S. A. Salixov «patentshunoslik, litsenziyalash va sertifikatlash» fanidan Darslik toshkent – 2010



Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/94
Sana31.03.2022
Hajmi1,15 Mb.
#521299
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   94
Bog'liq
PATENTSHUNOSLIK-LITSENZIYALASH-VA-SERTIFIKATLASH

Tayanch so’zlar
SSSR, MDH, Rossiya, qonunchilik, O’zbekiston, hukumat, sanoat, mulk, 
muhofaza, hamkorlik, patent idorasi, huquqchilik, zamonaviy, rivojlanayotgan, 
yangi, qonun, erkin.
Takrorlash uchun savollar.
1. O’zbekiston Respublikasida patent idorasi va huquqchiligini normativ hujjatlari?
2. O’zbekiston Respublikasida patent olish uchun qanday hujjatlar taqdim etiladi?
3. MDH mamlakatlarida ixtirolarni rasmiy ekspertizadan o’tkazish uchun qanday 
hujjatlar taqdim etiladi?
4. MDH patent egalarini asosiy huquqlari nimalardane iborat?
Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1.
"Tovar belgilari va xizmat ko’rsatish belgilari to’g’risida"gi O’zbekiston 
Respublikasi Qonuni. 1993 yil 7 may da qabul qilingan, 1997 yil 26 
dekabrda o’zgartirilgan.
2.
"EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarini xuquqiy 
muxofaza qilish to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Qonun, - 1994 yil 
mayda qabul qilingan.
3.
"Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to’g’risida"gi 
O’zbekiston Respublikasi qonuni, - 1994 yil 6 mayda qabul qilingan, 1997 
yil 26 dekabrda o’zgartirilgan.
4.
"Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to’g’risida"gi O’z6ekistoi 
Respublikasi Qonuni,- 1996 yil 30 avgustda qabul qilingan.
154


5.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlisining Qarori. «2008 
yilda Respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2009 yilda 
iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari 
to’g’risida», 2009 yil 13 fevral
6.
Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni 
bartaraf etishning yo’llari va choralari. – T: O’zbekiston, 2009. – 56 b.
7.
Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilashni izchil davom ettirish 
davr talabi. Prezident Islom Karimovning 2008 yilda mamlakatimizni 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2009 yilga mo’ljallangan 
iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan 
Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi // Xalq so’zi, 2009 yil 14 fevral.
8.
Karimov I.A Eng asosiy mezon – hayot haqiqatini aks ettirish. T.: 
O’zbekiston, 2009. – 24 b.
9.
Djumaxadjaev A. Patentshunoslik. Toshkent. Mehnat. 2001, 384 b.
10. Kak zaщitit intellektualnuyu sobstvennost v Rossii. Pod redakstiey 
Korchagina A.D. - M.: INFRA-M, 1995, 335 s.
11. Ofistialnыy sayt patentnogo vedomstva SShA. 
12. “How to get a European patent” / Guide for applicants. – Munich, ERO, 1996, 
82 r.
13. WIPO. General Information - Geneva, WIPO publication, 1997.
Xulosa 
“Patentshunoslik va litsenziyalash ixtiro, foydali model va sanoat 
namualarini himoya tartiblari va huquqiy, iqtisodiy, tashkiliy nizomlari va asoslari 
bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Qonunlar va O’zbekiston Respublikasi 
Prezidenti va Hukumatini qarorlari hamda Patenshunoslik idorasini va 
axborotlarini normativ-hujjatlari, yo’riqnomalari orqali tartibga solinadi. Bu fan 
bo’yicha bu sohadagi asosiy tushunchalar va ta’riflarni O’zbekiston va boshqa 
davlatlarning patentshunoslik va listenzialash sohasidagi qonunlarni asosiy 
mohiyati, patent egalarining huquq va majburiyatlari, ixtiroga patent berish tartibi 
va ularni amal qilish davri keltirilgan. Bundan tashqari O’zbekiston 
Respublikasini Qonun hujjatlarida EHM uchun dastur va ma’lumotlar bazasi, 
ixtiro, asosiy tushunchalar, ularni turlari, ixtiro tavsiyanomasi, tarkibi, seleksiya 
yutuqlari, sanoat mulklari, tovar va xizmat belgisi ob’ektlarining patent qobiliyati, 
shartlari va foydali foydali modellarning himoyanuvchanligi, xalqaro patent tasnifi, 
patent axboroti va ma’lumotlar ba’zasi, Yevropa, AQSh va MDH 
mamlakatlariningpatentlash bo’yicha qonunchiligi va ulardan foydalanish, tahlil 
o’tkazish va kerakli ma’lumotlar ba’o’asiga ega bo’lishlik masalalari yoritilgan 
O’zbekiston intellektual mulk ob’ektlarini huquqiy muxofazalash sohasidagi 
amaldagi qonunchilik. Intellektual mulk fuqarolik huquqining kichik sohasi 
ekanligi. Partent huquqi va fuqaro munosabatlari ishtirokchilarining 
individuallashtirish vositalarini muxofazalash hamda noan’anaviy ob’ektlarni 
muxofazalash bo’yicha mualliflik huquqi va sanoat mulki va patent huquqi hamda 
155


iqtisodiy munosabatlarni huquqiy muhfazalash sohasidagi amaldagi qonunchilik 
bilan tartibga solinadi.
Jahon bozorida talabni va taklifni rag’btlashtirish orqali mahalliy ishlab 
chiqaruvchilarni qo’llab-quvvatlash O’zbekistonni iqtisodiy o’sishning yuqori 
sur’atlarini saqlab qolishda g’oyat muhim ahamiyatga ega. Tashqi iqtisodiy 
faoliyatda (TIF) tovarlarni nomenklatursini o’rganish, uyg’unlashgan Tn bojxona 
to’lovlari, intellektual mulk ob’ektlarini muxofazalash, ilmiy kashfiyotlar va 
ixtirolar, seleksiya yutuqlari va sanoat namunalari hamda belgilari, eksport va 
import tovarlar bo’yicha shartnomalar tuzish, patent axborotlari, xalqaro, Yevropa, 
AQSh, va MDH patentshunoslik va litsenziyalash to’g’risidagi axborotlar bilan 
tanishtirish va huquqiy normalarini bilish ma’lum ahamiyatiga ega. O’zbekiston 
Respublikasi Fuqarolik kodeksi va “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar 
to’g’risida”gi qonunlarda ta’kilanganidek yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar 
bazalarining nusxalariga qonuniy egalik qilish. Huquq egasidan qo’shimcha 
ruxsatnoma olmasdan dasturning boshqa birovlvrga berish uni tijorat maqsadlarida 
foydalanish mumkin emasligi qonun hujjatlarida ta’kidlanadi. Kashfiyotlar ularni 
yangiligi, sofligi va ustunligini aniqlash, ixtirolar, entellektual faoliyat, yangi 
g’oyalar va texnik echimlar, sanoat mulki ob’ektlariga beriladigan va muayyan 
hududda vaqt oralig’ida amal qiladigan muxofaza hujjati sifatida patent va 
litsenziyalarni mualliflarga beriladi va ularni O’zbekiston Respublikasini Qonun 
hujjatlari orqali himoyalanadi. 
O’simliklarning yangi navlari hayvonlarni yangi zotlarini yaratilganligi 
uchun seleksiya yutuqlariga beriladigan huquqlar mualliflarga patent yoki 
guvohnoma beriladi. Patent axborotlari orqali seleksiya yutug’ining yangiligini 
aniqlash va uni davlat sinovlaridan o’tkazish. Davlat patent idorasiga yangi navni 
yoki zotni yangiligi to’g’risidagi tegishli ma’lumotlarni va xulosalar taqdim etiladi. 
O’zbekiston Respulikasi qonunchiligiga muvofiq sanoat namunasining yangiligi, 
o’zga xosligi va sanoatda qo’llanilishi uning patentga layoqatlik shartlarini 
belgilaydi. Sanoat namunasining estitik va ergonomik xususiyatlarini belgilovchi 
muhim belgilari hisoblandi. Tovar belgisining o’ziga xos xususiyati uning tovar va 
xizmatlar bozordagi bajaradigan rolini va yangiligini aniqlaydi. O’zbekistond tovar 
belgilari va xizmatlar bilan bog’liq holda yuzaga keladigan munosabatlarni “Tovar 
belgilari va xizmatlar ko’rsatish belgilari to’g’risida”gi qonun talablari bilan 
tartibga solinadi.
Mualliflar o’zlari yaratgan kashfiyotlariga, ixtirolariga seleksiya yutuqlariga, 
sanoat namunalari va mahsulot belgilariga patent, litsenziya olish uchun qonun 
talablaridan kelib chiqqan holda davlat patent idoralariga talabnoma orqali murojat 
qiladilar.
Mualliflar aniq va o’z vaqtidagi patent axborotiga ega bo’lish uchun barcha 
patent axboroti tizimlaridan foydalanishlari lozim. Bu borada O’zbekiston 
Respublikasi patent va universal axborot resurslaridan, xalqaro patent tasnifi 
tizimlari, idoralari va ularni huquqiy talablaridan foydalanishlari lozim. 
156



Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish