2. Mavzu: Mikroorganizmlar morfologiyasi va fiziologiyasi. Reja: Mikroorganizmlar tasnifini va morfologiyasi, ularning hujayraviy tuzilishini



Download 85,12 Kb.
bet5/11
Sana05.07.2022
Hajmi85,12 Kb.
#741494
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-mavzu

Burri usuli. Yog‘sizlantirilgan buyum oynasiga 10 marta suyul- tirilgan qora tush tomiziladi va uning ustiga cho‘g‘lantirilgan bakteriologik qovuzloq yordamida bir tomchi mikrob kulturasidan olib tomiziladi. Ikkinchi buyum oynasi bilan 45° burchak ostida mikrob kulturani qonga o‘xshab surtiladi. Xona haroratida quritiladi, fiksatsiya qilmasdan mikroskop ostida tekshiriladi. Bunda qora fondagi mikrob tanasi rangsiz bo‘lib ko‘rinadi.
Burri-Gins usuli
Yuqorida aytilganidek, Burri usulida surtma tayyorlab olinadi va xona haroratida quritilib, fiksatsiya qilinadi. Fiksatsiyani spirt yoki kimyoviy usulda sulema yordamida qilinadi. Ehtiyotlik bilan yuviladi.
Fuksin Pfeyffer bo‘yog‘i bilan 3—5 daqiqa bo‘yaladi. Vaqt o‘tgach, ehtiyotlik bilan yuvilib, xona haroratida quritiladi. Mikroskop ostida immersion sistemada tekshiriladi. Qora fondagi hujayra qizil, kapsula rangsiz ko‘rinadi.
Diqqat! Filtr qog‘ozi bilan quritilmaydi, chunki preparatni shikastlash mumkin.
Sil-Nilsen usuli (kislotaga chidamli bakteriyalarni bo‘yash uchun)
Bu usul sil va prokaza bakteriyalarini aniqlashda qo‘llaniladi, chunki ular hujayra devorida ko‘p miqdorda yog‘, mum va oksikislotalar saqlaydi. Ular kislota, ishqor, spirt ta’siriga juda chidamli. Hujayra devori o‘tkazuvchanligini oshirish uchun bo‘yashning birinchi bos- qichlari qizdirish bilan boshlanadi.

  1. Surtma preparat tayyorlanadi va quritiladi, so‘ng fiksatsiya qilinadi. Fiksatsiya qilingan preparat ustiga filtr qog‘oz qo‘yilib, fuksin Sil bo‘yog‘i tomiziladi. Preparat qisqich yordamida ushlanib spirtovka alangasida bug‘ chiqquncha ushlanadi. Qaytadan bo‘yoq tomizilib, yana alangada ushlanadi. Bu ish 2—3 marta takrorlanadi. Preparat sovigandan keyin qog‘oz olib tashlanadi va suv bilan yuviladi.

  2. Preparat 5 % li sulfat kislotasi bilan rangsizlantiriladi, ya’ni

  1. 3 marta kislotaga botirib olinadi yoki preparat ustiga tomizilib, 20—30 sekund ushlanadi va suv bilan yuviladi.

  1. Suv-spirtli metilen ko‘k bo‘yog‘i bilan 3—5 daqiqa bo‘yaladi va suv bilan yuviladi. Uy haroratida quritiladi.

Mikroskopning immersion sistemasida tekshiriladi. Kislotaga chidamli bakteriyalar qizil, chidamsizlari ko‘k rangda ko‘rinadi.
Ojeshko usulida bo‘yash (sporani aniqlash)

  1. Havoda quritilgan surtma ustiga bir necha tomchi 0,5 % li xlorid kislota tomizilib, spirtovka ustida bug‘ chiqquncha ushlanadi. Bu ish

  1. 3 marta takrorlanadi. Preparat quritiladi va fiksatsiya qilinadi.

  1. Qolgan bo‘yash ishlari Sil-Nilsen usulidagidek olib boriladi. Mikroskop ostida qaralganda, bakteriya hujayrasi ko‘k yoki havo rangda, spora qizil rangda ko‘rinadi.

Romanovskiy-Gimza usuli bo‘yicha bo‘yash
Mikrobiologiyada hujayra tuzilishini, masalan, uning o‘zagini o‘rganishda bu usuldan keng foydalaniladi. Bundan tashqari, bu usul sodda jonivorlar, spiroxeta va rikketsiyalar morfologiyasini o‘rganishning asosiy usullaridan bin hisoblanadi. Romanovskiy-Gimza bo‘yog‘i azir, eozin va metilen ko‘kining aralashmasidan iborat. Bu bo‘yoq suyuq holatda ko‘kimtir binafsha tusda bo‘ladi (tayyor holda ham sotiladi). Bevosita surtmani bo‘yashdan avval 10 ml distillangan suv (pH 7,0) va 7 tomchi bo‘yoqdan iborat aralashma tayyorlanadi. Fiksatsiya qilingan surtma bo‘yoq aralashmasi solingan idishga tushirilib, preparat surtilgan tomoni pastga qaragan holatda 1 soat davomida qo‘yiladi. So‘ngra bo‘yoq to‘kib tashlanadi, preparat suvda yaxshilab yuvilib, ochiq havoda quritilad. Mikroskopda tekshirishda esa immer­sion obyektividan foydalaniladi.
Zbradovskiy usuli. Bu usul Sil-Nilsen usulining takomillashtirilgan va rikketsiyalarni bo‘yashga mo‘ljallangan urinishidir. Bo‘yashga kirishishdan avval, 10 tomchi sil karbol fuksinini 10 ml distillangan suvda aralashtirilib, bo‘yoq tayyorlaniladi. Fiksatsiya qilingan preparat mazkur aralashmada 5 daqiqa davomida bo‘yalgandan keyin, bo‘yoqni to‘kib tashlab, xlorovodorod kislotasining 0,01 % li eritmasida

  1. 3 sekund davomida rangsizlantiriladi. Preparat yuvib tashlangach,

  1. daqiqa davomida 1 % metilen ko‘kida bo‘yaladi, suvda yuvilib immer­sion sistemasi bo‘yicha mikroskopda tekshiriladi. Rikketsiyalar qizil rangga bo‘yaladi, ular ko‘payadigan hujayralar esa ko‘kish tusga kiradi.

Mikroorganizmlarning harakatchanligini aniqlash
Mikroorganizmlarning harakatchanligi ikki usulda aniqlanadi:

  1. Makroskopik usul.

  2. Mikroskopik usul.

Makroskopik usul. Cho‘g‘lantirilgan bakteriologik qovuzloq yordamida tekshirish materiali olinadi va yarimsuyuq uglevodli muhitga sanchib ekiladi. Ekilgan muhit termostatda 37°C haroratda 24 soatga qoldiriladi. Vaqt o‘tgach, oziqa muhitni termostatdan olib tekshiriladi. Mikrob kultura harakatchan bo‘lsa, oziqa muhitning barcha qismida yoyilib o‘sadi. Mikrob kultura harakatsiz bo‘lsa, oziqa muhitining sanchib ekilgan yeridagina o‘sadi.
Mikroskopik usul. Mikroblarning harakatchanligini aniqlash uchun suyuq muhitda o‘sgan mikrob kulturasi yoki fiziologik eritmada eritilgan mikrob yuvindisi kerak bo‘ladi. Mikroblarning harakatchan­ligini mikroskop usulda aniqlash ikki usulda: ezilgan va osilgan tomchi preparatlari yordamida aniqlanadi.
Ezilgan tomchi preparati. Yog‘sizlantirilgan buyum oynasi ustida cho‘g‘lantirilgan bakteriologik qovuzloq yoki pipetka yordamida mikrob kulturasi olib tomiziladi. Yopqich oynachasining to‘rt chetiga vazelin surtib tomchining ustiga burchak ostida yotqiziladi (havo qolmasligi uchun), preparat qurib qolmasligi uchun nam kameraga solib qo‘yiladi.
Nam kamera — bu namlangan filtr qog‘ozi solingan Petri kosachasidir. Filtr qog‘oz ustiga 2 ta gugurt cho‘pi qo‘yiladi va uning ustiga tayyorlangan preparat o‘rnatiladi. Petri kosachasining qopqog‘i yopiladi.
Mikroskopning 40x obyektivida tekshiriladi.
Osilgan tomchi preparat. Yopqich oynachaning to‘rt chetiga va­zelin surtiladi, uning ustiga bir tomchi mikrob kulturasi tomiziladi. So‘ng asta-sekin botiq oynachani yopqich oynacha ustiga yopiladi, tomchi oynachalarni tezlikda aylantiriladi. Germetik yopilgan kamera- dagi tomchi uzoq vaqt saqlanadi. Mikroskopik kichik obyektivda (8x) tomchining cheti topiladi, so‘ng katta obyektivda tekshiriladi.


MIKROORGANIZMLAR FIZIOLOGIYASI
Fiziologiya bobida mikroorganizmlarning hayotiy funksiyalari: oziqlanish, nafas olish, o‘sish va bo‘linib ko‘payishi o‘rganiladi. Fiziologik funksiya asosida, uzluksiz moddalar almashinuvi (meta- bolizm) yotadi.
Moddalar almashinuvi negizida, qarama-qarshilik va o‘zaro bog‘liq- lik jarayoni — assimilatsiya (anaboliz) va dissimilatsiya (katabolizm) yotadi.
Assimilatsiya jarayonida oziq moddalar o‘zlashtiriladi va ulardan hujayra tuzilishi sintezida foydalaniladi. Dissimilatsiya jarayonida esa oziq moddalar oksidlanib parchalanadi, buning natijasida mikrob hujayrasining hayoti uchun kerak bo‘lgan energiya ajraladi, oziq moddalar bo‘linishi natijasida murakkab organik birikmalar oddiy, past molekulali moddalarga parchalanadi, ular qisman hujayra to‘qi- masidan chiqarib yuboriladi. Qolgan qismi esa hujayrada biosintetik reaksiyada ishtirok etadi va assimilatsiya jarayoniga qo‘shiladi. Oziq moddalar sintezi va parchalanish jarayoni fermentlar ishtirokida sodir bo‘ladi. Moddalar almashinuvi mikroorganizmlarda shiddatli bo‘ladi. Qulay sharoitda bir dona mikrob hujayrasi bir kunda o‘zidan 30—40 marta katta oziq moddalarni qayta ishlashi mumkin.

Download 85,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish