2. Mavzu: Mikroorganizmlar morfologiyasi va fiziologiyasi. Reja: Mikroorganizmlar tasnifini va morfologiyasi, ularning hujayraviy tuzilishini


Mikroorganizmlarning pigmentlanishi



Download 85,12 Kb.
bet10/11
Sana05.07.2022
Hajmi85,12 Kb.
#741494
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-mavzu

Mikroorganizmlarning pigmentlanishi
Ayrim mikroorganizmlar (bakteriya, zamburug‘lar) moddalar almashinuvi jarayonida bo‘yaluvchi moddalarni — pigmentlarni hosil qiladi. Pigmentlar xossasiga va kimyoviy tarkibiga ko‘ra har xil bo‘ladi. Ular suvda eriydigan (ko‘k yiring tayoqchalari ishlab chiqaradigan ko‘k pigment—piotsianin), spirtda va suvda eriydigan pigmentlar (g‘alati tayoqchalar ishlab chiqaradigan prodigiozan—qizil pigment), spirt va suvda erimaydigan pigmentlar (qora va kulrang—achitqi va mo‘g‘or pigmentlari)ga bo‘linadi.
Suvda erimaydigan pigmentlar (lipoxromlar) bakteriyalar kolo- niyasini bo‘yaydi (masalan, stafilokokkning fermentlari sariq, tilla- rang, mallarangga bo‘yaladi). Suvda eriydigan pigmentlar oziq muhitning rangini o‘zgartiradi (ko‘k yiring tayoqchalari).
Mikrob hujayrasi ma’lum oziq muhitida, kislorodli sharoitda va yorug‘lik ta’sirida pigment hosil qiladi. Organizmni pigment hosil qilish xossasi ko‘p hollarda doimiy hisoblanadi, bu ayrim bakteriyani farqlashda test sifatida qo‘llaniladi (masalan, stafilokokk, ko‘k yiring tayoqchalari).
Mikroorganizmlarning pigment hosil qilishi ma’lum fiziologik ahamiyatga ega. Pigmentlar mikrob hujayrasining tabiiy ultrabinafsha nurlardan himoya qiladi, nafas olish jarayonida ishtirok etadi, ayrimlari antibiotik ta’sirga ega (prodigiozan).
Mikroorganizmlarning nur sochishi va xushbo‘y hid ajratishi
Mikroorganizmlarning (bakteriyalar, zamburug‘lar) nur sochish xossasiga ega bo‘lgan turlari uchraydi. Bakteriyalarning nur sochishi uzluksiz oksidlanish jarayoni natijasida bo‘lib, bu jarayon energiya ajralishi bilan boradi.
Dengiz suvlari, baliq terisi, chirigan daraxtlar yorug‘lik ajrata- digan bakteriyalar yoki fitobariyalar yordamida o‘zidan yorug‘lik taratadi.
Yorug‘lik ajratadigan bakteriyalarning barchasi aeroblardir. Ularning asosiy qismi dengiz suvlarida hayot kechiradi, chunki ular tuz miqdori ko‘p bo‘lgan sharoitda yaxshi bo‘linib ko‘payadi. Fotobakteriyalar bilan simbiozda yashaydigan o‘rgimchak, chumoli va boshqalar ham yorug‘lik ajratishi mumkin. Yorug‘lik ajratadigan bakteriyalar qorong‘ida yaxshi bilinadigan yashil yoki havorang yorug‘lik ajratadi. Qorong‘ida qo‘ziqorinlar ham yorug‘lik ajratadi.
Yorug‘lik ajratadigan bakteriyalar 15—18°C da hayot kechiradigan va ular chirish jarayonini keltirib chiqarmaydi. Ular baliq hamda go‘shtli muhitda yaxshi o‘sadi va ulardan nur ajralishiga yordam beradi.
Ayrim mikroorganizmlar o‘zidan xushbo‘y hid, masalan, etil — uksus, sut, yog‘, pishloq, qaymoq va boshqa hidlarni ajratadi. Bunday bakteriya turli xil qandolat mahsulotlari, oziq-ovqatlar tayyorlashda qo‘llaniladi.
Bakteriyalarning o‘sishi va bo‘linib ko‘payishi
Mikroorganizmlar hayotida asosiy jarayonlardan biri ularning o‘sishi va bo‘linib ko‘payishidir. Mikroorganizmlar o‘sganda ularning kattaligi va barcha hujayralarning tarkibi o‘zgaradi. Bakteriya hujayrasining kattalashuvidan iborat bo‘lgan o‘sish jarayoni juda tezlik bilan boradi, u bir necha daqiqa ichida o‘sadi.
Bakteriyalar voyaga yetgach, ko‘paya boshlaydi. Ular ko‘ndalan- giga oddiy bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadi. Bu jarayonning favqulodda tez borishi xarakterlidir. Bakteriya hujayrasi yetarli oziq-ovqat bo‘lganda, qulay haroratda har 20—30 daqiqada bo‘linadi. Bakteriyalar bemalol ko‘paya olsa, 5 kunda bitta hujayradan barcha dengiz va okeanlarni to‘ldirib yubora oladigan tirik massa hosil bo‘lishi hisoblab chiqilgan.
Haqiqatda esa, bakteriyalarning shiddat bilan ko‘payishi, hatto eng yaxshi sharoitda ham bir necha soatdan oshmaydi.
Tabiiy sharoitda ko‘pgina noqulay omillar bakteriyalarning ko‘payishiga to‘sqinlik qiladi. Xususan, oziqa muhitida ulardagi moddalar almashinuvidan hosil bo‘ladigan mahsulotlar to‘planishi bakteriyalarning o‘sishi va ko‘payishiga zararli ta’sir qiladi. Ularning qisman nobud bo‘lishiga olib keladi.
Ko‘ndalang bo‘linishida bakteriyalar ma’lum yoshga yetganda DNK molekulasi ikki baravar ortadi. Qiz hujayra ona DNK molekulasining nusxasini oladi. Bu jarayon qiz hujayra sitoplazmasi to‘la bo‘linganda tugallanadi.
Chegara hosil bo‘lishida sitoplazmatik membrana va hujayra devori ishtirok etadi. Agar bo‘linish hujayraning o‘rtasidan boshlansa, ikkita qiz hujayra bir xil kattalikda bo‘ladi (izomorf bo‘linish). Ayrim hollarda chegara bir uchiga yaqinroqda hosil bo‘ladi, bunda qiz hujayralar bir xil kattalikda bo‘lmaydi (geteromorf bo‘linishi). Bakteriyalarda (kokklar) bo‘linib ko‘payishi turli xil tekisliklarda boradi. Shuning uchun zanjirsimon (streptokokk), uzum shingiliga o‘xshash (stafilokokk), ikkitadan (diplokokk, tetrakokk, sarsina) joylashadi. Tayoqchasimon bakteriyalar faqat ko‘ndalang yo‘lida, bitta tekislikda bo‘linib ko‘payadi.
Ayrim bakteriyalar kurtaklash usulida (sil mikobakteriyasi) bo‘li- nib ko‘payadi. Bundan tashqari, kanyugatsiya usulida bo‘linib ko‘payishi ham tafovut etiladi, bu bo‘linish jinsiy bo‘linib ko‘payishga o‘xshash. Masalan, ichak tayoqchasi.
Suyuq oziqa muhitida bakteriyalarning bo‘linib ko‘payishi bir necha fazalarda boradi:


  1. Download 85,12 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish