2-mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Jamiyat falsafasi. Reja: 1


Madaniyat va sivilizatsiya. Sivilizatsiya rivojining asosiy bosqichlari va dinamikasi



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/39
Sana01.07.2022
Hajmi0,82 Mb.
#722226
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39
Bog'liq
2 - mavzu boyicha maruza matni

 
Madaniyat va sivilizatsiya. Sivilizatsiya rivojining asosiy bosqichlari va dinamikasi 
Madaniyat insonni boshqa barcha tabiiy-biologik dunyodan ajratib turuvchi murakkab va 
serqirra hodisa bo‘lib, ijtimoiy hayotning barcha sohalariga daxldordir. 
Madaniyat
atamasi (arab 
tilida – shaharga xos, qayta ishlov berilgan)ning hozirgi zamon fanida 600 dan ko‘proq tariflari 
mavjud. Eng umumiy ko‘rinishda madaniyat – inson faoliyati jarayoni, uning natijasida 
yaratilgan moddiy va manaviy qadriyatlar, ularni yaratish usullari va texnologiyalari, shu 
faoliyat tasirida inson tafakkurida, manaviy dunyosida yuz beradigan rivojlanishni aks ettiradi. 
Madaniyat – murakkab tizim sifatida ijtimoiy hayotda quyidagi asosiy vazifalarni 
bajaradi:
Yaratuvchilik vazifasi
. Bu madaniyatning bosh vazifasi bo‘lib, inson faoliyati davomida
moddiy va manaviy qadriyatlar yaratiladi. 
Marifaiy (gnoseologik) vazifa
. Uning mohiyati shundan iboratki, madaniy qadriyatlar 
dunyoni bilish orqali yaratiladi. Madaniyatning tarkibiy qismi bo‘lgan fan, aynan shu vazifani 
bajaradi. Bunda bilishning obekti tabiat, jamiyat va insonning o‘zi hamdir. 
Informasion (axborot etkazuvchi) vazifa
. Uning vazifasi doirasiga ijtimoiy tajribani 
to‘plash (jamg‘arish), uni bir avloddan avlodga etkazish, yani tarixiy vorislikni taminlash kiradi. 
Axborot etkazish gorizontal (makoniy) xususiyatga ega bo‘lishi mumkin, yani bunda axborot bir 
vaqtning o‘zida bir xalq yoki jamoadan boshqasiga etkaziladi. Shuningdek u vertikal (davriy) 
xususiyatga ega bo‘lishi mumkin, yani bunda axborot bir avloddan boshqasiga manaviy meros 
shaklida etkaziladi va vorisiylikda namoyon bo‘ladi. 
Kommunikativ (aloqa o‘rnatish) vazifasi. Bunda axborot
nutq (til), ramziy shakl va 
belgilar (sanat), ilmiy bilimlar (fan) vositasida amalga oshiriladi. Jamiyatning taraqqiyot darajasi 
qancha yuqori bo‘lsa, bevosita aloqa shunchalik ko‘p darajada bilvosita, yani texnik vositalar 
yordamida (telefon, telegraf, internet va hokazolar bilan) amalga oshiriladi. 
Meyoriy (boshqaruvchilik) vazifasi
. U o‘z ifodasini ijtimoiy boshqaruvchilik (avvalo, 
huquqiy va axloqiy meyorlar) tizimini shakllantirishda topadi. Bunda norasmiy boshqaruv 
vositalari bo‘lgan urf-odatlar, marosimlar, ananalar ham muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. 
Sotsializatsiya (ijtimoiylashuv) va adaptatsiya vazifasi

Bu
insonning maksimal darajada 
jamiyatning manaviy qadriyatlarini qabul qilishi va muayyan ijtimoiy muhitga moslashishida o‘z 
ifodasini topadi.
Qadriyatlilik (baholash) vazifasi
. Zamonaviy falsafiy adabiyotlarda madaniyat moddiy 
va manaviy qadriyatlarni, yani shaxs va jamiyat uchun foydali ahamiyatga ega bo‘lgan narsa va 
hodisalar, aloqalarni 
yaratish (generatsiya), 
mustahkamlash (assimilyatsiya), uzatish 
(translyatsiya), ko‘paytirish (multiplikatsiya)ning ko‘pbosqichli mexanizmi sifatida qarash ham 
mavjud.
12
Bunda madaniyat yangilikni yaratish bilan bog‘liq jarayon sifatida inson ijodiy
(kreativ) faoliyatining mahsuli sifatida namoyon bo‘ladi. 
Inson o‘z faoliyati davomida qadriyatlarni tanlaydi, ularga baho beradi. Baholash –
subektning o‘z hayoti va faoliyati uchun hodisalarning ijtimoiy ahamiyatini aniqlashidir. U sezgi, 
idrok, tasavvur va tafakkur darajasida, emotsiyalar va tuyg‘ular, mulohazalar, mayllar, istaklar, 
intilishlar va, albatta, faoliyat ko‘rinishida ro‘yobga chiqadi. Baholash insonga hodisalar 
dunyosida mo‘ljal olish imkonini beradi, uning faoliyatini yo‘lga soladi. 
12
Философия. Учебник. Под ред.С.А.Лебедева. – М.:ЭКСМО. 2011. – С.411-412. 


Inson narsa va hodisalarga ularning foydali ahamiyati nuqtai nazaridan ajratib oladi. 
Bunday holatda nimalardir barham topadi, qandaydir narsalar paydo bo‘ladi, qayta shakllanadi. 
Bu obektiv jarayon bo‘lib, shaxs va jamiyatning ehtiyojlaridan kelib chiqadi.
Har bir avlod madaniy rivojlanishni bo‘sh joydan emas, balki o‘zidan oldingi avlodlar 
yaratgan qadriyatlarni o‘zlashtirishdan boshlaydi. Bu o‘zlashtirish madaniyat rivojini yuqoriroq 
bosqichga ko‘tarish yo‘lidagi tayanch vazifasini o‘taydi. Mana shu ikki jarayon - eskilik bilan 
yangilik o‘rtasidagi obektiv zaruriy bog‘lanish vorislikning mohiyatini tashkil etadi. Lekin
o‘tmish madaniy merosini millat manaviy dunyosining tarkibiy qismiga aylantirish uchun uni 
ijodiy o‘zlashtirish, unga yangi mazmun va mano berish zarur. SHu o‘rinda chinakam o‘zbek 
falsafasining metodologik asoslarini yaratishga salmoqli hissa qo‘shgan faylasuf,
 
akademik 
Xaydar Po‘latov aytganidek, ilm-fan, madaniyatni rivojlantirish uchun, avvalo «inkorni emas, 
ko‘proq idrok qilishni» o‘rganishimiz kerak.
13
Busiz madaniyat rivojlanishini taminlab 
bo‘lmaydi. SHu manoda oqilona yangilanish – madaniyat rivojlanishining zaruriy sharti 
hisoblanadi.
Shunday qilib, madaniyat ijtimoiy fenomen sifatida muayyan qonuniyatlar asosida 
rivojlanadi. Vorisiylik va doimiy yangilanish – madaniyat rivojlanishining eng muhim 
qonuniyatlaridir. 
Madaniyatni nisbiy ravishda manaviy va moddiy madaniyatga bo‘lish mumkin. Moddiylik 
va manaviylik bir-biriga muqobil bo‘lmasdan, ular bir-birga o‘zaro tasir qiluvchi va o‘zaro bir-
birini to‘ldiruvchi ijtimoiy rivojlanish omillaridir. Moddiy madaniyat tushunchasi sivilizasiya 
tushunchasi bilan uzviy bog‘liq. 
«Sivilizatsiya» (lot. civilis – fuqarolarga, davlatga xos), tamaddaun – 1)keng manoda – 
ongli mavjudotlar mavjudligining har qanday shakli; 2) madaniyat so‘zining sinonimi; 
3)madaniyatning zamon va makondan chegaralangan tarixiy tipi (Misr sivilizatsiyasi va boshq.); 
4)yovvoyilik va vahshiylikdan keyingi ijtimoiy taraqqiyot bosqichi
14
sifatida shuningdek, 
geografik jihatdan farqlanuvchi birliklar (Sharq va G‘arb sivilizatsiyasi) ni; diniy mansubligiga 
ko‘ra (islom sivilizatsiyasi va boshqalarga) bo‘linishi sifatida tushunilishi mumkin. 
Sivilizatsiya tushunchasi XVIII asrda shakllangan bo‘lib, ko‘p yillar davomida aksariyat 
hollarda madaniyat bilan bir xil manoli tushunchalar sifatida talqin etib kelingan. Ilk bor ularning 
o‘rtasida yaqinlik va tafovut mavjudligiga buyuk nemis faylasufi I.Kant etibor qaratgan. XX asr 
boshlariga kelib, nemis faylasufi Osvald Shpengler «Evropa Quyoshining so‘nishi» asarida 
madaniyat va sivilizatsiya tushunchalarini bir-biriga qarama-qarshi qo‘ydi. U sivilizatsiya 
deganda texnik-mexanik jarayonlar majmuini nazarda tutdi. O.Shpengler fikricha, sivilizatsiya 
madaniyatning eng yuqori bosqichi bo‘lib, undan keyin esa madaniyat asta-sekin inqirozga yuz 
o‘giradi.
SHu davrdan boshlab, madaniyat va sivilizatsiya faylasuflarning diqqat markazida turgan 
asosiy masalalar qatoriga qo‘shildi. Zamonaviy falsafada madaniyat va sivilizatsiyaning o‘zaro 
aloqadorlikda rivojlanishi zarurligiga alohida etibor qaratilmoqda. Bunda sivilizatsiya jamiyat 
hayotining moddiy tanasi deb qaralsa, madaniyat – uning joni, ruhi sifatida talqin etilmoqda.
15
YAni bunda – sivilizatsiya moddiy madaniyatni, madaniyat tushunchasi esa – manaviy 
qadriyatlarni anglatmoqda. Ushbu manoda sivilizatsiya tushunchasi inson tomonidan yaratilgan 
moddiy boyliklar, xususan ishlab chiqarish, transport vositalari, texnika va texnologiyalar, 
insonlarning turmush tarzi va hokazolarni qamrab oladi. Fan taraqqiyoti, uning amaliyotga 
tatbiq etilishi, talim-tarbiya tizimi va uni amalga oshirish usullaridagi innovasion 
o‘zgarishlar ham sivilizatsiya yutuqlari hisoblanadi. Hozirgi davrda sivilizatsiyalashganlik 
ko‘proq qulaylik tushunchasi bilan ayniylashtirilmoqda. Uning mohiyatini sanoat iste mol 
13
Qarang: Pulatov X. Inkorni emas, ko‘proq idrokni o‘rgansak-chi...//Sizni yaxshi ko‘rar 
edim,odamlar. –T.:Fan.1994. –B.68.
14
Qarang: Falsafa. Ensiklopedik lug‘at. –T.:O‘zbekiston milliy endiklopediyasi.Davlat ilmiy nashriyoti. 
2010. –B.298.
15
Философия. Учебник. Под ред.С.А.Лебедева.– С.433. 


vositalarini yaratish tashkil et moqda, ayni vaqda u jamiyat rivojlanishining mezoni 
hisoblanmoqda. 
Xalqlar, davlatlar, mintaqalar rivojlanishidagi o‘ziga xos farqlar sivilizatsiyalararo 
tafovutlarni tashkil etadi. Shu bilan birga,

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish