Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti



Download 2,2 Mb.
bet44/86
Sana27.01.2022
Hajmi2,2 Mb.
#412776
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   86
Bog'liq
1-mavzu-TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT VA RAQOBAT MENEJMENTI (3)

Masshtab samarasi

Mehnat (soat)

4

5

6

7

8

9

10

11

Tovar (dona)

1

2

3

4

5

6

7

8

1 tovarga qilingan sarf

4,00

2,50

2,00

1,75

1,60

1,50

1,43

1,38




Masshtab samarasi mamlakatdagi tarmoq va korxonalarning raqo- bat bozoridagi xatti-harakati va faoliyat yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda tashqi va ichki masshtab samaralariga ajraladi.


Tashqi masshtab samarasi - butun tarmoqda ishlab chiqarish mas- shtabining o‘sishi natijasida firma doirasida tovar birligiga to‘g‘ri keladigan xarajatlarning kamayishi.
Ichki masshtab samarasi firma doirasida ishlab chiqarish masshtabi- ni kengaytirish orqali tovar birligiga sarflanadigan xarajatlarning ka- mayishi.
Tashqi masshtab samarsi shuni nazarda tutadiki, har bir firmaning hajmi o‘zgarmagan holda bir xil tovar ishlab chiqaradigan firmalar soni ortadi. Odatda ushbu holatda bozor yetarli darajada raqobatbardoshligini saqlab qoladi, bu esa bu model asosidagi savdo qonuniyatlarini xalqaro savdoning klassik nazariyalariga yaqinlashtiradi, ya’ni eksportyorlar o‘zlari ta'sir ko‘rsata olmaydigan bozordagi narxda xohlagan miqdorda tovar sotishlari mumkin.
Ichki masshtab samarasi esa ishlab chiqarish miqdori o‘zgarmagan holda tovar ishlab chiqaruvchi firmalar soni kamaygan holatni nazarda tutadi. Ushbu vaziyat aksariyat hollarda nosog‘lom raqobatni keltirib chiqaradi, ya’ni ishlab chiqaruvchilar o‘z tovarlari narxiga ta'sir ko‘rsa- ta oladi va tovar narxini pasaytirish orqali sotish hajmini orttirishlari mumkin. lchki masshtab samarasining ekstremal holati sof monopoliya hisoblanadi.
Monopolistik raqobat sharoitida savdo
Ma’lumki, xalqaro savdoda sof mukammal raqobat ancha kam uchraydi, buning sababi jahon xomashyo va tovarlar bozorining bo‘lishib olinganligi va xalqrao bozorlarda o‘ziga xos oligopoliya va monopoliyalarning vujudga kelganligidir. Monopolistik raqobat aso- sidagi savdo nazariyasining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan olim Pol Krugman bo‘ldi.
Agar X - ma’lum firmaning sotish hajmi, S - tarmoqdagi umumiy sotish hajmi, n - tarmoqdagi firmalar soni, b - firmaning o‘z tovari narxiga bog‘liq ravishda bozordagi ulushini ko‘rsatuvchi talab o‘zga- ruvchisi, R - mazkur firma tovari narxi, R* - raqobatchi tovarlarning o‘rtacha narxi bo‘lsa,
X=S[(1 /n)-bx(P-P)*] (1) bo‘ladi.
Agar firma o‘z tovarlarini o‘rta narxda yuqori sotsa (R > R*), uning bozordagi ulushi (S/n) kam boiadi (X<(S/n)). Agar firma o‘z tovarla- rini o‘rtacha narxdan past narxda sotsa (R < R*), uning bozor ulushi ko‘proq boiishi kerak (X>(S/n)).
Monopolistik raqobatning xalqaro savdoga ta’simi aniqlash uchun, eng avvalo, firmalar soni va ularning tovarlari narxi orasidagi uchta asosiy o‘zaro bogiiqlikni aniqlash kerak:
• firmalar soni qanchalik ko‘p boisa, har bir firma ishlab chiqara- digan tovar hajmi shuncha kam boiadi, o‘rtacha xarajatlar ortib boradi;

  • Firmalar soni qanchalik ko‘p boisa, raqobat darajasi yuqori boiadi va tovar narxi pasayadi;

  • Agar narx o‘rtacha narxdan yuqori boisa, bozordagi firmalar soni ortadi va aksincha.

Monopolistik raqobat modelida dastlabki ikki bogiiqlik muhim hisoblanadi. Xalqaro savdo tovar sotish bozorlari sigimini oshiradi. Firmalar soni va bir firmaga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha ishlab chiqarish xarajatlari quyidagi chiziqli tenglama bilan ifodalanadi:
S* = (F/X) + c, (2)
S* = n(F/S)+c, (2a)



firmalar miqdori, n
Bu yerda S* - o‘rtacha xarajatlar, F - doimiy xarajatlar, s - finnaning chegaraviy xarajatlari.
Monopolistik raqobat sharoitida xalqaro savdo
Formuladan ko‘rinib turibdiki, ishlab chiqarish hajmi, o‘z navba- tida, sotish hajmi ortib borgan sari firmaning o‘rtacha xarajatlari ka- mayib boradi, chunki doimiy xarajatlar yanada ko‘proq tovarlar soniga
bo‘linadi. Bozor muvozanatda bo‘lgan sharoitda har bir firma tovari narxi bir xil bo‘ladi, R = R*. Ushbu holatda 1 formula X = S/n ga ke- ladi. X qiymatini ikkinchi formulaga qo‘ysak, 2a formula kelib chiqadi. Bu formuladan ko4rinib turibdiki, tarmoqda firmalar soni qanchalik ko‘p bo‘lsa, o‘rtacha xarajatlar shtmchalik ortib boradi. Firmalar soni o6zgarmagan holda sotish hajmining ortishi o‘rtacha xarajatlarning qisqarishiga olib keladi.
Tarmoq ichidagi savdo va tarmoqlararo savdoning farqlari
Tarmoq ichidagi savdo, bu - mamlakatlar o‘rtasida bir tarmoqning differentsiyallashgan mahsulotlari bilan savdo qilishidir.
Tarmoqlararo savdo mamlakatlarning turli tarmoqlarning gomogen mahsulotlari bilan savdo qilishidir.




Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish