Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/72
Sana18.02.2022
Hajmi2,37 Mb.
#455037
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   72
Bog'liq
2 5285267968547098640

Kamayib 
borayotgan 
qoldiq 
usuli 
aktivdan 
foydalanish 
muddatida 
amortizatsiya summasining doimo kamayib borishini ifodalaydi. Ushbu usulda 
eskirish me’yori asosiy vositalarning qoldiq qiymatiga ko‘paytiriladi. Odatda, bu 
usulda amortizatsiya me’yori ikki hissa qilib olinadi. 5 yil xizmat etish muddatida 
me’yor 20% (100 : 5 = 20)ni tashkil etadi. Kamayib borayotgan qoldiq usulida 
me’yor 40% (20 x 2 = 40)ga barobar olinadi. Ushbu belgilangan 40% li stavka har 
yilning oxirida asosiy vositalarning qoldiq qiymatiga nisbatan olinadi. 
Kamayib borish qoldiq usuli bo‘yicha amortizatsiya quyidagicha hisoblanadi, 
(so‘mlarda): 
Hisoblash 
sanasi 
Yil boshiga 
balans 
qiymati 
Amortizatsiyani 
hisoblash 
Amortizatsiyaning 
yillik summasi 
Jamlangan 
amortizatsiya 
Yil oxiriga 
balans 
qiymati 
1-yil 
oxirida 
500 000 
500000x40% 
200 000 
200 000 
300 000 
2-yil 
oxirida 
300 000 
300000x40% 
120 000 
320 000 
180000 
3-yil 
oxirida 
180 000 
180 000x40% 
72000 
392 000 
108 000 
4-yil 
oxirida 
108 000 
108 000x40% 
43200 
435 200 
64800 
5-yil 
oxirida 
64800 
34800 
470 000 
30000 
YUqorida keltirilgan misoldan ko‘rinib turibdiki, birinchi yilda amortizatsiya 
ajratmalari tugatish qiymati ayirilmagan to‘liq dastlabki qiymat, ya’ni 500000 so‘m 
asosida aniklandi. Foydalanish muddatining oxirgi yilida amortizatsiyani hisoblash 
uchun qo‘llanadigan hisob-kitob shakli o‘zgartiriladi, chunki oldindan baholangan va 
mo‘ljallangan asosiy vositalarni tugatish qiymatini hisobdan chiqarishga olib keladigan 
miqdorda amortizatsiyani hisoblash mumkin emas. SHuning uchun oxirgi yilda 
belgilangan sxema bo‘yicha hisoblangan 25920 so‘m (64800 x 40%) o‘rniga 
amortizatsiya 34800 so‘m qiymatida belgilanadi. Binobarin, oxirgi yilning yakunida 
asosiy vositalarning qiymati 30000 so‘mga kamaytirilib, ularning tugatish qiy-matiga 
teng bo‘lib qoladi. 
Yillar yig‘indisi usulida (kumulyativ usul) har yilgi amortizatsiya me’yori 
amortizatsiya muddati yakuniga qadar qolgan amortizatsiyalanayotgan qiymatning bo‘lagi 
sifatida belgilanadi. Bo‘lak amortizatsiya hisobining tugagunigacha qolgan to‘liq yillar 
yig‘indisini amortizatsiya muddatini belgilaydigan yillarning tartib soniga bo‘lib 
aniqlanadi. 
5 yil foydalanish muddatiga mo‘ljallangan asosiy vositalar ob’ekti uchun yillik 
raqamlar yig‘indisi quyidagini tashkil etadi: 
5 + 4 + 3 + 2 + 1 = 15 yil 


Т
ж
Masalan, amortizatsiyalanayotgan qiymat 470000 so‘m (500000 -- 30000) 
bo‘lgan holda har yilgi amortizatsiya ajratmalarini hisoblash quyidagi jadvalda 
keltirilgan (so‘mlarda): 
Yil 
Amortizatsiyani 
hisoblash 
Amortizatsiya 
ajratmalari 
qiymati 
Yil oxiriga 
balans qiymati 
1-yilga 
470000x5/15 
156 667 
343 333 
2-yilga 
470000x4/15 
125333 
218000 
3-yilga 
470000x3/15 
94000 
124000 
4-yilga 
470000x2/15 
62666 
61 334 
5-yilga 
470000x1/15 
31 334 
30000 
Jadvallardan ko‘rinib turibdiki, amortizatsiya hisoblashning oxirgi ikkita usulida 
asosiy vositalardan foydalanish muddatining boshida hisoblangan amortizatsiya 
ajratmalari ob’ekt xizmat muddatining oxirida xisoblangan amortizatsiya qiymagidan 
ortiq bo‘ladi. Ushbu usullar ishlab chiqarishga taalluqli asosiy vositalarni hisoblash uchun 
qo‘llaniladi, chunki mazkur vositalardan foydalanishning birinchi yillarida samaraliroq 
foydalaniladi va ta’mirlashga xarajatlar unchalik ko‘p bo‘lmaydi. Keyingi yillarda 
amortizatsiya xarajatlari kamayadi, ta’mirlash xarajatlari esa odatda oshib boradi. 
Har xil turdagi asosiy vositalarda amortizatsiya hisoblashning turli usullaridan 
foydalanish mumkin. 
Amortizatsiya hisoblashning tanlangan usuli korxonaning hisob siyosati bilan 
belgilanishi, bir hisobot davridan ikkinchi hisobot davrigacha izchil qo‘llanishi lozim 
va yil davomida uning o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Agar korxona to‘g‘ri chiziqli usuldan tashqari amortizatsiya hisoblashning boshqa 
usullarini qo‘llasa, hisoblangan amortizatsiya summasini O‘zbekiston Respublikasi Soliq 
kodeksiga binoan tasdiqlangan me’yorlarga muvofiq yozila-digan summa bilan taqqoslash 
zarur. Haqiqatda hisoblab yozilgan amortizatsiya summasi me’yorlar bo‘yicha hisoblanishi 
kerak bo‘lgan amortizatsiya summasidan oshib ketganda farqni xarajatlar tarkibi 
to‘g‘risidagi Yo‘riqnomaga doir 1 -ilovaga ko‘ra foyda solig‘i bo‘yicha soliq solish 
bazasiga kiritish zarur. 
Jismoniy emirilish asosiy fondlar xizmat davrlariga binoan quyidagi formula 
asosida xisoblanadi: 
bu erda: 
T

– xaqiy xizmat davri; 
T
n
normativ xizmat davri. 
Е 

Т
х 
*100% 
н
 
Pul ifodada emirilish darajasi quyidagicha aniqlanadi: 


ф
ф
Е
ж 

А
фе
*100% 
А
фб
 
bu erda: 
A
fe 
– asosiy fondlarning emirilish qiymati; 
A
fb 
– asosiy fondlarning boshlang‘ich qiymati. 
Asosiy fondlar jismoniy (moddiy) emirilishdan tashqari yana ma’naviy 
emirilishiga ham uchraydilar. Ma’naviy emirilish dastgoh va apparatlarning tabiiy 
xususiyatlariga ta’sir etmaydi. Ma’naviy eskirish, asosan, texnik taraqqiyot tufayli 
mehnat sarfini kamaytiruvchi, yangi, unumliroq, sermahsul, avzalroq mehnat 
vositalarni yaratilishi natijasida yoki asosiy fondlar son jixatdan ko‘payib ketishi 
tufayli ularning qiymati arzonlashishi orqali hosil bo‘ladi yoki vujudga keladi. 
Demak, asosiy fondlarning ayrim elementlari jismoniy va ma’naviy emirilish 
natijasida ishlab chiqarish doirasidan chiqariladilar. 
Ma’naviy eskirgan asosiy fondlar vaqtida o‘zgartirilmasa, bozor raqobati 
sharoitida o‘ta yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan xol – qimmatroq va sifati pastroq maxsulot 
ishlab chiqarilishiga olib keladi. 
Amortizatsiya normasining hisobi quyidagicha: 
Н 
а 

А
фб 
− 
Л
Т
и
*
А
фб
 
*100% 
bu erda: 
A
fb 
– asosiy fondlarning boshlang‘ich qiymati, so‘m; 
L – asosiy fondlarning likvid qiymati, so‘m; 
T

– asosiy fondlarning xizmat davri (normativ amartizatsion davr) 
yil. 
Amortizatsiya normasi asosiy fondlar ishlab chiqargan mahsulotga xar yili o‘z 
balans qiymatlaridan qancha miqdorini o‘tkazishini belgilab beradi. 
Amortizatsiya ajratmalar jamini – A (so‘m) amortizatsiya normalar va asosiy 
fondlarning o‘rtacha-yillik qiymatlari asosida xisoblash mumkin: 
A=N
a
*Af
o‘.y. 
so‘m 
Asosiy fondlarning o‘rtacha-yillik qiymatlari boshlang‘ich, qayta baholashdan 
so‘ng, tiklangan qiymatlari bo‘yicha va yil mobaynida asosiy fondlar ishlangan 
vaqtini inobatga olgan xolda hisoblanadi. 
А 

А
+
А
фк 

п 
− 
А
фд 
(12 
− 
п

у
.
й

у
.
б 

12 
12 
bu erda: 


Af
y.b. 
– asosiy fondlarning yil boshidagi qiymati, so‘m; 
Af

– kiritilgan asosiy fondlar, so‘m; 
Af

– demontaj qilingan (chiqarilgan) asosiy fondlar, so‘m. 
Korxonalar tasdiqlangan amortizatsiya normalarga nisbatan pasaytirilgan yoki 
tezlashtirilgan amortizatsiya normalarni qo‘llashga xaqli, ammo tezlashtirilgan 
amortizatsiya normasining koeffitsienti 2-dan oshmasligi kerak. 
Amortizatsiya ajratmalarining xisobi kuyidagicha: 
A=Af/Tn 
A= (Af-L)/Tn 
A=(Af+Rm-L)/Tn 
Bu erda Rm – modernizatsiya eki rekonstruksiya buyicha sarflar, sum. 
Amortizatsiya ajratmalar umumiy summasi ishlab chiqarish xarajatlar 
tizimiga kiritiladi. Mahsulot sotilgandan so‘ng korxona amortizatsiya ajratmalaridan 
mustaqil ravishda o‘zi foydalanadi (korxonani kengaytiri, asosiy fondlarni qayta 
tiklash va modernizatsiyalashtirishga ishlatadi). 
Bozor munosabatlari sharoitda amortizatsiya ajratmalar miqdori korxona 
iqtisodiyotiga katta ta’sir etadi. Ajratmalarning balandligi ishlab chiqarish sarflarini 
o‘sishiga olib keladi, natijada mahsulot raqobatbardoshligi va foyda hajmini pasayib 
ketishiga olib keladi. 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish