Falsafiy-tafakkur-evolyutsiyasi pdf



Download 188,31 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana01.01.2022
Hajmi188,31 Kb.
#294199
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
falsafiy-tafakkur-evolyutsiyasi

qadimgi yunon faylasufi 

Suqrot o‘z e'tiqodlarini himoya qilish yo‘lida hayotini tikkan. U davlatni boy 

va zodagon kishilar emas, balki ishning ko‘zini 

biladigan

, oqil odamlar 

boshqarishlari lozim deb hisoblagan va o‘z shogirdlariga o‘sha davrda mavjud

bo‘lgan siyosiy an'analarda mo‘ljal olishni o‘rgatgan. Ayni shu fikri uchun 

ustidan chiqarilgan hukmga e'tiroz bildirmay, Suqrot o‘z o‘limini ixtiyoriy 

ravishda tanlagan va bir qadah sikut (zahar) ichib o‘lgan.

Sakkizinchidan, G‘arbda ham, Sharqda ham faylasuflar narsalar va 

hodisalarni o‘rganish, tahlil qilish, tushuntirishning o‘z metodlarini 

yaratganlar.

 Yangi davr tadqiqotchilari, Gegeldan boshlab, ikki asosiy falsafiy 

metod – dialektika va metafizika metodlarini ilgari surganlar. Qadimgi dunyo 

falsafasi rivojlangan sharoitda bu metodlar faylasuflar tomonidan ongli 

ravishda idrok etilmagan. Ular stixiyali, aniqroq aytganda, falsafiy ta'limotlar, 

tizimlar va qarashlarga ichdan xos bo‘lgan metodlar sifatida amal qilgan. 

Faylasuflar, odatda, hodisalarning umumiy o‘zaro aloqasini, ularning 

ziddiyatliligini, harakati va rivojlanishini, dunyoning yagonaligi va rang-

barangligini, «umumiy yo‘l» yoki Logosni muayyan tabiiy qonun sifatida 

anglab yetadilar. Jumladan, Geraklit fikriga ko‘ra, tabiat (olov) uzluksiz 

o‘zgarish jarayonini boshdan kechiradi. U rivojlanish va o‘zgarishlar manbaini 

ko‘radi: «Hamma narsa kurash orqali va zaruriyat tufayli yuz beradi. Har 

qanday hodisa o‘zining qarama-qarshiligiga o‘tadi: sovuq narsa issiq narsaga 

aylanadi, issiq narsa sovuq narsaga aylanadi, ho‘l narsa quruq narsaga 

aylanadi, quruq narsa ho‘l narsaga aylanadi». Quyosh har lahzada yangilangani

kabi, barcha hodisalar ham o‘zgaradi. «Ayni bir daryoga ikki marta tushish 

mumkin emas: ikkinchi marta suvga tushayotgan odamga yangi suvlar oqadi». 

Geraklit sifat jihatidan bir-biriga zid bo‘lgan hodisalar va jarayonlarni ko‘radi: 

hayot va o‘lim, uyg‘oqlik va uyqu, yoshlik va qarilik va sh.k. «Eng toza va eng

iflos dengiz suvi: baliqlar uchun u to‘yimli va xaloskor, odamlar uchun esa u 




ichishga yaroqsiz va hayot uchun xavflidir». Ko‘rib turganimizdek, qadimgi 

yunon faylasufi o‘zgarishning umumiyligi va har bir xossaning qarama-qarshi 

holatga o‘tishi narsalarning barcha sifatlariga nisbiy tus berishini, ya'ni 

muayyan holatlarga bog‘liq qilib qo‘yishini qayd etadi.

«Dialektika» so‘zini ilk bor Suqrot ishlatgan. Bu so‘z bilan u samarali 

bahslashish, fikrlar qarama-qarshiligi orqali haqiqatning tagiga yetishga 

qaratilgan muloqot olib borish mahoratini ifodalagan. Dialektikaning aynan 

shu talqiniga sofistlar ham amal qilganlar. Ular o‘ziga xos inkor dialektikasini 

rivojlantirib, tinimsiz bahs-munozara muhitida haqiqatning tagiga yetishga 

to‘xtovsiz harakat qiluvchi, ziddiyatlarga to‘la inson tafakkurini faol harakatga 

keltirganlar.

Aristotel fikricha, bahslashish yoki qarama-qarshi fikrlarni talqin qilish orqali 

haqiqatning tagiga yetish san'ati sifatidagi dialektika Zenonning «Bahslar» deb 

nomlangan asarida tahlil qilingan.

Dialektika muammolarini Platon ham o‘rgangan. U dialektika deganda nisbiy 

«borliq» va «haqiqiy borliq»ni bilishni tushungan. U ko‘p sonli asarlarini antik 

dialektika namunalarini o‘zida mujassamlashtirgan dialoglar shaklida yozgan 

hamda, harakat va harakatsizlik, tafovut va ayniyatni tahlil qilgan. Platon har 

bir narsani o‘z-o‘ziga va boshqa barcha narsalarga ayniy deb hisoblagan.

Aristotel sababiy bog‘lanishlarning rang-barangligi muammosini ilgari surib, 

dialektikani yanada rivojlantirgan. Uning to‘rt sabab: moddiy, formal, 

harakatlantiruvchi va yo‘naltiruvchi sabablar «Narsalar va hodisalar vujudga 

kelishiga sabab bo‘luvchi omil (materiya, substrat) – moddiy sabab»; 

«narsaning mohiyatini belgilovchi omil – formal sabab»; «harakat asosi – 

harakatlantiruvchi sabab»; «biror narsani amalga oshirishdan ko‘zlangan 

maqsad – yo‘naltiruvchi sabab» haqidagi ta'limoti ma'lum. Aristotel shakl va 

mazmun (materiya) dialektikasini tahlil qilishning o‘z usulini taklif qildi. Narsa

– bu shakl va materiyaning birligi. Narsalarning vujudga kelishi va ularning 

takomillashuvi shaklga bog‘liqdir. Shakl o‘z mohiyatiga ko‘ra faol, materiya 

esa passivdir. Shakl – narsaning tashqi ko‘rinishi, u dunyoning rang-barangligi 

va borlig‘ini belgilaydi.

Dialektika qadimgi Sharq falsafasiga ham xos. Qadimgi Sharq faylasuflari 

o‘zlikni anglash va insonning o‘z-o‘zini kamol toptirilishiga bag‘ishlangan 

konsepsiyalarida, avvalo buddizm, yoga, konfutsiychilik, zardo‘shtiylik 

falsafasida juda ko‘p noyob dialektik fikrlar ilgari surilgan. Masalan, Zardo‘sht

ta'limotida “Axriman” va “Axuramazda” yaxshilik va yomonlikning abadiy 

kurashi va bunda yaxshilikning g‘alabasini ifodalaydi. Zardo‘shtiylik 

falsafasiga ko‘ra, yaxshilik va yomonlik kishilarning botinida-ichki dunyosida 

yashaydi. Inson Axriman yoki Axuramazda tarafida bo‘lishi mumkin, chunki 

Ezgulik farishtasi 

uni hamisha yaxshilik qilishga

, lekin yovuz Axriman uni 

yomonlik qilishga undaydi va bu tortishuv inson hayotining oxirigacha davom 

etadi.


«Upanishada»da deyarli har qanday hodisa harakat va qarama-qarshilik nuqtai 

nazaridan qaraladi. Braxman ikki qiyofa: jismoniy va jismsiz, o‘ladigan va 

o‘lmas, harakatsiz va harakatchan ko‘rinishlarga ega. «Upanishada»da Atman 

– bu ham tana, ham individual jon. Braxman va atman bir-biri bilan o‘zaro 




bog‘liq «Hamma narsa Braxman, Braxman esa atmandir», deyiladi. Atman 

o‘zgaruvchan, uning turli holatlari mavjud: uyg‘oqlik; tushli uyqu; tushsiz 

uyqu; turiya (atman hyech narsani his qilmaydigan, o‘z-o‘ziga teng bo‘ladigan 

holat).


Daosizm (qadimgi Xitoy maktablaridan biri)da dao haqidagi ta'limot 

Geraklitning Logos haqidagi ta'limotiga o‘xshab ketadi. Dao – bu «hayot 

yo‘li», tabiat qonuni. Bu dunyoning vujudga kelishi va rivojlanishining tabiiy 

abadiy qonuni.




Download 188,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish