Zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya



Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/15
Sana13.10.2019
Hajmi1,05 Mb.
#23456
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
zamonaviy oquv texnik vositalar va ulardan foydalanish metodikasi


Nutq o'qitish vositasi.  
O'quv  materialini  o'quvchilarga  muvofakkiyatli  yetkazish  uchun  o'qituvchi  bayon 
etish  metodikasi  bilan  bir  katorda  nutq  tehnikasini  ham  yahshi  egallagan  bulishi 
kerak.  Nutq  tehnikasi,  kupchilik  hollarda  tabiat  in'omi  bulmay,  balki  o‘z  ustida 
tinmay ishlash natijasidir.  

O'1ituvchi  o'1uv  materialini  har  hil  tarzda  bayon  etib,  bunda  ijobiy  natijalarga 
erishishlari  mumkin.  O'qituvchi  mukammal  biladigan,  o'quvchilarning  chuqur  va 
puhta  bilim  olishlariga  imkon  beradigan  metodikagina  yahshi  bo'ladi.  shu 
munosabat  bilan  nutq  tehnikasi  yuzasidan  har  bir  o'qituvchiga  bir  hil  darajada  va 
istagan holda yarayveradigan metodik maslahat berish kiyin. Shuning uchun ilgor 
pedogogik  tajribani  umumlashtirishga  asoslangan  ba'zi  tavsiyalarni  keltirib 
o‘tamiz.  
Avvalo shuni nazarda tutish kerakki, darsda o'quv materialini og‘zaki bayon etish 
tashki  samaraga  mulljallangan  nutq  bulmay,  balki  o'quvchilarga  yangi  bilimlar 
bayon etishidir.  
O'quv  materialini  o'quvchilarga  karab,  jonli  tilda  bayon  etishga  harakat  qilish, 
«biz»,  «siz»,  «biz  siz  bilan»  kabi  olmoshlardan  kuprok  foydalanish, 
o'quvchilarning dikkatiga e'tibor berib turish kerak.  
O'quvchi  nutqining  ifodali  bulishi  uchun  mimika  va  imo-ishoralar  katta 
ahamiyatga  ega, chunki ular bayon  etilayotgan  materiallarning  ma'naviy  buyogini 
kuchaytirishga,  unga  uz  munosabatini  bildirishga  yordam  beradi.  Ammo  mimika, 
imo-ishoralarga haddan tashqari berilib ketish yaramaydi.  
o'qituvchi o'quv materialini bayon etar ekan, unga befarq qaray olmaydi. Bu narsa 
o'quvchilarni  ham  befark  karay  olmaydigan  qiladi.  O'qituvchi  bayon  etayotgan 
materialning emotsional buyogi o'quvchilar e'tiborini aktivlashtiriladi.  
Ta'lim  jarayonini  ijobiy  emociyalar  asosida  kurish  zarur.  I.  P.  Pavlov  ijobiy 
emociyalarga  bosh  miya  katta  yarim  sharlari  mahsuldor  ishlashining  manbai 
sifatida  karar  edi.  Psihologlar  ijobiy  emotsiyalarni  inson  faoliyatining  kudratli 
stimuli  deb  hisoblaydilar.  Didatika  zerikish  ta'limning  ashaddiy  dushmani 
ekanligini isbot qilgan.  
Tabiiyki,  bayonning  emocional  buyogi  imkoiyatlari  kup  darajada  fanning 
mazmuniga  bog‘liq.  Gumanitar  fanlar  o'qituvchilarida  bunday  imkoniyatlar, 
masalan,  umutehnika  va  mahsus  fanlar  o'qituvchilrnikiga  karaganda  ancha  katta. 
Birok  eng  «quruq»  fan  ham  jonli,  kizikarli,  jozibali  tarzda  bayon  etilishi  zarur. 
Bunga  erishish  vositalari  juda  kup.  Bo'lar  jumlasiga  tarihga  kichikroq  sayohat 
qilish  ham,  kizikarli  faktlar,  amalda  ishlatiladigan  misollar  keltirish  ham, 
solishtirish ham kiradi va hokazo.  
Har bir pedogokning nutq sifati va ovoz tembri har hil bo'ladi. Tegishlicha mashq 
qilib,  ovozning  yokimli  bulishiga  erishi  mumkin.  Nutqning  individual 
kamchiliklariga,  masalan,  dimogdan  suzlash,  suzning  ohirgi  qismini  «yutib 
yuborish»  va  shu  kabi  kamchiliklarga  barham  berish  zarur.  Nutqni  parazit 
suzlardan tozalash lozim.  
O'qituvchi  ovovzining  o‘zi  bemalol  gapira  oladigan  ohangini  aniqlab  olishi  juda 
foydali. Bu ohangdan chetga chiqish nutqni jonlantiradi.  
Nutqning  past  balandligi  muhim  ahamiyatga  ega.  O'qituvchining  auditoriyani 
tuldirib,  eng  ohirgi  katorda  utirgan  o'quvchilar  ham  eshitadigan  ovozi  normal 
hisoblanadi. Birok haddan tashqari baland ovoz o'quvchilarni charchatib kuyadi.  
Nutqning tezlik va balandlik darajasini, shuningdek, ohangini o'quv  materialining 
qiyinlik  hamda  muhimlik  darajasiga  karab  o‘zgartirish  zarur.  Muhim  qonun 
koidalar, tariflarni oddiyroq yoki ikkinchi darajali materialga qaraganda balandrok  

ovoz  bilvan  va  sekinrok  bayon  etgan  ma'qul.  Hamma  vakt  aniq  va  ravshan 
gapirishga harakat qilish lozim. Yangi terminlarni ayniksa aniq aytish zarur.  
Tajribali  o'qituvchilar  o'quv  materialini  bayon  etish  jarayonida  ayrim  jumlalar 
orasida va har bir muhim fikr yoki tarifdan keyin bir oz tuhtab-tuhtab oladilar. Bu 
hol  ukvuvchilar  e'tiborini  oshiradi  va  bayon  etilayotgan  materialni  tushinib  olishi 
uchun vaqt beradi.  
Nutq tehnikasi o'qituvchining kundalik ishi natijasidir; uni doimo takomillashtirib 
borish uchun quyidagilar tavsiya etiladi:  
boshqalarning  qanday  gapirayotganini  kuzatib  borish,  ishdagi  urtoklari, 
shuningdek,  majlis,  ma'ruza,  konfirentsiyada  gapirganlar  nutqining  afzalliklari  va 
kamchiliklarini tahlil qilish lozim;  
hamma vakt uz nutqini mashq qildirishga intilish kerak; nutqni Yuqori madaniyatli 
va  tehnikali  qilishning  eng  yahshi  usuli  majlis,  kengash,  seminar,  pedogogik 
ukishlarda keng auditoriya oldida nutq so‘zlashdir.  
Suhbat - o'quv jarayonini tashkil etishning savol-javobli metodi. Umumtehnika va 
mahsus  fanlar  o'qituvchilari  suhbatning  ikkita  asosiy  turidan:  asosiy  maqsadi 
o'quvchilarga  yangi  bilimlarni  bayon  etishdan  iborat  bulgan  suhbat  hamda 
o'quvchilarning 
bilimlari 
mustahkamlanadigan, 
takrorlanadigan, 
tekshirib 
kuriladigan  va  baholanadigan  suhbatdan  foydalanadilar.  Suhbatning  har  bir  turi 
uchun uz metodikasi hosdir.  
Agar  suhbatdan  kuzlanadigan  maqsad  yangi  bilimlarni  bildirishdan  iborat  bo'lsa, 
o'qituvchi  urganilishi  kerak  bulgan  masalani  urtaga  tashlaydi  va  mantiqiy 
mulohazalar  yuli  bilan  o'quvchilarni  muayyan  hulosaga  olib  keladi.  Bunda 
o'qituvchi  o'quvchilarni  ilgari  olingan  bilimlar,  kuzatishlar,  hayotiy  va  ishlab 
chiqarish  tajribasini  takrorlashga,  hodisalarni  solishtirish,  takkoslashga,  uz  fikrini 
bayon  etishga  undaydi.  Suhbatning  asosiy  alomati  -  o'quv  materialin  muhokama 
qilishda  o'quvchilarning  bevosita  ishtirok  etishi  suhbatning  uziga  hos 
hususiyatlarini  belgilaydi.  Bunday  suhbat  jarayonida  o'quvchilarning  bilimlari  va 
tajribasi suzlab berishdagiga karaganda ancha samarali aniqlanadi va foydalaniladi, 
materialni  uzlashtirish  jarayoni  tularok  hamda  operativrok  nazorat  qilinadi,  ilgari 
olgan  bilimlari  ancha  chuqurlashadi,  mustahkamlanadi.  Jamoa  suhbat  umumiy 
manfaatdorlik  vaziyatini  yaratadi,  o'quvchilarning  e'tibori  va  qizqishini  oshiradi, 
mushohadasini aktivlashtiradi tashabbus hamda mustaqillikni rivojlantiradi, darsda 
bilimlarning ongli ravishda uzlashtirilishini ta'minlaydi va uy ishini osonlashtiradi.  
Ilg‘or  o'qituvchilar  suhbatining  goyaviy  mazmuniga  katta  ahamiyat  beradilar, 
uning  imkoniyatlaridan  o'quvchilarnijamoalilik  ruhida  tarbiyalash,  o'quvchilar 
bilimini e'tikodga aylantirish uchun, bilish va ijodiy kuchlarini rivojlantirish uchun 
keng foydalanadilar.  
Suhbat o'quvchilarning yangi bilimlarini idrok etishini ta'minlabgina kolmay, balki 
bu  bilimlarni  tushunib  olishi  va  sistemaga  solishga  imkon  beradi  ham.  Ammo 
yangi  materialni  bayon  etish  metodi  bulgan  suhbat,  bir  kancha  afzalliklarga  ega 
bulishiga  karamay,  pedagogikada  «sof  holda»  nisbatan  kam  kullaniladi.  Buning 
asosiy  sababi  shuki,  o'quvchilarni  yangi  materialni  uzlashtirishga  sekin-asta  olib 
kelish  jarayoni  kup  vakt  oladi  va  o'qituvchiningg  mahsus  tayyorgarlik  kurishini: 
savollarni o'quv materialining mantikiga muvofiq tanlash, ta'riflash, joylashtirishni,  

o'quvchilardan  kutilishi  mumkin  bulgan  javoblar  hamda  asosiy  hulosalarni  uylab 
olishni,  shuningdek  anchagina  vaktni  talab  qiladi.  O'quvchilar  urganiladigan 
material yuzasidan bir kator tayyorgarlikka ega bulishlari kerakligi ham suhbatdan 
foydalanishni  kiyinlashtiradi:  suhbatni  «bush  joyda»  utkazib  bulmaydi. 
O'quvchilarning  ayni  fan  yoki  boshqa  fanlardan  olgan  bilimlari,  kuzatishlar, 
darsliklarning, 
spravochniklarning 
materialini, 
jurnallardagi 
makolalarni, 
tehnikaviy  va  tehnologik  hujjatlarni  o'rganish,  o'quvchilarning  ishlab  chiqarish 
ta'limi jarayonida ortirgan tajribasi, hayot tajribasi suhbat manbai bo'ladi.  
Yuqorida  aytib  utilganlar  asosida  yangi  materialni  bayon  etish  metodi  bulgan 
suhbatdan foydalanishning ba'zi shartlarini aniqlash mumkin:  
eng muhim, prinsipial ahamiyatga ega bulgan materialni suhbat metodida urgangan 
ma'kul;  
suhbat  metodida  o'rganish  uchun  mazmuni  aniq  mantiqiy  izchillikka  ega  bulgan 
materialni tanlash zarur;  
suhbatda  o'quvchilar  bilimni  muayyan  sistemaga  keltirish,  fanlararo  boglanishni 
amalga oshirish, o'quvchilarning nazariy bilimlari bilan ishlab chiqarish tajribalari 
urtasida boglanish urnatish uchun foydalanish eng katta samara beradi;  
suhbatni  boshqa  metodlari:  tushuntirish,  kitob  bilan  ishlash,  o'quvchilarning 
mustaqil kuzatishlari, namoyish qilish, mashqlar, laboratoriya - amaliy ishlar bilan 
birga kushib utkazgan ma'kul.  
Suhbatning  muvafakiyatli  utishi  ko‘p  jihatdan  shu  suhbat  temasining  to'g‘ri 
tanlanishiga  va  konkret  o'quv  vazifasiga  bog‘liq.  Suhbat  temasini  aniq  ifodala 
berish, o'quvchilarga  bilimlarni  uzlashtirish  uchun  yana  nimalar  qilish lozimligini 
kursatib berish juda muhimdir.  
Yangi  bilimlar  berish  maqsadida  utkaziladigan  suhbat  induktiv  va  deduktiv  usul 
bilan olib borilishi mumkin.  
O'qituvchilar  induktiv  usulni  o'quvchilarni  uzlarida  bor  bilimlarga  va  ishlab 
chiqarish  tajribasiga  tayanib,  mustaqil  hulosalar  chiqarishga  va  umumlashtirishlar 
qilishga olib keladigan holllarda qullaydilar.  
O'qituvchi  keltirib  chikargan  yoki  bayon  etilgan  koida,  shart,  talabni  o'quvchilar 
boshqa  hollarga  tatbik  eta  boshlagan,  o'qituvchi  savoliga  javob  berib  va  uning 
topshirigini  bajarib,  yangi  hodisalarni  analiz  qila  boshlagan,  mazkur  koidani  ana 
shu  hodisalarga  tatbik  etish  mumkinligi  to'g‘risida  mulohaza  yurita  boshlagan 
vaktda deduktiv usuldan foydalaniladi.  
Suhbatning  samarali  chiqishi  uchun  o'quvchilarga  beriladigan  savolni  to'g‘ri 
tanlash, ta'riflash va quyish hal qiluvchi ahamiyatga ega. Evristik, izlash suhbatida 
savollarni  o'qituvchi  faoliyatining  formasi  debgina  qaramaslik  kerak.  O'qituvchi 
urtaga  tashlagan  har  bir  savol  o'quvchilar  ongida  tegishli  savol  tugdirishi,  paydo 
bulgan  noaniqliklarga  barham  berish  istagi  hosil  qilishi,  yangi  assotsiasiyaga 
undashi zarur.  
Shu  nuktai  nazardan  karaganda,  savol  fikrning  bilish  bilan  bilmaslik  urtasida 
turadigan, yangi mulohaza hamda tushunchalardan oldin keladigan va ayni vaktda 
ularning  hosil  bulishiga  yordam  beradigan  alohida  formasidan  iborat,  deb  aytish 
mumkin.  

Ana shu asoslanilganda, savolga nisbatan kuyiladigan asosiy talab o'quvchilarning 
aktiv  fikrlash  faoliyatini,  zehnini  ustirishdan  iborat.  Bundan  tashqari,  savollarga 
nisbatan  kuyiladigan  talablarni  aytib  utish  zarur:  qisqalik  va  aniqlik;  maqsadga 
muvofiklik; mantiqiy ravshanlik va oddiylik; suhbatnin bundan oldingi savollari va 
mavzusi  bilan  bog‘liqligi;  mazmun  va  shaklining  aniqligi;  amaliy  yunalganlik; 
o'quvchilarning ishlab chiqarish tajribasini hisobga olish.  
Aso  siy  kushimcha,  yordamchi  savollar  bo'ladi.  Asosiy  savollardan  kuzda 
tutiladigan  maqsad  -  eng  muhim  materialni  ochib  berish;  kushimcha  savollardan 
kuzlangan  maqsad  -  asosiy  materialni  aniqlashtirish,  unga  aniqlik  kiritish; 
yordamchi  savollardan  ko‘zda  tutiladigan  maqsad  -  tanish  ma'lumotlarni 
o'quvchilar  esiga  tushirishga  yordam  berish,  o'quvchilar  fikrini  zarur  tomonga 
karatish.  
Yangi materialni suhbat metodida bayon etishda o'quvchilarga beriladigan savollar 
nihoyatda  hilma  hildir.  Savollarning  quyidagi  guruhlarini  ajratib  kursatish 
mumkin:  
narsalarni,  ularning  tasvirlarini,  hodisalar,  jarayonnlar,  faktlar  va  shu  kabilarni 
solishtirish hamda taqqoslashga oid savollar;  
urganilayotgan  faktlar,  hodisalar,  jarayonlarni  umumlashtirish  va  ularning  muhim 
alomatlarini ajratib kursatishga doir savollar;  
bilimlardan  bir  hil  vaziyatlarda  foydalana  bilishni  aniqlash  uchun  beriladigan 
savollar;  
sababi izohlashga oid savollar;  
isbotlashga oid savollar, «ha» va «yuk» ekanligiga isbotlar keltirish;  
fanlararo boglanishni urnatishga oid savollar;  
tushunchaalarni ta'riflashga oid savollar.  
O'quvchilarning  javoblariga  nisbatan  kuyiladigan  talablardan,  avvalo,  onglilik  va 
asoslanganlikni  aytib  utish  kerak.  Har  bir  javob  o'quvchining  fikrlash 
mustaqilligini  aks  ettirishi  lozim.  O'qituvchi  o'quvchilardan  tehnika  jihatidan  va 
adabiy  jihatdan  savodli  ifodalangan  aniq  hamda  ravshan  javob  kaytarishni  talab 
qilishi  shart.  O'quvchilarning  nutq  madaniyatini  tarbiyalashga  fikrlash 
madaniyatini tarbiyalashning tarkibiy qismi deb karamok lozim.  
Suhbatni  tashkil  etishga  nisbatan  kuyiladigan  talablar,  birinchi  navbatda,  savollar 
qo‘yish  usullariga  va  o'quvchilarni  javob  kaytarish  uchun  undashga  taaluklidir. 
Savollarni  butun  guruhga  berish,  sungra  o'quvchilar  javob  berishga  tayyorlanishi 
uchun  bir  oz  tanaffus  qilish,  shundan  keyingina  biror  o'quvchining  familiyasini 
atash tavsiya qilinadi.  
Suhbatning  mantiqiy  rejasiga  kat'iy  amal  qilish  juda  muhim.  Savollar  bilan 
javoblar  shunday  tartibda  kelishi  kerakki,  o'quvchilar  mavzuning  izchilligini 
hamma vakt sezib turadigan bulsin. Suhbat jarayonida o'quvchilar e'tiborini butun 
urganilayotgan  materialni  tushunish  uchun  asosiy  bulgan  fakt  va  hulosalarga 
qaratish alohida ahamiyatga ega.  
O'qituvchi suhbat ipining uchini hamisha o‘z qo‘lida tutib turishi kerak. Shu bilan 
birga savollar qo‘yishning va ularni ta'riflashning ilgari belgilab kuyilgan tartibiga 
ko‘r-ko‘rona  amal  qilish  yaramaydi.  Savollarni  o'quvchilarning  javoblariga  karab 
har  qila  bilish,  fikrlarning  borishini  tartibga  solish,  har  qaysi  o'quvchining  kuchli 

va  kuchsiz  tomonlarini  hisobga  olish  zarur.  Agar  o'quvchi  savolga  javob 
kaytarishga kiynalsa, boshqa o'quvchini chakirishga shoshilish yaramaydi, savolni 
o'quvchiga tushunarlirok bulgan yangi varinatda berish va to'g‘ri javob yunaltirish 
mumkin  bulgan  biror  faktni  eslatib  utish  lozim.  Ammo  javobni  ochik  oydin 
beruvchi savollar berish yaramaydi.  
Suhbatni  yakunlar  yasash  bilan  tugallash  zarur:  o'qituvchi  suhbat  jarayonida 
urganilgan masalalarga aniq ta'riflar beradi.  
Hozirgacha  gap  suhbat  olib  borish  usuli  to'g‘risida  bordi,  bunda  savollarni 
o'qituvchi  berdi,  o'quvchilar  esa  bu  savollarga  javoblarni  uylab  ko‘rdilar  va 
o'qituvchi rahbarligi ostida ma'lum hulosaga keldilar. Suhbatning bunday tuzilishi 
eng  tipikdir.  Lekin  suhbat  jarayonida  o'quvchilar  ham  savol  berishi  mukin; 
o'quvchilar  savolni  o'qituvchiga  ham,  guruhdagi  urtoklariga  ham  berish  mumkin. 
bunday  metodik  usulning  afzalligi  shundaki,  birinchidan,  o'qituvchi,  savolning 
harakteriga karab, o'quvchilar bilimining kanchalik chuqur ekanligi, ularning bilish 
aktivligi,  kizikuvchanligi  va  o‘rganilayotgan  hodisalarni  tushunish  darajasi 
to'g‘risida  bir  fikrga  keladi;  ikkinchidan,  ko‘pincha  chuqur,  asosli  savol  bir-biri 
bilan  ketma-ket  boglangan  boshqa  savollarning  uzluksiz  zanjiridan  iborat  bo'ladi; 
birinchi  savolning  hal  qilinishi  ikkinchi,  uchinchi  savolni  keltirib  chikaradi  va, 
shunday  qilib,  o'quvchilar  aktiv  ishga  jalb  etiladi.  Bu  holda  savollar  o'quvchilar 
bilimlari  va  qiziqishlarining  chuqurlik  mezonigina  emas,  balki  bu  qiziqishni 
kuvvatlab turuvchi vosita ham bo'lib qoladi.  
O'qituvchining vazifasi savolarning murakkabligini va pedagogik kimmatini doimo 
oshira borib, o'quvchilarni savollar berishga undashdan iborat. O'quvchilarni savol 
berishga  undash  usullaridan  quyidagilarni  ta'kidlab  utish  mumkin:  o'qituvchining 
ukib  chi?ilgan  matn,  rasm,  ko‘rsatma  kullanmaga  oid  savollar  tuzish  to'g‘risida 
o'quvchilarga  beradigan  topshirigi;  javob  kaytarayotgan  o'quvchiga,  o'qituvchiga 
savollar  berishni  taklif  eitsh;  o'quvchilarni  ataylab  muayyan  kiyinchiliklarga 
tuknashtirish va hokazo.  
Atamalarning talaffuzi.Nutqning sofligi, nutq madaniyati .  
Tarbiya  -  ma'naviy  manbalar  va  hozirgi  zamon  talablari  va  ehtiyojlarini  nazarda 
tutgan  holda,  o'qituvchining  o'quvchi  bilan  aniq  bir  maqsadga  qaratilgan  o'zaro 
amaliy va nazariy muloqotidir.  
Biror  bir  maqsadga  qaratilgan  tarbiya  jarayonining  mohiyati  va  vazifalari 
tarbiyachi tomonidan rejalashtiriladi va tartibga solinadi:  
A)  Talabaning  qaysi  hislatini  shakllantirish  yoki  yo'qotish  maqsadida 
rejalashtiriladi.  
B)  Shu  hislatlarni  tarbiyalash  yoki  yo'qotish  uchun  hizmat  qiluvchi  manbalarni 
izlab topiladi.  
V)  Belgilangan  maqsad  uchun  hizmat  qiladigan  nazariy  va  amaliy  manbalarni 
qaysisini va qaerda ishlashni rejalashtiriladi.  
Bunday  rejaga  solinib  olib  borilgan  tarbiya  mohiyatini  ta'lim-tarbiya  tizimi, 
jamiyat va insonlarning intellektual va jismoniy faoliyati tashkil qiladi.  
Tarbiya  jarayonining  jamiyat  taraqqiyotidagi  roli  nihoyatda  beqiyosdir.  Insonni 
tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga undash va bu hatti-harakatini sekin- 

asta  ko'nikmaga  aylantirib  borish  lozim.  Insonning  mushohada  qilish  qobiliyatini 
tarbiyalaydi  va  mushohada  qilish  aqlni  peshlaydi.  Aql  ongni  saqlaydi.  Ong  esa 
moddiy va ma'naviy manbaga aylanadi. Shu tarzda inson asta-sekin takomillashib, 
komillikka  erishib  boradi.  Ammo  buning  uchun  tarbiyachi  va  tarbiyalanuvchidan 
uzoq  davom  etadigan  mas'uliyat,  sharafli  mehnat  va  qunt,  irodani  talab  etadi. 
Buning  uchun  bolalarning  yosh  hususiyatlarini  hisobga  olish  zarur.  Ma'naviy, 
insoniy  sifatlarning  shakllanishida  oiladagi,  atrofdagi,  jamiyatdagi  muhit  va 
bolalarga  bo'lgan  munosabat  muhim  rol  o'ynaydi.  Ota-onalarimiz  va 
atrofdagilarning  bir-birlariga  bo'lgan  munosabatlarini  ko'rgan  bola  shunga  qarab 
shakllana boradi. Ular avval kattalarga taqlid qiladilar. So'ng sekin-asta qilayotgan 
ishlarining mohiyatini anglaydilar. Bolalarni to'g‘ri tarbiyalashda ota-onaning ongi, 
ma'naviyati, bilimi, tarbiyalanganligi muhim ahamiyatga ega.  
Aniq  bir  maqsadga  qaratilgan  tarbiyaning  samaradorligi  tarbiyachining  qanday 
metoddan foydalanishiga bog‘liq.  
Metod  -  yunoncha  atama  bo'lib  -  aynan  nimagadir  yo'l,  usul  orqali  maqsadga 
erishish  yo'lini  bildiradi.  Metod,  ya'ni  usul  ahborotni  uzatish  va  qabul  qilish 
harakteriga qarab:  
1. So'z orqali ifodalash usuli.  
2. Ko'rgazmalilik usuli.  
3. Amaliy, namuna usuli.  
4. Rag‘batlantirish va jazo usuli.  
Yuqoridagi metodlar (usullar) o'z navbatida quyidagi guruhchalarga bo'linadi:  
Birinchi guruh - so'z orqali uzatish, maslahat berish, ma'lumotlarni eshitish orqali 
qabul qilish, hikoya, ma'ruza, suhbat va boshqa usullarga;  
Ikkinchi guruh - kinofilmlar, tasviriy san'at, badiiy san'at va boshqa ko'rish orqali 
tarbiyalash usullariga;  
Uchinchi  guruh  -  tarbiya  ma'lumotlarini  amaliy  mehnat  harakatlari  orqali  berish. 
o'rnak ko'rsatish, boshqalarni amaliy mehnatini misol qilib ko'rsatish;  
To'rtinchi guruh - o'quvchi-talabalarning yahshi bajargan ishlarini, o'rtoqlari oldida 
yoki  ota-onalar  majlisida  ma'qullash,  minnatdorchilik  bildirish,  iqtisodiy  yordam, 
stipendiyalarini  oshirish,  maqtov  yorliqlari  topshirish.  Suratlarini  hurmat 
tahtachasiga  yopishtirish  va  boshqa  og‘zaki,  ‖rahmat‖,  ‖barakalla‖  kabi 
rag‘batlantirish usullarini kiritish mumkin.  
Tarbiyachining rag‘batlantirish usuli ikkiga bo'linadi:  
1. Siz buyurgan ishga burch va mas'uliyat bilan yondashganligini rag‘batlantirish.  
2. Siz buyurgan ishga qiziqishini va uni uddalay olganligini rag‘batlantirish.  
Masalan: Bugun ishdan kech qaytishingizni aytib, farzandingizga ish buyurdingiz. 
Farzandingiz  siz  buyurgan  ishni  bajarib  qo'ydi.  U  siz  buyurgan  ishga  burch  va 
mas'uliyat  bilan  yondoshdi.  Siz  farzandingizdagi  bu  ijobiy  o'zgarishga  befarq 
bo'lmay, qolgan farzandlaringizga bo'lgan mehringizni suiste'mol qilmagan holda, 
uni  suyib,  elkalariga  qoqib,yoki  peshonasidan  o'pib  qeyingi,  bu  harakatingiz 
qolgan  farzandlaringizni  ham  tarbiyalasin.  Ularni  mustaqil  yumush  qilishga 
undasin.  Bu  holatdan  keyin  farzandlaringiz  o'zini  sizga  nihoyatda  kerakligini 
sezadi.  Oilaga  yordami  tekkanligidan  mamnun.  o'zida  yo'q  hursand,  o'zini  katta 
bo'lib borayotganligini his etib boradi. Siz esa ana shu beg‘ubor, mehrli  

rag‘batlantirishingiz  orqali  unda  mehnatga  qiziqish  va  uni  uddalay  olish 
qobiliyatiga ishonch hosil qildingiz.  
Jazo - bu bolaning noto'g‘ri qilgan ishiga o'zini iqror qildirish.  
Agar bola siz ogohlantirmasingizdan yoki tushuntirmasingizdan oldin o'z hatosini 
tushungan bo'lsa-yu, sizga qilgan hatosini aytolmay izza chekib turgan bo'lsa, uni 
jazolashga  zarurat  yo'q.  Endi  bu  hatoni  qaytarmayman,  degan  ma'noda  sizga 
qarayapti. Siz unga yana bir marta imkoniyat bering. Ammo keyingi gal ham hato 
qilsa va uni tan olmasa, unday hollarda quyidagi jazo turlari qo'llaniladi.  
· Tushuntirish.  
· Tanbeh berish.  
· Ogohlantirish.  
· qattiq ogohlantirish.  
· Uyaltirish.  
Yuqoridagi jazo turlarini o'qituvchi o'quvchiga yuzma-yuz hech kimning guvohisiz 
qo'llaydi.  Ammo  gruppadosh  o'rtoqlari  yoki  sinfdoshlari  oldida  izza  qilay  deb 
bolani uyaltirsa, yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin.  
Uyat  -  bu  insonning  eng  nozik  sezgisi  bo'lib,  o'quvchini  o'rtoqlari  yoki  kollektiv 
orasida izza qilish (uyaltirish) eng yuqori jazo hisoblanadi.  
O'quvchini  jamoa  orasida  izza  qilishni  eng  ohirgi  chorasiz  qolganda  qo'llash 
mumkin.  Eng  ma'quli  o'quvchi  bilan  yuzma-yuz  mehrli  ohangda,  unga  ishonch 
bildirib, qaltis yo'ldan qaytarish mumkin.  
Tarbiya  -  har  bir  insonning  hayotda  yashashi  jarayonida  ortirgan  saboqlari  va 
intellektual salohiyatlarining ijobiy ko'nikmasini o'zgalarga berish jarayoni.  
Tarbiyalanganlik  -  milliy  urf-odatimiz  mezoniga  kirmagan,  o'zgalarning  nafratini 
qo'zqatadigan hatti-harakatlardan o'zini tiya bilish.  
Prezidentimiz  I.A.Karimovning  ―Yuksak  ma'naviyat  engilmas  kuch‖asarining  1-
bobida: Ma'naviyat insonning kon - koni, suyak-suyagiga yillar davomida ona suti, 
oila tarbiyasi, ajdodlar o'giti, Vatan tuygusi, bu hayotning ba'zida achchik, ba'zida 
quvonchli  saboglari  bilan  katra-katra  bo'lib  singib  boradi.  Ayniksa  tabiatga, 
odamlarga  yaniklik,  doimo  yahshilikni  uylab  yashash,  halol  mehnat  kilish 
dunyoning  tangsiz  mehnat  va  guzzalliklaridan  bahramand  bo'lish  ma'naviyatiga 
ozuka beradi. Uni yanada kuchaytiradi. 
 
Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish