Falsafiy-tafakkur-evolyutsiyasi pdf



Download 188,31 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana01.01.2022
Hajmi188,31 Kb.
#294199
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
falsafiy-tafakkur-evolyutsiyasi

Oltinchidan, Sharq va G‘arb qadimgi dunyo falsafasida idealizm o‘zining ikki 

ko‘rinishida: ob'ektiv idealizm va sub'ektiv idealizm sifatida namoyon bo‘ladi

Sharq falsafasida bu “yoga”, buddizm, jaynizm, zardo‘shtiylik, konfutsiychilik,



daochilik falsafasi, G‘arb falsafasida – bu Pifagor va Pifagorchilar uyushmasi 

falsafasi, eley maktabi falsafasi, shuningdek Suqrot, Platon falsafasi va 

sh.klarda o‘z ifodasini topadi. Jumladan, miloddan avvalgi IV asrda yashab 

ijod qilgan qadimgi yunon faylasufi Platon ikki dunyo – “g‘oyalar dunyosi” va 

“narsalar dunyosi” mavjudligi haqida saboq beradi. “G‘oyalar dunyosi” 

umumiy tushunchalardan iborat, “narsalar dunyosi” esa “g‘oyalar dunyosi”ning

in'ikosidir: “g‘oyalar dunyosi”da ideal mohiyatlar mavjud, “narsalar dunyosi” 

esa bu mohiyatlar mahsuli bo‘lgan ayrim narsalardan iborat. Platonning 

g‘oyalar haqidagi ta'limoti uning “Bazm”, “Fedon”, “Fedr”, “Davlat” asarlarida

o‘z aksini topgan, mutafakkirning “Teatet”, “Parmenid”, “Sofist”, “Kritiy” 

asarlari esa g‘oyalarning moddiy dunyoga bo‘lgan munosabati muammosiga 

bag‘ishlangan. Platon fikriga ko‘ra, materiya - g‘oyaning sof “aksi”, uning 

“aksilmohiyati”. Materiyaning mohiyati esa - g‘oya. Haqiqiy borliq - bu 

piramidani eslatadigan ideal borliq. Uning zamirida “bilish va harakat 

asosining mohiyati” sifatida amal qiluvchi go‘zallik g‘oyasi yotadi. Uning 

yonidan yaxshilik g‘oyasi va oqillik (haqiqat) g‘oyasi o‘rin oladi. Shunday 

qilib, Platon “g‘oyalar dunyosi” “narsalar dunyosi”ni vujudga keltirishini 

nazarda tutuvchi ob'ektiv idealizm falsafiy tizimini yaratgan. Platon g‘oyalar va

narsalarni bir-biridan ajratib bo‘lmasligini qayd etsa-da, lekin buyuk 

mutafakkir uchun “g‘oyalar dunyosi” birlamchidir.

Aristotel “Metafizika” asarida Platonning narsalarning vujudga kelish asosi 

sifatidagi g‘oyalar haqidagi ta'limotini rad etadi. U mohiyat-g‘oyalar hissiy 

idrok etiladigan narsadan tashqarida mavjud emas, degan tezisni ilgari suradi. 

Platon fikrlariga e'tiroz bildirar ekan, Aristotel umumiylik faqat ayrim narsada 

mavjud deb hisoblaydi: “Ayrim narsa bo‘lmasa, umumiylik ham bo‘lmas edi”. 

“Metafizika”da Aristotel falsafa borliq va uning atributlarini, borliqning oliy 

tamoyillari yoki sabablarini o‘rganishini qayd etadi. Bular “umumiy 

metafizika” muammolaridir. Ammo “xususiy metafizika” ham mavjud bo‘lib, 

u “harakatsiz substansiya yoki birinchi boqiy dvigatel”ni o‘rganadi.

Ayni vaqtda shuni ta'kidlash lozimki, aksariyat Sharq va G‘arb faylasuflarining

falsafiy qarashlari faqat materialistik yoki faqat idealistik xususiyat kasb 

etmaydi. Ularda boshqa g‘oyalar ham uyg‘unlashadi. Ammo materiya va 

ongning o‘zaro nisbati muammosining u yoki bu yechimi uning turli 

shakllarida – kosmos va tabiatni anglab yetishdan tortib inson va uning shaxsiy

borlig‘iga qadar – doim u yoki bu faylasuf yoki falsafiy maktabning muayyan 

dunyoqarashidan dalolat beradi.




yettinchidan, G‘arb va Sharq falsafasi rivojlanishining yana bir umumiy 

qonuniyati uning metodologik ahamiyat kasb etuvchi haqiqiy ilmiy bilimga 

erishish yo‘lida ilmiy izlanishlar olib borishidir

. Bu yerda gap fanga va 

falsafaning metodologik funksiyasiga bo‘lgan munosabat haqida ketmoqda. 

Falsafiy ta'limotlar, konsepsiyalar, g‘oyalar yordamida turli hodisalarning 

tahlili amalga oshiriladi, amaliy tavsiyalar beriladi. Bu jihatdan miloddan 

avvalgi V asrda vujudga kelib, Xitoydagina emas, balki boshqa Sharq 

mamlakatlarida ham keng tarqalgan konfutsiychilik diqqatga sazovordir. Uning

ayrim konsepsiyalari hanuzgacha tirik. Masalan, «syao» yoki ota-onani hurmat 

qilish, kattalarga izzat-ikrom ko‘rsatish konsepsiyasi yosh jihatidan ham, 

ijtimoiy ierarxiya bo‘yicha ham kattalarga nisbatan o‘z xulq-atvorini barcha 

fazilatlar mohiyatini anglab yetish asosida yo‘lga qo‘yishni taklif qiladi.

G‘arb falsafasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, unda ham falsafaning 

metodologik funksiyasi bo‘rtib namoyon bo‘lishini ko‘ramiz. Masalan, yunon 

faylasuflari – falsafa tarixidan donishmandlik va shirinsuxanlik o‘qituvchilari 

degan nom bilan o‘rin olgan sofistlar shogirdlariga oqilona fikrlashni, 

muhokama qilinayotgan narsa yoki hodisaning mohiyatini teran anglagan holda

ish ko‘rishni va o‘z falsafiy bilimlaridan siyosiy faoliyatda foydalanishni 

o‘rgatishni o‘z vazifasi deb bilganlar. Ma'lumki, 




Download 188,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish