Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti



Download 2,2 Mb.
bet46/86
Sana27.01.2022
Hajmi2,2 Mb.
#412776
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   86
Bog'liq
1-mavzu-TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT VA RAQOBAT MENEJMENTI (3)

2.4.3.-rasm. Kesishuvchi talab
dan D gacha, bu daromad dara- jasida ushbu mamlakatda soti- ladigan tovarlar sifati V’ dan D’ gacha. Ikki mamlakat o‘rtasida- gi savdo sifati B’ dan C’ gacha boTgan tovarlar bilan amalga oshadi. Chunki bu oraliqda ikki mamlakatdagi iste'molchilarning talabi kesishadi.
Tayanch iboralar: tashqi
savdo, xalqaro savdo, eksport, import, reeksport, reimport, mutlaq ustunlik, nisbiy ustunlik, tashqi savdo aylanmasi, GATT, JST.
7-Mavzu. Tashqi savdo va uni boshqarish

Reja:
1. Tashqi savdoning iqtisodiyotdagi oʻrni.


2. Oʻzbekiston tashqi savdosining dinamikasi, geografiyasi va tovar tarkibi
3. Tashqi savdo tariflarini boshqarish.
4. Tashqi savdoda tarifsiz cheklovlar va ichki bozorni himoya qilish boʻyicha choralar.
5. Eksportni davlat tomonidan ragʻbatlantirish.
6. Tashqi savdoni boshqarishda yangi tendensiyalar.

Nazariy qismni takrorlash.


Mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyati, Xususan tashqi savdo sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning pirovard natijasi aholining turmush darajasiga bevosita oʻz ta`sirini oʻtkazadi. Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar xorijiy davlatlar bilan savdo aloqalarining jadal oʻsishiga xizmat qilmoqda. Xususan, mamlakatning eksport salohiyatini oshirish boʻyicha qabul qilingan qarorlar mahalliy kompaniyalarga tashqi bozorlarda koʻproq tajriba orttirishga imkon beradi. Pirovardida ular jahon savdosida raqobatdosh ustunlikka ega boʻladi.
Tashqi savdoni davlat tomonidan tartibga solish turli ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Ulaming tovar oqimlariga ta’siri tabiatiga ko‘ra, bir-biridan jiddiy farq qiluvchi ikkita asosiy tipga ajratish mumkin: iqtisodiy va ma’muriy.
Iqtisodiy (tarifli deb ham ataladigan) usuUardan foydalanganda ishlab chiqaruvchi va iste’molchilar, eng awalo, narx mutanosibligi, tovar va resurslar eksporti hamda importining sifati va shartlariga amal qilishadi. Tashqi savdoni tartibga solishning ma’muriy (mos ravishda tarifsiz) usullaridan foydalanilganda bozor mexanizmiga davlat organlari tomonidan ta’sir o‘tkaziladi, ulaming qarorlari va hatti- harakatlari ko‘p jihatdan ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilaming xohishlarini belgilab beradi.
Tarifli usullar tovar narxiga bevosita ta’sir qiladi. Bu usullar davlatlar tashqi savdo amaliyotida eng keng tarqalgan, chunki ular birdaniga uchta vazifani hal qilish imkonini beradi:
1) fiskal - budjet uchun qo6shimcha mablagTami olish;
2) rag'batlantiruvchi - xorijiy hamkorlar bilan aloqalami rivoj- lantirish;
3) proteksionistik - milliy tovar ishlab chiqaravchilar uchun qulay shart-sharoitlami yaratish.
Tashqi savdoni tarifli tartibga solish usullari qatoriga bojxona bojlari, bojlar, yigTmlar, shuningdek, boshqa bilvosita soliqlar, mas.: aksizlar kiradi.
Tarifsiz usullar - tovar ayirboshlashga ta’sir qilish dastaklarini, ya’ni olib kiriladigan yoki olib chiqiladigan mahsulot hajmi va nomenklaturasini cheklashni bildiradi. Ular ko'proq rivojlanayotgan va hukumat tomonidan protektsionistik iqtisodiy siyosatni talab qiluvchi, bozor tuzilmalari shakllanayotgan o'tish davri iqtisodiyotli mamlakatlarga xosdir.
Tarifsiz ta’sir qilish vositalariga kvotalash, litsenziyalash, eksportni subsidiyalash, demping, kartel bitimlar va mamlakatlar o‘rtasidagi tovar oqimlarining yoTida texnik to'siqlami yaratish kabilar kiritiladi.
Jahondagi mamlakatlar va hududlar bo‘yicha statistik axborotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, tashqi savdoni davlat tomonidan boshqarish tarifli va tarifsiz usullaming kombinatsiyasi yordamida amalga oshi- riladi. Tarifli usullaming mavqei keyingi paytda pasayib bormoqda, bu esa Umumjahon savdo tashkiloti tomonidan a’zo-mamlakatlar oldiga qo'yilgan strategik vazifa, ya’ni ular orasidagi o‘zaro tovar ayirboshlashda tarifli cheklashlami bosqichma-bosqich bartaraf etish vazifasi bilan bog'liq. Tarifsiz cheklashlaming ahamiyati «tanlovli» proteksionistik savdo siyosatining kengayib borishi tufayli ortib bormoqda.
Tashqi savdoni tarifli tartibga solish usullari qatoriga bojxona tariflari, bojlar, yigʻimlar, shuningdek, boshqa bilvosita soliqlar, aksizlar kiradi.
Guruhlarda ishlash uchun topshiriq

1-Topshiriq. Keltirilgan jadval asosida Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo aylanmasi holatini tahlil qiling. Boʻsh qoldirilgan koʻrsatkichlarni hisoblang.


1-jadval
Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo aylanmasi holatini tahlili (mln. AQSh dollari)

2-Topshiriq. Oʻzbekiston Respublikasida Xalqaro standartlashgan savdo tasniflagichi (XSST) boʻyicha eksport tarkibi oʻsish surʼati va umumiy hajmga nisbatan ulushi holatini tahlil qiling.


2-jadval
Oʻzbekiston Respublikasida Xalqaro standartlashgan savdo tasniflagichi (XSST) boʻyicha eksport tarkibi tahlili


3-Topshiriq. Fanga oid Glossariy asosida quyida keltirilgan asosiy tushunchalarning maʼnosini yozing.
1. Barter
2. Valyuta
3. Yevro
4. Jahon bozori
5. Import
6. Tashqi savdo siyosati
7. Umumiy bozor
8. Xalqaro tovar nomenklaturasi
9. Xalqaro hisob-kitoblar
10. Eksport kvotasi

Nazorat va muhokama uchun savollar:


1. Tashqi savdo deganda nimani tushunasiz?


2. Tasqi savdo balansi nima?
3. Mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyati deganda nima tushiniladi?
4. Tashqi savdo boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlar maqsadi nima?
5. Tashqi savdo yuzasidan hukumat eʼtibori nimaga qaratilgan?
6. Mamlakat tashqi savdo faoliyatining oʻziga xos jihatlarini ayting?
7. Oʻzbekiston tashqi savdosida yetakchi 10 mamlakatni sanang.
8. Mamlakat tashqi savdo aylanmasi holatini aytib bering.
9. 2020 yilda eksportda eng katta ulushga qaysi mahsulot ega?
10. TSAda soʻnggi yillarda qaysi mamlakatlar bilan tashqi savdo aylanmasida oʻsish kuzatilmoqda?

Topshiriqlar javoblari:


1-Topshiriq. Javob:
2-Topshiriq. Javob:
3-Topshiriq.
Javob:
Barter — tovarni tovarga toʻgʻridan-toʻgʻri ayirboshlanadigan savdo bitimi.
Valyuta — ma’lum bir davlatning qonun bilan oʻrnatilgan pul vositasi (milliy valyuta), bir yoki bir necha yetakchi mamlakatlarning valyutasi koʻrinishidagi jahon zahira pullari. Xalqaro valyuta fondi va Yevropa valyuta tizimi a’zolari tomonidan koʻp tomonlama hisob-kitoblarda foydalaniladigan xalqaro valyuta birligi.
Yevro - yevropa mamlakatlari uchun hisob-kitob-toʻlov birligi boʻlib, YeIga a’zo mamlakatlar hududida EKYu oʻrniga joriy etilgan.
Jahon bozori — moddiylashtirilgan va moddiylashtirilmagan koʻrinishidagi ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol bosqichlarni oʻz ichiga oluvchi XIMlarning subyektlarini (milliy va hududiy iqtisodiyotlar, xalqaro tashkilotlar va korporatsiyalar) oʻzaro iqtisodiy ta’sirlanishidagi global muhitidir.
Import – ichki bozorda sotish uchun mamlakatga xorijiy tovarlar kiritish va xizmat keltirish. Import miqdori va takribi mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotida tutgan oʻrniga bogʻliq.
Tashqi savdo siyosati — eksport-import tovar oqimlari hajmi, tovar tarkibi va jugʻrofiy yoʻnalishini tartibga solish bilan bogʻliq boʻlgan byudjet-soliq faoliyati sohalaridan biridir.
Umumiy bozor — ishlab chiqarish omillarini milliy chegaralar orqali erkin koʻchib oʻtishini ta’minlanlovchi iqtisodiy integratsion koʻrinish.
Xalqaro tovar nomenklaturasi — mamlakatlar oʻrtasida kelishilgan, tasniflangan tovar pozitsiyalari roʻyxati boʻlib, har bir tovar pozitsiyasi kodlashtirilgan raqamlarga ega boʻladi.
Xalqaro hisob-kitoblar — turli davlatlarning huquqiy va jismoniy shaxslari oʻrtasida iqtisodiy, siyosiy va madaniy munosabatlardan kelib chiquvchi pul talablari va majburiyatlari boʻyicha toʻlovlarni tashkil etish va tartibga solish jarayoni.
Eksport kvotasi — mamlakat eksporti qiymatining yalpi ichki mahsuloti (YaIM)ga nisbati (foizlarda).

7-Mavzu. Tashqi savdo va uni boshqarish


1. Tashqi savdoning iqtisodiyotdagi oʻrni.


2. Oʻzbekiston tashqi savdosining dinamikasi, geografiyasi va tovar tarkibi
3. Tashqi savdo tariflarini boshqarish.
4. Tashqi savdoda tarifsiz cheklovlar va ichki bozorni himoya qilish boʻyicha choralar.
5. Eksportni davlat tomonidan ragʻbatlantirish.
6. Tashqi savdoni boshqarishda yangi tendensiyalar.
1. Tashqi savdoning iqtisodiyotdagi oʻrni.

Mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyati, Xususan tashqi savdo sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning pirovard natijasi aholining turmush darajasiga bevosita oʻz ta`sirini oʻtkazadi. Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar xorijiy davlatlar bilan savdo aloqalarining jadal oʻsishiga xizmat qilmoqda. Xususan, mamlakatning eksport salohiyatini oshirish boʻyicha qabul qilingan qarorlar mahalliy kompaniyalarga tashqi bozorlarda koʻproq tajriba orttirishga imkon beradi. Pirovardida ular jahon savdosida raqobatdosh ustunlikka ega boʻladi.


O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi va balansi
(mlrd AQSh dollari)
7.1-rasm. O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi va balansi

Hukumatning bu borada soʻnggi yillarda amalga oshirayotgan eksportni ragʻbatlantirish, importni optimallashtirish va umuman olganda tashqi savdo muvozanatini ta`minlash maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar 2019-yil yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasini (matnda TSA) 42,2 mlrd. AQSh dollariga yetishini va 2018-yilga nisbatan 8,7 mlrd. AQSh dollariga yoki 26,2 % ga oshishini ta`minladi. Ushbu natija mamlakat tarixida eng yuqori koʻrsatkich sifatida qayd etildi.


TSAda eksport hajmi 17,9 mlrd. AQSh dollariga (oʻsish sur`ati – 128,0 %) va import hajmi 24,3 mlrd. AQSh dollariga (oʻsish sur`ati – 124,9 %) yetdi. Hisobot davrida 6,4 mlrd. AQSh dollari qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etildi.

Tashqi savdo aylanmasi dinamikasi (mlrd AQSh dollari)


7.2-rasm. Tashqi savdo aylanmasi dinamikasi

Soʻnggi yillarda hukumatimiz tomonidan sanoat tuzilmasini diversifikatsiya qilishni, eksportni qoʻllab-quvvatlash, import oʻrnini bosuvchi tovar va mahsulotlarni ishlab chiqarishni yanada oshirilishi natijasida eksport tarkibida sezilarli oʻzgarishga erishildi.


Shu bilan birga ta`kidlab oʻtish kerakki, mamlakatning tashqi savdo faoliyatida mavsumiylik mavjud. Ya`ni, yil oʻrtasida nisbatan yuqori faollik kuzatilib, oylik TSA iyul oyida o’zining eng yuqori qiymati – 4,8 mlrd. AQSh dollari bilan respublikaning tashqi savdo muvozanatini ta`minladi. 2019-yil dekabrida TSA 3,9 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi va yilni passiv savdo balansi bilan yakunladi.

2. Oʻzbekiston tashqi savdosining dinamikasi, geografiyasi va tovar tarkibi


MDH davlatlari bilan savdo 2 foizga kamayishi kuzatilgan.


Davlat Statistika qo’mitasi 2020-yilda O’zbekiston tashqi savdo aylanmasi to’grisidagi ma’lumotlarni taqdim etdi. Unga ko’ra:
2020- yilning yanvar-dekabr oylari yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasi 36 299,3 mln. AQSh dollarini tashkil etib, 2019- yilga nisbatan 5 451,7 mln. AQSh dollariga yoki 13,1% ga kamaydi.
ASOSIY SHERIK DAVLATLAR
TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy Xalq Respublikasida (17,7%), Rossiya Federatsiyasida (15,5%), Qozogʻistonda (8,3%), Koreya Respublikasida (5,9%), Turkiyada (5,8%), Qirgʻiz Respublikasida (2,5%) va Germaniyada (2,3%) qayd etilgan.
Tashqi iqtisodiy faoliyat boʻyicha 20 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan beshta davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Afgʻoniston (772,3 mln. AQSh dollari), Qirgʻiz Respublikasi (610,1 mln. AQSh dollari), Tojikiston (307,2 mln. AQSh dollari), va Eron (33,2 mln. AQSh dollari) shular jumlasidandir.
2020- yilning yanvar-dekabr oylarida, tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 32,6% ni tashkil etib, tashqi savdo aylanmasidagi 2019- yilga nisbatan ulushi 2,0% ga kamaygan.
EKSPORT
Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida mamlakatning eksportyorlari soni 6 109 tani tashkil etib, ular tomonidan 9 323,3 mln. AQSh dollari (qimmatbaho metallar eksportidan tashqari) qiymatidagi (2019- yilning mos davriga nisbatan 25,7% ga kamaydi) tovar va xizmatlar eksport qilinishi taʻminlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi eksporti dekabr oyida 930,4 mln. AQSh dollari qiymatida qayd etilib, oʻtgan yilning shu oyiga nisbatan 673,5 mln. AQSh dollariga kamaydi.

Hududlar kesimida respublika eksporti tarkibida eng yuqori ulushni Toshkent shahri 19,5% ulush bilan 2 954,7 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Respublika eksporti tarkibida eng quyi ulushni Jizzax viloyati 0,8% ulush bilan 124,1 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.


IMPORT
2020- yilning yanvar-dekabr oylarida import hajmi 21 171,5 mln. AQSh dollarini va 2019- yilga nisbatan 87,2% ni tashkil etdi. Import tarkibida eng katta ulush, mashinalar va transport asbob-uskunalari (37,6%), sanoat tovarlari (16,9%) hamda kimyoviy vositalar va boshqa toifalarga kiritilmagan shunga oʻxshash mahsulotlar (13,7%) hisobiga toʻgʻri keldi.
Tovarlar importi dinamikasi tahliliga koʻra, 2020- yilning yanvar-dekabrida import qilingan tovarlar hajmi, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1 911,3 mln. AQSh dollariga kamaydi va 19 955,1 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Xizmatlar importi esa 1 216,4 mln. AQSh dollariga yetdi.
2020- yilning yanvar-dekabr oylari yakuni boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan 147 davlatdan tovarlar va xizmatlar importi amalga oshirildi. Yetti yirik hamkor davlatlar (Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Koreya Respublikasi, Qozogʻiston, Turkiya, Germaniya va Chexiya Respublikasi) jami importning 71,9% ulushini tashkil qildi, bu 15 228,2 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.
Oʻzbekiston jahonning 193 dan ortiq mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy Xalq Respublikasida (18,1 %), Rossiya Federatsiyasida (15,7 %), Qozogʻistonda (8,0 %), Koreya Respublikasida (6,5 %), Turkiyada (6,0 %), Germaniyada (2,3 %) va Qirgʻizistonda (2,0 %) qayd etilgan.
Shuningdek, qoʻshni davlatlar bilan oʻzaro aloqalarni mustahkamlash, mamlakatlarni iqtisodiy-ijtimoiy, savdo-sanoat hamda madaniy sohalardagi aloqalarini rivojlantirish borasida katta ishlar amalga oshirilayotganini koʻrish mumkin. Xususan, Tojikiston, Turkmaniston, Qirgʻiz Respublikasi va Qozogʻiston kabi qoʻshni davlatlar bilan TSAda soʻnggi yillarda katta oʻzgarishlar kuzatilyapti. Misol uchun, soʻnggi uch yilda TSA Qirgʻiz Respublikasi va Turkmaniston bilan 3 barobarga hamda Tojikiston va Qozogʻiston bilan 2 barobarga oshdi. Afgʻoniston bilan tashqi savdo yiliga 600 mln. AQSh dollari darajasida saqlanib qolmoqda.
Qirgʻiz Respublikasi, Tojikiston va Afgʻoniston bilan faol tashqi savdo balansi kuzatilganini mamlakatning tashqi savdodagi faoliyatini ijobiy natija sifatida baholash mumkin.
Boshqa davlatlar (qoʻshni davlatlardan tashqari) bilan esa TSAda eng yuqori ulush Xitoy, Rossiya, Koreya, Turkiya va Germaniya davlatlari hissasiga toʻgʻri kelgan. Asosiy hamkor-davlatlar qatorida Eron va Fransiya bilan faol tashqi savdo balansi ta`minlangan.
Tashqi iqtisodiy faoliyat boʻyicha 20 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan beshta davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Afgʻoniston (612,1 mln. AQSh dollari), Qirgʻiziston (529,0 mln. AQSh dollari), Tojikiston (191,5 mln. AQSh dollari), Fransiya (65,7 mln. AQSh dollari) va Eron (15,0 mln. AQSh dollari). Qolgan 15 ta davlatlar bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasining TSA dinamikasi tahlili 2019-yilda oʻtgan yillarga nisbatan eksport va import hajmlarini oʻsishini koʻrsatdi. 2017-yilga nisbatan TSA 1,6 barobarga oshdi va import (1,9 barobar) esa eksportga (1,3 barobar) nisbatan tezroq oʻsdi.

O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasida MDH mamlakatlari va boshqa xorijiy davlatlarining xajmlari dinamikasi (mln. AQSh dollari ulushi, %)


7.3-rasm. O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi dinamikasi

TSAning uchdan bir qismini MDH davlatlari tashkil etib, soʻnggi yillarga nisbatan asta-sekin kamayish tendensiyasi kuzatilmoqda. Bu esa oʻz navbatida boshqa xorijiy davlatlar bilan iqtisodiy munosabatlarning kengayayotganidan dalolat bermoqda.


Respublikamizda tashqi savdoni qoʻllab-quvvatlash hamda MDH davlatlari bilan ushbu sohadagi hamkorlikni yanada mustahkamlash boʻyicha olib borilayotgan chora-tadbirlar natijasida 2019-yil yanvar-dekabr oylarida tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 34,6 %ni tashkil etib, tashqi savdo aylanmasi oʻtgan yilga nisbatan oʻsish 120,0 %ni tashkil etdi. Oʻsish boʻlishiga qaramay, MDH davlatlarining ulushi 2018-yilga nisbatan 1,7 % punktga pasaymoqda.
Boshqa xorijiy davlatlarning TSAsi 2019-yilda MDH davlatlariga nisbatan tezroq oʻsdi (oʻsish sur`ati 129,7 %) va jami TSAdagi ulushi 65,4 %ni tashkil etdi. Xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi eksportning barqaror oʻsishiga koʻmaklashadi va bu oʻz navbatida ma`lum natijalarga erishish uchun zamin yaratadi. Mamlakatning eksport salohiyatini oshirish, eksportyorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, eksportbop mahsulotlarni nomenklaturasini kengaytirish maqsadida amalga oshirilgan islohotlar eksporterlar sonini 5 mingtadan (82 birlikka oshib, 5895 tani tashkil etdi) oshirdi va ular tomonidan 17,9 mlrd. AQSh dollari qiymatdagi (2018-yilga nisbatan oʻsish 28,0%) tovar va xizmatlar eksport qilinishini ta`minladi.
Eksport tarkibida tovarlar ulushi 80,1 %ni tashkil etib, ular asosan qimmatbaho metallar (kumush bilan birga 28,5 %), energiya tashuvchi va neft mahsulotlari (14,1 %), toʻqimachilik buyumlari (9,1 %), oziq-ovqat mahsulotlari (8,5 %, aksariyat meva-sabzavot – 6,7 %), rangli metal va undan tayyorlangan buyumlar (5,3 %) hamda kimyo mahsulotlari va buyumlari (4,9 %) hissasiga toʻgʻri kelmoqda.
MDH mamlakatlari va boshqa mamlakatlarga eksportning yoʻnalishi boʻyicha farqlanishlar mavjudligi kuzatilmoqda. Xususan, MDH mamlakatlariga eksportning 80 % xizmatlar hissasiga toʻgʻri kelmoqda, keyingi oʻrinlarda eksport hajmi boʻyicha energiya tashuvchi va neft mahsulotlari (asosan tabiiy gaz) hamda meva-savzavot va toʻqimachilik mahsulotlariga toʻgʻri kelmoqda.
Hisobot davrida MDH mamlakatlari yoʻnalishiga mashina va asbob-uskunalar, qora va rangli metallar, meva-sabzavot mahsulotlari eksporti nisbatan tezroq oʻsdi, faqatgina paxta tolasi eksportida pasayish kuzatildi.
2019-yilda eksport qilingan tovarlar va xizmatlar tarkibining tahlili shuni koʻrsatmoqdaki, tovarlar va xizmatlar tarkibida sezilarli oʻzgarishlar qayd etilmadi, biroq shuni ta`kidlash joizki, 2018-yilga nisbatan, energiya tashuvchi va neft mahsulotlari hamda kimyo mahsulotlari va buyumlaridan tashqari barcha tovar va xizmatlarda oʻsish kuzatildi.

7.1-jadval


Eksport tarkibi dinamikasi (yanvar-dekabr, foizlarda)
Tarkibi 2017 yil 2018 yil 2019 yil
Jami 100,0 100,0 100,0
Shu jumladan:
Paxta tolasi
3,8 1,6 1,6
Oziq-ovqat mahsulotlari 7,0 7,8 8,5
Kimyo mahsulotlari va buyumlari 7,0 6,5 4,9
Energiya manbalari va neft mahsulotlari 12,8 19,1 14,1
Qora metall va undan tayyorlangan buyumlar 1,2 2,3 2,0
Ranli metall va undan tayyorlangan buyumlar 6,1 6,1 5,3
Mashina va asbob uskunalar hamda ularning qismlari 2,8 1,5 2,5
To‘qimachilik mahsulotlari 9,0 9,3 9,1
Oltin 26,0 20,8 27,5
Xizmatlar 19,7 21,9 19,9
Boshqalar 4,6 3,1 4,7

Soʻnggi uch yil davomida eksport tarkibi dinamikasida diversifikatsiya kuzatildi. Jumladan, qimmatbaho metallar va meva-sabzavot mahsulotlarining ulushi 1,5 foiz punktga, energiya tashuvchi va neft mahsulotlari ulushi 1,3 foiz punktga, qora metal va buyumlari 0,8 foiz punktga, xizmatlar 0,2 foiz punktga, toʻqimachilik mahsulotlari 0,1 foiz punktga oshdi. Aksincha, qimmatbaho metallar, meva-sabzavot mahsulotlari hamda energiya tashuvchi va neft mahsulotlarining ulushi sezilarli oshishi hisobiga qolgan tovar guruhlari boʻyicha ulushida pasayish kuzatilgan.


Meva-sabzavot mahsulotlari eksporti hajmining oshishiga barra va qayta ishlangan sabzavotlarning 2018-yilga nisbatan mos ravishda 1,8 va 1,6 barobarga oshgani hamda jami meva-sabzabot tarkibida 46,5 %ni tashkil etishi bilan sezilarli ta`sir oʻtkazgan.
Oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi boʻlgan 1,2 mlrd. dollarga yaqin qiymatli 1,4 mln. tonnadan ziyod meva-sabzavot eksport qilingan. Bu 2018-yilga nisbatan qiymatda – 1,4 va naturada – 1,1 barobar oʻsgan. Meva-sabzavot mahsulotlarining eksport tarkibiga qaralsa, 542,4 mln. AQSh dollariga teng 816,5 ming tonnadan ortiq sabzavot, shuningdek 658,1 mln. AQSh dollari qiymatidagi 591,2 ming tonna meva va rezavorlar eksport qilindi (qiymat koʻrinishidagi oʻsish sur`ati oʻtgan yilga nisbatan mos ravishda 170,1 % va 116,1 % ni tashkil etdi).
Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Qirgʻiz Respublikasi, Qozogʻiston, Rossiya va Turkiya davlatlari hissasiga toʻgʻri kelgan.

2019 yilda meva-sabzavot mahsulotlari eksporti (mln AQSh dollar)


7.4-rasm. Meva-sabzavot mahsulotlari eksporti

Hukumat tomonidan qishloq xoʻjaligi va bogʻdorchilikni rivojlantirishga katta e`tibor qaratilayotgani bois eksport qilinayotgan mahsulotlar sifati va hajmi yildan-yilga ortib bormoqda. Jumladan, 2019-yil umumiy eksportdagi meva va sabzavotlarning ulushi 6,7 % ni tashkil etdi.


7.2-jadval
Meva-sabzavot mahsulotlari eksport geografiyasi

Meva-sabzavot eksporti qiymatda eng ko’p Qirgʻiz Respublikasi hissasiga (jami meva-sabzavot eksportidan 26,7 %), natura koʻrinishida esa Qozogʻistonga eksport hajmi 556,5 ming tonnani tashkil etib Qirgʻiz Respublikasiga nisbatan 4,4 barobar koʻpni tashkil etmoqda.


Soʻnggi uch yildagi umumiy import hajmining oʻsishi (1,7 barobar) fonida xizmatlar importining mutloq oʻsishiga qaramasdan (1,2 barobar) uning jami importdagi ulushi kamaymoqda (4,1 % punkt).
Oziq-ovqat mahsulotlarining importi hajmlarining oʻsishiga shakar xom-ashyosi (6,1 barobar oʻsish), kakao, un va qandolat mahsulotlari (va ulardan tayyorlangan mahsulotlar) (1,7 barobar), sitrus (2,2 barobar) hamda goʻsht va sub oziq-ovqat mahsulotlari (2,1 barobar) importining oshgani ta`sir qilgan.
2020 yil yanvar-mart oylarida meva-sabzavot mahsulotlari eksporti (mln AQSh dollar)
7.5-rasm. Meva-sabzavot mahsulotlari eksporti (2020 yil yanvar-mart)

Hozirgi kunda dunyoning deyarli barcha davlatlariga tarqalgan koronavirus (COVID-19) pandemiyasi xalqaro integratsiyaning kamayishiga hamda davlat chegaralarning yopilishiga sabab boʻldi. Bu esa mamlakatning tashqi savdo sohasi hamda aholining turmush darajasiga bevosita oʻz ta`sirini oʻtkazmoqda.


2020-yil yanvar-mart oylari yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 8 140,4 mln. AQSh dollarini tashkil etib, 2019-yilning mos davriga nisbatan 924,1 mln. AQSh dollariga yoki 10,2 %ga kamaydi.
Oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi boʻlgan 136,7 mln. dollarga yaqin qiymatli 257,2 ming tonnadan ziyod meva-sabzavot eksport qilingan. Bunda 2019-yilning mos davriga nisbatan 67,6 mln. AQSH dollarida pastlashish kuzatilib, 33,1 % ga kamaydi. Meva-sabzavot mahsulotlarining eksport tarkibiga qaralsa, 83,4 mln. AQSh dollariga teng 211,4 ming tonna sabzavot, shuningdek, 53,3 mln. AQSh dollari qiymatidagi 45,8 ming tonna meva va rezavorlar eksport qilindi.
Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Qozogʻiston (25,6 %), Rossiya Federatsiyasi (18,6 %), Afgʻoniston (9,4 %) va Qirgʻiz Respublikasi (8,9 %) davlatlari hissasiga toʻgʻri kelgan.
Hukumat tomonidan qishloq xoʻjaligi va bogʻdorchilikni rivojlantirishga katta e`tibor qaratilayotgani bois eksport qilinayotgan meva va sabzavotlarning ulushi 4,1 % ni tashkil etdi.

3. Tashqi savdo tariflarini boshqarish.


Tashqi savdoni davlat tomonidan tartibga solish turli ko‘rinishlar- da bo‘lishi mumkin. Ulaming tovar oqimlariga ta’siri tabiatiga ko‘ra bir-biridan jiddiy farq qiluvchi ikkita asosiy tipga ajratish mumkin: iqtisodiy va ma^muriy.


Iqtisodiy (tarifli deb ham ataladigan) usuUardan foydalanganda ishlab chiqaruvchi va iste’molchilar, eng awalo, narx mutanosibligi, tovar va resurslar eksporti hamda importining sifati va shartlariga amal qilishadi. Tashqi savdoni tartibga solishning ma’muriy (mos ravishda tarifsiz) usullaridan foydalanilganda bozor mexanizmiga davlat organlari tomonidan ta’sir o‘tkaziladi, ulaming qarorlari va hatti- harakatlari ko‘p jihatdan ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilaming xohishlarini belgilab beradi.
Tarifli usullar tovar narxiga bevosita ta’sir qiladi. Bu usullar davlatlar tashqi savdo amaliyotida eng keng tarqalgan, chunki ular birdaniga uchta vazifani hal qilish imkonini beradi:
1) fiskal - budjet uchun qo6shimcha mablagTami olish;
2) rag'batlantiruvchi - xorijiy hamkorlar bilan aloqalami rivoj- lantirish;
3) proteksionistik - milliy tovar ishlab chiqaravchilar uchun qulay shart-sharoitlami yaratish.
Tashqi savdoni tarifli tartibga solish usullari qatoriga bojxona bojlari, bojlar, yigTmlar, shuningdek, boshqa bilvosita soliqlar, mas. aksizlar kiradi.
Tarifsiz usullar - tovar ayirboshlashga ta’sir qilish dastaklarini, ya’ni olib kiriladigan yoki olib chiqiladigan mahsulot hajmi va no- menklaturasini cheklashni bildiradi. Ular ko'proq rivojlanayotgan va hukumat tomonidan protektsionistik iqtisodiy siyosatni talab qiluv- chi, bozor tuzilmalari shakllanayotgan o'tish davri iqtisodiyotli mam- lakatlarga xosdir.
Tarifsiz ta’sir qilish vositalariga kvotalash, litsenziyalash, eksport- ni subsidiyalash, demping, kartel bitimlar va mamlakatlar o‘rtasidagi tovar oqimlarining yoTida texnik to'siqlami yaratish kabilar kiritiladi.
Jahondagi mamlakatlar va hududlar bo‘yicha statistik axborotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, tashqi savdoni davlat tomonidan boshqarish tarifli va tarifsiz usullaming kombinatsiyasi yordamida amalga oshi- riladi. Tarifli usullaming mavqei keyingi paytda pasayib bormoqda, bu esa Umumjahon savdo tashkiloti tomonidan a5zo-mamlakatlar oldiga qo'yilgan strategik vazifa, ya’ni ular orasidagi o‘zaro tovar ayirboshlashda tarifli cheklashlami bosqichma-bosqich bartaraf etish vazifasi bilan bog'liq. Tarifsiz cheklashlaming ahamiyati «tanlovli» proteksionistik savdo siyosatining kengayib borishi tufayli ortib bor- moqda.
Tashqi savdoni tarifli tartibga solish usullari qatoriga bojxona ta- riflari, bojlar, yig'imlar, shuningdek, boshqa bilvosita soliqlar, aksizlar kiradi.
Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish