Hozirgi o‘zbek she’riyatida janrlar Reja


Muhammad YUsuf she’riyati



Download 83 Kb.
bet4/9
Sana17.11.2022
Hajmi83 Kb.
#867566
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Hozirgi o\'zbek she\'riyatida janrlar

Muhammad YUsuf she’riyati

SHe’riyat - bu buyuk qadim so‘qmoq ekan


Qiyin so‘qmoq ekan, qiyin so‘qmoq ekan.
SHirin azob ekan, jonni yoqmoq ekan.
Bir qo‘lda gul, bir qo‘lingda chaqmoq ekan ...
Muhammad YUsuf - she’riyatning ana shunday buyuk va qadim so‘qmoqlarini shirin jonni azobga qo‘yib kezib o‘tdi. SHoirdan bir dunyo she’r va she’rsevar muxlislar qoldi.
M.YUsuf adabiyotga 1970 yillarda kirib keldi. Ilk she’riy majmuasi «Tanish teraklar»dan so‘nggi kitobi «Saylanma»ga qadar o‘nlab majmualar e’lon qildi. SHe’r va qo‘shiqlari xalqimiz qalbining to‘ridan joy oldi.
Muhammad YUsuf - katta iste’dod egasi edi. U yaratib ketgan she’riyatning poetik dunyosi, obrazlar ko‘lami nihoyatda keng. Eng avvalo, shoir o‘zini shu aziz Vatanning sodiq farzandi sifatida uning go‘zalligini madh etdi. Unga «kindik qoni to‘kilgan dala-jannatlardan ham aziz» dir. Vatanni boshqa hech bir narsaga almashtirib, tenglashtirib, bo‘lmasligini o‘ziga xos qiyos ila ifoda etdi. M:
O‘zbekiston jonim to‘shay soyangga
Senday mehribon yo‘q,
Sendayin ko‘rkam,
Rimni alishmasman bedapoyangga ...

YOki:
Bildimki, baridan ulug‘im o‘zing,


Bildimki, yaqini shu tuproq menga
Bahorda Baxmalda tug‘ilgan qo‘zing
Arab ohusidan azizroq menga.
Vatan haqidagi tasavvurlar - milliy o‘zlikni anglash tuyg‘ulari bilan yo‘g‘rilib bir butunlik kasb etadi. CHunki o‘zlikni anglamay-o‘zini tanimas inson. O‘zlikni anglatish yo‘lida jonlarini fido etgan millat farzandlari: CHo‘lpon, Fitrat, F.Xo‘jaev, U.Nosir, A.Qodiriylar shoir xotirasidan birma-bir o‘ta boshlaydi:
O‘tgan kuning o‘tgan kundir.
O‘z boshingga etgan kun,
Qodiriyni bergan zamin,
Qodiriyni sotgan kun.
Qo‘lin bog‘lab
Dilin dog‘lab,
Etaklashib ketgan kun.
Voh, bolam deb aytolmagan
Dudig‘imsan, Vatanim ...
SHoir totalitar tuzum sharoitida inson erki, huquqi, muhabbatining toptalishi bilan bog‘liq masalalarni o‘kinch va alam bilan xotirlaydi: (SHiyponlarda o‘ltirarding Ko‘tarolmay boshingni Semiz vakil maktabidan haydab keldi o‘g‘lingni Kech kuz edi echib berding Egningdagi to‘ningni, Ol, kiyvol, polvonim mening Bobodehqonim mening).
M.YUsuf hukmron mafkura tazyiqi ostida milliy urf-odatlarimiz va an’analarimiz, avlodi ajdodlarimiz, ayniqsa, ona-tilimiz toptalganini yoniq misralarida afsus-nadomat ila tasvir etadi:
Garchi zug‘um qilganlarni yoqtirmadim.
SHe’r yozdimu bo‘lak ishni qotirmadim,
Tilim turib o‘z tilimda gapirmadim
Bir eslasam eziladi bag‘ri dilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim ...
SHoirning ona-Vatanga, ona tiliga bo‘lgan muhabbati dunyoda muqaddas ayol - Ona timsoli bilan birikib ma’lum bir tizim hosil qiladi. SHoir bilan bo‘lgan suhbatda «Siz uchun eng qadrli so‘z nima?» degan savolga «Eng qadrli so‘z - Ona!» deb javob bergan. Uning o‘z onasiga va Ona zotiga muhabbati cheksiz edi. Bu tuyg‘ular shoirning «Onamga», «Onamga xat», «Onaizor», «Onamdan xat» she’rlarida o‘z ifodasini topgan:
SHoirlik men uchun aslo orzumas
SHu ham ish bo‘ldimi yigit boshimga
Hamma shoir zotin yig‘sa arzimas,
Onamni sog‘inib to‘kkan yoshimga ...
M.YUsuf she’riyatida Muhabbat mavzusi bilan bog‘liq she’rlar alohida tizimni tashkil etadi. «Muhabbat o‘zi ko‘p eski narsa, lekin har bir yurak oni yongorta»,- deb yozadi qozoq oqini Abay. Muhabbat - insonni umr bo‘yi yashashga undaydigan pok tuyg‘ular majmui. Lekin shoir muhabbatda sadoqat bo‘lishini istaydi:
Muhabbat, ey, go‘zal iztirob,
Ey ko‘hna dard, ey ko‘hna tuyg‘u.
Ko‘kragimga qo‘lingni tirab,
YUragimni to‘kib qo‘yding-ku ...
Muhabbat - vafo va sadoqatni istaydi. Unga qilingan xiyonat kechirilmaydi. «Sevaman» deb yurgan yolg‘onchilarga yurak bergandan ko‘ra uni «yo‘lbarslarga edirmoq lozim» deydi shoir.
«Muhabbatning saroyi keng». Lekin bu muhabbat saroyining barcha yulduzlari so‘ngan. Ammo lirik qahramon umidsizlikka tushmaydi. U hayotida bir umrga so‘nmas yulduz bo‘lib qolgan, ko‘zlarida mo‘ltirab turgan ilk sevgini kutib yashaydi:
Bahor kelsa bog‘larga
Sevishganlar sig‘maydi.
Mening kuygan ko‘ksimda
Qizg‘aldoqlar yig‘laydi ...
M.YUsuf she’riyatida hayotning o‘lmas qonuniyatlari: tug‘ilish va o‘lim, makon va zamon, sabab va oqibat kabi tushunchalar shoir falsafiy olamining asosini tashkil etadi:
O‘lsamu unutsang menday yigitni
Qaro tuproq ko‘mib yotsa kuragim
Sen o‘choq oldida yoqqan gugurtning
Uchida lovullab tursa yuragim ...
«Gugurt uchida lovullab turgan olov» - poetik obraz bo‘lib, shoirning hayot haqidagi ideallarini ifodalaydi.
M.YUsuf - ko‘ngil kuychisi edi. O‘zi e’tirof etganidek, «ko‘nglidan boshqa zar»i yo‘q edi. Ko‘ngil - shoirnig suyanchig‘i, sig‘inadigan ka’basi. (Mening ko‘shkim ko‘kda - unga etmaydi qo‘l, Mening ko‘shkim ko‘ngil - unga eltgay bir yo‘l) Lekin bu Ko‘ngil hayotdan qoniqmaslik hissi bilan yashaydi. Ko‘ngilga eltadigan yo‘l esa bitta- Sog‘inch:
Singlim mening
Rangpargina singlim mening
Seni kutar tor uyingda to‘qqiz bola,
Keng uyingda poyoni yo‘q dashtu-dala,
Sen ko‘nikding
Ko‘nikmas hech ko‘nglim mening.
SHoirning aytilmagan baytlari bisyor edi. Bu baytlar «tug‘ilmagan qo‘shiqlar» singari teraklarning tanasida qolib ketdi. Uning «qalb daftari»ni varaqlar ekanmiz, bu foniy dunyoda inson umrining boqiy emasligi, hayotning o‘lmasligi, umuman, dialektik jarayonning o‘zgarmas holatlari lirik qahramon ruhiyatida mungli manzaralar yaratadi. «Dunyodagi barcha yo‘llarning oxiri - yig‘i. Odam yig‘i nima ekanligin anglab etgunicha, yaqinlari olamdan o‘tgan bo‘ladi»,- deb yozadi shoir (Qon yig‘latdi qaysi bag‘ritosh, Jayron, nega ko‘zing to‘la yosh. Oyog‘ingga qo‘yib yotay bosh Jayron nega ko‘zing to‘la yosh).
Tabiat garmoniyasini buzadigan «sayyod» larni insofga chaqirmoqchi bo‘ladi shoir. O‘zini sayd timsolida ko‘rib, ixtiyorini sayyodga topshiradi, hatto shirin jondan kechadi:
SHamol emas, izing quvib yurdi kamon,
Sayyod mening kulbamni ham qildi vayron.
Sening joning, mening jonim, omonat jon,
Erka kiyik maylimi bir erkalasam.
SHoir inson va tabiat orasidagi azaliy qarindoshlik rishtalarini uzmoqchi bo‘lgan, ezgulikni ko‘rolmaydigan bu dunyoning nokaslarini mehr-muruvvatli bo‘lishga chorlaydi. CHunki shoir yozganidek, bu dunyoda insondan faqatgina mehr qolur, muhabbat qolur.
M.YUsuf she’riyatida lirik «men» qismati bilan bog‘liq voqea-hodisalar, xayoliy tasavvurlar, ko‘pincha tabiat obrazlari: yoz, kuz, lolaqizg‘aldoq, kapalak timsollarida beriladi. SHoir bir-ikki misra bag‘riga butun bir fasl mohiyatini singdirib yuboradi.
YOz - meni sog‘inib sarg‘aygan maysa
Kuz - meni sog‘inib sarg‘aygan onam...
SHoir o‘z umrini tabiatning erka va nozik farishtasi -kapalakka o‘xshatadi. Uning timsolida tiriklikni ko‘radi. Kapalakning qoni yo‘q. Lekin u beozor jonzot. (Tug‘ishgan singlimdek sog‘inib kelib, Kapalak kaftimga qo‘nadi bir kun...) Kapalak obrazi misolida shoirning ushalmagan orzu-armonlari, musaffo tuyg‘ulari mujassam etilgan:

Muhammadga ishongan ey, mo‘minlar,
O‘lsam so‘zim eslat, o‘yga cho‘minglar,
Kapalakning qanotiga ko‘minglar
Kapalaklar odamlardan mehribon ...

SHoir tabiat gullaridan - lolaqizg‘aldoqni juda yaxshi ko‘rar edi. Qismatni qarangki, shoirning o‘zi ham lolaqizg‘aldoq yanglig‘ qisqa umrida yonib yashadi. Mehr va muhabbat shoiri sifatida she’rsevar muxlislar qalbida adabiy muhrlanib qoldi.



Download 83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish