Falsafiy-tafakkur-evolyutsiyasi pdf



Download 188,31 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana01.01.2022
Hajmi188,31 Kb.
#294199
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
falsafiy-tafakkur-evolyutsiyasi

To‘rtinchidan, Qadimgi G‘arb va Sharqda materiyaning tuzilishi haqidagi 

ta'limotda ham farqlar mavjud

. G‘arb antik falsafasida materiyaning diskret 

tuzilishi haqidagi ta'limot – atomistika vujudga keldi. Uning asoschilari 

qadimgi yunon faylasuflari Levkipp va Demokrit bo‘lgan, atomistika 

g‘oyalarini Epikur va qadimgi rim faylasufi Lukretsiy Kar rivojlantirgan. 

Demokrit dunyo atomlar va bo‘shliqdan iborat deb hisoblagan. Uning fikricha, 

atomlar – sifatga ega bo‘lmagan mayda zarralar. Sifatlar atomlarning shakl, 

o‘rin va tartib jihatidan uyg‘unligidan paydo bo‘ladi. Demokrit, nima uchun sut

oson ichiladi?, degan savolga, shuning uchunki, sut, «yumaloq atomlar»dan 

iborat, nima uchun xantalni sutday ichish mumkin emas? Shuning uchunki, 

xantal atomlari «ilmoqsimon»dir, deb javob beradi. U narsalar sifati va 

ularning rang-barangligini ham shunday tushuntirgan. Demokritning 

atomistikasida sababiyatning sodda izohlari bilan bir qatorda ayni shu 

sababiyatni narsalarning o‘zida, aniqrog‘i – atomlarda ko‘rishga bo‘lgan 

intilishga ham duch kelish mumkin. Sharq falsafasida esa, materiyaning 

diskretligi, uning tuzilishi muammosi qo‘yilmaydi. Unda materiyaga asosan 

jonga «xalaqit» beruvchi muayyan omil yoki shakl bilan birlikda yoki muayyan

substansional asos sifatida yondashiladi.



Beshinchidan, G‘arb va Sharq falsafasida bilish muammolarini yechishda 

farqlar mavjud

. G‘arb falsafasida bilish empirik, hissiy va oqilona jarayon 

sifatidagi emas, balki mantiqiy jarayon sifatida ham qaraladi, ya'ni mantiq 

muammolari atroflicha o‘rganiladi. Bu muammolarni o‘rganishga Suqrot, 

Platon, ayniqsa Aristotel ulkan hissa qo‘shgan. Sharq falsafasida esa, mantiq 

muammolari bilan amalda hind nyaya (sansar, qoida, mulohaza, predmetga 

kirish, mantiq) maktabigina shug‘ullangan. Nyaya falsafiy muammolarni 

yechishda mushohadaning ahamiyatini alohida qayd etgan. U haqiqatning 

tagiga yetishning to‘rt manbai: idrok etish, xulosa chiqarish, taqqoslash va 

isbotlashni o‘rganadi. Bu manbalar haqiqiy bilimga erishish imkonini beradi. 

Umuman olganda qadimgi Sharq falsafasiga ko‘proq o‘zini o‘zi bilish xos.

Oltinchidan, G‘arb va Sharq falsafasidagi o‘ziga xoslik va farqlar ijtimoiy 



muammolarni o‘rganish jarayonida ayniqsa bo‘rtib namoyon bo‘ladi.

 Sharq 


falsafasida bu o‘tmish, hozirgi davr va kelajak manbai bo‘lgan «dunyoviy 

inson» muammolari, shuningdek umuminsoniy qadriyatlar, o‘zini o‘zi kamol 

toptirish, boshqa odamlarni boshqarish uchun zarur bo‘lgan insoniy fazilatlar 

muhim ahamiyatga ega. Masalan, Konfutsiy Osmonga, uning ulug‘vorligiga 

murojaat etib, ijtimoiy 

tuzilmalar ierarxiyasi

, kishilar qat'iy 

subordinatsiyasining zarurligini ko‘rsatishga harakat qiladi: «Osmon har bir 

insonga uning jamiyatdagi o‘rnini belgilaydi, uni taqdirlaydi, unga jazo 

beradi..»

7

. “Avesto”da esa insonning haq-huquqlari, burch va mas'uliyati 



haqida fikr bildirilgan. Jumladan, agar odam olgan qarzini o‘z vaqtida qaytarib 

bermasa, u tunda birovning uyiga o‘g‘irlikka kirgan odam bilan barobardir. 

Shuningdek, unda qarindoshlarning o‘zaro oila qurishi taqiqlangan, 

avlodlarning sog‘lom, benuqson tug‘ilishiga e'tibor qaratilgan. Bordi-yu erkak 

zurriyot qoldirishga qobiliyati bo‘lib, so‘qqa bosh bo‘lib yursa, uning 

peshonasiga tamg‘a bosish yoki beliga zanjir bog‘lab yurishga majbur ekanligi 

belgilangan. Sharq falsafasida qonun muammosiga ham ko‘p e'tibor beriladi. 

Ayrim faylasuflar uni rad etgan, ayrimlari esa unga tayangan. Xalq va podsho 

muammosi ham Sharq falsafasining muhim muammolaridan biri 

hisoblanadi



Jumladan, “Avesto” da huquqiy masalalar: jinoyat va jazo, oila va 

nikoh, mulk bilan bog‘liq masalalarni tartibga soluvchi qoidalar o‘z ifodasini 

topgan. Oilaviy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qoidalarda er 

xotinning bir-biriga xiyonati yoki nikohsiz er-xotinlik munosabatlarida bo‘lgan

kishilar tan jazosini olgan. “Venidat” (Devlarga qarshi kurash qonuni) ning 13, 

14 boblarida suvni tejash, uni qadrlash, undan unumli foydalanish haqidagi 

qoidalar bitilgan. Unda har kuni ekinni ikki marta sug‘orish mumkinligi, har 

bir kunda ekuvchi bir belkurak kenglik va chuqurlikdagi ariqqa sig‘adigan suv 

olishga haqli ekanligi, suvni taqsimlash bilan kohinlar shug‘ullanishi, suvni 

ifloslantirishni taqiqlovchi qoidalar belgilagan. Bu qoidalarni buzganlarga 

nisbatan majburiy mehnatga jalb qilish jazosi belgilangan

8

G‘arbda, xususan, 

qadimgi yunon va qadimgi rim falsafasida esa ijtimoiy muammolar doirasi 

kengroq. Ularni o‘rganish usullari ham Sharq falsafasidagi usullardan ancha 

farq qiladi. Birinchidan, Demokritdan boshlab, qadimgi dunyoning deyarli 

barcha faylasuflari davlat, qonun, mehnat, boshqaruv, urush va tinchlik, 

mayllar, manfaatlar, hokimiyat, jamiyatning mulkiy tabaqalanishi 

muammolariga murojaat etganlar.

Ikkinchidan, bu ijtimoiy-falsafiy muammolarni tadqiq etish jarayonida insonni 

jamiyatga bog‘lab o‘rganish ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, 

Demokrit shunday deb yozadi: «Umumiy muhtojlik ayrim insonning xususiy 

muhtojligidan og‘irroqdir. Zero umumiy muhtojlikda yordamga hyech qanday 

umid qolmaydi»; «qonun odamlarning hayotini tartibga solishni xohlaydi, 

bunga u faqat odamlar o‘zlariga yaxshi bo‘lishini istagan taqdirda erishishi 

mumkin. Zero qonun o‘ziga bo‘ysunadigan kishilargagina ijobiy ta'sir 

ko‘rsatadi»; «Oqil odamga butun dunyo ochiq. Zero yaxshi qalb uchun butun 

dunyo vatandir»

9

.



Platon ham ijtimoiy muammolarni tahlil qilgan. U davlatning mohiyati va 

shakllarini shaxs, ayniqsa podshoni shaxsi nuqtai nazaridan o‘rgangan. Uning 

fikricha, podsho haqiqatparvarlik, oqillik, mardlik, adolatparvarlik kabi 

fazilatlarga ega bo‘lishi lozim; umuman olganda, podshoda insonning barcha 

qobiliyatlari mavjud bo‘lishi darkor. Platon insoniyat tarixida birinchi ideal 

davlat nazariyasini yaratadi. 




Download 188,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish