Falsafiy-tafakkur-evolyutsiyasi pdf


Qadimgi dunyo Sharq va G‘arb falsafasining rivojlanish xususiyatlari va



Download 188,31 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana01.01.2022
Hajmi188,31 Kb.
#294199
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
falsafiy-tafakkur-evolyutsiyasi

Qadimgi dunyo Sharq va G‘arb falsafasining rivojlanish xususiyatlari va 

muammolardagi farqlar



Birinchidan, inson muammosini o‘rganishga 

nisbatan yondashuvlarda G‘arb va Sharq falsafasida tafovutlar mavjud. 

G‘arb 


falsafasidan farqli o‘laroq, Sharq falsafasi asosiy e'tiborni inson muammosiga 

qaratadi. Jumladan “Avesto”da farzand ko‘rish, bolalarni bilimli, odobli, 

jamiyat uchun foydali insonlar qilib tarbiyalash, kelajakni o‘ylab ish tutish 

umuminsoniy ma'naviyat ekanligi ta'kidlanadi. Zardo‘sht Axuramazdadan, 

serfarzand xonadonga nima berasan, deb so‘raganda u “Bunday odamlarni o‘z 

himoyamga olaman, hayotini farovon, risqini mo‘l qilaman” deb javob bergan. 

Sharq falsafasi insonni amaliyot, odamlar hayot faoliyati, ularning turmush 

tarzi nuqtai nazaridan o‘rganadi. Shu sababli unda insonning o‘zligi, 

uning 

shakllari va holatlari



, odob-axloq, hukmdorlarga, turli yoshdagi odamlarga, 

shuningdek jamiyatdagi ijtimoiy holati turlicha bo‘lgan kishilarga amaliy 

nasihatlar bilan bog‘liq bo‘lgan ayrim muammolar ko‘p. Masalan “Avesto”da 

keltirilgan “Zabardast va qudratli bo‘lish uchun hamisha haqiqat va rostglikka 

muvofiq amal qilsang, zabardast va qudratli bo‘lasan”, “Haq so‘zdan o‘zga 

hyech narsa bilan shug‘ullanma”, “Dunyoni taraqqiyot va kamolot sari 

harakatga soladigan kishilar bo‘lmog‘i lozim”, “Yolg‘on gapirib tirik 

qolgandan ko‘ra, rost gapirib o‘lgan yaxshi”, “O‘z nafsini yengib, jilovlab 

olmagan kishi, hyech narsa ustidan g‘olib chiqa olmaydi”

6

 kabi fikrlar hozirgi 



kunda ham ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. G‘arb falsafasi esa, insonga uning 

ruhiy borlig‘i yoki odob-axloq orqali murojaat etmaydi, balki unga borliq va 

bilishning umumiy tamoyillarini taklif qiladi. Shu bois u naturfalsafiy, 

ontologik, gnoseologik, metodologik, estetik, mantiqiy, axloqiy, siyosiy va 

huquqiy muammolarni o‘rganadi.

Ikkinchidan, Sharq va G‘arb falsafasida dinga munosabatda ham farqlar 

mavjud

. Sharq falsafasi din bilan uzviy o‘zaro aloqada rivojlanadi: aksariyat 

hollarda ayni bir falsafiy oqim falsafa sifatida ham, din sifatida ham namoyon 

bo‘ladi. Bunga braxmanizm, induizm, buddizm, konfutsiychilik, zardo‘shdiylik

misol bo‘lishi mumkin. G‘arb falsafasi esa, ko‘proq ilmiy metodologiyaga 

tayanadi va dindan ajralishga harakat qiladi. Qadimda G‘arbning falsafiy 

ta'limotlaridan birortasi ham jahon diniga yoki hyech bo‘lmasa qadimgi 

Yunoniston va Rimda keng tarqalgan dinlardan biriga aylanmagan. Boz ustiga, 

G‘arb antik falsafasida, avvalo Demokrit, Epikur, Lukretsiy Kar va boshqa 

faylasuflarning asarlarida ateistik ohanglar ancha kuchli.



Uchinchidan, G‘arb va Sharq falsafasining kategoriyalar apparati ham o‘ziga 

xos farqlarga ega

. Sharq falsafasida mifologiya va «Rigvedalar» taklif qilgan 

aksariyat kategoriyalar: in – ayollik asosi va yan – erkaklik asosi, ularning efir 

bilan birikmasi – si; yoki narsalarga besh moddiy birinchi asos – yer, suv, 

havo, olov va daraxtning birikmasi sifatida yondashish tabiiy bir hol sifatida 

qaraladi. Hayot va o‘lim, jon va jismoniy tana, jon materiyasi, ong va uning 




holatlari kategoriyalari ayniqsa ko‘p muhokama qilinadi. Sansara – jonning 

qayta gavdalanishi, o‘zga shakl-shamoyilda namoyon bo‘lishi, karma – inson 

o‘limidan keyin tiriklik paytida qilgan ishlariga yarasha mukofot yoki jazo 

olishi yoki insonning individual taqdiri, askeza – o‘zini o‘zi cheklash yo‘li 

bilan g‘ayritabiiy qobiliyatlarga erishish, nirvana – 

eng yuksak holat

, inson 

erishishni ko‘zlagan oliy maqsad, «materiya kishanlaridan xalos bo‘lgan jon 

holati» kabi tushunchalar kiritilgan. Albatta, Sharq falsafasi harakat, qarama-

qarshilik, birlik, materiya, ong, makon, vaqt, dunyo, substansiya kabi odatdagi 

falsafiy kategoriyalardan ham foydalanadi. G‘arbda esa, falsafiy tizimlar 

mohiyati va ularning kurashini aks ettiruvchi falsafiy kategoriyalar 

apparatining yaratilishiga alohida e'tibor qaratiladi. Tizim sifatidagi 

kategoriyalar haqida ilk bor Aristotelning «Kategoriyalar» risolasida so‘z 

yuritilgan. U o‘zidan oldingi falsafiy tafakkurni o‘rganish asosida kategoriyalar

jadvalini tuzgan. Bu jadval quyidagi kategoriyalarni o‘z ichiga olgan: mohiyat 

(substansiya), miqdor, sifat, munosabat, joy, vaqt, o‘rin, holat, harakat, azob-

uqubat. Aristotelning kategoriyalar jadvali falsafa va muayyan fanlar erishgan 

yutuqlar munosabati bilan uning tarkibini o‘zgartirishni taklif qilgan Yangi 

davrga qadar kategoriyalar haqidagi ta'limotning rivojlanishiga hal qiluvchi 

ta'sir ko‘rsatib keldi.


Download 188,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish