarning  faollik  darajasi  ta'lim  jarayonining  samarasini 
belgilaydi. Albatta bu jarayonda pedagog yo'naltiruvchi sifatida maydonga chiqadi. 
Pedagog  aniq  maqsadni  ko'zlab  reja  va  dastur  asosida  bilim,  ko'nikma  va 
malakalarni shakllantiradi. Talabalar esa ularni faol o'zlashtirib olishlari kerak.  
 
Ta'lim jarayonida pedagog o'rgatish, bilim, malaka, ko'nikma hosil qilish vazifasini 
bajarsa,  talabalar  o'zlashtirish  jarayonini  o'z  boshidan  kechiradilar.  Bu  murakkab 
psihik  jarayon  bo'lib,  sezgi,  idrok,  tasavvur,  tafakkur  kabilar  ishtirokida  boradi. 
O'?ish  talabalarning  o'zlashtirish,  bilish  qobiliyatlari,  fikrlash  operaciyalari  va 
harakatlarini hosil qilish jarayonidir. Bu passiv tomoshabinlik jarayoni emas, balki 

talabaga  noma'lum  bo'lgan  haqiqatlarni  ochib  beradigan  faol,  ijodiy  faoliyat 
jarayonidir.  
Ta'limning asosiy vazifalaridan biri insoniyat hozirgacha erishgan ilmiy bilimlar va 
fan  tehnikaning  yutuqlari  bilan  yosh  avlodni  qurollantirishdir.  Yosh  avlodda 
shunday bilimlar tizimini yaratish lozimki, bu bilimlar ularning keyingi rivoji uchun 
asos  bo'lib  hizmat  qilsin.  Hozirgi  kunda  bilimlar  hajmi,  ahborotlar  hajmi  tobora 
oshib  borayotgan  bir  davrda  ta'lim  tizimi  talabalarga  berishili  kerak  bo'lgan 
bilimlar,  malaka  va  ko'nikmalar  hajmini  belgilash  hamda  bu  jarayonda  qaysi 
omillarni  hisobga  olish  kerak  degan  masalalarni  echimini  topish  ustida  bosh 
qotirmoqda.  Zaruriy  bilimlar  hajmini  belgilash  va  shu  bilan  bir  qatorda  o'qish 
muddatini  aniqlash  eng  muhim  masalalardan  biri.  Ta'lim  jarayonida  biror  fan 
sohasidagi insoniyat tomonidan erishilgan hamma narsalarni o'rganish kerak deb 
o'ylash  mutlaqo  noto'g’ri  bo'lar  edi.  O'quv  jarayonida  eng  asosiy,  eng  muhim 
bilimlar- fanlarning asoslari o'rganiladi. Ammo shunga qaramay hozirda o'rganish 
zarur  bo'lgan  yangi-yangi  fanlarning  tarmoqlari  (ekologiya,  EHM,  oila 
psihologiyasi, iqtisod asoslari, ma'naviyat asoslari) vujudga kelmoqdaki ular ta'lim 
hajmini  benihoya  kengayishiga  sabab  bo'lmoqda.  Bunday  muammolar  hozirda 
deyarli  barcha  davlatlarda  mavjud  va  har  bir  davlat  bu  muammolarni  o'z 
imkoniyatlaridan  kelib  chiqqan  holda  hal  etishga  harakat  qilmoqda.  Biz  bu 
muammolarni ta'lim tamoyillarini (principlarini) buzmagan holda, yosh avlodning 
sog’ligiga  ziyon  etkazmagan  holda  echimini  topishga  harakat  qilmoqdamiz. 
Ta'limning asosiy maqsadi - zamonaviy ilmiy bilimlarni egallagan, mustaqil fikrlash 
va  muammolarni  echish  imkoniyatiga  ega  bo'lgan  ma'naviy  jihatdan  boy 
shahslarni  shakllantirishdir.  Jamiyat  rivojlanar  ekan,  hayotiy  talablarning  darajasi 
ham  ortib  boradi.  Demak,  ilmiy  bilimlarning  hajmi  kengayib,  ilmiylik  darajasi 
chuqurlashib  borar  ekan,  mantiqiy  fikrlash  va  muammolarni  tezda  hal  etishga 
bo'lgan talab yanada kuchayib boradi. Bu fikrdan kelib chiqqan holda ta'lim tizimi 
bugungi  kun  talabinigina  hisobga  olgan  holda  emas,  balki  kelajak  talablarini 
aniqlagan  va  hisobga  olgan  holda  ish  olib  borishi  kerak  degan  hulosaga  kelamiz. 
Chunki,  bugungi  kun  talablari  kelajakda  jamiyatning  asosiy  o'zagiga  aylanadi. 
Demak, ta'lim tizimi talabalarni bugungi kundagi hayotga emas, balki kelajakdagi 
hayotga tayyorlashi lozim. Bu ham ta'limning o'ziga hos hususiyatlaridan biridir. 
 
MAVZU: Zamonaviy didaktik konsepsiya Uning an’anaviy va pedosentristik 
didaktik konsepsiyalardan avzalliklari. 
R e j a: 
1. Ta`limni didaktik loyihalash muammolari.  
2. Ijtimoiy tajriba- didaktik loyiha manbai.  
3. Ta`lim mazmuni va ma`lumot mazmuni.  
4. O’quv maqsadlari va vazifalarini loyihalash.  

1. Ta`limni didaktik loyihalash muammolari.  
Loyiha  keng  ma`noda  ma`lum  obekt,  hatti-harakat,  holatning  tarxi  demakdir. 
Didaktik loyihalarda ta`lim sub`ektlari o‘zaro ta`siridan shakllanadigan, istiqbolga 
yo‘nalgan  shirkat  faoliyat  moddiylashtiriladi.  Didaktik  loyihalarning  eng  oddiysi 
(masalan, dars konspekti) dan tortib ularning o‘ta murakkab ko‘rinishlari(masalan, 
dastur,  darslik,  ta`lim  etaloni)  gacha  turlari  inson  faoliyati  antisipirik  -  oldindan 
payqash,  ko‘ra  bilish  layoqati  mahsulidir.  Pedagogik  hodisalarning  borishi, 
rivojlanishidagi  o‘zgarishlarni  loyihada  aks  ettirish,  loyihada  kuzlangan  maqsad, 
vosita,  natijalarni  o‘quvchi  faoliyatiga  nisbatan  tasavvur  qilish,  ma`lum  bir 
didaktik  nazariyaga  asoslanib  loyihani  tayyorlash  loyiha  muallifi  pedagogik 
bilimlarining  takomillashuviga,  pedagogik  amaliyotdagi  yangi  bog‘lanishlarni 
sezish  va  ajratishga  olib  keladi.  Garchand,  loyiha  faoliyatning  normativ  sohasiga 
taalluqli bulsada, u didatik hodisalarni ko‘rish yo‘li bilan bilishning eng qulay usuli 
sanaladi.  
Didaktik  loyihalash  ta`limning  amal  qilish  namunasini  tayyorlash  jarayonidir.  U 
jarayon  sifatida  loyihalash  faoliyati,  vositasi,  predmetidan  iborat.  Bu  jarayonda 
ma`lumot  mazmuni  yoki  uning  bir  qismi-  o‘quv  materiali  loyihalash  predmeti 
funksiyasida  qatnashadi.  O‘quv  materialiga  pedagogik  ishlov  berilib,  darslikdagi 
shakldan  yangi  shaklga  olib  kiriladi.  O‘quv  topshiriqlari,  muammolari,  testlar 
tizimi  va  shu  kabilar  o‘quv  materialini  o‘qitish  va  o‘qish  extiyojlariga  ko‘ra 
o‘zgartirilgan-  loyihalashtirilgan  shakllaridir.  Loyiha  muallifining  didaktik 
bilimlari  unda  shakllangan  pedagogik  mahorat,  orttirgan  hayotiy  tajribasi 
loyihalash  vositalari  bo‘lib,  ular  loyiha  sifatini  belgilovchi  omillardir.  Didaktik 
bilimlar  ko‘lami,  hajmi,  aniqligi,  pedagogik  tajribaning  etukligi,  uning  puxta 
egallanganligiga  ko‘ra  didaktik  loyihalar  bir-biridan  farq  qiladi.  Binobarin, 
didaktik loyihalarning samaradorligi va sifati pirovard natijada loyiha muallifining 
bilimi,  tajribasi,  mahoratiga  borib  taqaladi.  Didaktik  loyihalash-  bu  ta`lim 
sub`ektlari  o‘zaro  ta`sirining  ta`lim  mazmuniga  yo‘nalgan  akt,  zveno,  bosqich, 
davr  shaklidagi  harakatlarini  kelgusida  amalga  oshirish  namunasi  timsolini 
tayyorlash demakdir.  
2.Ijtimoiy tajriba- didaktik loyiha manbai.  
Didaktik  loyiha  mohiyatiga  ko‘ra  o‘ta  murakkab  populyativ  tizim  bo‘lib,  o‘zini 
shakllantirishga  yo‘nalgan  faoliyatni  loyihalash  sohasiga  oid  bilim  hamda 
vositalarni  loyihalash  predmeti-  o‘quv  materialini  tahlil  qilishni  taqozo  qiladi. 
Didaktik loyiha ta`lim sub`ektlari faoliyatida amalga oshiriladi. Binobarin, didaktik 
loyiha  o‘qitish  faoliyatiga  ham,  o‘qish  faoliyatiga  ham,  shuningdek  o‘qitish  va 
o‘qish faoliyatlarining o‘zaro kirishuvidan shakllanadigan hosila faoliyat - ta`limga 
ham taalluqlidir.  
Didaktik  loyihalarni  tayyorlash  jarayonlarida  mualliflar  turli  didaktik  nazariya, 
qarashlardan  kelib  chiqib  loyihalash  predmeti  -  ma`lumt  mazmuniga  pedagogik 
ishlov  berishadi.  Ma`lumot  mazmuniga  pedagogk  ishlov  berish  yo‘li  bilan 
ta`limning  keng  qamrovli,  katta,  universal  loyihalari  konsepsiya,  dastur,  darslik 
shaklida  tayyorlanadi.  Katta,  universal  didaktik  loyihalarni  amalga  oshirishda 
ikkilamchi  loyihalar-  dars  ishlanmalari,  rejalari,  konspektlari  sifatida  ishlab 
chiqiladi.  

Didaktik  loyihalarni  tayyorlashda  didaktika  fani  yutuqlaridan  foydalaniladi.  O‘z 
navbatida didaktik  loyihani sinab  ko‘rish  didaktik  nazariyani  rivojlantirish  uchun 
etakchi  omil  vazifasini  o‘taydi.  Didaktik  loyihalash  darajalari  deganda  loyihani 
o‘zidan  katta  yoki  o‘ziga  adekvat  tizimlar  bilan  muqoyasa  qilib  o‘rganishni 
tushunamiz.  Ijtimoiy  hodisalar  o‘z  mohiyatiga  ko‘ra  ochiq  tizim  bo‘lib,  didaktik 
loyihani o‘zidan katta, o‘ziga adekvat (teng), o‘zidan kichik tizimlar bilan yonma-
yon  o‘rganish  didaktik  loyihalash  muammosini  yanada  chuqurroq  anglashimizga 
olib  keladi.  Didaktik  loyihani  o‘zidan  katta  tizim  bilan  yonma-en  o‘rganish, 
masalan, «jamiyat va didaktik loyiha». Bu tizimda didaktik loyiha jamiyatning bir 
funksiyasini  -  yoshlarni  hayotga,  ishlab  chiqarishga  yaroqli  komil  inson  qilib 
etishtirishda  etakchi  vosita  bo‘la  olish  ishini  anglatadi.  Didaktik  loyihani  o‘ziga 
adekvat  tizim  bilan  yonma-yon  o‘rganish,  masalan,  «ta`lim  jarayoni  va  didaktik 
loyiha».  Bu  tizimda  didaktik  loyiha  ta`lim  jarayonining  timsoli,  namunasi 
funksiyasini  bajaradi.  Didaktik  loyihani  o‘zidan  kichik  tizim  bilan  yonma-  yon 
o‘rganish,  masalan,  «ta`lim  akti  va  didaktik  loyiha».Ta`limning  turli  nuqtai 
nazarlariga  oid  kichik  dasturlar  tuzib,  o‘qituvchi  yoki  talabalarni  ta`limni 
loyihalashga ham o‘rgatish mumkin.  
Fan  va  o‘quv  predmeti  bir  narsami  yoki  ularning  farqlari  bormi?  Ma`lumot 
mazmuni  va  ta`lim  mazmuni  tushunchalarining  o‘xshash  va  farqli  tomonlari 
nimada?  
Didaktik  loyihalashni  ijtimoiy  talab  darajasida  tasavvur  etishda  mutaxassislar 
oldida  turgan  aosisiy  muammo  fan  va  o’quv  predmeti  farqlarini  aniq 
chegaralashdir.  Har  bir  o‘quv  predmetida  o‘ziga  oid  fanning  umumiy  asoslari 
o‘rganiladi.  Fan  va  ma`lumot  o‘zaro  uzviy  bog‘liq,  ammo  alohida-alohida 
hodisalar  sifatida  sharxlanishi  lozim.  Ularning  o‘zaro  bog‘liqligini  quyidagi  fakt 
orqali kuzatishimiz mumkin: fan o‘z sohasidagi bilimlarni , yangi kashfiyotlarning 
natijalarini  o‘quv  predmetlari  ixtiyoriga  beradi,  o‘quv  predmetlari  esa  o‘z 
navbatida,  yoshlarni  ma`lumotli,  madaniyatli,  ijodkor  shaxs  sifatida  shakllantirib, 
jamiyat  ixtiyoriga  topshiradi.  Fan  va  o‘quv  predmetining  qator  farqlari  ham 
mavjud.  
Fan  ijtimoiy  ong  hodisasi.  O‘quv  predmeti  esa  yoshlarga  ta`lim  berish,  ularni 
tarbiyalash vositasi.  
Fan  tabiat,jamiyat,  ong  hodisalarini  o‘rganib,  qonuniyatlarni,  tamoyillarni  ishlab 
chiqadi.  U  o‘zini-o‘zi  rivojlantiradi.  O‘quv  predmeti  esa  ta`lim-tarbiya  vazifasini 
bajaradi. Fan va o‘quv predmeti jamiyatda ikki xil funksiya bajaradi.  
Fan hajm va mazmun jihatidan keng, boy hodisa. O‘quv predmeti esa bolalarning 
yosh,  psixo-fiziologik  hususiyatlari  ,  tayyorgarlik  darajasi  real  bilish 
imkoniyatlarini  o‘rganish  asosida  yaratiladi.  Demak,  o‘quv  predmeti  fanga 
nisbatan hajm va mazmun jixhtdan tor hodisa.  
Fanni  butun  insoniyat  yaratadi.  O‘quv  predmeti  mazmunini  mutahassis  olim, 
o‘qituvchilar tanlaydi va uni bolalarbop qilib ishlov beradi.  
Didaktik loyihalash jarayonlarini o‘quv predmeti darajasida tasavvur etish, o‘quv 
predmeti fanning o‘qitish va o‘rganish uchun tanlangan umumiy asoslaridir. O‘quv 
predmetini  tasavvur  qilish  yo‘li  bilan  dastur,  darsliklar  yaratiladi.  Ammo  o‘quv 
predmeti  bilan  darslik  bir  xil  hodisa  emas.  Bitta  o‘quv  predmeti  bo‘yicha  qator 

darsliklar  yaratiladi.  M-n,  1-9  sinflar  uchun  o‘zbek  tili  predmetidan  9  ta  darslik 
tayyorlanadi. Darsliklarga nisbatan o‘quv predmeti model` funksiyasini bajaradi.  
O‘quv predmetlari, ularning maqsadi. tarkibi aniqlangach, o‘quv dasturlari tuziladi. 
Dasturlar asosida darsliklar yoziladi.  
Didaktik  loyihani  -  o‘quv  materiali  darajasida  tasavvur  etish  yo‘li  bilan  mavzular 
bo‘yicha  o‘rganiladigan  bilim,  ko‘nikma-malaka  ijodiy  faoliyat  tajribasi, 
tarbiyalanadigan munosabat ko‘lami ishlab chiqiladi.  
Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish