2. Mavzu: Mikroorganizmlar morfologiyasi va fiziologiyasi. Reja: Mikroorganizmlar tasnifini va morfologiyasi, ularning hujayraviy tuzilishini



Download 85,12 Kb.
bet2/11
Sana05.07.2022
Hajmi85,12 Kb.
#741494
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-mavzu

Nukleoidhujayraning yadro moddasi, irsiy apparati bo‘lib hisoblanadi. Yetilgan hujayra nukleoidi ikkita uzukka o‘xshash buralgan DNK ipchasidan iborat, DNK molekulasida genetik ma’lumotlari kodlangan hujayraning yadro moddasi genetik atamaga ko‘ra, genofor yoki gen nomini olgan.
Sitoplazmada ribosoma bo‘lib, u oqsillarni parchalash funksiya­sini bajaradi. Uning tarkibiga 60 % RNK va 40 % oqsil kiradi. Hujay- ralar soni 10000 taga yetadi. Ribosomalar bir-biriga qo‘shilib poliso- malarni hosil qiladi.Kiritmalar o‘zida turli xil zaxira oziq moddalar: kraxmal, glikogen, yog‘ va lyutein donachasini saqlovchi granulalar. Ular sitoplazmada joylashgan. Bakteriya hujayralari hayot jarayonlarida himoya organellalarini, kapsula va sporani hosil qiladi.
Kapsula — hujayra devorining tashqi tarafdan yopishgan shilliq qavat hisoblanadi. Ayrim bakteriyalar, odam yoki hayvon organizmiga tushganda, kapsula hosil qiladi. Kapsula mikroorganizmlarni odam organizmining antagonistik omillardan himoya qiladi (pnevmokokk, kuydirgi qo‘zg‘atuvchilari). Ayrim mikroorganizmlarning doimiy kapsulasi mavjud (klebsiyellalar). Ular kapsula hosil qilishiga ko‘ra, quyidagilarga bo‘linadi.
Mikroorganizmlar organizmga tushganda va tashqi muhitda kapsula hosil qiladigan (klebsiyella), kapsula hosil qilmaydigan (sil, qoqshol), faqat organizmda kapsula hosil qiladigan (pnevmokokk, kuydirgi) mikroorganizmlarga bo‘linadi. Sporalarni faqat tayoqchasimon bakteriya hosil qiladi. Bakteriyalar noqulay sharoitga tushganda (yuqori harorat, quritish, vodorod ion ko‘rsatkichining o‘zgarishi, oziqa moddalar kamayishi va b.) o‘z turini saqlab qolish uchun spora hosil qiladi. Spora bakteriya ichida joylashadi, ya’ni sitoplazma va nukleoid bir yerga to‘planib, mustahkam qobiq bilan o‘ralib oladi. Spora vegetativ hujay- radan tarkibida kam miqdorda suv, ko‘p miqdorda yog‘ va kalsiy tuzi bo‘lishi bilan farqlanadi, bu sporani chidamli qiladi. Spora 18—20 soat ichida yana vegetativ shaklga aylanadi.
Bakteriya hujayrasi faqat bitta spora hosil qiladi, shuningdek, bo‘linib ko‘payuvchi a’zo bo‘lib hisoblanmaydi, faqat tashqi muhit omillaridan saqlaydi. Spora hosil qiladigan aerob bakteriyalarni batsillalar, anaeroblarni esa klostridiylar deyiladi. Sporalar shakliga, katta-kichikligiga, joylanishiga ko‘ra farqlanadi.
Joylanishiga ko‘ra: markaziy — hujayraning o‘rtasida (kuydirgi), sub­terminal — hujayraning uchiga yaqin (botulizm), terminal — hujayraning uchida joylashadi (qoqshol). Sporani zararsizlantirish uchun avtoklavda 1—1,5 atm bosim ostida 1 soat davomida sterilizatsiya qilish lozim.
Xivchinlar — harakatlanuvchi a’zolar. Ular yupqa ipsimon fibril- lalar, oqsil—flagellindan tashkil topgan. Xivchin bakteriyalarga nisbatan uzun bo‘ladi. Xivchinlar sitoplazmadagi bazal tanachalaridan boshlanadi va hujayradan tashqariga chiqadi. Ularning harakatchanligini mikroskop ostida yoki yarimsuyuq agarda aniqlash mumkin. Xivchinlarning tuzilishi elektron mikroskopda o‘rganiladi. Bakteriyalar xivchinlarning joylanishiga ko‘ra, guruhlarga bo‘linadi: monotrixlar — bitta xivchinli bakteriyalar (vabo qo‘zg‘atuvchisi), amfitrixlar — bakteriyaning ikki uchida bir necha yoki to‘p bo‘lib joylashadi (spirillalar), lofotrik bakteriyaning bir uchida bir to‘p bo‘lib joylashadi (ishqor hosil qiluvchi najasli bakte­riyalar), peretrixlar — xivchin bakteriya devorining barcha qismida joylashadi (ichak tayoqchasi). Pili yoki fibrillar bakteriya hujayrasining yuza qismida joylashadi. Ular xivchinlarga nisbatan yupqa va kalta, buramali bo‘ladi. Pililar pilin oqsilidan tashkil topgan. Ular odam va hayvon hujayrasiga yopishishda va nasl belgilarini uzatishda ishtirok etadi.
Bo‘yoqlar, ularning tasnifi
Mikroblarni bo‘yab o‘rganish, ularni farqlash uchun anilin bo‘yoqlar qo‘llaniladi.

  1. Bo‘yoqlar tarkibiga ko‘ra, ikki xil bo‘ladi:

  1. Asosli bo‘yoqlar, ularga:

  1. asosli fuksin — kukunsimon, qizil rangda;

  2. gensian binafsha — kukunsimon, binafsha rangda;

  1. metilen ko‘k — kukunsimon, ko‘k rangda.

  1. Kislotali bo‘yoqlar, ularga ezoin, fuksin va boshqalar kiradi.


  1. Download 85,12 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish