2-mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Jamiyat falsafasi. Reja: 1



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/39
Sana01.07.2022
Hajmi0,82 Mb.
#722226
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39
Bog'liq
2 - mavzu boyicha maruza matni

manaviy sohasi 
– 
bu manaviy ishlab chiqarish jarayoni va natijalarining 
birligidir. Jamiyatning manaviy hayoti uzviy bir-biriga bog‘liq jarayonlar tizimidan iborat. Bu 


tizimning asosiy elementlarini manaviy ehtiyoj, manaviy faoliyat, manaviy o‘zlashtirish va
manaviy munosabatlardan tashkil topadi. Jamiyatning manaviy hayoti manaviy ehtiyojlarni 
qondirishga yo‘naltirilgan. Manaviy ehtiyoj deganda, manaviy qadriyatlarni yaratish va
o‘zlashtirish ehtiyoji nazarda tutiladi. 
Manaviyat insonning shaxsiy manfaatlari va sodda ehtiyojlari doirasidan chiqa olishlik, 
individual maqsad va hayotiy intilishlarini milliy, umuminsoniy qadriyatlar bilan o‘zaro 
uyg‘unlikda anglash qobiliyatidir. Manaviyatning har qanday ko‘rinishlarida asosiy o‘rinni
axloq egallaydi.
Manaviyatga individual va ijtimoiy ong (jamiyat azolarining ongi) kiradi. Ijtimoiy ong
muayyan ijtimoiy ong shakllari va ijtimoiy ong darajalaridan tashkil topadi. Ijtimoiy ong
iqtisodiy, axloqiy, diniy, estetik, siyosiy, huquqiy, falsafiy, tarixiy, ekologik shakllarga bo‘linadi. 
SHu bilan birga, ular kundalik, yani ijtimoiy psixologiya va nazariy, yani ideologiya 
darajasida namoyon bo‘ladi. Ommaviy ong jamiyat azolarining kundalik hayotida ro‘y 
berayotgan voqea va hodisalar tasirida ijtimoiy 
 
psixologiyasidagi o‘zgarishlarni va ularning 
xususiyatlarini aks ettiradi.
 
(
Ilova 7.12). 
O‘z manosi va hajmiga ko‘ra manaviyat rasionallik tushunchasiga nisbatan kengroqdir. 
Chunki, manaviyat bilim olish bilan cheklanmasdan, bilim olishning manosi va maqsadlarini, 
uning qadriyaviy ahamiyatini anglab etishni ham aks ettiradi. Shu bilan birga, manaviyat 
dunyoviy va diniy bo‘lishi mumkin. Haqiqiy manaviylikda dunyoviylik, ilmiylik va diniylik bir-
birlariga qarama-qarshi qo‘yilmaydi, aksincha jamiyat manaviy hayotining uch xil tomoni 
sifatida qaraladi. Bashariyat tarixidan malumki, ularning uyg‘un holda rivojlanishi 
sivilizatsiyaning gullab-yashnagan davrlariga to‘g‘ri keladi. Fan va texnika rivojlanib borishi 
bilan manaviyatga, xususan, ilmiy-texnik taraqqiyot natijalarining manaviyatga (aniqrog‘i 
manaviyatsizlik) tasiri, ommaviy madaniyatning kuchayishining salbiy jihatlariga etibor 
kuchayib boradi.
Zamonaviy jamiyatning to‘laqonli rivojlanishi nafaqat yuqori texnika va texnologiyalar 
asosiga qurilgan iqtisodiyotga, balki yuksak darajada qaror topgan manaviyatga ham bog‘liq. 
Manaviyatning o‘zagini esa haqiqiy, mo‘tadil, siyosiylashmagan din, halol mehnat va ezgu 
amallarni etirof etuvchi iymon- e’tiqod tashkil etadi. Xususan, IX-XI asrlarda Markaziy Osiyo, 
Yaqin va O‘rta Sharqda diniy va dunyoviy ilmlarning nisbatan uyg‘un holda rivojlanishi 
ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-marifiy hayotning taraqqiyotiga olib kelgan. Shuningdek, 
Sohiibqiron Amir Temur hukmronlik davriga kelib, tasavvufning Markaziy Osiyoda keng 
tarqalgan naqshbandiya tariqatini: "Diling Allohda, qo‘ling mehnatda bo‘lsin!" degan bosh 
g‘oyasi, ilm-fan, madaniyat va barcha bunyodkorlik ishlarining tag zaminini tashkil etgan. 
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar" to‘g‘risidagi 
qonunning qabul qilinishi, Toshkent Islom universitetini, keyinroq Islom Akademiyasining tashkil 
etilishi, Toshkentda "Islom sivilizatsiyasi markazi"ning ochilishi, mamlakatimizda islom dini, 
manaviyati va marifati rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shgan olimu ulamolar o‘tgan qadamjolarni 
qayta tiklanishi va tamirlanishi kabi davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan nihoyatda muhim 
sayi harakatlar jamiyatimiz manaviy hayotiga qaratilayotgan jiddiy etiborning timsolidir. 
Shunday qilib, faqat fan-texnikani rivojlantirishga urg‘u berilishi texnokratizmga, quruq 
foyda va moddiy boyliklarning ketidan quvish xudbinlik va molparstlikka, manaviy qashshoqlikka 
olib kelgani kabi dinni biryoqlama tushunish mutaassiblikkning rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Dinsiz 
odam esa o‘zini qonundan tashqarida his etadi. Insoniyat tarixidan turli davrlarda jamiyatning 
bunday biryoqlama rivojlanishining salbiy oqibatlarini aks ettiruvchi misollarni ko‘plab keltirish 
mumkin. 
Manaviylikning eng asosiy tomonlaridan yana biri milliy o‘zini-o‘zi anglashdir. Milliy 
o‘zini-o‘zi anglash ijtimoiy ongning alohida ko‘rinishi bo‘lib, unda milliy hayot o‘z aksini 
topadi. Millatlarning hayotida yuz berayotgan o‘zgarishlar ularning nafaqat hozirgi va 
kelajakdagi, balki o‘tmishdagi manaviyatlarining ham qanday bo‘lganligi to‘g‘risida o‘ylashga 
majbur qiladi. 


Milliy o‘zini-o‘zi anglash hodisasi ongning yuqori darajasi bo‘lib, u insonning faqat 
o‘zini-o‘zi tushunib, anglab etishi bo‘lmasdan, uning o‘z o‘ziga, imkoniyatlariga, holatlariga 
bo‘lgan munosabatini ham bildiradi. Bular to‘liq manoda milliy o‘zini-o‘zi anglashga ham 
tegishlidir. Demak, milliy o‘zini-o‘zi anglash – bu o‘zini-o‘zi baholashi hamdir.
Hozirgi davrdagi milliy jarayonlarning rivojlanishini hisobga olib, ko‘p tadqiqotchilar 
milliy o‘zini-o‘zi anglash bu millatning zaruriy, muhim belgilari deb hisoblamoqdalar. 
Shunday qilib, jamiyat taraqqiyotida nafaqat tabiiy-geografik muhit, balki aholi, uning 
intellektual salohiyati, moddiy va manaviy qadriyatlarni ishlab chiqarish ham muhim ahamiyatga ega. 

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish