Zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya


Mavzu:  Texnik  vositalar  klassifikatsiyasi.  Tur  bo’yicha  qo’llanilishi  va



Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/15
Sana13.10.2019
Hajmi1,05 Mb.
#23456
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
zamonaviy oquv texnik vositalar va ulardan foydalanish metodikasi


 
Mavzu:  Texnik  vositalar  klassifikatsiyasi.  Tur  bo’yicha  qo’llanilishi  va 
taqsimlash. O’quv jarayonida, o’quv jarayonini boshqarishda qo’llaniladigan 
texnik vositalar. Trenajorlar, bilimni sinovchi texnik vositalar. 
REJA 
1. O’qitish qurollarining sinflanishi  
2. Informatsion audiovizual tizimlari  
3. Grafoproektorlar  
 
1. O’qitish qurollarining sinflanishi  

Ta‘lim jarayonida ishtirok etuvchi o‘qitish qurollarini ta‘lim vositalari, ta‘limning 
texnik vositalari, yordamchi qurilmalar tashkil etadi (1-jadval).  
1-jadval  
O‘qitish qurollarini sinflanishi  
Ta‘lim vositalari  
Ta‘lim  vositalari  turlicha  bo‘lib,  ularni  quyidagi  guruhlarga  bo‘lish  mumkin  (2-
jadval):  

hajmli  tabiiy  ob‘ektlar-haqiqiy  tog‘  jinslari,  qazilma  boylik  namunalari, 
o‘simliklar, mashinalar, mashina detallari, materiallar;  

ob‘ektlarning tasviri (ma‘lumki, hamma tabiiy ob‘ektlarni auditoriyada namoyish 
qilib  bo‘lmaydi.  Masalan,  samolyot,  teplovoz,  katta  hajmdagi  dastgohlar, 
inshootlar.  O‘qitish  jarayonida  ularning  maketlari,  modellari,  rasmlari  namoyish 
qilinadi.  Texnologik  jarayonlar,  inshootlar,  mashinalarning  tuzilishi  va  ishlashi 
diafilmlar, kinofilmlar, videofilmlar orqali tushuntiriladi. Turli tovushlar, masalan, 
sozlangan  dvigatel  yoki  sozlanmagan  dvigateldan  chiqadigan  tovushlar 
magnitofonga  yozib  olinib,  ularning  farqi  tinglovchilarga  eshittiriladi.  Shunday 
eshittirishlar  bir  necha  marta  takrorlangandan  so‘ng  ular  tovushga  qarab 
dvigatellarning qaeri ishdan chiqqanini aytib bera olishlari mumkin);  

bosma vizual vositalari. Bular chop etilgan darsliklar, ma‘lumotnoma, lug‘atlar, 
metodik ko‘rsatma va metodik qo‘llanmalar. 
Ta’limning informatsion texnik vositalari  
Ta‘lim vositalarining sinflanishi  
Ta‘limning  texnik  vositalari  ta‘lim  vositalari  mazmunini  o‘quvchilarga  etkazib 
beruvchi o‘qitish qurolidir.  
Bu  texnik  vositalar  ta‘lim  vositalari  bilan  birgalikda  ishlatiladi.  Agar  ta‘lim 
vositalari  bo‘lmasa,  ko‘p  sonli  ta‘lim  texnik  vositalaridan  hech  qanday  naf 
bo‘lmaydi,  aksincha,  ta‘lim  texnik  vositalarisiz  ular  uchun  mo‘ljallangan  ta‘lim 
vositalarini ham ishlatib bo‘lmaydi.  
Ta‘limning  texnik  vositalari  -  o‘quv  informatsiyasi  bo‘yicha  o‘quvchilar 
tomonidan  o‘zlashtirilishi  kerak  bo‘lgan  ma‘lumotlarni  etkazib  beruvchi  texnik 
vositalardir.  Informatsion  texnik  vositalarga  turli  elektro-mexanik  asboblar, 
o‘lchov  asboblari,  turli  xil  namoyish  stendlari,  shuningdek,  magnitofonlar, 
diaproektorlar,  grafoproektorlar,  videoproektorlar,  televizor  va  videomagnitofon 
apparatlarini kiritish mumkin.  
Informatsion  texnik  vositalar  informatsiyani  lo‘nda,  tushunarli,  ortiqcha  ikkinchi 
darajali  informatsiyalarsiz  o‘quvchilarga  etkazib  berishi  hamda  ko‘rish 
maydonining etarliligini, tasvirning yaxshi va aniq ko‘rinishini ta‘minlashi zarur.  
Informatsion  texnik  vositalarning  asosiy  vazifasi,  maqsadi  -  o‘quv  materiallari  
mazmunini  o‘quvchilarga  tushunarli  qilib  etkazish.  Ma‘lumki,  o‘quv 
informatsiyasi,  asosan,  og‘zaki  va  ko‘rsatish  orqali  uzatiladi.  SHu  bois 
informatsion texnik vositalar ovoz beruvchi (audio), tasvir beruvchi (video) va ham 
tasvir ham ovoz beruvchi (audio-video) vositalarga bo‘lindi.  
Ovoz beruvchi audio texnik vositalari, asosan, til o‘rganishda keng qo‘llanadi. Ular 
jumlasiga  ovoz  beruvchi  va  ovoz  eshittiruvchi  apparatlar  -  elektroproigrivatel, 
radio,  magnitofonlar  kiradi.  Ovoz  grammplastinkaga,  magnitafon  plyonkasiga, 

kinoplyonkaga  yozib  olinadi.  Ovoz  eshittirish  elektromexanik,  magnit,  fotooptik 
usulda maxsus apparatlar yordamida amalga oshiriladi.  
Tasviriy  informatsiya  beruvchi  video  texnik  vositalari  o‘quv  materiallarini 
chuqurroq  o‘rganishga,  ko‘proq  ma‘lumot  berishga  va  idrok  qilish  vaqtini 
qisqartirishga yordam beradi. Tasvir beruvchi texnik vositalar, o‘z navbatida, statik 
(qo‘zg‘almas)  va  dinamik  (harakatlanuvchi)  vositalarga  bo‘linadi.  Ular  jumlasiga 
diaproektorlar, grafoproektorlar, o‘quv televideniyasi kabilar kiradi.  
Videomagnitofonlar  va  magnitofon  bilan  birgalikda  ishlaydigan  statik  tasvir 
beruvchi texnik vositalar audio-video texnik vositalarini tashkil qiladi. (3-jadval).  
2. Informatsion audiovizual tizimlari  
Ushbu  mavzu  ekranga  tasvir  tushintirish  statik  va  dinamik  texnik  vositalarining, 
ovoz  beruvchi  vositalarning  o‘quv  jarayonidagi  rolini,  ekranga  nur  yordamida 
tasvir  tushirish  usullarini  hamda  statik  va  dinamik  proektsiyalash  vositalarining 
didaktik imkoniyatlarini o‘rganishga mo‘ljallangan.  
Statik  proektsiyalash  texnik  vositalari  deb  nur  yordamida  ekranga  qo‘zg‘almas 
tasvir tushiruvchi informatsiya vositalari va apparatlari majmuasiga aytiladi. Statik  
Ta‘lim  texnik  vositalarining  sinflanishi  proektsiya  texnik  vositalari  o‘qitish 
jarayonida  eng  ko‘p  qo‘llanadigan  va  eng  qulay  texnik  vositalardan  hisoblanadi. 
Ular  yordamida  o‘qituvchi  tasvirni  tushuntirish  uchun  ekranda  kerakli  vaqt 
mobaynida ushlab turishi mumkin.  
Dinamik  proektsiyaning  o‘qitish  jarayonidagi  eng  muhim  didaktik  roli 
tasvirlarning  harakatlanishidir.  Dinamik  proektsiya  ob‘ekt  va  xodisalarning 
rivojlanish va o‘zgarish jarayonini harakatda kuzatishga imkon beradi.  
Statik proektsiya asoslari  
Proektsiyalash harakatsiz yoki harakatdagi tasvirni nur yordamida ekranda mavjud 
qilishdir.  Ekranda  harakatsiz  tasvirni  hosil  qilishga  statik  proektsiya,  harakatli 
tasvir  hosil  qilish  esa  dinamik  proektsiya  deyiladi.  Amalda  statik  va  dinamik 
proektsiya o‘qitish jarayonida asosiy qo‘llanma vazifasini bajaradi.  
Yorug‘lik manbai va optik tizim yordamida biror ob‘ektning tasvirini ekranda hosil 
qilish yorug‘lik proektsiyasi deb ataladi. Ta‘limning statik vositalariga diafilmlar, 
kodoposobiyalar (transporantlar) kiradi. Statik proektsiyaning texnik vositalari nur 
yordamida ta‘lim statik vositalari tasvirini ekranga tushirishga xizmat qiladi.  
Ekranga  nur  yordamida  statik  tasvir  tushirishning  ikki  turi  mavjud.  Ular 
diaproektsiya va epiproektsiyalardir.  
Diaproektsiyada tasvir nur oqimining shaffof ob‘ekti (plyonka, oyna)dagi rasmdan 
o‘tib  ekranga  kattalashib  tushishidan  hosil  bo‘ladi.  Diaproektsiyada  proektsion 
lampa  2  ning  (1-rasm)  nur  oqimi  hamda  qaytargich  1  dan  qisman  qaytgach,  nur 
oqimi kondensor 3 orqali to‘planib, kadrlar darchasi 4 ga yo‘naltiriladi. Nur oqimi 
kadrlar  darchasiga  joylashgan  shaffof  ob‘ektdagi  tasvirdan  o‘tib  ob‘ektiv  5  ga 
tushadi. Tasvir ekranga ob‘ektiv orqali kattalashtirilib tushiriladi.  
Diaproektsiyaga asoslangan qurilmalr diaproektor deb ataladi.  
Diaproektsiyaning  alohida  turkumoaridan  biri  krdoproektsiya  hisoblanadi. 
Kodoproektsiyada  (2-rasm)  lampa  2  hamda  reflektordan  qaytgan  nur  oqimlari 
kondensor  3  orqali  yig‘ilib  film  darchasi  8  da  joylashgan  shaffof  plyonkadagi 
tasvirga vertikal yo‘naltiriladi.  

Nur oqimi shaffof plyonkadan o‘tib, ob‘ektiv (5) ga, so‘ngra ko‘zgu (7) ga tushadi. 
Kuzgu nur yo‘lini o‘zgartirib, uni ekranga yo‘naltiradi.  
Kodoproektsiyaga asoslangan qurilmalar kodoskop va grafoproektor deb ataladi.  
Epiproektsiyada  tasvir  nur  oqimining  xira,  nur  o‘tkazmaydigan  ob‘ekt  (qog‘oz, 
jurnal,  fotoqog‘ozlar)dagi  rasmdan  qaytib  ekranga  tushishidan  hosil  bo‘ladi. 
Epiproektsiyada (3-rasm) proektsion lampa 2 hamda qisman reflektordan qaytgan 
nur oqimlari kondensor 3 yordamida yig‘ilib xira ob‘ekt 10 dagi tasvirga tushadi. 
Tasvirdan  qaytgan  nur  oqimining  bir  qismi  ko‘zgu  7  yordamida  o‘z  yo‘nalishini 
o‘zgartirib, ob‘ektiv 5 orqali ekranga tushadi.  
Statik proektsiya elementlarining vazifalari  
Reflektor  -  ko‘zguli  nur  qaytargich.  U  proektsion  lampaning  orqa  tomoniga 
joylashtirilgan.  Reflektor  nurni  film  darchasi  tomon  yo‘naltirib,  nur  oqimini 
kuchaytiradi.  Reflektorlarning  shakli  turlicha  bo‘ladi:  sferik,  parabolik,  elliptik. 
Parabolik  va  elliptik  reflektorlar  film  darchasining  bir  tekis  yoritilishini 
ta‘minlaydi, lekin ularni ishlab chiqarish murakkab va qimmat baholanadi.  
Nur  manbai  -  proektsion  elektr  lampasi.  Zamonaviy  proektsion  apparatlarida  nur 
manbai sifatida elektr lampalar ishlatiladi. Katta quvvatli apparatlarda elektr yoyi, 
ksenon  lampalari,  o‘rta  va  kichik  quvvatli  apparatlarda  maxsus  cho‘g‘lanma 
lampalar ishlatiladi.  
Oxirgi  paytda  kvarts-galogen  lampalari  keng  miqyosda  qo‘llana  boshlandi.  Ular 
trubkasimon  shakldagi  kichik  kvarts  kolbasidan  iborat.  CHo‘g‘lanish  jarayonida 
volfram  spiralining  bug‘lanishini  sekinlashtirish  maqsadida  uning  ichi  yod  yoki 
boshqa galogen qo‘shilgan inert gazi bilan to‘ldiriladi.  
Lampani  elektr  manbaiga  ulash  kvarts  kolbasiga  kovsharlangan  molibden  simi 
orqali amalga oshiriladi. Molibden  simining maksimal qizish temperaturasi 350
0

dan  oshib  ketmasligi  kerak.  Aks  holda  molibden  oksidlanadi,  natijada  kvarts 
sinishi va lampani ishdan chiqarishi mumkin.  
Ushbu  lampalarni  ishlatishda  yana  bir  ehtiyotkorlikka  rioya  qilish  zarur.  Lampa 
kolbasini  qo‘l  bilan  ushlab  bo‘lmaydi,  chunki  qo‘ldagi  doim  mavjud  bo‘lgan  oz 
miqdordagi yog‘ qatlami lampaning xiralashishiga, nur oqimining kamayishiga va 
natijada  lampaning  tez  ishdan  chiqishiga  olib  keladi.  Lampani  birorta  mato  yoki 
rezina qo‘lqop bilan ushlash kerak.  
Kvarts-galogen lampalarning KGM 12-100, KGM 24-150, KGM 24250, KGM 36-
400,  KGM  220-500,  KGM  220-1000  va  boshqa  turlari  mavjud.  Lampa 
markasidagi harflar K - «kvartsevaya», G - «galogennaya», M-«malogabaritnaya» 
so‘zlarini,  raqamlar  -  birinchisi  voltlardagi  kuchlanishning  ikkinchisi  vattlardagi 
iste‘mol quvvatini qiymatini bildiradi.  
Kvarts-galogen  lampalarining  xizmat  muddati  va  nur  oqimi  oddiy  proektsion 
lampalarnikidan yuqori.  
Kondensor  linzalar  tizimidan  iborat  bo‘lib,  undan  tasvir  tushirilgan  ob‘ektni  bir 
tekis  yoritish  va  nur  oqimini  ob‘ektivning  kirish  darchasiga  yig‘ib  berishda 
foydalaniladi.  
Har  qanday  lampadan  hosil  bo‘ladigan  nur  oqimi  apparatning  yoritish  qismi 
devorchalarini  va  kondensor  linzalarini  qizdiradi.  SHu  sababli  ularni  sovitish 
maqsadida  ventilyator  qo‘yiladi.  Diapozitivga  tushgan  katta  nur  oqimi  uni  qattiq 

qizdirishi  va  natijada  bujmaytirib  qo‘yishi  mumkin.  Kondensor  linzalarining 
orasiga  qo‘yiladigan  teplofiltrlar  issiqlik  nurlarini  yutib,  diafilmlarni  qizib 
ketishdan  saqlaydi.  Quvvati  150  vatt  va  undan  ko‘p  bo‘lgan  proektsion  lampali 
apparatlarning  kondensor  linzalari  orasiga,  albatta,  teplofiltrlar  o‘rnatiladi. 
Teplofiltr maxsus shishadan tayyorlangan plastinkadan iborat.  
Kadrlar  darchasi  -  diapozitiv  va  diafilmlarni  nur  yo‘liga  perependikulyar  holda 
kondensordan ma‘lum masofada ushlab turishi maqsadida foydalaniladi.  
Panel  (predmet  stoli)  -  grafoproektor  va  epiproektorlarda  ishlatiladigan  ta‘lim 
vositalarini  (shaffof  plyonkadagi  yoki  qog‘ozdagi  tasvir)  gorizontal  tekislikda 
ushlab turishi uchun mo‘ljallangan.  
Ob‘ektiv  -  bir  necha  linzalar  dan  iborat  murakkab  optik  tizim.  Uning  vazifasi 
ekranda ob‘ektning kattalashtirilgan, aniq, keskin, ravshan tasvirini hosil qilish.  
Zamonaviy proektsiyalash apparatlari ko‘p linzali qilib tayyorlanadi. Ko‘p linzali 
ob‘ektivlarda  bir  linzali  ob‘ektivlarning  kamchiliklari  bartaraf  qilinadi.  Ularda 
yupqa  shaffof  plyonka  bilan  qoplangan  yorug‘lashtirilgan  linzalarning  ishlatilishi 
ekranda  yuqori  sifatli  aniq,  yorqin  tasvir  hosil  qilish  imkonini  beradi.  Uch  linzali 
ob‘ektivlarga  «triplet»,  ko‘p  va  sifatli  linzali  ob‘ektivlarga  «anastigmat»lar  misol 
bo‘ladi.  
Apparatlarni  ishlatishda  ob‘ektiv  va  oynalarni  ehtiyot  qilish  zarur.  Ularni  tez-tez 
artaverish  tavsiya  qilinmaydi.  Chang  avval  yumshoq  cho‘tka  bilan,  so‘ng  flanel 
salfetkasi bilan tozalanadi.  
Har  qanday  ob‘ektivning  asosiy  parametri  uning  fokus  masofasi  va  nisbiy  teshik 
hisoblanadi.  
Fokus  masofasi  -  bu  optik  o‘q  bilan  parallel  nurlar  ob‘ektivdan  o‘tib  bir  nuqtada 
tutashgan  joyidan  ob‘ektiv  tekisligigacha  bo‘lgan  masofa.  Ekrangacha  bo‘lgan 
masofa bir xil bo‘lgan holda apparatning kichik fokusli ob‘ektivi ekranda kattaroq 
tasvir beradi.  
Nisbiy  teshik  -  bu  ob‘ektiv  linzalarning  diametri  (d),  uning  fokus  masofasi  (F) 
nisbatiga teng.  
Nisbiy  teshik  qiymati  qancha  katta  bo‘lsa,  ob‘ektivdan  shuncha  ko‘p  nur  o‘tadi. 
Nurning  yuqolishi  kamayadi.  Ob‘ektiv  korpusida  nisbiy  teshik,  fokus  masofasi, 
zavod  nomeri,  zavod  nomi  yozilgan  bo‘ladi.  Bu  «ob‘ektivning  pasporti»  uning 
ekranga qaragan tomonida bo‘lishi zarur.  
Statik proektsiyaning ta’lim vositalari  
Statik  proektsiyaning  texnik  vositalari  yorug‘lik  nuri  yordamida  ekranga 
qo‘zg‘almas tasvir tushirish uchun xizmat qiladi. U informatsiya eltuvchi vosita va 
texnik  qurilmadan  iborat.  Informatsiya  eltuvchi  ta‘lim  vositalariga  diapozitivlar, 
diafilmlar, transporantlar (kodoposobiyalar) kiradi.  
Diapozitiv  shaffof  plenkada  hosil  qilingan  fototasvirdir.  Diapozitivlarni  ishlatish 
oson  bo‘lishi  maqsadida  ularning  formati  standartlashtirilgan  va  texnik 
qurilmalarda  ishlatishga  moslashtirilgan.  O‘quv  jarayonida  qo‘llaniladigan 
diapozitivlarning  asosiy  o‘lchami  24x36  mm,  18x24  mm  bo‘lib,  ular  50x50  mm 
plastmassadan yasalgan ramkalarga joylashtiriladi.  
Diapozitivlar  bilan  plakatlar  o‘rtasida  o‘xshashlik  ko‘p.  Diapozitivdagi  tasvir 
ekranda  yorug‘lik  bilan  tushiriladigan  rasmni  hosil  qiladi.  Bunday  rasmdan 

foydalanish  huddi  devorga  osilgan  plakatlardan  foydalanishga  o‘xshaydi.  Lekin 
diapozitivning  afzallik  tomonlari  bor:  uni  ekranga  proektsiyalab,  3-4  kv.m.gacha 
o‘lchamli  rasmlar  hosil  qilish  mum  kin.  Ekrandagi  tasvirning  katta  bo‘lishi  orqa 
partalarda  o‘tirgan  o‘quvchilarga  ko‘rsatilayotgan  narsaning  barcha  elementlari 
bilan  tanishishga  va  uning  to‘g‘risida  aniq  tushuncha  olishga  va  u  haqda  to‘g‘ri 
tasavvur  hosil  qilishga  imkon beradi. Tasvirning  aniq va  aniq  chiqishi ham  ekran 
qo‘llanmasining afzalligidir.  
Diapozitiv  tasviri  ham,  plakatdagi  rasmga  o‘xshab,  harakatlanmaydi,  lekin  birin-
ketin birorta jarayon rivojlana borgan sari o‘zgaradigan tasvirlarni ko‘rsatish yo‘li 
bilan bu kamchilikning o‘rni bir muallif oz qoplanadi.  
Birorta  mavzuni  yoritib  beruvchi  diapozitivlar  seriyasini  avtor  tavsiya  qiladigan 
tartibda ko‘rsatish shart emas.  
Mashg‘ulotning  maqsadiga  qarab,  o‘qituvchi  diapozitivlarni  har  xil  tartiblarda 
ko‘rsatishi, ba‘zan boshqa seriyadagi diapozitivlardan foydalanishi mumkin.  
Turli  manbalardan  diapozitivlarni  tanlash  imkoni  borligi,  ekran  vositasining  bu 
xilidan  istalgan  payt  va  tartibda  foydalanish  mumkinligi  bunday  qo‘llanmaning 
muhim afzalligidir.  
Diapozitiv  film  yoki  diafilm  plyonkaga  tushirilgan  diapozitivlardir.  Diafilmdagi 
tasvir  va  uni  izohlovchi  so‘zlar  matni  uzviy  bog‘langan  bo‘lib,  yaxlit  mavzuni 
tashkil  qiladi.  Diafilmlarda  plyonkaga  tushirilgan  ayrim  tasvirlar  bir  uzluksiz 
lentaga  biriktirilgan.  Ularni  muallif  qanday  joylashtirgan  bo‘lsa,  shu  tartibda 
namoyish qilish mumkin. O‘qituvchi faqat ayrim kadrlarni yoki ko‘rsatilganlarini 
tez  o‘tkazib  yuborishi,  ko‘rsatilganlarini  esa  yana  qayta  ko‘rsatishi  mumkin.  Har 
bir  diapozitiv  mustaqil  hisoblanadi.  Diafilm  kadrlari  rivojlanib  borayotgan 
mavzuning ayrim tasvirlarigina bo‘lib qolmay, balki yaxlit asar elementlaridir.  
Diafilm 35 mm plyonkaga tushiriladi. Diafilmdagi kadrlarning o‘lchami 18x24 va 
24x36 mm bo‘lib, ularning soni 72 yoki 36 tani tashkil qiladi.  
Diafilm kadrlarni kesib olib, ulardan diapozitivlar seriyasini tashkil qilish mumkin. 
Bunday  seriyada  birorta  kadr  ishdan  chiqsa  yoki  eskirib  qolgani  bo‘lsa  ularni 
almashtirish  oson.  Diafilmda  esa  bunday  xollarda  plyonkani  qaytadan  ishlash 
kerak. Diapozitiv seriyalari diafilmga nisbatan ko‘proq xizmat qiladi, chunki ular 
diafilm kabi film kanalida qirilmaydi.  
Kodoposobiya  (transporant)  -  bosma  yoki  fotografiya  usulida  shaffof  plyonkaga 
hosil  qilingan  tasvir.  Kodoposobiya  grafoproektorlar  orqali  namoyish  qilinadi. 
Qaysi  apparatda  ishlatilishiga  qarab  kodoposobiya  kadrlarining  o‘lchovlari 
142x103  mm  (eski  modellar  uchun)  va  250x250  mm  (yangi  chiqarilgan  modellar 
uchun) bo‘ladi. Grafoproektorlarda bir dona kadrdan iborat kodoposobiyalar, bir-
birining ustiga qo‘yib ko‘rsatiladigan 2-6 kadrdan iborat seriyali kodoposobiyalar 
yoki  eni  260  mm,  uzunligi 30  m  gacha  bo‘lgan uzluksiz  shaffof plyonkada hosil 
qilingan tasvirlar namoyish qilinadi.  
Epiposobiya  -  o‘lchamlari  150x150  mm,  190x190  mm  bo‘lgan  xira  ob‘ektlardagi 
tasvirlardan  (fotografiya,  kitob  va  jurnallardagi  rasmlar,  sxemalar,  jadvallardan) 
iboratdir. Epiposobiyalardagi tasvir qaytgan nur yordamida ekranga epiproektorlar 
orqali yoki «videoko‘z-teleekran» tizimi orqali proektsiyalanadi.  
Diapozitivlar seriyasini yaratish texnologiyasi  

O‘quv  jarayonida  maxsus  fabrikalarda  tayyorlangan  diapozitiv  va  diafilmlardan 
foydalanishdan  tashqari,  fotografiya  vositalaridan  foydalanib,  o‘quv  yurtlari 
laboratoriyalarida diafilm va diapozitivlarni tayyorlash mumkin. Bu ikki fotografik 
usulda bajariladi.  
Birinchi  usul  -  oddiy  negotiv-pozitiv  jarayon  bo‘lib,  bunda  negotiv  tasvirdan 
kontakt  yoki  proektsion  nusxa  ko‘chirish  usulida  diapozitivlar  hosil  qilinadi.  Bu 
usul diapozitivlarni ko‘plab ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.  
Ikkkinchi  usul  -  qaytarish  jarayoni  bo‘lib,  unda  tasvir  maxsus  fotomateriallarga 
tushiriladi.  Ochirish  paytida  darhol  tayyor  pozitiv  tasvir  hosil  bo‘ladi.  Bu  usulda 
diapozitiv  bir  nusxada  olinadi.  Uni  kadrlash  yoki  masshtabini  o‘zgartirish  yo‘li 
bilan tuzatish mumkin emas, shuning uchun suratga olish nuqtasini yaxshi tanlash, 
plyonkaga  ishlov  berganda  esa  juda  ehtiyot  bo‘lish  kerak.  Agar  surat  olingan 
plyonkadan  diafilm  sifatida  foydalanilsa,  uning  kadrlari  oldindan  tuzilgan 
stsenariyga  mos  tushishi  kerak,  chunki  suratga  olingan  diafilmda  kadrlar  tartibi 
o‘zgarmaydi.  
Qaytarish  jarayoni  diapozitiv  olishni  ancha  tezlashtiradi.  SHunday  usulda  rangli 
diapozitivlarni  hosil  qilish  rangli  negotiv-pozitiv  usulida  hosil  qilishga  qaraganda 
ancha oson. Rangli qaytuvchi plyonkada ranglarning sifati rangli negotivdan nusxa 
ko‘chirishdagiga qaraganda ancha sifatli chiqadi.  
Laboratoriyada  diapozitiv  yoki  diafilmlar  seriyasini  yaratish  uchun  dastlabki 
tasviriy materialni tayyorlash va tushuntirish matnini yozish kerak.  
Diapozitivlar  seriyasi  ustida  ishlash  diafilmlar  ustida  ishlashdagiga  qaraganda 
osonroq,  chunki  diapozitivlarda  qisqagina  yozuvlar  berish  kifoya.  Bu  yozuvlar 
ko‘pincha  nima  tasvirlanganligini  aytishdan  iborat  bo‘ladi.  Syujetli  seriya  matni 
ancha murakkab, chunki u diapozitivlarni yagona syujet bilan bir-biriga bog‘laydi.  
Diafilmda  kadrlar  matn  bilan  yanada  chuqurroq  bog‘liq  bo‘lgani  uchun  oldindan 
stsenariy ishlab chiqiladi. Unda har bir kadrga oid matn beriladi.  
Tasviriy  materialni  mavjud  fotografiyalar,  rasmlar,  kitoblardan  olingan 
sxemalardan  tanlanadi.  Ularning  o‘lchami  24x36  yoki  18x24  sm  bo‘lishi  lozim. 
Tasvirlarning  tagiga  rasmlarning  mazmunini  bildiruvchi  so‘zlar  yoziladi.  So‘ng 
reproduktsion  qurilma  yordamida  rasmlar  ketma-ket  fotoapparatga  tushiriladi. 
Fotoplyonkaga  kimyoviy  ishlov  berilgandan  so‘ng  negativ  tasvirli  diafilm  yoki 
diapozitivlar hosil bo‘ladi.  
Diapozitiv va diafilmlar kontakt usulida negotivdan pozitivga ko‘chadi.  
Statik proektsiyaning texnik vositalari  
Statik proektsiya apparatlari kadrlarni almashtirish, tasvirni fokuslash jarayonlarini 
boshqarishning avtomatlashtirilganligi darajasiga qarab superavtomatik, avtomatik, 
yarimavtomatik, noavtomatik turlarga bo‘linadi.  
Superavtomatik apparatlar operatorsiz berilgan dastur (vaqt relesi, dasturli qurilma) 
bo‘yicha  ishlovchi  va  avtofukus  qurilmasi  bilan  jihozlangan  proektsion 
apparatlardir.  Bunday  apparatlarga  «Alfa-203»,  «Alfa  35-5  avtofokus»,  «Peleng-
700» diaproektorlarini misol qilish mumkin.  
Avtomatik apparatlar kadrlar almashuvi, fokuslash o‘z dvigatellariga ega bo‘lgan 
mexanizmlar  yordamida  pult  orqali  bajariladigan  apparatlardir.  Bularga  «LETI-

60M»,  «Lektor-60»,  «Proton»,  «Krugozor»,  «Alfa  35-50»,  «Svityaz-avto»  va 
boshqa diaproektorlar kiradi.  
Yarimavtomatik  apparatlar  masofadan  boshqarish  pulti  bo‘lmagan,  fokuslash, 
kadrlarni  almashtirish  mexanizmlar  yordamida  bajariladigan  apparatlardir.  Bular 
turkumiga «Svityaz», «Svityaz-M», «Gorizont» kabilar kiradi.  
Noavtomatik  apparatlar  hamma  ishchi  elementlari  o‘qituvchi  tomonidan 
boshqarilagan  apparatlardir.  Bunday  apparatlar  kichik  auditoriyalarda  va 
o‘qituvchilarning mashg‘ulotdan oldin diafilm mazmuni bilan tanishib chiqishlari 
uchun  ishlatishga  mo‘ljallangan.  Bular  jumlasiga  «Ekran»,  «Svet»,  «Etyud», 
«Sputnik» diaproektorlari kiradi.  
Diaproektorlar  
Diafilmlarni  namoyish  qilishga  mo‘ljallangan  diaproektorlarda  kadrlarni 
almashtiruvchi  qurilma  lenta  tortish  mexanizmidan  iborat  (4-rasm).  G‘altaklarga 
o‘ralgan  diafilm  lenta  tortish  mexanizmining  film  kanali  2  orqali  bir  g‘altakdan 
ikkinchi g‘altakka o‘raladi.  
Diapozitivlarni  namoyish  qilishga  mo‘ljallangan  diaproektorlarda  kadrlar 
almashtiruvchi  qurilma  (5-rasm)  diapozitivlar  joylashtirilgan  kasseta  1  dan  va 
diapozitivlar  3  ni  kassetadan  turtib  film  kanali  4  ga  namoyish  qilishga 
joylashtiriladigan,  namoyishdan  so‘ng  diapozitivni  kassetadagi  o‘z  joyiga 
qaytaradigan  turtkich  2  dan  iborat.  Diapozitiv  kassetaga  qaytarilgandan  so‘ng, 
kasseta  oldinga  yoki  orqaga  yurib  keyingi  diapozitivni  namoyish  qilishga 
tayyorlaydi.  
Diafilmlarni  namoyish  qiladigan  diaproektorlarda  diafilm  lentasi  film  darchasiga 
joylashgan ikki shaffof oyna orasidan siqilib o‘tadi. Ekrandagi tasvir bir marotaba 
fokuslangandan  so‘ng  u  namoyish  davomida  o‘zgarmaydi.  Bunga  sabab  shaffof 
oyna diafilm lentasining fokus tekisligidan chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi.  
Diapozitivlarni  namoyish  qiladigan  diaproektorlarda  diapozitiv  film  kanalida 
erkinroq  joylashadi.  Kadrlar  almashganda  ular  fokus  tekisligiga  nisbatan  oldinda 
yoki orqada turib qolishi mumkin. Ushbu holda ekrandagi tasvir xiralashadi.  
3- 
rasm.  Diafilmlarni  namoyish  qiladigan  proektorlarning  soddalashtirilgan  lenta 
tortish mexanizmi sxemasi  
 
Tasvirni tiniqlashtirish uchun ob‘ektivni oldinga yoki orqaga surib fokuslantiriladi. 
Tasvirni  fokuslantirish  qo‘lda,  uzoqdan  boshqarish  pulti  orqali  yoki  avtofokus 
qurilmasi yordamida bajariladi.  
Superavtomatik  diaproektorlardan  «Alfa-203»  o‘z  konstruktsiyasiga  ko‘ra  ancha 
takomillashgan  diaproektorlardan  bo‘lib,  unda  avtomatik  ravishda  tasvirni 
fokuslash,  kadrlarni  almashtirish  mumkin.  U  o‘lchami  50x50  mm  li  ramkaga 
24x36 li oq-qora va rangli diapozitivlarni namoyish qilishga imkon beradi. Uning 
kassetasiga  50  dona  diapozitiv  sig‘adi,  ob‘ektivi  «Triplet»  markali  bo‘lib,  fokus 
masofasi  80  mm  va  nisbiy  teshik  1:  2,  8.  Kattalashtirish  chegarasi  15-75 
martagacha, yorug‘lik oqimi 400 lm. Diapozitivlar avtomatik,  yarimavtomatik va 
qo‘l  bilan  almashtirishga  mo‘ljallangan,  tasvirning  fokuslanishi  ham  avtomatik, 
yarimavtomatik va qo‘l bilan bajarish rejimiga ega, ta‘minlash kuchlanishi 220V, 
nominal quvvati 225Vt.  

Diaproektor  «LETI-60M»  diafilmlarni  ekranda  namoyish  qilish  uchun 
mo‘ljallangan  bo‘lib,  avtomatik  apparatlar  qatoriga  kiradi.  Unda  masofadan 
boshqarish pulti mavjud bo‘lib, lektor assistentsiz kerakli kadrlarni namoyish qila 
oladi.  Diaproektor  ob‘ektivining  fokus  masofasi  91,7  mm,  nisbiy  teshik  1:2, 
kadrlar darchasining o‘lchami 18x24 va 24x36 mm, kattalashtirish chegarasi 32,6-
108 ga teng.  
Apparatning  tuzilishi  diafilmga  gorizontal  (kadrlar  o‘lchami  24x36  mm)  yoki 
vertikal  (kadrlar  o‘lchami  18x24  mm)  tushirilgan  tasvirlarni  namoyish  qilish 
imkonini beradi. Uning yoritish-proektsiyalash tizimi, katta yorug‘lik oqimiga ega 
bo‘lishi  qorong‘ilashtirilmagan  auditoriyalarda  ishlatishga,  o‘quvchilar  fikrini 
chalg‘itmaslikka, lektsiyalarni bemalol yozib olishga yordam beradi.  
Diaproektor «LETI-60M» ning optik sxemasi yoritish qismi 1 (lampa, qaytargich, 
issiqlik filtrli kondensor)dan va proektsiyalash qismi (2) (ob‘ektiv)dan iborat (14-
rasm). Apparatda kvarts-galogen lampasi KGM220-500 ishlatilgan.  
 
«Svityaz-avto»  diaproektori  ham  avtomatik  diaproektorlar  turkumiga  mansub 
bo‘lib,  o‘qitish  jarayonida  keng  qo‘llaniladigan  apparatdir.  Diaproektor  o‘lchami 
24x36  mm  li  oq-qora  va  rangli  diapozitivlarni  namoyish  qilishga  mo‘ljallangan. 
Uning  kassetasiga  36  dona  diapozitiv  sig‘adi,  o‘ektivi  «Triplet»  markali  bo‘lib, 
fokus masofasi 78 mm, nisbiy teshigi 1:2, 8. Proektor bilan ekran orasidagi masofa 
0,5 dan 6 m gacha bo‘lganda tasvir 5 dan 75 martagacha kattalashadi. YOrug‘lik 
manbai KGM 24-250 kvarts-galogen lampali.  
Diaproektorda  diapozitivlarni  almashtirish  undagi  yoki  masofadan  boshqarish 
pultidagi  tugmachani  bosib,  diapozitivlar  joylashtirilgan  kassetani  avtomatik 
ravishda old-orqaga harakat qildirish orqali amalga oshiriladi.  
Diaproektorning asosiy qismlari (7-rasm), kasseta 1, ob‘ektiv 2, turtkich- richag 3, 
diapozitivlarni almashtirish tugmachasi 4, diaproektor optik o‘qini gorizontal o‘qqa 
nisbatan  burchagini  o‘zgartirish  oyoqchasi  5,  lampani  ulash  tugmachasi  6, 
masofadan  boshqarish  pulti  9  dan  iborat.  Masofadan  boshqarish  pulti  orqali 
diapozitivlarni  tugmacha  10  yordamida  almashtirish  va  tugmacha  11  yordamida 
tasvirni fokuslash mumkin.  
Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish