Hozirgi o‘zbek she’riyatida janrlar Reja



Download 83 Kb.
bet5/9
Sana17.11.2022
Hajmi83 Kb.
#867566
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Hozirgi o\'zbek she\'riyatida janrlar

Usmon Azim she’riyati
Usmon Azim o‘zbek she’riyatiga o‘tgan asrning 70-yillarida kirib keldi. Universitet tahsili. Harbiy xizmat. Soldatdan kelgan maktublar. SHuhrat domlaning “Oq fotiha”si, nihoyat “Insonni tushunish”. Talabalar, she’r muxlislari orasida katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan – “Insonni tushunish”dan – “Saylanma”gacha, “Kuz”dan – “Sog‘inch”gacha –“YUrak”dan “Fonus”ga qadar o‘nlab she’riy kitoblar chiqardi.
U.Azim “Surat parchasi haqida doston” she’rida “har bitta satrimga Haqiqat, Vijdon, Ishq, Dunyo, Vatanning ko‘zila boqdim...”deb yozadi. SHoirning lirik qahramoni ana shu tuyg‘ular muhabbatini yuragiga jo qilib yashaydi. U shunchaki yashashni, ijod qilishni hohlamaydi.
SHe’riyat shoir uchun mangu qiynoq. Ammo qiynoqsiz u hayotini tasavvur etolmaydi. SHu boisdan qiynoq - sharaf.
Hali butun ro‘yi jahon she’r bo‘lajak,
Faqat bekor bilib orom quchog‘ini.
Bu dunyoni sirga ko‘mib yashash kerak,
Qalbga sanchib she’riyatning pichog‘ini.
SHoir hozirga qadar she’riyatning pichog‘ini yurakka sanchib ijod qilmoqda. Ijodkor she’riyatining bosh timsoli - Haqiqat. Uning ko‘ngil ka’basi, sig‘ingani – Haqiqat. U tabiat va jamiyat hodisalariga haqiqat ko‘zi bilan qaraydi. Haqiqat doimo shoir qalbining to‘rida yashaydi.
Birov madaladi seni, haqiqat
Qalbida tugabmi kurashning qo‘ri
Ko‘zingdan o‘rgilay, o‘tgin, marhamat
Haqiqat, sengadir ko‘ksimning to‘ri...
Ayniqsa, totalitar tuzum davrida Millat va Vatan haqiqatlarini yozish uchun shoir turli badiiy vositalardan mahorat bilan foydalandi. Xususan, folklor motivlariga murojaat etdi. Goh Elbek baxshi tilidan, goh Alpomish tilidan, goh ertak qahramonlari tilidan kuylab o‘z davrining jarohatli nuqtalarini qalamga oldi. Bu haqida shoir Mirzo Kenjabek shunday yozadi: “Usmon Azim shiddatli tuyg‘ulari bilan, keskin holatlar va aniq tasvirlari bilan o‘zbek she’riyatiga yangicha ruh olib kirdi. Xalqning pajmurda jasadiga ruh kirituvchi xilqat - rost so‘z ekanini Elbek baxshi bo‘lib bunday ifodalaydi:
Haq gap uchun har bir gapga ko‘nadi el
To‘g‘ri so‘zdan ko‘payadi, to‘ladi el.
Dordan ko‘rqib yolg‘on aytib turganim yo‘q
SHoirlari yolg‘on aytsa o‘ladi el...”
SHoirning yuragi vatan tuyg‘usi, vatan muhabbati bilan yonadi. Tabiat va jamiyatdagi yilt etgan hodisada Vatan suvratini ko‘radi:
Opa – Vatan ulug‘ dard,
Opa, Vatan bog‘ bo‘lsin!
SHe’rda suvratin chizsam
To‘rt muchchasi sog‘ bo‘lsin.
Vatan ichra vatanlar bor. Boysun – shoir tug‘ilgan yurt. Uning she’rlari Boysuntog‘ning havosidan nafas oladi. Boysun odamlari, tog‘u toshlari, ko‘cha-bog‘lari lirik qahramon ko‘z o‘ngidan bolalikning g‘amgin xotiralarini yodga soladi:
Mening Boysunimda tug‘ilar bulut,
Tog‘larga qadalgan – osmoni yaqin.
Mening Boysunimda ko‘k yuzin olib,
Tug‘ilib –o‘lishni mashq qilar chaqin...
U.Azim she’riyati simvolik she’riyat. U A.Blok, V.Bryusov, M.Svetaeva, B.Pasternak kabi shoirlardan ijodiy ta’sirlangan. Zamin va zamon, tabiat va jamiyat voqeliklarini ifodalashda ramziy obrazlardan mahorat bilan foydalandi: Osmon, Tog‘, Tosh, Dasht, Kuz, YOz, Qish, YOmg‘ir, Olov, CHiroq kabi timsollarda inson qismati bilan bog‘liq holatlar tasvir etiladi. Masalan: tosh timsolida shoir butun dunyoni ko‘radi. Tosh ichra yashamoq, ko‘karmoq, qanchalar og‘ir. Demak, yaxshilab yashasang hayot ham qiynoq, iztiroblardan iborat. “Bitik toshlar orzusi”da shoir shunday yozadi:
Menga bir tosh kerak –osmon kabi keng
G‘azab kabi og‘ir, g‘amday benavo...
Menga bir tosh topib berolmading sen
Toshlari tuproqqa aylangan dunyo...
SHoirning lirik qahramoni hayot va o‘lim orasida yashaydi:
O‘limning borligi – qo‘rqinchli emas
YAshashning yo‘qligi – dahshatli qo‘rqinch.
SHoir she’riyatida O‘limning ham, G‘ussaning ham, Sevgi va Nafratning ham o‘z sururi bor. CHunki o‘lmoq – tugamoq, tamom bo‘lmoq emas. Aksincha, o‘lish – tirilish, qayta hayot bo‘lish. CHo‘lpon yozganiday “bir o‘chib, so‘nib, yana yonish” aslida ham o‘lim – yashamoqning davomi.
U.Azim butun ijod yo‘li davomida inson va tabiat orasidan uyg‘unlik izladi. Qishki bog‘, YOzgi bog‘, Kuzgi bog‘, Kuzgi bog‘ II, Kuzgi bog‘ III turkum she’rlarida inson hayoti bilan tabiat hodisalari muqoyasa qilinadi. Ayniqsa, kuz turkumidagi she’rlarda teran falsafiy mushohada yuritiladi. Ma’lumki, kuz tabiatda so‘lib sarg‘ayish, xazon fasli. U insonda ma’lum darajada o‘ksuk holatlar, mungli kayfiyatlar hosil qiladi. CHo‘lpon kuz timsolida butun bir millat taqdirini badiiy talqin etgan edi. Usmon Azimning qirq yosh ostonasida, o‘tgan asrning 90 – yillarida yozgan she’rlarida cho‘lponona ruh etakchilik qiladi...
Kuzda bir bor xazonlik topsang
Qisqaradi o‘zlikning yo‘li.
YArashmagay bejur’at itob,
Nega g‘ussang buncha beshitob
Ey, etmish yil xazon tergan yurt.
Inson uchun bir bor xazon bo‘lish - o‘zlikni anglash yo‘lidagi ilk qadamdir. SHoir etmish yil xazon tergan yurtga murojaat qilib, uni uyg‘oqlikka chaqirishi bejiz emas! Toki yurt ozod, erkin bo‘lolmas ekan uning qalbini g‘ussa, kuzak dardi tark etolmaydi.
SHoirning lirik qahramoni erk dardi bilan yashaydi. Uning uchun “Erk - azobidan qolgan g‘azabmas, Erk - g‘ussadan uchgan aqldir”. SHu sababdan, erk-manzilmas, ekr - yo‘ldir. Bu yo‘l – xatarli – azobli, so‘qmoqli g‘am-g‘ussa yo‘lidir. Ammo muqaddas, sharafli yo‘ldir. SHoir ham aslida bu hayotda yo‘lchidir. Uning izlagani - erk, suyangani - haqiqat.
O, she’riyat! O, ozodlik! Sen ham qulliksan asli!
Sohili yo‘q dengizingda ne maqsadni ko‘zlayman.
Ishonaman, hamma uchun keladi hurlik fasli,
Hurlikdan ham hurlik so‘rab faqat menda bo‘zlayman!
Ijodkor hamisha hayotdan qoniqmaslik hissi bilan yashaydi. U doimo ideallikka intiladi. Ushbu cho‘lponona misralar zamirida ham erk va ozodlikka tashna qalbning iztiroblari izhor etilgan.
SHoirning kuz turkumidagi she’rlarida ko‘p o‘rinlarda Ollohga munojotlari, murojaatlari uchraydi. “Tangrim, senga kerak emasmi? YUragidan ayrilgan odam”, yoki, “Yo‘q, Boysunni taniganim yo‘q, Tangrim esni tanimaguncha”. Ollohni tanish - insonni kamolot sari etaklaydi. Komillik yo‘li g‘oyat mashaqqatli, ma’rifat yo‘lidir. “Axir tangrim, kechir, qorong‘u tunlar, Bo‘zlab yo‘l so‘radim bandalaringdan”. Yo‘lsizlik, ayniqsa, ijodkorni ko‘zlagan maqsadga, manziliga etkazmaydi. Aksincha, u komil inson maslagi yo‘lini tutsa, Ollohni tanisa – o‘zini, o‘zligini taniydi:
O‘zni tanish – fursati – uzoq,
Qanday qiyin yonadi gunoh...
Sen o‘zingni taniganing chog‘,
Jamolini ko‘rsatar Olloh...
Usmon Azim yuragi yoniq ijodkor. U nima haqida va kim haqida yozmasin uyg‘oq ruh, qaynoq muhabbat bilan yozadi. Uning lirik qahramoni sevgi va nafrat, sog‘inch va armon iztirobi bilan yashaydi. “Men yana she’r topdim Aziz armondan. Sog‘inchda kul bo‘lgan yuragim yondi”, - deb yozadi bir she’rida. SHe’r ana shu Sog‘inch va Armonning dardidan tug‘iladi.
Usmon Azim “... she’rda holat yaratish insoniy holat manzaralarini chizishni baribir sevadi. Uning qator she’rlari kayfiyat suvratlari, ruh to‘lg‘anishlarining aksidan tarkib topgan. Bunday she’rlarida u asosan hijronda yongan odam holati, uning beomon qalb tebranishlariga asoslanadi” (I.Haqqul). Nozikta’b munaqqid I.G‘afurov “Salom, chiroq! Salom, Usmon” maqolasida Usmon Azimni Nitshega o‘xshatadi. Bu bejiz emas. U bir she’rida “YOng‘in – bir cholg‘uman: Musiqam – yonish” deb yozadi. Xazon bo‘lish, yonish, kul bo‘lish ijodkordan juda katta g‘ussali yurak talab etadi. “YOmg‘ir haqida ballada”sida “YOg‘aman, yog‘aman – ravishim - yig‘lov” satri bor. El va yurt dardi bilan yongan g‘ussali yurakka faqat birgina taskin bor:
YUragim uyg‘oqdir, tushim uyg‘oqdir...
Qo‘limda hech ne yo‘q, borim – dilimda,
Qo‘shig‘im - haqiqat, dorim tilimda
YAshashim qiyindir, o‘limim oson...

So‘z va she’r sog‘inchi unga taskin beradi. SHoirning yurak izhorlari tugamagan hali. Bu izhorlar insonni komillik sari etaklaydi. Unga o‘zini, o‘zligini, yurt va elini tanitishga chorlaydi.





Download 83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish