Hozirgi o‘zbek she’riyatida janrlar Reja


Sirojiddin Sayyid she’riyati



Download 83 Kb.
bet6/9
Sana17.11.2022
Hajmi83 Kb.
#867566
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Hozirgi o\'zbek she\'riyatida janrlar

Sirojiddin Sayyid she’riyati
O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid o‘tgan asrning 80 yillarida o‘zbek she’riyatiga kirib keldi.
Hozirga qadar «Ruhim xaritasi», «Salqin xarsanglar kaftida», «Sevgi mamlakati», «Asragil», «Mehr-qolur, muhabbat qolur», «Kuydim», «Vatan abadiy», «Ustimizdan o‘tgan oylar», «Ko‘ksimdagi zangorlarim», «Qaldirg‘ochlarga ber, ayvonlaringni», «Egasi bor yurt» singari she’riy kitoblari chop etilgan.
Sirojiddin Sayyid she’riyatida bosh mavzu - Vatan. Vatanni anglash. Vatanni - qo‘msash. Vatanning abadiyligini uni ona kabi aziz, muqaddas ekanligini his qilishdir:
YUrtim, menga zar kerakmas, zarlaringdan,
Kipriklarim o‘psalar bas, gardlaringdan.
Men bir nasim bo‘lib keldim, men bir nasim,
Aytib o‘tsam deyman ko‘hna dardlaringdan.
SHoir aytmoqchi bo‘lgan «ko‘hna dardlar» - ming yillar davomida kultepalar ostida qolib ketgan moziy xatlari, ulug‘ bobolarimiz-YAssaviylar yotgan aziz erlar, Ollohyorlar nazar solgan muqaddas qadamjolardir:
Menga qadim minorlardan bir sas etar,
SHul sas mening ko‘nglim oxir serfayz etar.
Menga dunyo kerak emas, bir xas etar,
YAssaviylar yotgan aziz erlaringdan.
«Vatanni sevmoq iymondandir». SHoir poeziyasida Vatan nomi bilan bog‘liq she’rlar alohida bir tizimni tashkil etadi. «Vatan abadiy», «Ilinj», «Vatan yodi», «Mening Vatan ichra vatanlarim bor», «Vatanni anglash», «Bag‘ishlov», «Vatan desa» kabi she’rlarida vatanning muqaddasligi, uni hech bir narsaga almashtirib, tenglashtirib bo‘lmasligi yoniq bir tuyg‘u bilan ifoda etiladi:
Bu diyorning ayvonlari nurga talash,
Bu diyorning kayvonisi ona quyosh.
Vatan desam ko‘zimda yosh, yuzimda yosh,
Ko‘zga surtay jonlarini, nonlarini;
SHoir yozganidek, Vatan ichra vatanlar bor. Vatan - serquyosh O‘zbekiston bo‘lsada, uning bag‘rida - janub tarafida Surxon degan go‘zal yurt bor. SHoir shu yurtda o‘sib ulg‘aygan. Uning shoir bo‘lishida bu yurtning, bu yurt odamlarining xizmatlari bor. Vatan ta’rifini yozganda qalam mo‘‘jiza kasb etadi. Beqiyos tashbihlar, o‘xshatish va istioralar timsolning bemislligini isbot etadi. «Beshigimni tebratgan qaldirg‘ochlarim... Oyu quyosh ko‘rpa solgan ayvonim... Termiziylar bedor yotgan qo‘rg‘onim... CHo‘lpon, Fitrat, Qodiriy, Usmonim... Katta yo‘lga chiqqan ulug‘ karvonim... Vatan».
S.Sayyidning «Surxon sog‘inchi», «Surxonning qandak o‘rigi», «Bahor surxondan boshlanar», «Surxon: saraton», «SHerobodning qirlarida» kabi she’rlarini o‘qir ekanmiz ko‘hna surxon zaminining tanti, mehnatkash odamlari, afsonaviy, tarixiy obidalari, muqaddas qadamjolari, ulug‘ muhaddisu-avliyolari, go‘zal va betakror tabiati ko‘z o‘ngingizda namoyon bo‘ladi:
Bu dunyoda bormi o‘zi keragim,
Surxon desam zirqiraydi yuragim.
S.Sayyid she’riyatida Vatan tushunchasi, sog‘inch tuyg‘usi bilan yo‘g‘rilib ketadi. CHunki bu ikki So‘z birlashgandagina yurakda uning muhabbatini, sog‘inchini tuyish mumkin:
SHabnam-shabnam tonglarda jayronlarga aylangan,
Onang suvlar sepganda rayhonlarga aylangan.
Bir kechada sog‘inching osmonlarga aylangan,
Sog‘inchlaringday zangor osmonlari Vatandir.
SHoir ijodida Vatan sog‘inchi-ona sog‘inchi bilan uyg‘unlashib, bir butunlikni tashkil etadi. YUragida «ismsiz dard»lari yig‘ilib qolgan lirik qahramon onasi yoniga qaytgisi keladi. Onasi koriga yarolmaganidan, unga taskin va orom bera olmaganidan afsus - nadomat chekadi:
Ona, sizning yoningizda qololmadim,
Ko‘zingizga gard qo‘ndi, men ololmadim.
Bu dunyoda halovatu orom nadir?
Oromingiz oldim, orom berolmadim.
SHoir yuragida yig‘ilgan dardlarini, sog‘inchlarini dunyodagi eng yaqin kishisi - onasiga izhor qiladi:
YOmg‘irlar yig‘lashib sel bo‘ldi, ona,
Sog‘inchlar birlashib yil bo‘ldi, ona.
To‘planib, to‘planib barcha og‘riqlar,
Mening ko‘kragimda dil bo‘ldi, ona.
Iste’dodli adabiyotshunos Ulug‘bek Hamdamning yozishicha «1990 va 2000 yillar she’riyati o‘z daminant xususiyatiga ko‘ra ko‘ngil lirikasidir, deya bemalol ayta olamiz. CHunki bu davrda eng faol ijod qilgan Muhammad YUsuf, Bahrom Ro‘zimuhammad, Asqar Mahkam, Eshqobil SHukur, Abduvali Qutbiddin, Faxriyor, Tursun Ali, Sirojiddin Sayyid, Iqbol Mirzo, Halima Ahmedova, Xosiyat Rustamova, Rahimjon Rahmat, Abduvohit Hayit kabi o‘nlab shoirlar asarlari, avvalo, o‘z «men»lari- ko‘ngillari mevasidir”1.
Hazrat Navoiy «Ne nazmki o‘tlug‘ ko‘ngildin chiqordim», deb yozgan edi. S.Sayyid qalamidan to‘kilgan misralar ham bevosita Ko‘ngil mevalaridir.
Ko‘ngil, sening go‘zal dog‘ing bitmay qoldi,
Nechun buncha do‘st bo‘lding sen armonlarga...
Lirik qahramon uchun ko‘ngildan o‘zga mahrami asrori yo‘q:
Dildan o‘zga qolmadi, manzil manga,
Eng yaqin, ham eng yirog‘im dil bukun...
Vatan, Ona, Sog‘inch, Dil timsollari qo‘shilib, yig‘ilib shoirning ko‘nglida buyuk Muhabbatni yaratadi.
Azal go‘zal nishonasi bir guldir,
Muhabbatning koshonasi ko‘ngildir...
deb yozadi shoir. SHoir yozganidek, inson butun umr bir hisga asir bo‘lib yashaydi. Bu-sevgi, muhabbat. Bu tuyg‘u shoir ko‘ngliga ilhom beradi, musaffo tuyg‘ular olib kiradi. Lekin shoir e’tirof etganidek muhabbat raqamlarga bo‘linib ketsa yomon. Sevgi nima degan savolga shoir shunday javob beradi:
Sevgi mening kechmishimdir, bugunimdir,
Olovimdir, kulimdir ham kukunimdir.
Bu yo‘llarda oxir bir kun to‘kilgumdir,
Sevgi mening ko‘nlimdagi tugunimdir.
Lirik qahramon qalbida yashirin bu tugunni echishga qodir emas. Bu his uning qalbida butun umr armon bo‘lib qoladi:
Bu tugunni echolmadim, echolmadim,
Siz o‘ylagan daryolardan kecholmadim.
Sevgi mening erib ketgan qorimdurur,
So‘ng boychechak bo‘lib ungan zorimdurur.
S.Sayyid she’riyatida hayot va o‘lim, makon va zamon, olam va odam, azal va adab singari falsafiy tushunchalar bilan bog‘liq she’rlar ham mavjuddir.
Inson umri olamda yarq etgan bir tovushdir,
Dunyo nadir ko‘plardan qolgan eski kovushdir.
Inson umri nihoyatda qisqa, kiprik qoqqanchalik, lahzalik ekan, shu g‘animat hayotda bir-birlari bilan kin-adovat qilishlari gunohi azimdir. SHoir nazarida dunyoda insonlardan bir-biriga mehr qolur, muhabbat qolur:
Gullar to‘kib bahor ketar so‘ringizdan,
Erta-indin oy ham ketar qiringizdan.
Nima foyda ko‘ngildagi kiringizdan,
Mehringizni qizg‘onmang bir-biringizdan...
Sirojiddin Sayyid hozirgi she’riyatimizning ham, mumtoz she’riyatimizning ham an’analariga sodiq qolish barobarida uni o‘ziga xos yangi poetik shakllar, badiiy san’atlar, tasviriy vositalar ila boyitdi. Ohori to‘kilmagan poetik so‘z va iboralarni mahorat bilan misralar bag‘riga joylay bildi.
Masalan:
Ochay desam ocholmayman ko‘zimni,
Qaldirg‘ochlar qabog‘imga in qurgan...
satrlarida tashbih va mubolag‘a san’atlari mahorat bilan qo‘llangan.
S.Sayyid klassik poeziyani, xususan, aruz san’atini puxta o‘rgangan va uni o‘z ijodida ko‘p bor sinab ko‘rgan. Hazrat Navoiy, Mirzo Bobur, Hofiz, Adib Sobir Termiziy g‘azallariga muxammaslar bog‘lagan. SHoirning g‘azallaridan biri «Kuydim» nomi bilan xalqimiz orasida ma’lum va mashhurdir. G‘azal o‘zining sehri-ohangi, jozibasi bilan tinglovchi e’tiborini bir lahzada tortadi:
Men ishq elining nolayu afg‘onida kuydim,
Ko‘ngil uyining otashi armonida kuydim.
Mehrin tilabon o‘tsa agar oshiqi zorlar,
Mehrini berib, men esa tovonida kuydim...
S.Sayyid ijodda o‘z sozi va o‘z ovoziga ega. Uning xalqona uslubi she’r mulislari qalbidan allaqachon joy olgan. U she’riyat yo‘lini abadiy ranji ozor yo‘lim deb qabul qilgan. SHoirlik shu boisdan ham qismatdir. «SHe’riyat-qurbonlikdir. SHoirlik - mangu sabr».
Ma’lumki, S.Sayyid bir necha dostonlar muallifi. «Saksoninchi yillar» dostonida afg‘on jarohatlari haqida so‘z boradi. Afsuski, totalitar tuzum davrida doston qiyinchiliklar bilan e’lon qilindi. «To‘palang daryo bilan xayrlashuv»da shoirning butun dardu-dunyosi bayon etilgan. Qadim daryo barcha vqealarga guvoh: Vatan tarixi; kecha va bugun; xalq o‘tmishi; 20-30 yillardagi ochlik-yupunlik, urush yillari, ota xotirasi, farzand yodi birma-bir kino lentasiday ko‘z o‘ngingizdan o‘tadi. Inson va tabiat orasidan uyg‘unlik izlagan lirik qahramon odamlarni insofu-diyonatga, mehr-oqibatli bo‘lishga, ko‘ngilni keng qilib daryo bo‘lishga chorlaydi:
Sahro bo‘lsa boshqalar, siz
Daryo bo‘ling, daryo bo‘ling
Ko‘lmak emas ne bo‘lsa ham
Daryo bo‘ling, daryo bo‘ling.
S.Sayyid hozirgi o‘zbek she’riyatida alohida fenomen. Uning ijodini, poetik olamini o‘rganish adabiyotshunosligimizga juda katta foyda keltiradi deb o‘ylayman.

Download 83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish