Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/72
Sana18.02.2022
Hajmi2,37 Mb.
#455037
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   72
Bog'liq
2 5285267968547098640

Nazorat uchun savollar:
 
1.
Asosiy kapital –asosiy fondlar ta’rifi va moxiyati nimadan iborat? 
2.
Asosiy fondlar qanday tarkib va strukturaga ega? 
3.
Asosiy fodnlarning emirilishi qanday turlarga bo‘linadi? 
4.
Asosiy fondlarning baxolanish usullarini ta’riflang. 
5.
Asosiy fondlarning amortizatsiyasi va amortizatsiya normasi deganda nimani 
tushunasiz? 
6.
Asosiy fondlar amortizatsiyalashning qanday usullari mavjud? 
7.
Asosiy fondlardan foydalanish ko‘rsatkichlarining ta’rifi va xisobi qanday? 


4-ma’ruza
Sanoat korxonalarning oborot kapital (aylanma mablag‘lar)i 
Reja:
1.
Aylanma mablag‘lar (oborot kapital ning moxiyati va strukturasi; 
2.
Aylanma fondlar va muomala fondlarning tarkibi; 
3.
Aylanma mablag‘larning normalanishi; 
4.
Aylanma mablag‘larning xosil bo‘lish manbaalari; 
5.
Aylanma mablag‘larning aylanishi; 
6.
Aylanma mablag‘lardan unumli foydalanish ko‘rsatkichlari. 
Aylanma mablag‘lar – bu korxona va xo‘jalik birlashma (uyushma) larning 
mexnat buyumlari bo‘lib, bevosita ishlab chiqarish jarayonini ta’minlovchi (ishlab 
chiqarish aylanma fondlari) xamda maxsulotni sotish va ta’minot jarayonlarida 
xizmat ko‘rsatuvchi mablag‘lardan (muomala fondlar) iborat. 
Korxona balansida etarli aylanma mablag‘lar miqdori. Bozor sharoitida uning 
faoliyati amalga oshirilishining zarur zamini xisoblanadi. 
Aylanma mablag‘lar pul ko‘rinishida ifodalanib, korxonalarda moddiy 
boyliklar va fondlarning zarur zaxiralarini tashkil etadi, ishlab chiqarish jarayoni va 
maxsulot sotilishini uzluksiz amalga oshirilishini ta’minlaydi. 
Aylanma mablag‘lar tasnifini elementlari, xosil bo‘lish manbaalari va 
normalashishi bo‘yicha ko‘rib chiqish mumkin. 
Aylanma mablag‘larning miqdori turli tarmoqlarda joriy etilgan texnologiya
ishlab chiqarish siklning davri, mexnat buyumlarining qiymati va xokazolarga 
bog‘liq. 
Aylanma mablag‘larning elementlar bo‘yicha tasnifi: 
1.
ishlab chiqarish aylanma fondlar; 
2.
muomala fondlardan iborat. 
1. ishlab chiqarish aylanma fondlar – ishlab chiqarish jarayonida asosiy ishlab 
chiqarish fondlardan ishtiroq etish xarakteri bilan farq etadilar. Ular xar bir ishlab 
chiqarish siklida bir marotaba ishtiroq etib, o‘z natural xolatini o‘zgartiradilar yoki 
yo‘qotadilar va o‘z qiymatlarini tayyor maxsulotga butunlay o‘tkazadilar. 
Ishlab chiqarish jarayonida bajaradigan funksiyalariga qarab ishlab chiqarish 
aylanma fondlari 3 guruxga bo‘linadilar; 
A)
ishlab chiqarish zaxiralari; 
B)
gala tayyor maxsulot; 
V) kelajak davr xarajatlari. 
a)
ishlab chiqarish zaxiralari: 
xom ashyo va asosiy materiallar; 
sotib olingan yarim fabrikat; 
yordamchi materiallar; 
yoqilg‘i; 
tara, ta’mirlash uchun zapas qismlari; 
qiymati kam buyumlar (baxosi so‘mdan kam bo‘lgan xo‘jalik instrument va 


inventar); 
ishdan tez chiquvchi buyumlar (qiymatidan qa’tiy nazar xizmatt davri 1 yilgacha 
bo‘lgan mexnat vositalari va buyumlari – maxsus kiyim bosh oeq kiyimlari (poyafzal 
va boshqalar) dan iborat; 
xom ashyo va asosiy materiallar – bu ishlab chiqariladigan maxsulot tarkibiga 
butunlay kiruvchi yoki uning zarur komponenti sifatida asosini tashkil qiluvchi turli 
xil materiallar; 
yordamchi materiallar – bu ishlab chiqarish texnologik jarayonida ishtiroq etib, 
reaksiya tezligi, maxsulot sifati va ko‘rinishiga ta’sir etuvchi, ammo maxsulot 
tarkibiga kirmaydigan materiallar (katalizator, kimyoviy reagent, reaktiv, yog‘lash va 
artish materiallar va x.k.). 
b)
chala tayyor maxsulot: 
tugallanmagan ishlab chiqarish; 
shaxsiy, o‘zida ishlab chiqarilgan yarim fabrikatlardan iborat. 
Tugallanmagan ishlab chiqarish – bu ishlab chiqarish sexlar va uchastkalarda 
tayyor maxsulot bo‘lishiga qadur qisman ishlov berilib, ammo sotilishimumkin 
bo‘lmagan mexnat buyumlari. 
O‘zida ishlab chiqarilgan yarim fabrikat – bu sexlar va uchastkalarda ishlov 
berilgan, ammo xali tayyor maxsulot ko‘rinishiga kirmagan, lekin sotilishi mumkin 
bo‘lgan (chunki mustaqail qiymatga ega) mexnat buyumlari. 
v) Bo‘lajak davr xarajatlari – bu kelajak davrda maxsulot tannarxi (ishlab 
sarflari) ga kiritiladigan, ammo rejalashtirilgan yilda sarf bo‘ladigan xarajatlar (yangi 
tur maxsulot), yangi texnologiyalarni loyixalashtirish, o‘zlashtirish, gazeta va 
jurnallarga obuna qilish, ijaraga olingan xonalar uchun avans to‘lovlari, 
ratsionalizatorlik takliflarni joriy etish, telefon bilan bog‘liq va shunga o‘xshash 
boshqa sarflar. 
Aylanma mablag‘lar xam natural ko‘rsatkislar xam pul ifodasida xisobga 
olinadilar. 
Aylanma (oborot) fondlar va aylanma mablag‘lar strukturasi
Aylanma (oborot) mablag‘lar strukturasi deb aloxida element, guruxlari aro 
nisbati, xamda shu guruxlarning va aylanma mablag‘lar umumiy xajmiga (nisbatiga) 
bo‘lgan va %-da ifodalangan nisbatiga aytiladi. 
Kimyo va oziq-ovqat tarmoqlarga qarashli aylanma fondlar strukturasidagi 
farqlar quyidagi omillar bilan belgilanadi: 
ishlab chiqarish xarakteri va uni tashkil qilish formalarining xususiyatlari; 
texnologik siklning davomi, tayyor maxsulot xosslari, ishlab chiqarish xarajatlar 
strukturasi; 
xom ashyo va yonilg‘i resurslar, ya’ni moddiy-texnik ta’minot, tayyor maxsulotni 
sotish, iste’molchi va ta’minlovchilar bilan xisob tizimning shartlari, ishlab 
chiqarishni sezonlik xususiyatlari va x.k. 
Aylanma fondlar strukturasini o‘rganish ulardan samarali foydalanish 


yo‘llarni aniqlash imkonini beradi. 
Korxonalarning xo‘jalik faoliyati faqatgina maxsulot ishlab chiqarish bilan 
cheklanmay, uni sotishdan xam iborat. SHu sababli korxonalarda muomala doirasiga 
mansub aylanma mablag‘lar mavjud. 
Muomala fondlariga tayyor maxsulot (ombordagi), iste’molchilarga ortilgan 
(xaki tulangan bo‘lmasa xam) maxsulot, pul mablag‘lari (xisob raqamdagi, kassada 
va xokazo, iste’molchilar bilan xisob-kitobdagi mablag‘lar) shu jumladan debitorlik 
qarzlar. 
YA’ni korxonadagi aylanma fondlar va muomala fondlarni xosil qilish uchun 
mo‘ljallangan pul mablag‘larning ja’mi ushbu korxonaning aylanma mablag‘larini 
tashkil qiladilar (1 rasm). 
1-rasm. Korxona aylanma mablag‘malar tarkibi. 
Muomala fondlar 4 guruxga bo‘linadilar: 
A)
tayyor maxsulot – bu korxonaning omborlarida saqlanuvchi xamma ishlov 
bosqichlardan o‘tgan, texnik nazorati bo‘limi tomonidan qabul etilgan, sotilishi 
mumkin bo‘lgan maxsulot va yarim fabrikat. 
B)
yo‘ldagi maxsulot – bu iste’molchilarga ortilgan, ammo vaqtincha xaki 
to‘lashmagan maxsulot (xaki kelguncha qadar bu maxsulot korxona balansida 
xisoblanadi). 
V) pul mablag‘lari – bu moddiy resurslra bilan ta’minlovchilar bilan xisob- 
kitoblarni amalga oshirish, ish xaklarni to‘lash, davlat, maxaliy byudjet to‘lovlari, 
boshqa korxona va muassasalarga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun mo‘ljallangan 
mablag‘lar. 


Sanoat tarmoqlarida aylanma 
sanoat 
Sozlik 
Kimyo 
OOT 
mablag‘larning taxminiy strukturasi 
(%-da) quyidagi ma’lumotlar bilan 
izoxlanadi: 
tarmog‘i 
tarmog‘i 
Aylanma mablag‘la, shu jumladan: 
100 
100 
100 
100 
A)
ishlab 
chiqarish 
aylanma 
mablag‘lari: 
-
ishlab chiqarish 
zaxiralari 
-
tugallanmagan ishlab 
chiqarish 
-
kelajak davr xarajatlari 
-
extiyot qismlar va 
qiymati past inventar 
79,8 
58,2 
18,6 


67,2±68,1 
62,4±63,5 
4,4±3,7 
0,4 
11,8±12,3 
83,7 
69,7 
11,5 
1,8 
19,2 
74,7 
51,2 
16,8 
0,4 
2,1 
B)
muomala fondlari: 
-
tayyor maxsulot 
-
qolgan boshqa 
normalashtirilgan 
(iklangan) mablag‘lar 
20,2 
18,8 
1,4 
31,9±32,8 
10,3±9,7 
0,9±1,0 
17 
16,5 
0,5 
25,3 
24,1 
0,2 
G) xisobdagi mablag‘lar – debitorlik karz – korxonaga o‘zga korxonalar, 
muassasalar, jismoniy shaxslar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lanishi 
lozim bo‘lgan xaklar. 
Aylanma mablag‘larning taxminiy strukturasi: 
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, aylanma mablag‘larning ko‘p miqdorini aylanma 
fondlar tashkil qilar ekan. 
Bozor sharoitiga o‘tish davrida asosiy masalalardn biri – bu doimiy resurslar 
tejamkorligi omiliga rioya qilish asosida ishlab chiqarishni intensifikatsiyalashtirish. 
Tejash rejalashni ta’minlash tizimda mexnat bumlarini tejash asosiy o‘rinni 
egallaydi. Bu degani – xom ashyo, materiallar, yoqilg‘i sarflarini (1 o‘lcham 
maxsulotga) kamaytirish, lekin shu bilan barcha buyum sifati, xizmat davri va 
ishonchiligiga zararsiz xolda. 
Aylanma mablag‘lar talabini aniqlash va ularni normalashtirish 
Aylanma mablag‘lardan samarali foydalanish ko‘p jixatdan ularga bo‘lgan 
talabini to‘g‘ri aniqlashdadir. 
Maxsulot sotilishidan tushgan tushum korxona xisobiga kelguncha qadar 
aylanma mablag‘lar uni ishlab chiqarish xarajatlarini ta’minlaydilar. 


Ishlab chiqarish zaxiralarni iste’molidan boshlab, ular tayyor maxsulotga 
o‘tib, uni sotishiga bo‘lgan davr ancha uzoq bo‘lishi. Sotilgan maxsulot xaki kelishi 
moddiy resurslar iste’mol vaqtiga to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Bu esa aylanma 
mablag‘larni belgilangan miqdorda tashkil kilishni talab qiladi. 
Aylanma mablag‘larning optimal extiyojini to‘g‘ri aniqlash korxona uchun 
minimal sarf xarajatlar evaziga belgilangan foyda olinishi uchun imkon yaratadi. 
Korxonani normal faoliyatini tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan aylanma 
mablag‘larni iqtisodiy asoslangan miqdorini aniqlash jarayoni aylanma mablag‘larni 
normalashtirish deb ataladi. 
Bu moddiy boyliklarning bir vaqtni xam doimiy minimal xam etarli 
zaxiralarini tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan aylanma mablag‘ jamlarini aniqlashdir. 
Aylanma mablarni normalashtirish ichki rezervlarni aniqlash, ishlab chiqarish 
siklini qisqartirish, tayyor maxsulotni tezroq sotishga imkon beradi. 
Aylanma fondlarning xamma elementlari va muomala fondlardan esa faqat 
korxona omboridagi tayyor maxsulot qoldiklari normalashgan (iklangan) aylanma 
mablag‘larni tashkil qiladilar. Aylanma mablag‘larning qolgan elementlari esa 
normalashmagan (iklanmagan) aylanma mablag‘lar deb ataladilar, chunki ular ishlab 
chiqarish jarayoniga unchalik ta’sir etmaydilar, ularning xajmi tez-tez o‘zgarib turadi, 
shuning uchun ularga ka’tiy normativlarni belgilash qiyin. 
Aylanma mablag‘larni normalashtirish jarayonida ularning norma va 
normativlari aniqlanadi. 
Aylanma mablag‘lar normalari korxonadagi tovar-moddiy boyliklarining 
minimal zaxiralarini ifodalab, zaxira kunlari, detallar zaxirasini normalari bo‘yicha 
xisoblanadilar. 
Aylanma mablag‘lar normativlari – bu pul mablari, ular aylanma mablaglar 
normalari va berilgan material turining o‘rtacha sutkalik xarajatlari ko‘paytmasidan 
iborat. Normativlar miqdori ilab chiqarish xajmi, moddiy ta’minot va maxsulotni 
sotish sharoiti, ishlab chiqarish siklining davomi va boshqa faktorlarga bog‘liq. 
Aylanma mablag‘larning ko‘pgina elementlari bo‘yicha normativ quyidagicha 
xisoblanadi: 
N= x*D 
Bu erda: 
N – konkret element bo‘yicha aylanma mablag‘lar normativi; 
x – bir kunlik sarf xarajat, u tegishli ishlab chiqarishga, ketgan kvartal 
xarajatlarning 90 kunga bo‘linmasidan iborat; 
D – aylanma mablag‘larning berilgan elementi uchun zaxira normasi (kunlar). 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish