Hozirgi o‘zbek she’riyatida janrlar Reja


Bahrom Ro‘zimuhammad she’riyati



Download 83 Kb.
bet9/9
Sana17.11.2022
Hajmi83 Kb.
#867566
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Hozirgi o\'zbek she\'riyatida janrlar

Bahrom Ro‘zimuhammad she’riyati
B. Ro‘zimuhammad 1961 yil Xorazm viloyatining SHovot tumanida tug‘ilgan. 1984 yilda ToshDU (hozirgi O‘zMU)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan. SHu vaqtga qadar shoirning “Tovushsiz qadam”(1984), “Terakka yaqin yulduz”(1989), “Ikki nur”(1994), “Davsaman”(1993), “Tinch gullaydigan daraxt”(1997), “Kunduz sarhadlari”(1999), “Soyalar suhbati”(2006) kabi she’riy to‘plamlari nashr etilgan.
O‘zbek modern she’riyatining taniqli namoyandararidan biri B. Ro‘zimuhammad she’riyatimizga o‘tgan asrning 80 yillarida kirib keldi. Ilk she’riy to‘plami kitobxonlar tomonidan iliq kutib olindi. Adabiyotshunos Q. Yo‘ldosh shoir she’rlarining tahlili jarayonida shunday xulosaga keladi: ”Bahrom Ro‘zimuhammad she’rlarini o‘qib, “hazm qilish” – tushunishga qiynalayotganlar va ularni san’at asari deb hukm chiqarishga taraddudlanayotganlar bo‘lsa bordir, biroq nima bo‘lganda ham ushbu she’rlar o‘zbek she’riyatida yangi bir voqelik ekaniga shubha yo‘q. To‘g‘ri, shoir she’rlari bir qaraganda milliy she’riyatimiz uchun noan’anaiydek tuyuladi. Barmoq vaznidan farqli o‘laroq, hijo, turoq va qofiyadan uzoq halq jonli tiliga yaqin sarbast she’rlar hisoblanadi. Ayni shu jihatdan ham ko‘proq nasrga o‘xshab ketadi. Biroq har bir so‘z, har bir satr muayyan bir obrazli ifodaga, ramziy ma’noga va ichki ohangga ega ekanligini, shoirning tili, so‘z qo‘llashdagi mahoratini e’tiborga olsak, milliy sheriyatimizda bu bir voqelik ekanligining guvohi bo‘lamiz”. Darhaqiqat, B.Ro‘zimuhammad she’rlari tesha tegmagan obrazlarga, kutilmagan ramziy ifodalarga, qochirimlarga, tazod va paradoslarga boyligi bilan she’riyatimizda o‘ziga xos o‘rin tutadi.
SHoirning “Tinch gullaydigan daraxt” majmuasidagi ilk misralar o‘z samimiyati, tabiiyligi bilan e’tiborimizni tortadi.
Kulsang
Qumrusqalar eshitadigan
Ovozda kul.
Yig‘lasang
Devlar eshitmaydigan
Ovozda yig‘la.
O‘zingdan ham yashir ko‘z yoshingni
O‘zingdan ham yashir.
Sevgini
O‘zingni sevmaslikdan boshla sen
YOnsang
kulga aylanguningcha
yonganingni hech kim bilmasin.
SHoir uchun shunchaki yozmoq mumkin emasday, shunchaki yig‘lash, kulish, yonish, sevish mumkin emas. Hammasi tabiiy, chin dildan bo‘lishi kerak.
SHe’riyat - ruhiyat mahsuli. SHu boisdan, har bir ijodkorning o‘z ruhiy olami bo‘ladi. U dunyoni, borliqni o‘sha olam ko‘zi bilan, o‘sha xayol ko‘zi bilan ko‘radi. Biroq shoir shunchaki xayolparast emas. U hayot haqiqatlarini xayol ko‘zi bilan ko‘radi. O‘zini er farzandi ekanligini unutmagan holda o‘zga dunyoga intiladi.
Xayolparast emasman, biling shunchaki
Men yomon ko‘raman erparastlikni
ruh ko‘kka intilar, jism o‘zini
har lahza ming bora erga uradi
Azozil qo‘lida bo‘lib o‘yinchoq
Qo‘l cho‘zdim. Men sizni
olib ketaman dedim o‘zga dunyoga
Siz “yo‘q”dedingiz qo‘lim havoda
muallaq qoldi-ku “yo‘q”so‘zi kabi
dunyo ostin-ustin bo‘lsa-da bir kun
havoda muallaq qolar o‘sha qo‘l
qiyomatdan so‘ng ham qolar muallaq.
B. Ro‘zimuhammad she’rlarida farishta obrazi ko‘p bor qo‘llaniladi. Bu tasodifiy emas. Bu timsolga CHo‘lpon ham bir necha bor murojaat etgan. CHo‘lpon malak, farishta timsollarida erk, ozodlik haqidagi ideallarini tasvirlagan. B. Ro‘zimhammad tasvirlagan farishta timsolida poklik, go‘zallik, musaffo insoniy tuyg‘ular ifoda etiladi.
YArmim farishtadir va yarmim hayvon
Ikki olov ichra yonib turibman
farishta ko‘zila qarayman senga
Sen menga qarama farishtam...
B. Ro‘zimuhammad boshqa bir she’rida hech bir shoirda uchramaydigan tashbih qo‘llaydi.
Farishta bilan Bahorning
nikohidan tug‘ilgan farzand
tillo sochlarini shamol o‘ynaydi
zavqlanib zavqlanib o‘ynaydi shamol
Farishta bilan bahorning nikohidan tug‘ilgan farzand – oppoq orzular, ilhom, ilhomdan tug‘ilgan she’r.
Bahor seni qattiq quchoqlar
siynasini tutar
iforga to‘lig‘
Qayrilib qaramassen sen
Farishtaga qo‘shilib uchib ketasan
yum-yum yig‘laydi bahor
yum-yum yig‘lar ko‘zini yumib...
B. Ro‘zimuhammad nazarida inson – ochilmagan sir-sinoat. U tabiatning eng oliy mavjudoti sifatida hamma narsaga qodir. Eng muhimi, unda yurak, tuyg‘u bor. Uning ko‘zlarida yorug‘ bir nur o‘ynaydi. SHoir insondagi ana shu xususiyatlarni “ko‘ksingda quyosh bor bir yorug‘”, “ikkita shovqin bor qorachig‘ingda” kabi obrazli birikmalarida ifoda etadi.
Ikkita shovqin bor qorachig‘ingda
quyoshga qarasang quyosh kuyadi
Men hozir o‘zimni yig‘ib olaman
quduqqa tushgandek
tushib yurakka
Ikkita shovqin bor qorachig‘ingda
Tush ko‘rib bilmaysan shu bois
yorilib boshlaydi bahaybat bir tun
ko‘kdan tushar sekin
oybolta
SHoir badiiy tasvir vositalaridan ustalik bilan foydalanadi: “quyoshga qarasang quyosh kuyadi” - mubolag‘a, “quduqqa tushgandek tushib yurakka”- tashbih, “ko‘kdan tushar sekin oybolta”- metafora.
Tabiatdagi hamma narsa-hodisalar o‘z taraqqiyot qonuniyatlari asosida rivojlanadi. SHoirning ayrim she’rlarida tabiat va jamiyat orasidagi munosabatlar biroz ziddiyatli, o‘tkir istiorali misralar orqali ifoda etiladi:
Tikanlari uchib ketar kirpining
sochilib ketadi tikanlari
chayqaladi tun
yulduz hadya etar mingta shu’lasin
g‘ujanak bo‘ladi
bir hovuch kumush
endi uni qo‘riqlar ilon
oxirlab borar ekan kun
xo‘rsinib qo‘yadi kirpi
so‘ng hech nima qilmas
so‘ng boshin qo‘yadi
tong
kundasiga
Tikanlaridan ayrilgan kirpi o‘zini himoya qila olmaydi. Evrilishni qarangki, endi uning dushmani – “qo‘riqlar ilon”. Ushbu majoziy tasvir orqali ezgulik va yovuzlik degan tushunchalarning almashinib turishini aytmoqchi bo‘ladi. Biroq hech qachon shoir tasvirlagan musbat va manfiy tushunchalar bir qolipga tushmaydi. Kirpini ilon himoya qilsa, zamon o‘zgarmaydimi?
Tabiat obrazlari shoir she’riyatining bag‘riga singib ketadi. SHoir insonni tabiatning farzandi sifatida tasavvur etadi. Tabiat obrazlari shoirning ko‘pgina she’rlaridan o‘rin olgan. Mana bir she’rida tun manzaralari tasviri ifoda etilgan.
Oy yonib ketmoqchi shukuhdan
aksin cho‘miltirib suvda soviydi
qora yaproqlar muzdek bunday
chiroyli tunni ko‘rganmisiz hech
Tun manzaralari shoir ko‘ngliga yangi yangi tuyg‘ular olib keladi; “hansirab turibdi somon g‘arami”, “hansirar damodam jilovdagi ot”, “oy shu’lasila qovushadi suv” obrazlarida tun bag‘rida lahzada ro‘y beradigan holatlar ifodalanadi.
Tabiatda ro‘y beradigan har bir voqea-hodisa, yilt etgan tovush va ranglar shoirni befarq qoldirmaydi.Olamdagi jonli va jonsiz narsalar shoir qalbiga yangidan-yangi tuyg‘ular soladi, ohori to‘kilmagan obrazlar, tutilmagan tashbihlar beradi. SHoir bir she’rida jonlantirish san’atini qo‘llab, original poetik obraz yaratadi.
Sening so‘qmog‘ingda yotgan bir toshman
Meni bosib o‘tolmassan sen
chunki toshning bolalari sening bolangdir
Inson tuproqdan yaralgan. SHu sababdan u ona-zaminga ehtiyotkorlik bilan oyoq qo‘yadi. U haqda o‘ylab uzoq xayolga toladi.
Nega men haqimda o‘ylab qolding sen
Men haqimda o‘yingni toshdek uloqtir
butkul xayolingdan forig‘ et meni
Sening so‘qmog‘ingda yotgan bir toshman
yaqinroq kelaver hech qo‘rqma
qanot chiqaraman sen yaqin kelsang...
Yil fasllaridan tug‘ilgan tafakkur lahzalari shoir she’rlari bag‘riga singib ketadi. Ayniqsa, kuz – inson hayotining katta bir manzarasi sifatida shoir she’rlarining falsafiy asosini tashkil etadi. SHoirning “Pinjimga mushukdek kiradi kuzak” she’rida shoir faqat bir o‘rinda “kuz” so‘zini qo‘llaydi, lekin kuz fasliga xos holatlar, hodisalarni obrazli tasvirlashga intiladi.
Pinjimga mushukdek kiradi kuzak
SHamolga yoyaman dasturxon qilib
dasturxon ustiga tomar chakillab
bir tomchi ko‘z yoshu, ikki tomchi qon...
SHoirning ayrim misralari sizni hayratga solishi tabiiy. CHunki shoir siz ilgari ko‘nikmagan, o‘rganmagan tashbihlar, obrazli ifodalar qo‘llashga harakat qiladi.
tirnog‘in ko‘ksimga botirib mushuk
yuragimni jaranglatib eya boshlaydi
o‘zi ham jaranglab ketadi keyin
bir-bir terib erkan kishanchalarni
Lirik qahramon faslga qo‘shilib o‘zi ham fasl bo‘lib ketadi, faqat bu faslning nomi yo‘q – nomsiz fasl.
Endi men faslman, nomsiz bir fasl
SHamol yo‘q, rang-tus yo‘q kunduz yo‘q
Tun ham yo‘q, yo‘qlikning o‘zi yo‘q
Siz bilgan narsalar yo‘q bisotimda.
Endi men faslman sizni kutmayman
Hech qachon orziqib kutmanglar meni.
Kuz fasli manzaralari tasvirlangan boshqa bir she’rida nozik holatlar, hodisalar ohangini yaratishga harakat qiladi. SHe’rda sarg‘aygisi kelmayotgan yaproqlarning silkinib sassiz yig‘lashi, xazin sukunatni buzgan barcha tovushlarning egasi-yomg‘irning shivir-shiviri romantik bir tarzda ifoda etiladi.
Sarg‘aygisi kelmas yaproqlarning
silkinib sassiz yig‘laydi fasl
xarsang tosh to‘kilgandek ko‘zdan
engil tortib boraman tobora
oyoqqa o‘rlashib ko‘kdagi bulut
ko‘k rangi tomadi erib chak-chak
ermak uchun jilmayib qo‘yadi gul
CHAH churq etadi bulbul
sukunatni quvar mahobat ila
barcha tovushlarning egasi YOMG‘IR...
B. Ro‘zimuhammad she’rlarida sukunat obrazi ko‘p qo‘llaniladi. Bu obraz sokinlik, sukut shakllarida ham uchraydi. Masalan; “tovushsiz yig‘ladim, lekin ne uchun pinagini buzmas sukunat”,”shaxsiy sukunating bilan davramizga kirib kelding sen”kabi. Sukunat – sokinlik, tinch, osuda bir lahzalardan iborat bo‘lsa-da, shoir bu holat bilan kelisha olmaydi. CHunki uning ko‘nglida doimo isyon tuyg‘ulari jo‘sh urib turadi.
SHovqin muzlab qoldi. YAxmalak
uzra yiqiladi nigohim
tingla meni tongda
qo‘ng‘ir cho‘qqilar kirar tushimga
aylanib turishar mahobat ila
yolg‘iz emas yolg‘izligim
tovushsiz dodladim.Lekin ne uchun
pinagini buzmas sukunat
ko‘krak qafasimni sindirdim
bo‘g‘zimga tiqilar bir ko‘k harf
sirg‘anib chiqadi yumshoq o‘q
o‘lik tirigimni bilmasman keyin
Tovushim etmaydi dodlashga
ochib ko‘rsataman yaralarimni
xo‘mrayib qo‘yadi kulyapkan dunyo...

1 У. Ҳамдам. Янгиланиш эҳтиёжи. Т., Фан. 2007. 83 – бет.

Download 83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish