Fiziologiya



Download 1,6 Mb.
bet13/38
Sana14.07.2022
Hajmi1,6 Mb.
#794637
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38
Bog'liq
Fiziologiya

2- rasm. So’lak bezlari.
Sekrestiya qilinadigan so’lak tarkibi bo’yicha bezlar uch turga bo’linadi: seroz (tarkibida shilimshiq modda - mustin bo’lmagan sekret ajratadigan), shilimshiqli (mustinga boy so’lak ishlab chiqaradigan) va aralash bezlar. Quloq oldi bezlar va til yon yuzalaridagi bezchalar seroz, tanglay va til ildizdagi bezchalar shilimshiqli, jag’ osti, til osti, til uchi, lunj va lablardagi bezchalar aralash bezlardir.
Og’iz bo’shlig’ida ovqat bo’lmaganda o’rtacha 0,24 ml\min so’lak ajraladi va og’izni ho’llaydi, chaynash vaqtida 3-3,5 ml\min tezlikda so’lak ajratiladi. So’lak miqdori ovqat turiga bog’liq bo’lib, limon kislota eritmasiga javoban 7 ml\min so’lak ajraladi. Bir kecha-kunduzda 0,5-2,0 litr so’lak ishlab chiqariladi.
So’lak rangsiz, quyuqroq, ko’piklanadigan tiniq bo’lmagan suyuqlik, uning zichligi 1,001-1,017. So’lak tarkibining 99,4-99,5% ini suv, 0,5-0,6 % ini quruq modda tashkil etadi. Quruq moddaning 2\3 qismi organik birikmalar: oqsil, aminokislotalar, karbonsuvlar, siydikchil, ammiak, kretinin v.b.dan iborat. So’lak tarkibidagi mustin uni epishqoq qilib turadi va luqmaning sirg’anishini engillashtiradi. So’lak tarkibidagi anorganik moddalar - Na, K, Ca,Mg va boshqa elementlarning xlorid, karbonat, fosfat v.b. tuzlaridir. Elektrolitlar konstentrastiyasi turli bezlarni so’lagida bir xil emas, ularning miqdori sekrestiya tezligiga bog’liq holda oshadi. Quloq oldi bezlar so’lagida pH 5,8 ni, jag’ osti bezlari so’lagida pH 6,4 ni va aralash so’lakda pH 5,8-7,4 ga teng. Sekrestiya tezligi oshganda pH 7,8 gacha ko’tariladi(1-jadval).
1-jadval. So`lakning tarkibi.




Sutkalik miqdori

1000 – 1500 ml




Ovqat chaynash vaqtida uning ajralish tezligi

1,0 dan 200 ml soatgacha




Solishtirma massasi

1002 – 1008




Reaksiya (RN)

6,0 – 7,9




Tarkibi :







Suv

99,4 %




Quruq moddalar

0,6 %




Organik moddalar

320 mg %




Mineral moddalar

280 mg %

So’lak tarkibida alfa-amilaza (ptialin), proteinaza, lipaza, ishqorli va nordon fosfataza, RNK- aza kabi fermentlar bor. Alfa - amilaza polisaxaridlar (kraxmal va glikogen)ni disaxarid - maltoza va qisman glyukozagacha parchalaydi. So’lak ami-lazasi o’z ta’sirini og’iz bo’shlig’ida boshlab, me’dada ham davom ettiradi, ammo nordon me’da shirasi ovqatning chuqur qatlamigacha kirib borgunga qadar. Qolgan fermentlar kam miqdorda va past faollikka ega. So’lakdagi lizostim uning bakte-riostidlik xususiyatini ta’minlaydi. So’lak tarkibidagi kallikrein tomirlarni kengay-tiruvchi kininlar hosil qilishda ishtirok etadi.So’lakning tarkibi va xossalari yosh utishi bilan o’zgaradi, uning miqdori va tarkibi qabul qilinayotgan ovqat tarkibi va turiga bog’liq. Kislotalar, achchiq va inkor etiladigan narsalar, quruq ovqatga ko’proq so’lak ajraladi. Og’zaki va yozma nutq ham so’lak ajralishini kuchaytiradi ( Sudakova K.V. 2012).
Bolalarda hazm jarayoni o’ziga xos xususiyatlarga ega. Chaqaloq va emi-zukli bolalarga laktotrof ovqatlanish xos bo’lib, unda bolalar asosan ona sutini iste’mol qiladilar. Faqat ona sutigina tez o’sayotgan bola organizmini plastik va energetik ehtiyojini (6-9 oygacha) to’la qondiradi. Chaqaloqlarning so’lak bezlari oz miqdorda so’lak ajratadi: emish davrida 0,4ml\min, qolgan paytda0,01-0,1 ml\min. Uning muhiti neytral, unda fermentlardan amilaza aniqlangan. Biroq amilaza bilan lizostim fermentining faolligi katta yoshdagilarga nisbatan ancha past. Ferment faolligi bola 2-7 yoshga etganda ortadi. Bola 2 yoshga etganda so’lakda maltaza fermenti paydo bo’ladi. Biroq ferment faolligi qiz bolalarda o’gil bolalarga qaraganda ancha yuqori. Sigir suti bilan boqilgan bolalarda so’lak miqdori ona suti bilan boqilgan bolalarga nisbatan ancha ko’p bo’ladi( Novikova E.Ch., Ladodo K.S.,i dr., 2002).
So‘lak ajralishining boshqarilishi. Ovqat iste’mol qilish reflektor so’lak sekrestiyasini qo’zg’atadi, so’lak 1-3 s o’tishi bilan ajrala boshlaydi. Og’iz res-teptorlaridan impulslar MNT ga uchlik, bet, til-halqum va adashgan nervlar afferent tolalari orqali o’tkaziladi. Asosiy so’lak ajratish markazi uzunchoq miyada joylash-gan. U yuqorigi va pastki so’lak ajratish yadrolaridan iborat bo’lib, ter ajratish, nafas olish, tomir harakatlantiruvchi va boshqa markazlar bilan hamkorlik qiladi. Yuqorigi so’lak ajratish yadrosidan tolalar nog’ora tori tarkibida jag’ osti va til osti vegetativ tugunlarga borib, undan til nervi tarkibida jag’ osti va til osti so’lak bezlariga boradi. Yuqorigi yadrodan tolalar yana katta toshsimon nerv (oraliq nerv tarmog’i) tarkibida qanotsimon tanglay tugunga borib, so’ng katta va kichik tanglay nervlari tarkibida qattiq tanglaydagi mayda so’lak bezlariga boradi. Pastki so’lak ajratish markazidan qo’zg’alish pastki toshsimon nerv (til halqum nerv tarmog’i) orqali quloq tuguniga, undan chakka quloq nervi (uchlik nerv tarmog’i) tarkibidagi tolalar orqali quloq oldi so’lak beziga boradi.
So’lak bezlariga simpatik nervlar orqa miya II-IV ko’krak segmentlar yon shoxlaridan keladi. Qo’zg’alish dastlab preganglionar tola orqali yuqorigi bo’yin simpatik tugunga, undan tashqi uyqu arteriyasi bilan yo’nalgan postganglionar tolalar orqali so’lak bezlariga boradi. Parasimpatik tola uchlari ajratadigan astetil-xolin mediatori ta’sirida so’lak ajratilishi kuchayadi, lekin u suyuq bo’ladi. Sim-patik nervlarning noradrenalin mediatori ta’sirida oz miqdordagi quyuq, organik moddalarga boy so’lak ajraladi. So’lak sekrestiyasining kuchayishi bezdagi tomirlar kengayishi bilan birga sodir bo’ladi.
So’lak ajralishi shartsiz reflektor mexanizmidan tashqari shartli reflektor mexanizmga ham ega. Ovqatning ko’rinishi, hidi, unga bog’liq tovushlar, ovqat to’g’risidagi gaplar shartli reflekslar orqali so’lak sekrestiyasini keltirib chiqaradi. Eng yuksak so’lak ajratish markazi miya po’stlog’ida joylashgan. Og’riq, salbiy emostiyalar, aqliy taranglanish, degidratastiya so’lak sekrestiyasini tormozlaydi. So’lak ajralish markazini ba’zi gumoral omillar ham (masalan, CO2 ba’zi toksinlar) qo’zg’atishi mumkin. So’lak bezlarining denervastiyasi uzluksiz, to’xtamasdan so’lak oqishiga (falajlanish oqibatida) sabab bo’ladi. Birinchi kunlarda degenervas-tiyaga uchragan asab tolalari ko’plab astetilxolin ajratadi, keyinchalik degener-vastiya kuchayib borishi bilan astetilxolin ajratilishi pasayadi va hujayralarning gumoral omillarga sezuvchanligi oshadi.
So’lak ajratilishining boshqarilishida gumoral omillardan gipofiz, buyrak usti bezi, qalqonsimon, me’da osti bezlari gormonlari va metabolitlar muhim rol o’ynaydi. Gumoral omillar bevosita bosh miya asab markazlariga ta’sir etish yoki chetki qismlar-sekretor asab hujayralar, sinapslarga ta’sir etish yo’li bilan so’lak bezlari sekrestiyasini boshqaradi. So’lak sekrestiyasining boshqarilishi so’lak ajra-tilishini organizmning aynan shu laxzadagi ehtiyojlariga moslashuvini ta’minlab turadi. Masalan, ta’m resteptorlari ta’sirlanganda organik moddalar va fermentlarga boy so’lak, termoresteptorlar ta’sirlanganda suyuq, organik moddalari kam so’lak ajratiladi.
Depressiya, isitma ko’tarilishi, organizm ko’p suv yo’qotishi, qandli diabet, anemiya, uremiya, so’lak bezlari tizimi xastaligi vaqtida so’lak kam hosil bo’ladi. So‘lak bezlar sekretsiyasining susayishi giposalivatsya deb ataladi. Ortiqcha so‘lakning ajralishi- gipersalivatsiya (ptializm) juda ko‘p patologik holatlarda kuzatiladi Og’iz bo’shlig’i xastaliklari-gingivit, stomatit, shuningdek o’n ikki barmoq ichak yarasi, pankreatit kasalliklarida so’lak ajralishi kuchayadi. So‘lak ajralishining latent davri ovqatning ta'sir etish kuchiga bog‘liq bo‘lib, 1-30 s tashkil qiladi. So‘lak sekretsiyasi butun ovqatlanish davri davomida kuzatiladi. Ovqatlanish jarayoni tugashi bilan so‘lakning ajralishi tugallanadi. Ovqat chaynalgan tomondan ovqat chaynalmagan tomonga nisbatan so‘lak yuqoriroq faollik bilan ajraladi.

Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish