Falsafiy-tafakkur-evolyutsiyasi pdf


Qadimgi Sharq va G‘arb falsafasi vujudga kelishi va rivojlanishining



Download 188,31 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana01.01.2022
Hajmi188,31 Kb.
#294199
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
falsafiy-tafakkur-evolyutsiyasi

Qadimgi Sharq va G‘arb falsafasi vujudga kelishi va rivojlanishining 

umumiy qonuniyatlari. 

Qadimgi Sharq va G‘arbda shakllangan falsafa 

insoniyatning ilm, fan, ma'naviy taraqqiyotining debochasi hisoblanadi. 

Ularning rivojlanishi, o‘ziga xosligi va betakrorligidan qat'iy nazar, ayrim 

umumiy qonuniyatlarga ega.

Birinchidan,

 

falsafiy tafakkur Sharqda ham, G‘arbda ham ijtimoiy ongning 



dastlabki shakli sifatidagi mifologiya negizida vujudga kelgan

. Mifologiya 




inson o‘zini atrof muhitdan ajratishga va hodisalarni tabiiy sabablarga muvofiq 

tushuntirishga qodir emasligi bilan tavsiflanadi. Inson dunyoni va undagi 

barcha hodisalarni xudolar va qahramonlar harakati bilan tushuntiradi. Ammo 

mifologiyada insoniyat tarixida ilk bor bir qancha falsafiy masalalar ham 

qo‘yiladi: dunyo qanday vujudga kelgan va u qanday rivojlanadi; hayot va 

o‘lim nima va h.k.



Ikkinchidan, G‘arb va Sharq falsafasi sinfiy jamiyat va davlat paydo bo‘lishi 

bilan ijtimoiy ong shakli sifatida vujudga kelgan

. Masalan, qadimgi 

Hindistonda falsafaning vujudga kelishi taxminan uning hududida quldorlik 

davlatlari shakllana boshlagan miloddan avvalgi I ming yillikda yuz bergan. 

Xitoyda falsafa jamiyatning sinfiy tabaqalanish jarayoni boshlangan, 

chunonchi: jamoalar kasodga uchrab, yangi yer mulkdorlari va shahar 

boylarining iqtisodiy va siyosiy qudrati osha boshlagan miloddan avvalgi VI-V

asrlarda vujudga kelgan.

Yunonistonda antik falsafa miloddan avvalgi VII-VI asrlar chegarasida shahar-

davlatlar («polislar»)da avval Kichik Osiyoning G‘arbiy qirg‘og‘ida 

(Ioniyada), so‘ngra – Sitsiliya orolining yunonlar yashaydigan shaharlarida va 

nihoyat, Yunonistonda – Afinada (miloddan avvalgi V asr) paydo bo‘lgan va 

qadimgi dunyo madaniyati ravnaq topishi uchun shart-sharoitlar yaratgan 

sinfiy, quldorlik jamiyatining rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Qadimgi 

Markaziy Osiyoda falsafaning vujudga kelishi va rivojlanishi ham sinfiy 

(feodal) jamiyat va davlatning shakllanishi bilan bog‘liq. Amudaryo 

bo‘ylaridagi xalqlar, xususan Xorazmda eng yirik davlat tuzilmalari bo‘lgan. 

Shuni qayd etish lozimki, keyinroq vujudga kelgan davlatlarda falsafaning 

shakllanishiga qadimgi davlatlarning ilk falsafiy tizimlari ta'sir ko‘rsatgan.

Uchinchidan, G‘arb va Sharq falsafasi umuminsoniy qadriyatlarga qarab 

mo‘ljal oladi.

 

U insonni hamisha qiziqtiruvchi hodisalarni o‘rganadi

, Qadimgi

manba “Avesto”da ko‘rsatilgani kabi “qanday qilib yaxshi fikrlash, yaxshi 

so‘zlash va yaxshi ish ko‘rish mumkin”, degan savolga javob topishga harakat 

qiladi. Bu noyob mevalardan bahramand bo‘lish uchun inson falsafiy 

donishmandlikni o‘zlashtirishi lozim: u dunyoni anglab yetish, inson va tabiat, 

inson hayotining mazmuni va boshqa shunga o‘xshash muammolarda mo‘ljal 

ola bilishi kerak. Aristotel ham shoh Iskandarga nasihatida “Shuni bilgilki, 

o‘zing buzuq va fosih ersang, raiyatu fuqaroni isloh qilolmaysan. O‘zing 

adashgan, gumroh ekansan, ularga yo‘lboshchilik qilolmaysan. Axir o‘zi ko‘r 

odam qanday qilib o‘zgalarga rahnamo bo‘lsin? O‘zi qashshoq o‘zgani boy qila

oladimi? Kimki o‘zi xoru zalil bo‘lsa, o‘zgani qanday qilib mashhuru aziz eta 

olsin. Bilgilki, isloh etishni istagan hyech kimsa o‘zini isloh etmaguncha 

o‘zgalarni ham isloh eta olmaydi. Agar o‘zi buzuq fosid bo‘lmasa, boshqa 

kishini fasod ishga olmaydi. Qo‘l ostingdagilarni isloh etishni istar ekansan, 

islohni o‘zingdan boshla. O‘zgalar aybini yo‘qotishni hohlasang, avvalo 

o‘zingni ayblardan va xunuk xulq atvordan pokla. O‘ylagan fikring senga 

hyech qachon firib bermasligi lozim. Agar so‘zlaring go‘zalu qilmishlaring esa 

xunuk bo‘lsa, ishlari gaplariga teskari, zohiri botinini aks ettirmaydigan 

va'zxon bo‘lasan qolasan ”

i

 deb uqtiradi.




Download 188,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish