Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti


Asosiy fondlarning emirilishi va amortizatsiyasi



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/72
Sana18.02.2022
Hajmi2,37 Mb.
#455037
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   72
Bog'liq
2 5285267968547098640

Asosiy fondlarning emirilishi va amortizatsiyasi.
 
Ishlab chiqarish jarayonida asosiy ishlab chiqarish fondlar emirladilar. 
Emirilishning ikki turi mavjud – jismoniy (tabiiy) va ma’naviy. 
Jismoniy emirilish – bu asosiy fondlarning asta-sekin o‘z foydali, 
eksplutatsion xossalarini yo‘qotishidir. Bu tur emirilish ularning aktiv ishlashi 
natijasida yoki ishlamagan xolda ham atmosfera sharoitlar ta’siri ostida vujudga 
keladi (metall korroziya, yog‘och chirishi va x.k.). 
Asosiy fondalrni yangilash bo‘yicha sarflarni qoplash bozor iqtisodiyoti va 
korxonalar o‘zini-o‘zi moliyaviy ta’minlash sharoitida korxonaning xususiy 
mablag‘lar evaziga amalga oshiriladi. Bu mablag‘lar asosiy fondlarning butun xizmat 
davri mobaynida amortizatsiya ajratmalar ko‘rinishida jamg‘arilib boradilar. 
Amortizatsiya – bu asosiy fondlar qiymatlaridan bir qismini maxsulot ishlab 
chiqarish sarflariga qo‘shib, emirilishini pul ifodada koplashdir. Amortizatsiya asosiy 
fondlarni eskirgan va ishlab chiqarishdan chiqargandan so‘ng ularni butunlay 
almashtirish yangilash maksadida amalga oshiriladi. 


Mahsulot sotilganda uning tannarxiga kiritilgan amortizatsion ajratmalar ham 
pul shakliga o‘tadi. Ular ishlab chiqarishni kengaytirish fondi jamg‘armasida yig‘ilib 
asosiy fondlarni qisman yoki butunlay tiklashga sarflanadilar. 
Amortizatsiya normasi asosiy fondlarning boshlang‘ich qiymatlariga nisbatan 
%-dan o‘rtacha yillik eskirish miqdori yoki darajasini ifodalaydi. Bu ko‘rsatkich 
asosan asosiy fondlar xizmat davriga hamda ularning likvid baxolariga (ishlab 
chiqarish 
doirasidan 
chiqarilgandagi 
qiymatlari) 
bog‘liq. SHuning uchun 
amortizatsiya normalar xisobida asosan asosiy fondlarning xizmat davrlarini 
aniqlanishi lozim. 
Xar bir tur asosiy fondlar uchun o‘z normativ xizmat davri mavjud va u ushbu 
turning mahsulot ishlab chiqarishidagi ishtiroq darajasiga qarab belgilanadi. 
SHuning uchun amortizatsiya normasi xar qaysi gurux yoki xatto aloxida tur 
uchun belgilanadi. Asosiy fondlarning jismoniy emirilishlariga ta’sir etuvchi omillar 
quyidagilardir: 
materiallarning ko‘rinishi va sifati; 
konstruksiyalarning texnologik jarayonlar xususiyatlari; 
qurilmalar sifati; 
foydalanish darajasi (stepen nagruzki – yil mobaynida ishlangan kun, 
sutkadagi smena soni, bir smenada ishlangan soatlar miqdori); 
boshqarish sifait (o‘z vaqtida tozalash, moylash, ta’mirlash); 
tashqi sharoit ta’siridan asosiy fondlarning muxofaza darajasi (issiq, sovuq, 
namlik, qor-yomg‘orlardan); 
ishchilar malakasi va ularning asosiy fondlarga bo‘lgan munosabatlari. 
YUkorida kayd etilgandek, asosiy vositalar ob’ektlarining eskirishi — ular jismiy 
sifatlari yoki xossalari, buning oqibatida qiymati yo‘qolishi, eskirishining qiymat 
ko‘rsatkichidir. SHuning uchun har bir korxona asosiy vositalarni xarid qilish va 
eskirganlarini tiklash uchun zarur mablag‘larni jamg‘arishni ta’minlashi kerak. Bunday 
jamg‘arishga xarajatlarga ajratmalarni, ular amortizatsiya ajratmalari deb ataladi, kiritish 
hisobiga erishiladi. 
Amortizatsiyani xisoblash va soliq solish bazasini belgilash jarayonini 
soddalashtirish maqsadida asosiy fondlar quyidagi miqdorlarda amortizatsiyaning yillik 
me’yori bilan ushbu besh guruhga birlashtiriladi: 
1 guruh. Binolar, inshootlar va imoratlar — 5%. 
II guruh. Engil avtomobillar, taksi, yo‘llarda foydalanish uchun avtotraktor 
texnikasi, maxsus asboblar, inventar va anjomlar; kompyuterlar, periferiya qurilmalari va 
ma’lumotlarni qayta ishlash uskunalari — 20%. 
SH guruh. Avtomobil transportining harakatlanuvchi tarkibi; yuk avtomobillari, 
avtobuslar, maxsus avtomobillar va avtotirkamalar; sanoatning barcha tarmoqlari, 
quyuv ishlab chiqarishi uchun mashina va uskunalar; temirchilik presslash uskunalari; 
qurilish uskunalari; qishloq xo‘jalik mashina va uskunalari; ofis uchun mebel — 
15%. 
IV guruh. 
Boshqa guruxlarga kiritilmagan amortizatsiyalanadigan aktivlar — 
10.


Vguruh. 
Temir yo‘l, dengiz, daryo va havo transport vositalari; kuchlanish 
mashina va uskunalari; issiqlik texnika uskunalari; turbina uskunalari, elektrodvigatel va 
dizel-generatorlar. Elektr uzatish va aloqa qurilmalari; quvurlar — 
8%.
Amortizatsiya ajratmalari me’yorlari asosiy vositalarning dastlabki qiymatiga 
foizlarda belgilanadi. 
Korxona tasdiqlangan me’yorlarga nisbatan kamaytirilgan amortizatsiya 
me’yorlarini, shuningdek tezlashtirilgan amortizatsiyani qo‘llash huquqiga egadir. 
Tezlashtirilgan amortizatsiya qo‘llanganda qonun xujjatlarida tasdiqlangan, 2,0 
dan oshmaydigan koeffitsient qo‘llanilishi, tasdiqlangan me’yorlardan oshib 
ketgandagi farq foyda (daromad) solig‘i bo‘yicha soliq solish bazasiga kiritilishi 
kerak. 
Amortizatsiya quyidaga fondlar bo‘yicha hisoblanmaydi: 
kutubxona fondlari, arxitektura va san’at yodgorliklari; 
er; 
mahsuldor hayvonlar, buqa va ho‘kizlar; 
hokimiyatlarga bo‘ysunadigan shahar obodonchiligi inshootlari va umumiy 
foydalanishdagi avtomobil yo‘llari; 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining 
qaroriga ko‘ra konservatsiyaga o‘tkazilgan fondlar; 

to‘liq 
amortizatsiyalangan 
asosiy 
fondlar. 
Qurilayotgan korxonaning xarid qilingan asosiy fondlari, shuningdek tugallanmagan 
qurilish bosqichida bo‘lgan, qurilishni tashkil etish loyihasiga muvofiq qurilish- 
montaj ishlarini bajarish uchun ishlatiladigan ob’ektlar bo‘yicha amortizatsiyani quruvchi 
asosiy fondlarning qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotnoma asosida belgilangan me’yorlar 
bo‘yicha xisoblab yozadi. 
Har bir ob’ektga eskirishni hisoblab yozish har oyda amalga oshiriladi. 
Amortizatsiya kiymati korxona xarajatlariga to‘liq o‘tkazilganda asosiy vositalarning 
bundan keyin foydalanishda bo‘lish davri uchun eskirish xisoblanmaydi (eskirish dastlabki 
qiymatning 100%idan oshishi mumkin emas). 
YAngi kelib tushgan asosiy vositalar bo‘yicha eskirish foydalanish boshlangan 
oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab xisoblanadi, chiqib ketgan ob’ektlar 
bo‘yicha eskirish esa chiqib ketish oyidan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab 
to‘xtatiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy andozalarining (BHMA) 5- 
sonli "Asosiy vositalar" andozasi 23-moddasida amortizatsiya hisoblashniig bir necha usuli 
tavsiya etilgan: 
bir maromli (to‘g‘ri chiziqli); 
bajarilgan ish hajmiga nisbatan (ishlab chiqarish usuli); 
kamayib borayotgan qoldiq usuli; 
yillar yig‘indisi usuli (kumulyativ usul). 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish