Hozirgi o‘zbek she’riyatida janrlar Reja



Download 83 Kb.
bet3/9
Sana17.11.2022
Hajmi83 Kb.
#867566
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Hozirgi o\'zbek she\'riyatida janrlar

Qo‘ygil, yuragimga sen berma azob.
O‘zgalar yuzimga boqsa ham hayron,
Faqat sen tomosha qilma holimni.
Faqat sen she’rimni sevma hech qachon,
Faqat sen himoya qilma nomimni.
Darig‘ tut ishvayu nazokatlaring,
Faqat sen yuzimga boqmagil kulib,
Hayhot, endi barcha iltifotlaring
Menga tuyuladi masxara bo‘lib.
SHe’rdagi “ko‘ngil”, “faqat” so‘zlarining bot-bot takrorlanishi tragik holatni yanada kuchaytiradi. Aslida lirik qahramon “endi begonadir menga ham vasling” deb yozsa-da, yana shu achchiq qismat mayidan totmoq istaydi, unga talpinadi. Xazon bo‘lgan muhabbatning qaytishini istaydi. SHusiz she’r ham, shoir ham yashay olmasligini anglaydi.
Muhabbatdan zada bo‘lgan ko‘ngil tabiatdan najot qidiradi. “”Garchand yuragimga gul ruxsoridan, xazon yaproqlari endi yaqinroq” deb yozadi shoir. U ilhom farishtasini endi xazon davrasida kutadi. Kuz manzaralari shoir ijodiga yangi tashbeh va istoralar yaratishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, “... bizning tegramizda yonayotgan kuz, qaysi bir oshiqning yongan yuragi”, “do‘stlarim, bu kuzning barglari emas, mening yuragimdan to‘kilgan olov” kabi.
Abdulla Oripovning tabiat haqidagi she’rlarida katta hayotiy falsafa ifodalanadi. U insonni tabiatning bir bo‘lagi, bu tirik dunyoning go‘zal mavjudoti sifatida e’tirof etadi. SHoirning “Kuz xayollari” she’ridagi satrlar har bir kitobxonni o‘yga toldiradi:
Mangu yashillikning maskani qayda,
Qaydadir xazonni bilmagan bahor?
Nechun u hovliqib oqquvchi soyda
CHavandoz umrining qaytmas sehri bor?!
Nechun uyg‘onadi qaytadan bahor,
Nechun inson umri bo‘lmagay takror?..
Bu savollarga javob bormi? Gadoning bergan savollariga Iskandar javob berolmagani singari bu savollarning ham javobi yo‘q. Unga izoh berishning hojati ham yo‘q, chunki javob – savolning o‘zida.
SHoir tabiatdagi o‘zgarishlarni doimo kuzatib boradi, undagi yilt etgan hodisadan birorta obraz yaratishga intiladi. “Bahor” – Abdulla Oripovning katta falsafiy mushohadalarga boy she’ri. Bahor – tabiatda o‘zgarish, yangilanish, uyg‘onish davri. Bahor – nafaqat tiriklikni, balki mangugu ko‘z yumgan aziz insonlarni ham xotiralash. “Bahor, qatra yoshim aylagil qabul, onam boshiga ham bordingmikan, ayt?!” – deb bahorga murojaat qilgan lirik qahramon hayotning shafqatsiz hukmini tan olishga majbur bo‘ladi. CHunki inson uchun “bahor ham baxt kabi yagona”. Lekin inson hayoti faqat g‘amdan iborat emas. U tabiat go‘zalliklaridan bahra olishga, sevib ardoqlashga haqli. SHoir tabiatdagi o‘zgarishlarni xuddi rassomdek mohirona ifodalashga intiladi. Inson va tabiat orasidagi ruhiy uyg‘unlikni, mushtarak holatlarni quyma poetik obrazlarda suratlantiradi:
Dilbar kelinchakning ko‘ksida g‘ulu
Zardoli shoxiga tashlar ko‘z qirin.
Barg aro shu’lalar kaftlarmikan u,
Bahor tetapoya go‘dakday shirin.
YUksak arg‘uvonning uchida hilol
Paxmoq bulutlarni etadi nimta,
Qaydadir shoira kuylaydi behol
Ko‘ngil ham bu kecha oyday yarimta...
Uvada kamzulda billur tugmaday
Bulutlar ortidan boqadi yulduz.
Qaydadir yurtini eslab ingrar nay,
Qaydadir qoqigul yoradi ildiz.
Qaydadir gulshandan axtarib visol
El kezar tog‘larning go‘zal arvohi...
Abdulla Oripov she’riyatining markazida – inson taqdiri, uning murakkab va rang-barang olami turadi. “O, inson qismati bunchalar chigal, bunchalar xilma-xil foje va ajal” deb yozadi shoir. Inson faqat mavjudot emas, sirli xilqat, unga yurak bor, mehr bor. U tabiat va jamiyatda erkin yashashga haqli. Har qanday biqiq muhitga, “qo‘riqxonaga”, “tilla baliqcha” kabi tor hovuzchalarda yashash uning insonlik huquqiga to‘g‘ri kelmaydi. SHu boisdan biz “temir odamlar”ni emas, jonli odamlarni asramog‘imiz lozim:
O, buyuk mavjudot, hazrati inson,
Sening asling gahi g‘aflati inson.
Gahi sen barkamol bo‘libko‘rinding
Gahi bechorahol bo‘lib ko‘rinding...
Hazrati insonni bir-biriga bog‘lab turuvchi mangu tushunchalar: iymon, savob, mehr-muhabbat, sadoqat shoir she’rlarida bir butun mukammallik hosil qilib, kashfiyot bo‘ladigan ramziy obrazlarni paydo qiladi:
Inson inson uchun to‘ka olsa yosh... –
Agar shunday bo‘lsa odamldar orasini bog‘lab turuvchi rishta – mehr, muhabbat insoniyatni tanazzulga emas, taraqqiyotga boshlaydi. Afsuski, bu olamda ezgulik va yovuzlik yonma-yon yuradi. Ikki odamning orasida uchinchi odamlar ham bor bu dunyoda. SHoir ana shunday odamlarni insof, diyonatga chaqiradi:
Qo‘llarim ko‘ksimda betinch, betoqat
Ta’zimlar qilurmen senga ushbu dam,
U – menmi, u – senmi, kim bo‘lma, faqat,
Senga insof bersin Uchinchi odam!
A.Oripov katta poetik falsafiy tafakkur egasi. SHoirning yaratgan obrazlari munaqqid ta’kidlaganidek, odamlarni chuqur mulohaza yuritishga, o‘y – hayol surishga chorlaydi. Ayrim quyma poetik obrazlar yuksak ramziy ma’no kasb etib, ko‘p ma’nolilik ifodalaydi. Masalan:
Mag‘lub bahodirning nazasi misol
Ma’yus egiladi terak uchlari...
yoki:
O‘lim bu – nishonga borib tekkan o‘q,
Tug‘ilish – shiddatla tortilgan kamon.
yoki:
Qizg‘aldoq bargidek uchar dildan g‘am...
kabi.
Hazra Navoiy “Ne nazmkim o‘tlug‘ ko‘ngildin chiqordim” deb yozgan edilar. A.Oripov ham neki yozgan bo‘lsa, chin qalbdan yozdi. SHoir kamtarlik bilan “davrimdan qayga ham tushardim yiroq”, deya e’tirof etsa-da, u o‘z zamonidan ancha ilgarilab ketdi. To‘g‘ri, o‘z davrida uning ijodida ham zamonasozlik ohanglari uchraydi. Ammo bu Abdulla Oripov degan iste’dodning ijodiga soya tashlay olmaydi. Buni birgina 60-yillarda yaratgan she’rlar ham isbotlay oladi.
YUrtim faqat sening qo‘lingdan tutib,
Bolangday ergashib keta olsam, bas!
Sen piri komilsan, men senga muhib
Seni tanimagan meni ham bilmas...



Download 83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish