2-mavzu. Yo‘l qurilish ishlarini tashqil qilishning asosiy xususiyatlari. Reja



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/17
Sana12.04.2022
Hajmi0,9 Mb.
#546742
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
2-Mavzu-1

Yo‘l qurilishi ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish. 
Ishlab chiqarish 
korxonalarini joylashtirishning turli variantlarini solishtirganda xom ashyo 
materiallari va yarim fabrikatlarni tashish sharoitlari (yo‘llar va transport vositalari 
holati); elektr energiyasi, par, yonilgi, Siqilgan xavo bilan ta’minlanganlik; beton 
korishmalarni tayyorlash uchun kimyoviy tarkibiga ko‘ra yarokli suvning etarli 
miqdorda 
ta’minlanganlik; zarur o‘lchamdagi maydoncha, profil va 
konfiguratsiyalarning xamda ularga yo‘llarning mavjudligi yoki mavjud temir va 
avtomobil yo‘llariga chiqish sharoitlari xisobga olinadi. 
Korxona uchun uchastkani shunday tanlash kerakki, uni uzlashtirish xarajatlari eng 
minimal bulsin. 
Birok korxonani joylashtirish joyini tanlashning asosiy, xal qiluvchi omili tayyor 
mahsulotni (asfaltbeton va sementbeton korishmalarini) iste’mol qilish joyiga 
etkazib berish sharoitidir. 
SHag‘al va qumni tashish xarajatlarining asfalt va sementbeton korishma 
tannarxidagi salmogi ancha katta bo‘lishiga karamasdan, ABZ va SBZni tosh 
maydalovchi zavod va qum karerlari yaqinida joylashtirish, aksariyat xollarda, 
ushbu korishmalarga nisbatan o‘ziga xos talablar mavjudligi (etkazib berish vaqti) 
tufayli maqsadga muvofiq emas. ABZ va SBZni tosh maydalovchi zavod oldida 
joylashtirishga fakat, agar zavodlar iste’mol punktlari yaqinida yoki tayyor mahsulot 
iste’mol qilish markazida joylashgan bo‘lsa, yo‘l kuyilishi mumkin. 
Bir qator xollarda korxonalar bevosita aholi punktlari yaqinida sanitar zona 
chegarasida (500-1000 m) joylashtiriladi. Bu ishchilarni yaxshirok joylashtirish, suv 
va elektr ta’minotini yo‘lga kuyish, mavjud yo‘llardan tayyor mahsulotni tashish 
uchun foydalanish imkonini beradi. 
Korxonani joylashtirishning turli variantlarida mahsulotni etkazib berish uzoqligi va 
sxemasi, yuklash-tushirish ishlari hajmlari va oxir-okibat, korxona mahsuloti 
qiymati uzgaradi. Bunday xarajatlarning eng kam miqdorini ta’minlash nuqtai 
nazaridan korxonalarni joylashtirishning bir nechta varianta karaladi. Agar turli 
maydonchalarda joylashtirilgan korxonalar mashinalari va asbob-uskunalari bir xil 
bo‘lsa, turli variantlar uchun maxuulotni tayyorlash qiymatini taxminan bir xil deb 
olish va variantlarni solishtirganda hisobga olmaslik mumkin. 
Korxonani maydonchada joylashtirishda, texnologik jarayonda maxuulot va 
materiallar harakatlanishi uzaro kesishmasligi, yuk tushirish- ortish operatsiyalari 
bo‘lmasligini nazarda to‘tilishi lozim. 
Yo‘l qurilishida omborxona xujaligini tashqil qilish. 
Yo‘l qurilishi 
materiallarini tashish va omborxonaga joylash xarajatlari Avtomobil yo‘llari 
qurilishi qiymatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Yo‘l qurilishida omborxona xujaligini 
tashqil qilishning asosiy vazifasi materiallar va buyumlarni miqdor va sifat bo‘yicha
qabul qilish ularni fizik-mexanik xossalarni hisobga olib okilona joylashtirish, 


yuklash-tushirish ishlarini avtomatlashtirish va robotlashtirish, materiallar, 
konstruksiyalar va buyumlarni saqlash texnikasini takomillashtirish, moddiy 
kimmatliklarni saklashda, hisobga olishda va berishda yo‘qotishlarga yo‘l 
ko‘ymaslikdan iborat. 
Bularning barchasiga yana shuni qo‘shimcha qilish mumkinki, yo‘l qurilishi 
sharoitlarida bevosita yo‘l ishlarida omborxonalar imkoni boricha kichik hajmlarda 
tashqil etiladi va buning uchun bir kator xollarda ularni ximoya qilish uchun saroy 
va bostirma turidagi vaqtinchalik inshootlardan foydalaniladi. 
Qurilishga keltiriladigan barcha turdagi materiallar, buyumlar, shuningdek 
ularni qabul qilish Davlat standartlariga, texnik shartlarga, shuningdek etkazib 
berish shartnomalarida nazarda to‘tilgan qo‘shimcha talablarga mos kelishi kerak. 
Materiallar va buyumlar sanab o‘tilgan hujjatlarga mos kelmasa, yoki etkazib berish 
muddatlariga rioya etilmasa, yo‘l qurilishi tashqilotlari etkazib beruvchi 
tashqilotlarga yoki transport tashqilotlariga belgilangan tartibda reklamatsiya beradi. 
Materiallar va buyumlar omborlardan faqatlozim tarzda rasmiylashtirilgan va 
tasdiklangan hujjatlar (shakllar) bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar hajmi uchun 
belgilangan normalar asosida extiyojga qarab beriladi. 
Yo‘l qurilishidagi omborxonalar tarkibiga modsiy-texnik ta’minot omborlari, 
asosiy texnologik va ixtisoslashtirilgan omborlar kiradi. 
Moddiy-texnik ta’minot omborlariga turli materiallar va buyumlarni (taxta-yogoch, 
mashinalar va uskunalar uchun suyuk yonilgi, kora va rangli metall, extiyot sismlar, 
motorlashtirilgan aslaxalar va xk.) saqlash bo‘yicha markaziy omborlar kiradi. 
Asosiy texnologik (ekspluatatsion) turdagi omborlarga xom ashyo va yonilgi, 
yarim fabrikatlar va tayyor mahsulot (temir-betor va b.) omborxonalari kiradi. 
Ixtisoslashtirilgan omborlarga karbit kalsiy, ammiak, portlovchi materiallar, 
zaxarli ximikatlar va maxsus saqlash sharoitlarini taqozo etuvchi boshqa 
materiallarni saqlash omborlari kiradi. 
Ishlab chiqarish korxonalari qurilishiga xizmat ko‘rsatishning optimal sharoitlarini 
ta’minlash va ekspluatatsion xarajatlarni kamaytirish uchun mazkur mintaqadagi 
barcha qurilish boshqarmalari uchun omborlarni kooperatsiyalash, omborlarning 
SBZ, ABZ ishlab chiqarilishi yaqinida joylashtirilishi imkoniyatlari xisobga olinadi. 
Bir kator xollarda omborxonalar relslar oldida kuriladi. 
Aloxida toifa korxonalari bo‘yicha (yongin va portlash xavfi bo‘yicha ) 
omborxonalar ekspluatatsion va zaxira (bazisli) omborlariga tasniflanadi. 
Ekspluatatsion omborlar qurilishning va korxonalarning joriy extiyojlariga xizmat 
qiladi; zaxira omborlar materiallarni uzoq muddatda saqlash uchun mo‘ljallangan, 
bu muddatlar maxsus yuriknomalar va nizom lar da belgildnadi. 
Tashqi belgilari bo‘yicha omborlar ochik (ximoyalanmagan), yopik (binolar) va 
silosli omborlarga bulinadi. 
Ochiq omborlarda atmosfera yogingarchiliqlari, namlik yoki quruq havo, 
quyosh nurlari va xk. ta’siridan o‘zgarmaydigan materiallar saqlanadi. YOpik va 
silosli omborlar yonilgi, mashinalar va jihozlar, sement, mineral kukun va xk.larni 
saqlashga mo‘ljallangan. 
Bunday omborlar maydonchalari yuk operatsiyalarini bajarish uchun kirish 
yo‘llari va frontga ega bo‘lishi kerak. Materiallarni bo‘t saqlash va ularni 


joylashtirish kulay bo‘lishi uchun ochik omborlar maydonchalari qattiq koplamada 
rejalashtiriladi va o‘rnatiladi. 
Omborning kamda yuk operatsiyalarini mexanizatsiyalashda ko‘llaniladigan 
jikozlarning texnologik sxemasiga bog‘liq kolda ochik omborlarda kranli 
estakadalar, yuk platformalari kamda shtabellar uchun tayanch devorlar o‘rnatiladi. 
YOpik omborlar turli materiallarni saqlash galablaridan kelib chikib, isitiladigan va 
isitilmaydigan bo‘lishi mumkin. 
Zamonaviy omborlar barcha yuk operatsiyalari bo‘yicha kompleks tarzda 
mexanizatsiyalash-gan va avtomatlashtirilgan bo‘ladi. Odatda, bu doimiy amal 
qiluvchi markaziy omborlardir. 
YOpik omborlarni qurishda namunaviy loyikalardan foydalaniladi va ular maxalliy 
sharoitlarga bog‘langan bo‘ladi. 
Mazkur turdagi ishlarni kompleks mexanizatsiyalash (avtomatlashtirish) 
usullari va vositalarini tanlash kisob-kitob yo‘li bilan aniklanadigan iktisodiy 
samaradorlik (kurilgan xarajatlar bo‘yicha ) ko‘rsatkichlarini takkoslash asosida 
amalga oshiriladi. 
Sochiluvchan va agdariladigan yuklarni tushirish va taxlash uchun 
estakadalardan, transheyalardan, baland temiryo‘l liniyalaridan, rele osti 
bunkerlaridan, silovlardan (pnevmatik yuk tushirishda mineral kukun, sement), 
lentali konveyerlardan, greyverli kranlardan, itaruvchi va sikib chikaruvchi maxsus 
moslamalardan foydalaniladi. 

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish