Hozirgi o‘zbek she’riyatida janrlar Reja



Download 83 Kb.
bet1/9
Sana17.11.2022
Hajmi83 Kb.
#867566
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Hozirgi o\'zbek she\'riyatida janrlar


Hozirgi o‘zbek she’riyatida janrlar
Reja

  1. Hozirgi she’riyatning asosiy xususiyatlari.

  2. Hozirgi o‘zbek she’riyati tasnifi

  3. She’riyatda komil insonni shakllantirishda milliy g‘oya va mafkuraning roli.

  4. She’riyatdagi shakliy izlanishlar.

  5. O‘zbek modern she’riyati.

  6. Hozirgi o‘zbek she’riyatida janrlar.



Adabiyotlar
1.U. Normatov. Tafakkur yog‘usi. Toshkent. 2005.
2. U. Hamdamov. Badiiy tafakkur tadriji. Toshkent. YAngi asr avlodi.2002.
3. Mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti. Toshkent. G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot.2002.
4. Q. Yo‘ldoshev. YOniq so‘z. Toshkent. YAngi asr avlodi. 2006.
5. H. Karimov. Istiqlol davri adabiyoti. Toshkent. YAngi nashr. 2010.
6. XX asr o‘zbek she’riyati antalogiyasi. Toshkent. Milliy ensiklopediya nashriyoti. 2007.
Adabiyotshunos Ibrohim Haqqul ta’kidlaganidek “SHe’riyat – butun mohiyat e’tibori bilan bedorlikka da’vat. SHoirlik - ruhan va qalban bedorlik, jamiyat, davr, xalq va muhitga nisbatan bedorlik. SHoir mudroq hissiyotlarga tayanib yashashi, ma’lum bir toifa kishilariga o‘xshab olam vokea-hodisalarining sharpalarinigina ko‘rib ko‘rmasdan qanoat etishi mumkin emas. Uning beorom, halovat bilmas yuragi, qaysi bir darajada bo‘lmasin, aniqlik markazi. Unda hayot, inson, ezgulik, yovuzlik, adolat haqidagi aniq haqiqatlar aks etadi. Unda yolg‘on va aldovlar pardasidan ozod buyuk g‘oya va maqsadlar nafas oladi. Mana shuning uchun biz chin shoir qalbining inqilobiy g‘alayonlarini muqaddas bilamiz”. Munaqqid yozganidek, chin shoir qalbining inqilobiy g‘alayonlarini istiqlol yillari she’riyatimizga kirib kelgan shoirlar ijodida ko‘p uchratamiz.
Hozirgi o‘zbek she’riyatini shartli ravishda quyidagicha tasnif qilish mumkin. 1. An’anaviy she’riyat. 2. Xalqona she’riyat. 3. Modern she’riyat.
An’anaviy she’riyat – an’anaviy barmoqda yozilgan she’rlar alohida turkumni tashkil etadi. Uning namoyandalari: A.Oripov, O.Matjon, H.Xudoyberdieva, S.Hakim, I.Mirzo, G‘.Mirzo kabi shoirlar. Xalqona she’riyat folklor motivlari, ohanglari asosida yozilgan she’rlar bo‘lib uning namoyandalari: M.YUsuf, S.Sayyid, R.Musurmon kabi shoirlar. Modern she’riyat ramziylikka, majoziylikka asoslangan she’rlar bo‘lib, uning namoyandalari: A.Qutbiddin, B.Ro‘zimuhammad, Faxriyor kabi shoirlardir.
Adabiyotshunos U.Hamdam istiqlol davri she’riyatini quyidagicha tasnif qiladi. 1. An’anaviy barmoq. 2. Xalqona ohang. 3. Aruz. 4. Modernistik ohang (yoki ohangsizlik). 5. Sinkretik (qorishiq) usul.
Adabiyotshunos H.Karimov istiqlol davri she’riyatini to‘rt tamoyilga ajratib o‘rganadi.

  1. Istiqlol mohiyati aks etgan she’riyat.

  2. Milliy g‘oya va milliy mafkura ifodasi aks etgan she’riyat.

  3. Islom asotirlari va g‘oyalarining badiiy talqini aks etgan she’riyat.

  4. Modern va modern yo‘nalishidagi she’riyat.

Bu tasniflar, albatta, nisbiy. Hozirgi o‘zbek she’riyatida ona-Vatan, ona-yurt mustaqilligini ulug‘lash, ona-tabiatimizni asrab - avaylash, milliy o‘zlikni anglash, qadriyatlarni madh etish, umuman olganda, azaliy va abadiy mavzular etakchilik qiladi. Quyida hozirgi o‘zbek she’riyati rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan A.Oripov, M.YUsuf, U.Azim, S.Sayyid ijodi yuzasidan ayrim kuzatishlarimizni havola qilamiz.

Download 83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish