2. Mavzu: Mikroorganizmlar morfologiyasi va fiziologiyasi. Reja: Mikroorganizmlar tasnifini va morfologiyasi, ularning hujayraviy tuzilishini



Download 85,12 Kb.
bet3/11
Sana05.07.2022
Hajmi85,12 Kb.
#741494
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-mavzu

Bo‘yoqlar tayyorlanishiga ko‘ra, uch xil bo‘ladi:

  1. To‘yingan spirtli bo‘yoqlar, ular faqat spirt yordamida tayyor- laniladi. Asosli bo‘yoqlardan 9—10 gr olinib, 100 ml 96° li spirt qo‘shiladi va erib ketguncha termostatda 37°C haroratda 24 soatga qoldi- riladi. Vaqt o‘tgach olinib, filtr qog‘ozi orqali filtrlanadi. To‘yingan spirtli bo‘yoqlarni oldindan tayyorlab qo‘yish mumkin, chunki ular tez aynimaydi. Masalan, 9—10 gr fuksin kukunidan olib, 96° li 100 ml spirtda eritiladi, natijada to‘yingan fuksin bo‘yog‘i hosil bo‘ladi.

  2. Spirtli-suvli bo‘yoqlar, ular spirt va suvdan tashkil topgan. Ularni tayyorlash uchun bir qism to‘yingan spirtli bo‘yoqqa 9 qism distillangan suv qo‘shiladi. Masalan, suyultirilgan fuksin (Pfeyfer) bo‘yog‘ini tayyorlash uchun 1 ml to‘yingan fuksin bo‘yog‘iga 9 ml distillangan suv qo‘shiladi.

  3. Suvli bo‘yoqlar, ular faqat distillangan suvda tayyorlaniladi. Masalan, Lyugol eritmasini tayyorlash uchun:

Yod — 1 gr.
Kaliy yodit — 2 gr.
Distillangan suv — 300 ml.
Lyugol eritmasini tayyorlash texnikasi. Kam suv miqdori (30— 50 ml) olinib, unga 2 gr kaliy yodit solib eritiladi. To‘liq erib bo‘lgandan so‘ng kristall yod solinadi va erib ketguncha aralashtiriladi. Erigandan so‘ng qolgan suv miqdori qo‘shiladi.
Sinev usulida qog‘oz bo‘yoqlarini tayyorlash.

  1. Gensian binafsha bo‘yog‘ini tayyorlash uchun:

Gensian binafsha kukunidan — 1 gr.
Glitserin — 5 ml.
96° li spirt — 100 ml.

  1. Fuksin bo‘yog‘ini tayyorlash uchun:

Asosiy fuksin kukuni — 2 gr.
Glitserin — 5 ml.
96° li spirt — 100 ml.
Bo‘yoqlarni tayyorlash texnikasi. Hovonchaga bo‘yoq kukunidan solinib, glitserin bilan yaxshilab aralashtiriladi. So‘ng spirt solinadi va erib ketguncha aralashtiriladi va 2 sm kenglikda qirqib, tayyorlab qo‘yilgan filtr qog‘oziga shimdiriladi. Qog‘ozlar uy haroratida quritiladi va kesib ishlatiladi.
Mikroorganizmlar morfologiyasini o‘rganish
Mikroorganizmlarning morfologiyasini o‘rganish uchun mikro- skopik usuldan foydalaniladi. Bu usulning muvaffaqiyatli chiqishi tekshirish materiali yoki bakteriologik kulturadan to‘g‘ri surtma preparat tayyorlanishiga bog‘liq. Kultura deb, laboratoriya sharoitida oziqa muhitida o‘stirilgan mikroorganizmlarga aytiladi.
Surtma preparat tayyorlash texnikasi
Ishlash uchun toza va yog‘sizlantirilgan buyum oynachalari hamda yopchiq oynachalari kerak. Yangi oynachalar 15—20 daqiqa 2—5 % sodali, sovunli suvda qaynatiladi, oqava suvda chayiladi. HCl eritmasiga solib qo‘yiladi, so‘ng yana suv bilan yuviladi. Bo‘yoq yoki immersion yog‘ bilan ifloslangan (ishlatilgan) oynachalarni ikki usulda zararsiz- lantirish mumkin.
Xlor aralashmasiga 2 soatga solib qo‘yiladi, so‘ng 5 % sodali yoki ishqoriy eritmada 30—40 daqiqa qaynatiladi va yaxshilab yuviladi. Yangi zararsizlantirilmagan oynachalarni sovunlab yuvish, so‘ng quruq latta bilan artish mumkin.
Diqqat! Agar buyum oyna yaxshilab yog‘sizlantirilgan bo‘lsa, suv hamma tarafga bir xilda tarqaladi, yaxshi tozalanmagan bo‘lsa, tomchi mayda tomchilarga bo‘linadi.
Surtma preparat tayyorlash uchun bakteriologik qovuzloq tayyorlab olish lozim. Bakteriologik qovuzloq 5—6 sm uzunlikda platina yoki xrom simidan tayyorlanadi. Sim qovuzloqning bir uchi ushlagichga yoki shisha tayoqchaga mahkamlanadi, ikkinchi uchi uzukka o‘xshatib,

  1. 1,5 yoki 2—3 mkm kattaligida qayriladi.

Diqqat! To‘g‘ri tayyorlangan bakteriologik qovuzloq suvga solib olinganida, suv pardasi hosil bo‘ladi. Surtma preparat tayyorlashdan avval, bakteriologik qovuzloq ishchi qismi alangada vertikal, so‘ng gorizontal holatda metall yoki shisha asosi cho‘g‘lantiriladi. Ishdan oldin va ishdan keyin, albatta, bakteriologik qovuzloq cho‘g‘lantirilishi shart!
Suyuq oziqa muhitida o‘sgan mikrob kulturasidan surtma preparat tayyorlash
Yog‘sizlantirilgan buyum oynasi alangada kuydiriladi va paxta bilan artiladi. O‘ng qo‘lda bakteriologik qovuzloq yuqorida aytilgandek cho‘g‘lantiriladi. Probirka chap qo‘lning katta va ko‘rsatkich barmoqlari orasiga olinadi. 4—5 yoki kichik barmoq yordamida, probirka qopqog‘i siqib ochiladi. Ish ehtiyotkorlik bilan bajarilishi lozim. Probirkaning og‘zi alangadan o‘tkazilib olinadi. Qovuzloqni probirka ichiga kiritilib, devorida sovitiladi va mikrob kulturasidan olinadi. Qovuzloqni probirka devoriga tekkizilmasdan chiqariladi va alangadan o‘tkazilib, probir­kaning qopqog‘i yopiladi. Probirkani shtativga qo‘yiladi. Qovuzloqdagi mikrob kulturasi buyum oynachasida bir-ikki tiyinlik kattalikda bir xilda yoyiladi. Qovuzloq alangada cho‘g‘lantiriladi. Surtma preparatni quritishga qoldiriladi.
Zich oziqa muhitida o‘sgan mikrob kulturasidan surtma preparat tayyorlash
Tayyorlangan buyum oynacha ustiga Paster pipetkasi yoki qovuzloq yordamida natriy xlorning (0,9 %) izotonik eritmasi tomiziladi. Cho‘g‘lantirilgan qovuzloq probirka devorida yoki mikrob kulturasi o‘smagan yerda sovitiladi va mikrob kulturasidan olib, buyum oyna- chasidagi izotonik eritma bilan aralashtiriladi. Tayyorlangan surtma— preparat bir xilda yoyilgan bo‘lishi va quyuq bo‘lmasligi lozim. Tayyor­langan surtmani quritishga qoldiriladi.
Yiring yoki balg‘amdan surtma tayyorlash
Yiring yoki balg‘amdan cho‘g‘lantirilgan qovuzloq yoki steril pipetkada olinib, buyum oynachasi o‘rtasiga tomiziladi. Ikkinchi buyum oynacha bilan birinchi oynacha yopiladi. Ikkita buyum oynacha u tomondan bu tomonga harakatlantiriladi, natijada ikkita katta surtma hosil bo‘ladi.
Qondan surtma tayyorlash
Buyum oynasining bir chetiga qon tomchisi tomiziladi, so‘ng ikkinchi pardozlangan oynacha bilan 45° ostida qonga tekkiziladi.
Pardozlangan oynacha yordamida qon buyum oynachaning u boshidan bu boshiga yurg‘iziladi. To‘g‘ri tayyorlangan surtma sarg‘ishroq va yorug‘lik o‘tadigan bo‘ladi.
Ichki a’zolardan va qattiq oziq-ovqatlardan surtma tayyorlash
Sinamaga olinadigan a’zo yoki oziq-ovqat pinset yordamida ushlanadi va steril skalpel yordamida bo‘lakcha qirqib olinadi. Mana shu bo‘lakcha buyum oynasining 2—3 joyiga surtiladi.
Surtmani quritish
Surtma xona haroratida havoda quritiladi. Uni tez quritish kerak bo‘lsa, alanga ustida katta va ko‘rsatkich barmoq ustiga qo‘yilib, qo‘l kuyadigan balandlikda ushlab quritiladi.
Diqqat! Yuqori harorat ta’sirida hujayra tuzilishi buziladi.
Surtmani fiksatsiya qilish
Surtma to‘liq qurigandan so‘ng fiksatsiya qilinadi. Fiksatsiya ikki usulda olib boriladi:


  1. Download 85,12 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish